December 13, 2025

Meni kechir

14-qism

Hayot oying senga tunda aytib bergan ertak emas uyg'on qizaloq...

-Oldingizga ish yuzasidan kelganlarni shunday qaytarasizmi!
Yarim soat kutib, shunda ham yaxshi natijaga erisha olmagan Junkook ichkariga bostirib kirib borgani yetmaganday, noto'g'ri joyda noto'g'ri muomala bilan bu USTOZning asablarini egovlay boshladi. Janob ham bo'sh kelmas, Junkook ham bo'sh kelishni istamas, ikkisi ham bir biridan qolmaydigan jahl va tajanglik bilan bu muzokarani 20 daqiqa atrofida janjalga aylantirishmoqda.
-Ehtimol..
-Kim bilan gaplashayotganingizni bilganingizda edi, biroz muloyimlasharmidingiz..
-Ehtimol...
-Bundan boshqa bilgan narsangiz yo'qmi sizning?
-Ehtimol.
-Men sizdan o'g'limni yoningizga olishingizni so'radim xolos, nega bunchalik o'zingizni taroziga solasiz?
Qila olmasangiz shunchaki "Eplay olmayman" debdi aytingda o'rningizni munosiblarga bo'shatib qo'ying.!
-Yigitcha....

-Kechirasiz.. turmush o'rtog'im bilan...
-Yuna?!
-Do-do!?
Biroz avval:

-Bu odamga nima bo'lgan aa? "Ishga kech qolaman Ishga kech qolaman" deb tizukroq kiyim kiyishga qo'ymadi. Endi kutib tur deb soatlab yo'qolib ketdi.
Kut demaganidaku o'zim bilardim.
Kutmasamchi? Ortidan borsamchi?
Yo'q o'zi o'sha kundan berilgan oramiz yaxshi emas, agar hozir borsam, keyin yana jahli chiqsachi?
Uning jahli yomon, qutulib qolganimning o'zi bir baxt.
Yo'qsa o'sha ag'darilgan oshxona emas men bo'lar edim.
Ha bu aniq, u aniq meni ruhiyatim u jismim, bari barini ag'dar-to'ntar qilar edi.
O'shanda xato qildim, uni aldamasligim kerak edi.
Avvalambor kasalman demasligim kerak edi. Undan keyin ham, o'zimcha har narsani hayol qildim. Hayollarimga ishonib yana unga jahl qildim, yolg'on gapirdim. Ehtimol uu endigina yumshay boshlagandi. O'zimga o'zim jabr qildim.

Lekin soat allaqachon 11:20. 20 daqiqa o'tib ham ketdi.
Tavakkal qilib ko'rish kerak. Axir kech qoldik, shunchaki uni qidirib kirsam, kech qolayotganimizni aytsam, hech narsa bo'lmas..
O'z o'ziga gapirib qo'rqa pisa mashinadan tushib qarshisidagi binoga qadam tashladi.
D: Yuna..
Yuna janob Do Hwa qadam bosishidan oldin yugurib borib uni quchdi.
Y: Do Do! -Ko'rishmaganimizga ham ancha bo'ldi.
D: Ko'rgani kelmasang shuda..
Y: Bu yerda ekaningizni bilmagandim, chin so'zim.
D: Eng avvalo sen o'zing qochib ketmasliging kerak edi. O'zing meni tashlab ketding.
Yunani yuziga yaxshilab tikilar ekan qarilarga xos tanbeh bilan gapirdi.
Y: Hop yaxshi, keling unda aybdorni qidirmaymiz!
D: Oyi..i.
Dokook otasining ortidan endhgina chiqib Yunani yoniga bordi. Shu paytgacha u bu erkaklar tortishuvda qo'rqdi, yoki uyaldi. Endi onasini ko'rgach hech narsa uni tutib turmadi.
Yuna Dokookni yarim quchib turar ekan, janob Do Hwaga noaniq jilmaydi.
Jk: Balki nimanidir tushuntirishni istarsizlar?!
Bu ikkisi qanday yaqin ekaniga hayratini yashirmay qarayotgan Junkook nihoyat o'zini qo'lga olib savol berdi.
Y: Haa... Junkook tanishing bu bizning eski qo'shnimiz Do D... (aslida DoDo demoqchi edi. Lekin negadir ismi bilan aytishni istab qoldi.) janob Do Hwa.
JK: Shundaymi? Men buni deyarli bilaman.
Y: Yana u mening ustozim ham. Menga u Taekwondo ni o'rgatgan.
JK: Hmm
Y: DoDo amaki bu mening...
D: Bilaman qizim bilaman.
Y: Siz qayerdan..
D: Buni (qo'li bilan Junkookga ishora qildi.) uylanganini va seni turmushga chiqqaningizda eshitgandim, lekin hech tasavvur qilib ko'rmagan ekanman.
JK: Tasavvur qilib ko'rishga arzigulik narsaning o'zi yo'q zotan.
D: Sen bola..
Y: Janoblar.. nimalar bo'lyapti axir.
D: Sening shu ering...
JK: Ustozing..
Yuna avval Junkookga qaradi. JK:
Yarim soat eshik oldida kutishga majbur qildi. Kamiga o'zini osmonlarcha tutib yana yarim soatimni olyapti.
D: Avvalambor senga kim aytdi "Kech kel" deb, keyin o'zing zalga bostirib kirding, men mashg'ulot o'tkazayotgan edim.
JK: Janob siz...
Y: Iltimos unday qilmanglar kap katta inson bo'lsalaringiz, shu yarashadimi axir. Qarang shuncha bolalar sizlardan shuni o'rganadimi?

