August 22, 2025

Meni kechir..

Written by Mira
12-qism.

-Bilasanmi Byeol meni juda ko'p aldadingki endi begunoh bo'lsang ham senga ishona olmayapman.

...:
B: Men seni aldamadim, Junkook.
Men kecha uyda edim. Gapim rost..
JK: Balki... Lekin buni tasdiqlovchi hech bir dalil yo'q. Har bir ishora seni Clubda ekaningni ko'rsatyapti...
B: Demak endi menga ishonmaysan?
JK: O'zing o'ylab ko'r?
B: Nimalar deyapsan Junkook?
-Ishonch bu sevgi...
sen menga nisbatan shubha qiladigan darajadaga yetdingmi?
JK: O'zing majbur qilding bunga!
B: Junkook men seni xotiningman!
- Men har qanday holatda ham sening yonigda bo'lishim kerak, sen ham doim men tomon bo'lishing kerak.
JK: Men doim shunday bo'ldim... Faqat agar sen ham men o'ylagandek bo'lganingda...
B: Nima meni rashk qilyapsanmi? (kulguga to'lib gapirdi )
-Bu sening yangicha qizg'onish uslubingmi?
JK: Ha rashk qilyapman.
shunday atashing mumkin, lekin avvalgiday emas...
Bu ishonchsizlik.
-Xohlasang shunday atashing mumkin.!
B: Mayli unda davom et. xohlasang ishon xohlamasang yo'q... lekin rashk qilishda davom et.
- Bu menga yoqadi azizim..!
Xonada poshnaning taqillagan ovozi tingach eshikning baland ovozda yopilishi eshitildi.
Junkook esa xona o'rtasida asabiy pastki labini tishlab ko'zini yumdi. Qo'li esa musht bo'lib tugildi. Asabiy bir nimalarni go'ldirab stol ustini vayron qila boshladi.
Comeback
Haydovchining ovozi Junkookni chalg'itdi:
-Janob yana biror joyga borishimiz kerakmi?
JK tushunmay unga qaradi.
H: Ya'ni biz yetib keldik, va Yuna xonim ketdi.
-Agar biror joyga borishimiz kerak bo'lsa...
Junkook yoniga qaradi Yuna yonida yo'q...
JK: Yo'q YAN ketishing mumkin. Bugunga bo'shsan.
Javobini kutmay o'zini tashqariga urdi.
Avval uyga olib kiradigan zinalardan chiqqan Junkook so'ng xonasiga olib kiradigan zinalardan ko'tarildi. Soat allaqachon 21:43 balki Dokook uxlab bo'lgandir...
To'g'ri xonasiga bordi chunki qiladigan ishlari talaygina..
JK: Men senga, xonamga...
Y: Bilaman.
-Mana ketyapman, shunchaki kiyimlarimni olgani kirgandim..
JK: Sen bugun juda qat'iyatlisan.!
-Chakkimas.. lekin shuni eringga ko'rsatishing drust bo'lmadi..
Yuna indamay chiqib ketishga urundi. Lekin Junkook uni tutib qoldi.
- Senga indamaganim, xohlagan ishingni qilishing mumkin degani emas Daxmaza...

Y: Bilaman janob Jeon...
-Hamma narsa faqatgina suyuklilarga mumkin..
-Bizga qolgani esa mukammal bo'lish va o'z ustida ishlash.
-Kechiring men haddimdan oshdim.!
-Uzr so'rayman va qaytib unday qilmaslikka va'da beraman...

Yuna yana Junkookdan oldin gapirdi.

