Meni kechir
Jeon Mira
Janr: Tragedy
3-qism
Hayot oying senga tunda aytib bergan ertak emas, uyg'on qizaloq...
Uyiga qaytgan Jeonlar...
Minsu: Sunhoo balki yaxshilab o'ylab ko'rarsiz?
Sunhoo:Yana necha marta aytishim kerak men o'ylab bo'ldim deb.?
M: Xato qilmayotganmikinmiz?
S: Yana boshladingmi?
M: Axir o'zingiz ko'rdingiz ku qiz juda kichkina yoshi ham, bo'yi ham, aqli ham...
-Kunday ravshan bo'lib turibdi, bu hali maktab o'quvchisi...
Bu qo'rs o'g'lingiz esa na kattani na kichikni biladi.
S: Shunga qarab muomala qiladi.
M: Aqldan ozganmisiz, u ham kimningdir bolasi.
Sizning uylangan, kamiga bolasi bor o'g'lingizni deb gulday umrini xazon qilsinmi bechora.
S: Sen o'g'ling tomonmisan yoki o'sha begona qiz tomonmi?
M: Men adolat tomonman. Mana ko'rasiz u qiz ko'nmaydi
S: Bu yog'i seni yo meni emas otasining ishi.
M: Nega shu qizga yopishib oldingiz o'zi?
Nega tushunmaysiz hali u yosh bola.
S: Sen o'g'lingni ham o'ylaysanmi o'zi, yo hali kelining ham bo'lmagan o'sha qiznimi?
M: Yo xudo Sunghoo Nega tushunishni istamaysiz qiz yosh, tajribasiz, ham uni o'g'lingiz qabul qiladimi yo'qmi..?
-U ku mayli nabirangiz uni qabul qimasachi? Mayli Junkook o'g'li uchun rozi bo'ldi deylik, lekin Dokookchi?
-Ho'sh unda nima qilmoqchisiz?
S: Sen ham tushunishga urin jon inson, men ham har tomonlama o'ylab keyin qaror qildim.
- Aytganingdek Dokook hali yosh, esini tanib har narsaga aqli yetgunicha o'sha qizni ona deyishi kerak, hozir uni ishontirish oson, u hali bola, agar u o'sha qizni tan olsa o'g'limiz majbur tan oladi.
-Shu bahona o'sha "Xotinini" ham unutadi.
M:Agar unutmasachi!
- Har doim o'sha xotinini esga olib bu bechorani qiynasachi?
-O'sha bi*chni sevganchalik seva olmasachi?
S: Unday dema yaxshi niyat qilaylik!
-Mana ko'rasan bu xotinini unisidan ko'proq sevadi. -Sobiq xotinini unutib ham yuboradi.!
-Men ham aynan shularni o'ylagan holda shunday qilyapman, agar uni maktab bitirishini kutsak -Dokook katta bo'lib qoladi.
-Men qizni surishtirdim o'g'limizga mos qiz.
-Hali meni aytdi deysan...
-Agar unday bo'lmasa, mayli ajralishadi, men u qizni o'z qaramog'imga olaman. Nimani xohlasa beraman. Orzusi bo'lsa amalga oshiraman. OTASIDAN KEYIN HAM...
M: Mayli hali ko'ramiz!
-Taening o'qishi nima bo'ldi.?
-Modomiki to'y qilar ekanmiz to'xtatib tursakchi, shu o'qish masalasini?
-Men o'qishni gaplashib bo'lganman. U paytda to'y fikri yo'q edi. Endi ketaveradi nima o'zi uylanyaptimi, akasi ku uylanayotgan qolaversa bu birinchisi emas.
M: O'zingiz bilasiz men hech narsaga aralashmayman.
S: U ertaga ketishi kerak, tayyorlanish o'rniga qayerda yuribdi bu tentak?
M: U allaqachon tayyorlangan, muhim ishim bor degandi yaqin orada kelib qoladi.
* * *
Yuna: Tae senga tushuntirishga urinyapman meni noto'g'ri tushunma..
Tae: Men seni doim to'g'ri tushunaman, qulog'im senda sevgilim aytaqol gapingni, men seni eshitaman.
Yuna: Tae biroz jim tursangchi avval men gapirib olay, chalg'ityapsan meni,
-Qara bilaman sen meni sevasan, meni ham qarshi emasman, ammo bugungacha munosabatlarimiz qanday davom etgan bo'lsa keyin ham shunday davom etsin.!
- Men buni o'zim uchun yoki seni xohlamaganim uchun aytmayapman,
-Birinchidan men hali bunday munosabatlarga tayyor emasman.