D: Qizim bilasan, men...
Y: Bilaman janob bilaman.
Ikkingizni ham yaxshi bilaman..
-Sizlar uchun o'zim uzr so'rayman.
D:Endimi?
hech qanday qo'rquv yoki uyalish hissini sezmay Yuna bilan quvnoq tarzda gaplasha ketdi. Bu suhbatni Yuna ham qancha sog'ingan bo'lmasin u hozir shoshilishga majbur edi.
-Aslida yoningizga bir iltimos bilan kelgan edik. Dokookga ishora qildi.
D: Ha...a buni bildim, agar ering bilan o'g'ling qolib ketmaganida kirmay qo'ya qolarding zotan.!
Y: Unday emas amaki, agar bu siz ekaningizni bilganimda kirmasmidim.
D: Ehtimol..
Junkook bu so'zni eshitishi bilan yana asabi buzilib qo'llari bilan yuzini ishqaladi, chunki bu qariya biroz avval Junkook bilan norozi qiyofada, faqatgina shu so'z bilan suhbatlashayotgan edi. Ammo bu suhbatga o'xshamasdi, degan kishi yolg'on gapirmagan bo'lardi. Chunki ularning suhbati SUHBATdan uzoq, JANJALga yaqin edi.
Do Hwa Junkookga bir qarab qo'ydi.
D: Iltimosingni tushinaman, lekin qabul qilma olmayman. Kechirasan!
Y: Lekin DoDo ...
D: Qizim sen bilmaysanmi, men duch kelgan insonni olmayman. Ham men bolalarni olib bo'lganman.
Y: Men Yunaman DoDo DUCH KELGAN emas!
Shu gapni siz aytyapsizmi?
JK: Ketdik Yuna.. boyadan beri Yuna ham bu mijg'ov chol bilan kelisha olmasligiga o'zini ishontirayotgan paytda, uning bu javobi ishonchini oqlagandek bo'ldi.
D: Bilaman, seni shu ering.. ko'zini lo'q qilib qaragach Dokook uchun o'tirdi.
D: Ho'sh bu bolakayning ismi nima ekan?
DK: Dokook.
D: Ismlarimiz deyarli o'xshash ekan, lekin seni shu qitmir oying meni ismimni ham tinch qo'ymadi.
Yunaga yolg'on araz bilan qarab yana Dokookga gapirdi.
-Ho'sh Taekwondoga nega qiziqyapsan?
DK: ..... Yunadan ajralmay jim turaverdi.
D: Men buni bilishim kerak.
-Agar o'zing ham bunga qiziqsang seni shogirtlikka ola olaman.
-Agar shu ikkisidan biri... (avval Yuna keyin Junkookga ishora qildi) seni majburlagan bo'lsa, unda olmayman.
DK: Men..n
D: Ho'sh..
DK: Men oyimdek bo'lmoqchiman.
D: Barakalla, oyingdek bo'l,- dadangdek emas past ovozda go'ldirab qo'ydi.
-Unda hozir yonimda qolishing va hoziroq boshlashimiz mumkin, qarshi emasmisan.
Dokook endi o'zini erkin tutgancha kulgu bilan bosh chayqadi " Yo'q ".
D: Unda hozir men bilan qolasan va o'zim qo'yib yubormagunimcha ketmaysan. Rozimisan?
Dokook "ketmaslik"dan qo'rqib onasiga qaradi. Yuna "Ha" deb bosh silkigach u ham Yunaga qo'shilib bosh silkidi.
D: Unda men bilan yur..
Dokokni qo'lidan ushlab to'da bolalar oldiga bordi. Avval tanishtirib so'ng birnimlar deb tushuntirgan bo'ldi. Ular orasidan kattaroq bir bolaga, taxminan u guruh sardori yoki Do Hwaning o'ng qo'li edi. Dokookni topshirib o'zi ortga qaytdi.
Y: Minnatdorman DoDo
D: Mening ismim bor hoy qiz.
Yuna kulib yubordi, keyin ortga qaytib Junkookni yonida turdi: Katta rahmat DoDo!
D: Yana shunday deydiya, hech o'zgarmas ekansan da.?!
Y: Shunday lekin siz biroz o'zgaribsiz, menimcha qarib qolgansiz.
D: Hoy men tashqi ko'rinishni aytmadim! Agar shunday bo'lsa men senga juda ko'p ta'rif berishim kerak bo'ladi.
-Ham men qarimaganman, meni yoshimdagilar qanday bo'lishini bilasanmi o'zi..?
Yuna kuldi, bu xursandchilikdan emasligi aniq, ehtimol hijolatini yashirish uchun edi.
Y: Katta rahmat!
- Mayli DoDo biz bora qolaylik.
D: Endi qayoqqa, shuncha yildan keyin. Biroz gaplashamiz deb o'ylagan edim.
Y: Ming bor uzr, biz shoshayotgan edik, hali yana gaaplashamiz, lekin hozircha bizga ruxsat, bizni kutib qolishdi.
D: Mayli na iloj, lekin bilib qo'y kelaman deding, agar kelmasang...
Y: Yo'q yo'q albatta kelaman.
D: Yaxshi unda.
Y: Ko'rishguncha.
Ta'zim qilib bo'lgach (to'g'rirog'i Yuna bir o'zi ta'zim qildi.) Yuna ham Junkook ham ortga qaytishdi.
D: Kechki payt 16 ⁰⁰ larda uni olib ketishga kel.
Bu ovozdan keyin ortga o'girilib yana ta'zim qildi.
Y: Albatta..