Gapirayotgan gaplari esa huddi kimdir unga shu so'zlarni yodlatib qo'ygandek.
Huddi avvalgilaridek xatosiz va tez.
Junkook kulgidan o'zini tiydi. Yunani qo'lini qo'yib yuborib ichkari kirib ketdi.
Yuna ham Junkook osonlikcha qo'yib yuborgani uchun tezda xonani tark etdi. Junkookning kayfiyati yaxshi, sababi esa noma'lum...
Yuna Junkook unga bir nima deyishidan qo'rqadi lekin hozir o'zini kuchli ko'rsatishga urundi huddi biroz avvalgidek..
Yuna dadillik bilan aytgan gaplaridan pushaymon bo'lishi mumkin, agar Junkook unga javob qaytarsa...
Chunki Junkook unga xurmatsizlik qilishlarini unga tik gapirishlarini yoqtirmaydi. Salgina narsaga asabiylashadi va ana o'shanda uni nima qilishini hech kim bilmaydi.
Yuna jismining og'rig'idan qo'rqadi. Zarbalar va tan jarohati... Allaqachon uning qalbi yara, jismidagilar esa ortiqcha...
Junkookning Yunaga qo'l ko'tarishi unga bo'lgan qo'rquvni oshiradi...

Yuvunib chiqqach yana o'zini kompyuterdagi muhim ishlari bilan mashg'ul qilgan Junkook yotishdan avval Dokookdan xabar olishni istadi. Uyqusi yo'qligini hisobga olib oshxonaga kirdi yu stakanda o'ziga qahva damlab ortiga qaytdi.

Og'ir kundan keyin tungi yengil salqinlikda, toza havodan nafas olib qahva ichish uni yengillashtiradi deb o'ylardi.

Qachonki uyning balkon qismiga borganida yig'layotgan tovushni eshitmagunicha.

Avvaliga hayron bo'ldi, keyin bu Yuna ekanini o'ylab sekin u tomonga yaqinlashdi.

Yoniga chiqmay eshik yonida uni kuzata boshladi. Yuna boshini devorga suyab o'tirgandi. Ikki qo'l bilan qornini quchib olgan. Ba'zi ba'zida oyog'ini o'ziga yaqinroq tortar, yana qo'lini qorniga mahkam bosib olardi.