-Ikkinchidan sen o'sha yerdan boshqa qizni topib kelmasliginga yoki men bu yerda boshqasiga tegishli bo'lmasligimga kim kafolat beradi?
Tae sapchib turib jiddiy gapira ketdi: Nimalar deyapsan Yuna..?
-Bu nima deganing...
Yuna: Meni oxirigacha eshit Tae men aniq shunday bo'ladi demayapman ehtimollarni aytyapman!
Bunday bo'lmasligiga harakat qilaman ammo agar otam meni boshqasiga bermoqchi bo'lsa men qarshilik ko'rsata olmayman.
-Seni kutishga harakat qilaman lekin bu va'da emas.
Bunday qilayotganimning sababi-
-Agar biz birga bo'la olmasak, sen ham, men ham o'z turmush o'rtog'imiz yonida afsuslanmasligimiz uchundir!
-Men uchun sadoqat muhim narsa, agar meni tushunsang xursand bo'lar edim va seni kutishga harakat qilardim.
-Agar noto'g'ri tushunsang o'zing bilasan, bo'lmaydigan ish boshidan bo'lmagani yaxshi...
-Lekin iltimos yaxshilab o'ylab keyin javob ber...
Tae: -Seni tushunaman Yuna, doimo to'g'ri tushunadigan inson men bo'laman, mana ko'rasan..
-Seni o'zim bilan olib ketishni istar edim ammo iloji yo'q...
-Ketishimdan avval uyingizga bormoqchi bo'ldim, ammo imkoni bo'lmadi...
-Seni to'g'ri tushundim hammasini men bilan bo'lishganing uchun rahmat Sevgilim.! Sen juda dangal qizsan...
-Endi meni eshit seni chindan sevaman va Biz uchun qo'limdan kelganini qilaman. Faqat vaqt kerak akamni to'yi o'tsin, mana ko'rasan ...
Yunani jahli chiqib ketdi, u nima dedi yu bu nima deyapti..: -Tae men shuncha gapni kimga aytdim, doimgidek davom et men sendan sen esa mendan ortiqcha narsa kutmaymiz.
-Nega yana gapni bu yo'qqa burasan aa
Tae : Hop hop jimman kapitan 0.5 deb Yunani mazah qildi.
Yuna: Qanaqa 0.5 meni bo'yim 1.60 tushunarlimi?
Tae: Tushunarli janob kapitan.!
Yuna: Yaxshi unda men ketdim, parvozda va o'qishda omad tilayman, endi esa hayr men ketishim kerak!.
Tae:Hoy sen o'z gaplaringni aytding meni gapirtirmading ham hech bo'lmasa sovg'amni qabul qil...
Birga o'tirishgan stolni yonida kitob ichiga solingan qip qizil atirgulni oldi. Bu nima Yuna uni endi ko'ryaptimi?
Tae: Bu senga Qizil Atirgul?
Yuna hayron bo'lib ko'zi porlab ketdi.
Yuna: Qizil atirgulni yoqtirishimni qayerdan bilasan?
Tae: Men bo'laman u bilmaymanmi, shunday chiroyli qiz qaysi gulni yoqtirishini?
Yuna: Aytmasang ham chiroyli ekanimni bilaman. Ko'zini suzdi.
-Mayli hayr endi bora qolay sovg'a uchun rahmat.!
Tae: Hoy qayerga shoshasan, mening sovg'am qani?
Yuna: Kechirasan lekin menda sovg'a yo'q edi?
Tae: Yo'q men o'zgacha sovg'a dedim.
Yuna: Tae atayin asabimga tegyapsanmi?
Men nima dedim senga..
Tae: Yo'q, to'xta men seni tushundim, lekin bu, sen bilan hayrlashishdan voz kechdim degani emas!
Yuna: Hozirchi hayrlashmay nima qilyapmiz unda..?
Tae stulni aylanib o'tib Yunani bilagidan ushladi, so'ng kuch bilan o'ziga tortdi. Yuna nima bo'lganini tushungunicha Tae uni yuzidan o'pishga ham ulgurdi. Tezda uni qo'yib yuborib undan uzoqlashdi...
Tae: Ana endi hayr Qizil Atirgulim, ortga qadam tashlab undan uzoqlashdi so'ng butunlay g'oyib bo'ldi. To'g'rirog'i Yuna shuncha vaqt unga angrayib qarab turdi. Yuna g'azabdan o'ziga o'zi baqirib yer tepina ketdi:
-Ahmoq men senga nima dedim u sen nima qilyapsan.? Esini yegan to'nka....
* * *
Yuna: Vooy xolajon juda ham yomon og‘riyapti bilsangiz edi?
X: Nega ehtiyot bo'lmaysan a ?