JK: Nega ichkariga kirding?
Mashinani yurgizar ekan qiziqqan narsasini to'g'ridan to'g'ri ayta olmagani uchun Yunaning xatosi haqida so'z yuritdi.
Y: Chunki salkam 1 soat kutdim va biz allaqachon kech qoldik.
JK: Ha bu ham bor (qo'lidagi soatga bir qarab qo'ydi. Yuna esa Junkookni jahl qilmaganidan foydalanib yana bir savolni o'tkazib yuborgisi kelmadi
- Endi Kang lar oilasiga nima deb javob beramiz.
JK: Bor narsani aytamiz, biz hech qanday ayb qilmadik.
-Barchasiga seni ana shu DoDoying aybdor.
Y: Mening DoDoyimmi? "Sen ham jim turmaganing aniq" deb aytishni ich ichidan istasada, hozircha ichida saqlashi kerak edi.
JK: Bu yaqinligingizdan keyin sizlarni notanish deb aytish noto'g'ri deb o'yladim.
Yuna ham izoh berishi kerakligini bilib bir chetdan gap boshladi
Y: Aslida biz, avval qo'shni edik. Keyin men uni Taekwondo bilan shug'ullanishini bildim. -Aldamayman, u qiziqishim sababchisi edi.
-Uning ismi Do Hwa lekin men uni DoDo deb atardim. Bunga sabab ham uning o'zi edi. Menga qo'shimcha topshiriq berar, mashqlarimdan qoniqmayotganini aytar edi. Albatta u payt guruhda qizlar kamdan kam qizlar bo'lar edi, yolg'iz menga topshiriq berishi asabimni buzar edi. Uni ortidan DoDo deb atardim... Mashqlarim 2 barobar ko'paydi...(So'zi orasida kulib qo'ydi) bilsam u shunday atashimdan xabar topgan ekan. Bundan uni jahli chiqar va ana shu jahli meni ilhomlantirardi.
-Bora bora bu uni laqabiga aylandi. Keyinchalik meni barcha mashqlardan ozod qildi. Lekin mendan boshqa kim uni DoDo desa jazolar edi.
-Oyimni o'limidan keyin dadam u yerda uzoq yashay olmadi va biz boshqa yerga ko'chib ketdik... Shu bilan uni qaytib ko'rmadim.
-Yaqin deganingizga qarshilik bildirmayman, chunki.. biz chindan yaqin edik. U doim yonimda edi...
Yuna ichida qandaydir bo'shliq paydo bo'lganini sezib turar edi. Junkook tomon yuzini burdi, shu onda uning nigohi bekor ketmasdan, Junkook uni payqashini va unga huddi o'zi kabi boqishini istab turardi. Istagi bajo bo'lib nigohi bekor ketmadi va Junkook unga u istagandek qaradi, faqat bir on.. keyin yana yuzini yo'lga burib oldi. Bir necha soniya noqulay jimjitlik va ortidan yana o'sha sovuqlik.
- Aslida nega menga qiziq bo'lmagan narsani aytyapsan bilmadim ku ya..
-Mayli...
-O'tmishingni eslab aytadiganingni aytib bo'lgan bo'lsang tayyorlan va mashinadan tush.
Mashina katta bino qarshisida to'xtar ekan, Junkook birinchi bo'lib tushdi. Yunan ham tushib Junkookni yonida turdi. Junkook o'ziga begona bo'lgan tabassum bilan qo'lini Yuna unga o'z qo'lini kiritishi uchun ko'tardi. "Juftliklar" ko'rinishini yasashgach nariroqda kutib turgan, huddi ular kabi ikki qariya tomon yurishdi. Ha Junkook TAYYYORLAN so'zida aynan mana shuni nazarda tutgan edi.