Junkook uning yoniga chiqishni o'ylab bir qadam tashladi, lekin Yuna ham o'qsib ham yo'talib o'rnidan turdi. Panjarani ushlab chuqur chuqur nafas olishni boshladi. Daqiqa ham o'tmay qo'li yana qorniga o'raldi.
JK pov: Nima uning biror yeri og'riyaptimi?
-Balki kasali bordir?
Yo'q nima bo'lsa ham men u haqida bilgan bo'lardim.
-Jin ursin u men yashirindim, Yuna hozirgina qo'li bilan og'zini yopib yonimdan yeldek uchib o'tdi. Tezda ortidan ergashdim, u eng yaqindagi xonaga kirdi, men ham. Xonaga kirganimda u hammom eshigini ochiq qoldirib ichkari kirgandi, ovozi shundoqqina eshitilib turibdi, u tinmay qayt qilyapti. Qahvamni stol ustiga qo'yib yoniga kirishga qaror qildim.
Yn pov:
Endigina boshimni egib yana bir bora yo'tal bilan ichimni bo'shatishga shaylanganimda kimdir peshonam va boshimni orqa qismidan mahkam ushladi. Men qo'rqib ketdim.., bu kim, meni bu holda ko'rmasliklari kerak edi. Bu ifor faqat bir kishiga tegishli..
Nima bo'lsa bo'lsin, o'rnimdan turib jo'mrak yoniga bordim. Avval qo'limni keyin yuzini yuvishga tushdim. U yana yaqinlashib sochimni yig'ib ortga oldi.
-Jin ursin e hudo oynaga qaraganimda mening sochlarim to'laligicha yoyilgan edi, har tomondan to'zg'igan yuzi va bo'ynimga yopishib qolgan. Bu holat yanada ko'nglimni buzdi.
Oynadan unga qaradim, bu chindan u edi, ammo e'tibori sochimda ularni ikki qo'li bilan yig'ib bir siqim qilib jamladi.
JK: Agar uzun sochlarni eplay olmasang ularni kesib tashlashing kerak.
Unga qarashda davom etdim, u ham menga qaradi.
JK: Yuzingni tezroq yuv men kutib turaman.
-Yoki menga uni qanday yig'ishini o'rgat!
Yuna yana indamadi, shunchaki oynadan unga qarab turishda davom etdi.
JK: Nima bo'ldi?
Y: Epchillik bilan ularni yig'ganinggizda siz buni bilasiz deb o'ylagandim.
-Har xolda birinchi emasman!
Junkookni yuzi o'zgardi ammo bildirmaslikka urundi.
JK: Buni bilaman, lekin sen birinchi, hech narsani eplolmaydigan daxmaza qizimsan.!
Yuna pov:
Indamay yuzimni yuvib, og'zimni chayqadim.
U yana gapirdi:
-Oshqozoning bilan muammong bormi?
Boshimni ha deganday qimirlatdim.
JK: Buni bilar ekansan, ovqatlanish tartibini ham bilishing kerak edi.
Yuna hech nima demadi, sochini ushlash uchun qo'lini cho'zganda qo'li Junkooknikiga tegib ketdi.
Yuna hijolat bo'lib qo'lini pastga tushirdi. Junkookga bu ta'sir ham qilmadi. Qaytaga Yunani qo'lini ushlab sochiga olib bordi va sochini yig'imini unga ushlatdi.
Indamay chiqib ketayotganida Yuna hayoliga kelgan narsa tufayli shoshib uni to'xtatdi.
Y: Hooy shoshmang..
Xona yarmiga yetib borgan Junkook unga ogirilib qaradi.
Y: Xonangizga kirmoqchiman.
Junkok uni eshitishda davom etdi.
Y: Ya'ni kiyimlarimdan olib chiqish uchun. Endi bu kiyimda yura olmasam kerak..
JK: Mayli.
Junkook har bir gapni aytganida yuzi o'zgarishsiz tund qiyofada qolardi. Ha har biri...
Yuna yo'l yo'lakay sochini yig'ib Junkookning oldidan o'tib ketdi.
Xonaga kirib kiyim javondan yana bir pijamasini olib ortga o'girildi.
Ortiga qaraganda Junkook eshikka suyanib turgandi.
JK:Yuvinmoqchimisan?
Yuna bosh chayqadi.
JK: Shu yerdan foydalanishing mumkin.
-Men oshxonaga tushaman.
-Rameyon yeysanmi?
Yunani ko'zi kattarib ketdi.
- Nima..?
JK: Buzuqi bo'lma, oddiy rameyonni aytdim.
Y: M...en hali hech nima aytmadim. o'zini oqlashga urunib dedi.
JK: Ammo yuzing aytdi.
Y: Me... meni oshqozonim og'riyapti, qanday yeyman.
-Ham yarim tun bo'lsa, yana og'rib qolsamchi?
-Sh..shunga aytdim.
-Aslida sizning hayolingiz buzuq..

Junkook indamay ketdi.

Yuna qaytib chiqqach dori ichish uchun oshxonaga tushdi. Junkook o'sha yerda o'tirgan edi. U o'zi aytganidek Rameyon yeb o'tirardi. Yuna indamay uni yonidan o'tdi, stakanga suv quyib cho'ntagidan dori chiqarib ichdi.
JK -Avval biror nima yeyish kerak emasmi?
Y: Yo'q yemayman, shuni ichsam yetarli.
JK: U qanday dori?
Y: Og'riq qoldiruvchi.

JK: Doim yoningda olib yurasanmi?
Y: Ha desa ham, yo'q desa ham bo'ladi.
JK: Bu qanday javob bo'ldi?
Y: Doim emas ammo ba'zi ba'zida oshqozonim og'rib turadi.
Shifokor oshqozonimda Gastrit kasalligi bor ekanini aytgan.
Bu dorini u yozib bergan qachon bezovta bo'lsam ichishim uchun.
JK: Boshqa dorilarchi?
Y: Mumkin emas, oshqozonim kasallik tufayli nimjon bo'lib qolgan, har xil dorilar salbiy ta'sir qilishi mumkin.
JK: Ko'p bo'ladimi?
Y: Nima?
JK: Biroz avvalgi..
Y: Ba'zida..
JK: Bo'pti, men uxlayman sen ham uxla...
Ko'p savol bergani o'zini ikkilantirdi. Axir unga nima qizig'i bor...