-Yo xudoyim eey ...
Yuna:- Agar men ehtiyot bo'lsam kim yoningizga yiqildim deb keladi.
-Lekin yiqilmagan bo'ladi, aksincha sizni aldagan bo'ladi?!
-Aa ayting kim shunday qiladi?
X: Ahmoq qiz o'takamni yording aa ..
-Haziling qursin!
Yuna labini burib xafalik qiyofasini yasadi.
X: Nega unday qaraysan?
-Qo'rqib ketgan men xafa bo'lgan sizmi?
Yuna: Yaxshi xafa bo'lmadim.!
X: Lekin men xafa bo'ldim.
Yuna: Unday qilmang Neon xola...
-Xolajonim o'zimni...
Borib bo'ynidan quchoqladi.
-Keling, undan ko'ra bugun nima pishirishimizni ayting!?
N: Yaramas qiz avval qo'rqitasan, keyin xafa bo'lasan, yana hech nima bo'lmagandek nima pishirishni so'raysan..!
- Meni ham xafa bo'lishimga qo'yib ber!
Yuna: Yo'q siz xafa bo'lmang, uni o'rniga nima pishirishimizni aytsangiz, men narsalarning kamini olib kelaman.!
N: Hamma narsa joyida, kelguningcha tayyorlab qo'ydim.
-Bugun biror shirinlik tayyorlaymiz.
Yuna: Balki malinali tortdir a..?
N: Mayli farqi yo'q, lekin uni o'tgan gal tayyorlagandik.
Y: Bilaman bu safar yaxshiroq qilamiz, ham esimdami, yo'qmi, bilmaymiz ku.
N: Yaxshi o'zing bilasan, unda bu safar sen qil, men tomosha qilib turaman.
Y: Hop bo'ladi.
* * *
Kech tushib telefon orqali hamma dardini Lisaga aytib yo'lda ketayotgan Yuna o'zicha o'ylardi. Undagi bu hazilkashlik qayerdan kelgan?
Yuna: Lisa seningcha men nega bundayman?
Lisa: Qandaysan?
Y: Hazillarimni aytyapman!
L: Buni men ham tushuna olmayman.
Y: Lekin menimcha men sababini topdim.
L: Ho'sh..
Yuna kula kula xolasinikida bo'lgan voqealarni aytib berdi. Eng boshida Yuna unga hazil qilgani, keyin shirinlik pishirishgani, so'ng xolasi, Yuna pishirgan tortni yeb yuzini burishtirgani, yomon chiqibdi deb qo'qitganlarini barcha barchasini...
Y: Mayli unda Lisa ertaga ko'rishguncha!
-Men uyga yetib keldim!
L: Mayli hayrli oqshom!
* * *
Bu tomonda esa Jeonlar oilasi Junkookning to'yi borasida janjallashayotgan edilar.
Junkook: Nega men uchun, mendan so'roqsiz qaror qabul qilasiz?
-Nima men sizga yosh bolamanmi?
Mom: Tushun o'g'lim seni o'ylab qildik buni!
J: Men o'zimni o'zim o'ylay olaman!.
-Tushunarlimi, menga hech qanaqa xotin kerak emas. O'g'limga ham onaning keragi yo'q!
-Men u uchun ham ota, ham ona bo'la olaman.
M: Unday narsa yo'q, sen ona bo'la olaman deb o'ylaysan ammo ona boshqa, ota boshqa...
J: Yetarli... Bu haqida eshitishni ham istamayman.
M: Dadasi, siz o'zingiz tushuntiring endi o'g'lingizga... men endi hech narsaga aralashmayman...
D: Men qaror qilib bo'ldim Junkook. O'tgan gal hayotingni o'z qo'lingga berdik. Aralashmadik. Oqibati nima bo'ldi? Agar yana o'zingga qo'yib bersak avvalgidanda yomonlashishi turgan gap...
- Modomiki o'zingga qo'yib berganimda eplay olmagan ekansan, endi meni aytganim bo'ladi...
Junkook stolga urib zarda va jahl bilan turdi.
J: Yaxshi men ko'naman. Bilganingizni qiling u bilan o'zingiz yashaysiz.
-Bilib qo'ying agar u qiz baxtsiz bo'lsa, yoki boshqa narsa... bu sizning aybingiz!
-Modomiki mening xohishim qiziq bo'lmasa o'g'limning xohishi bordir... -Agar sizlar aytgan narsa, o'sha Baxtli Oila aksiga yurib O'gaylik muammosiga aylansa avval o'sha qizni gumdon qilaman.. Va hazillashmayapmanki meni qaytib ko'rmaysiz...