Kang Sulli xonim eridan oldin gap boshladi:
-Agar uzr so'rab qo'ng'iroq qilmaganingda, sizlarni uyga kirgazish tugul yuzingizga ham qaramagan bo'lardim.
Janob Kang Sangmin ham qo'shib qo'ydi:
-Ehtimol atayin kelmagan deb o'ylagan bo'lar edik.
Y: Sizday insonlar bizni uylariga taklif etadilar u biz kelmas ekanmizmi?
JK: ..... (bosh silkidi xolos)
K.X: Sen nega indamaysan?!
JK: Rafiqam dilidagi gapni huddi istaganimdek aytib bo'ldi, menga faqat sukut qilib tasdiqlash qoldi. Yana tabassum bilan Yunaga qaradi.
K,x: Hush kelibsizlar azizam!
Bergan javobidan ko'ngli ko'tarilgan Sulli xonim, yolg'on arazini uzoq tutib tura olmay Yunani quchdi.
Y: Hush vaqt bo'ling.!
K: Yashirmayman, baribir xafa bo'ldim.
Junkook bilan ko'rishayotib nolidi janob Kang.
JK: Bir qoshiq qonimdan keching janob.. (istehzoli ohangda javob qaytardi) boshqa kech qolmayman yana jilmayib qo'shib qo'ydi.
(K.X - Kang xonim, K - janob Kang ismlarining qisqartmasi)
K.X: Ont ichaman agar biroz avvalgi qo'ng'iroq bo'lmaganida kechirmas edim.
JK: Bu uchun ham rafiqamdan minnatdorman. Zotan u aytmaganda edi, men kelganimdan keyingina shu yerda uzr so'rashni rejalashtirayotgan edim.