Lekin uning qalbida nimadir bor.
O'zini huddi aybdordek sezadi. Balki Yunaga nohaqlik qilayotgandir.
Axir Yuna hali yosh. U Byeolga umuman o'xshamaydi. Yosh, ko'rinish, fe'l umuman hamma hamma narsada ular orasida o'xshashlik yo'q.

Junkook xonasiga kirib kresloga o'tirdi.
Noutbukini olib titkilay boshladi.
"Oshqozon kasalliklari"
"Gastrit"....

Ma'lumotlarni ko'rib chiqa boshladi.
Ta'rifi:
-Oshqozon shilliq qavatning yallig'lanishi.

Sabablari:
-Noaniq vaqtli ovqatlanish
-Haddan tashqari achchiq, sho'r yoki qovurilgan ovqatlar
-Stress...
Helicobacter pylori bakteriyasi

Belgilari:
-Oshqozonda og'riq yoki achishish
-Ko'ngil aynishi, qusish
-Ishtaha yo'qolishi
-Og'izda achchiq ta'm

Davosi:
-Antadsitlar (kislotani kamaytiruvchi dorilar )
-Antibiotiklar (agar bakteriya bo'lsa )
-Dieta. yengil hazm bo'ldigan ovqatlar

Yana bir qancha ma'lumotlar.
Davolash yo'llari.., unga e'tiborsizlik va oqibati..,

"Jin ursin" o'ziga o'zi so'kindi Junkook.
Kasallik belgilarining har biri to'g'ri keladi.
Hatto Stress hammi?...

Qo'llari bilan yuzini ishqab kresloga suyandi.
Uxlashdan oldin tashqariga chiqdi. Xonalar ichidan Yunani qidirdi. Oxiri uni balkondan topdi.
Boyagi yig'lab o'tirgan o'rnida endi uyquga ketgandi. Yoniga borib qarshisiga o'tirdi.
JK: Demak Gastrit...
Yunani boshi bir tomonga og'ib turardi.
JK: Ahmoq Daxmaza? bu yerda qanday qilib tong ottirishi mumkin?

Junkook Yunani ko'tardi. Yuna bir zumda ko'zlarini ochdi.
Y: Nima qilyapsiz?
JK: Sen chindan Daxmazani o'zisan!
Y: Meni tushiring!
Junkook uni tushunish o'rniga ichkariga olib kirdi.
-O'sha yerda o'tirgan holda uxlay olaman deb o'yladingmi?
Y: Tushuring dedim. yelkasiga turtdi.
JK: Yoki seni olib ketishim uchun u yerda edingmi?
Junkook Yunani eshitmayotgandek unga dakki berishda davom etaverdi.
Yuna ham hayoliga kelgan aqlli javobni berdi.
Y: Sizga qiziq emasman deb o'ylardim Janob Jeon...
Junkook Yunaga qarab yerga tushirdi.
JK: Senga qilingan odamiylikni doim noto'g'ri tushunasan!
Y: Chunki sizni qanday fikringizdan qaytarishni bilaman.

JK: Gaplarga munosib javob berishni o'rganibsanmi?
Y: Chunki sizni...
Junkook qoshini chimirib gapini davomini kutdi.
JK: Nima meni..?
Y: Yo'q shunchaki..
JK: Nima shunchaki..?
Y: Nega unday qilyapsiz.?
JK: Tobing yo'q ekanini bilmaganimda hech nima qilmasdim!
-Men ham insonman, kasal xolingda seni ko'chaga chiqarib o'zim mazza qilib uxlay oladigan darajada emasman.
-Ham agar oyim ko'rib qolsa boshimni qotiradi.
Y: Hali sizda yurak bormi?
bi qo'lini beliga qo'yib ikkinchisini begiz qilib hazil qila ketdi.
- Qarangga Men Yo'q deb o'ylardim.
-Ammo fikrim o'zgarishsiz qoladi.
-Shunday ekan menga mehribonchilik qilib ovora bo'lmang.!
-Men qaytaman. orqasiga qaytib keta boshladi. Junkook esa uni to'xtadi.
JK: Noqulay yerda uxlab yana bir nima bo'lsang senga qarashga vaqtim yo'q.
-Qaysar bo'lmay xonaga kir, daxmaza!
Y: Necha kundan beri hech nima bo'lmadi. Men bunga o'rganib ketdim.
-Qolaversa siz o'zingiz menga xonalarni taqiqlagansiz!
JK: Men xonalarni emas birgina xonani taqiqladim.
Y: Yo'q siz o'zingiz va xotiningizni xonasini taqiqladingiz.
-Men esa buyruqni ortig'i bilan bajardim.
Junkook pastki labini tishlab kuldi.
-Aqling oshib toshib ketibdi.
-Yoki jahlimni chiqarish yoqayotgan ko'rinadi.
-Lekin agar kirishgan ishingni uddalasang senga yaxshi bo'lmasligi aniq.
Y: ...
JK: O'zim majburlab olib kirmasimdan o'zing kir, yo'qsa qaytib chiqa olmaydigan qilaman.!

Y: Qayoqqa?
Junkook boshi bilan xonasini imladi.

Yuna yerga qarab xona tomon yo'l oldi. O'zicha pichirlardi.
-Tovba tovba bu odam psixmi? Bir qarаsa chiq deb haydaydi, yana bir qarasa kir deb qamaydi. O'zini bilib uxlasa bo'lmaydimi.?
JK: Sen pichirlamayapsan shuni bil...
Yuna lablari bilan birga ko'zlarini ham chirt yumdi.

Junkook Yunaga kirishini aytib o'zi ortidan kirdi.

To'g'ri borib yotoqqa joylashdi. Qo'llarini boshi ostiga qo'yib ko'zini yumdi.
JK: Agar tutqanog'ing tutib bir nimalar qilishdan qo'rqmasang men bilan uxlashing mumkin.
-Men yotoqni bo'lisha olaman.
-Axir bir kun ming kun emas!
Y: E'tiboringiz uchun mening hech qanday tutqanog'im yo'q.
-Men yaxshisi kresloda yota qolaman.
JK: Ana aytdim ku qo'rqasan deb!
Yuna tez kelib yotoqning bir chetiga o'rnashdi.
JK: Umid qilamanki, o'zingni sharmanda qiladigan ish qilmaysan!
Y: Ko'ramiz kim o'zini sharmanda qilar ekan..
Junkook tabassum qildi.
Miyyasi esa unga qarshi fikrlarni unga tatbiq qilar edi.
-Nimalar qilyapsan Junkook?
-Sen o'zing emassan!
-Bu qizni o'zing xonaga olib kelding!
-Nima sen Byeolni sevasanmi?
-Meni xotinim birgina , u ham bo'lsa Byeol degan inson qani?
-Uni o'rnini hech kim egallay olmaydi degan kishi qayerda?
-Shumi sening sadoqating?
-Qayerdagi maktab o'quvchisi bilan pachakilashib yuribsan!

Bu savol va dakkilar miyyasida aylanayotgan paytda Junkook fikrlash qobiliyatini uyquga sotgandi.

Xonani olib Sukunat egalladi. Hayot uchun birinchi qadam qo'ygan oila allaqachon uyqu og'ushida...

"Hayot oying senga tunda aytib bergan ertak emas uyg'on qizaloq..."

12-qism tugadi.

Mana 12-qism iloji boricha ko'paytirdim.

Xatolar uchun uzr ko'rib chiqa olmadim!
Rahmat hammaga!!!🫡