Mashinaga mingan paytlari Yunaning; kech qolishlarini aytib qo'ng'iroq qilib qo'yishi haqidagi taklifi bilan Janob Kang Sangminga qo'ng'iroq qilgani, uzr so'rab albatta kelishlarini aytganini eslab jilmaydi.

Ular avval tushlik qilishdi, keyin butun uyni aylanib chiqishdi. Yuna ularni avval bazmda ko'rgan, lekin yetarlicha tanib qolmagan edi. Endi yetarlicha tanishib birga vaqt o'tkazdi. Bu faqatgina Junkook tufayli emas, balki ularning oilalari ham yaqin edi. Yunaning borligi esa rishtani mustahkamlashdan boshqa narsa emasdi, ayniqsa o'shanda Sulli xonim Yunaga qiziqib qolganidan keyin. Aslida yoshlarning o'zi emas, butun boshli oila taklif etilgan edi. Janob Jeon va Jeon xonimlar ishlari borligini aytishgach kichik, yosh oila Junkook va Yunaning o'zi tashrif buyurdi.
Yuna tanishib bildiki bu oilada ikki farzand bo'lgan, biri qiz, biri o'g'il... o'g'il ish bilan chet elda, qiz esa turmush qurib, bu oilasidan ajralgan va hozirda o'z oilasiga ega...
Yana bir necha soat va ular xayrlashib u yerdan chiqdilar. Avval Dokookni oldilar va uyga qaytdilar. Bugungi ishlarini qoldirgani uchun Junkook ishxonasi tomon yo'l oldi. Yuna bilan Dokook esa "mashg'ulot taassurotlari", har xil suhbat va o'yinlar bilan qolgan kunni davom ettirishdi.
Kun kech bo'lgach Yuna Dokook bilan birgalikda Dokookning xonasiga yo'l oldi. Chunki kech ketgan Junkookning erta qaytishidan umid yo'q. O'sha kungi voqeadan keyin esa Yuna iloji boricha unga yo'liqmaslikni afzal ko'radi. To'g'rida, boshqa janjallar Junkook tomonidan bo'lsada, u janjal sababchisi Yuna edi. Minsu xonim ham o'rtaga tushgach Junkook bu haqda qaytib og'iz ochmadi, ammo bu Yunaning o'zini ayblashdan to'smas edi.

Yuna o'sha bir haftadan beri odatiy tarzda davom etayotgan nonushta dasturxonini tayyorlab Dokook bilan nonushta qila boshladi. Junkook ham o'g'liga ular bilan birga nonushta qilinishini aytganligi uchun tushadi. Yuzida hissizlik namoyon. Dokook majburlamagunicha bir og'iz gap gapirmaydi.

Y: Men bugun uyga bormoqchiman.
Junkook indamadi.
Y: Keyin Lisa bilan ko'rishaman.
JK : ....
Y: Qarshi emasmisiz?
Junkook befarq bosh chayqadi:
Iloji boricha mendan uzoqroq bo'lsang bo'lgani.
Y: A..
JK: Bo'lgan bo'lsang ketdik Dokook.
Y: Xohlasangiz men olib boray..
JK: O'zim qila olaman.
Y: Ishingizga ...
JK: O'g'limga o'zim qaray olishimni aytdim.
Y: Mayli unda..
JK: Ketdikmi?
D: Ha ketdik. o'rtadagi taranglikni shu kichik aqli bilan sezdi, ammo hech narsa ayta olmasdi. Uning o'rniga Yuna bilan iliq xayrlashdi. Eshik yoniga yetganida yuzidan o'pib qo'ydi. Bu harakati noodatiy edi. Faqat Junkook uchun emas, Yuna uchun ham, chunki birga o'ynashganida xursandchilikdan o'pib qo'ymasa, o'zi xohlab buni qilmas edi. To'g'ri ular yaxshi chiqishib ketishdi, lekin undan avval Dokook Yunaga ko'nika olmagan, xonasidan haydab solgan, urishgan va yodsiragan paytlari ko'p edi. Bunga o'z vaqt ketmadi. Ehtimol endi u Yunaga ko'nikdi va otasi uchun ham shunday bo'lishini xohlar. Lekin bular uning yoshi va aqliga ortiqcha emasmi?

Junkook
Yuna
Dokook