Mistake Autor: Min Yoonsu π
D: Ko'rinishidan hamma narsadan bexabarsan
D: Haligi.... Jhop bir video tarqatibdi
Donho telefonidagi vidni Jimimga ko'rsatdi. Jimin qotib qoldi.
J: Bu... Bu Jhop emas. Uning yuzi ko'rinmagan? Undan tashqari Jhop bunday ish qilmaydi. U bunday pastkashlik qilmaydi
D: Qara uning kiyimi tog'dagi kiyimi bilan bir xil. Menga bu videoni bergan yigit uni Jhopdan olganini aytdi
Jimin yugurgancha sinfga ketdi
Yoongi shoshilib sinfga kirdi. Sinfda Jhop sokin o'tirardi. Xonada hech kim yo'q.
Y: Jhop buni ko'rdingmi? Kimdir bizni yashirincha videoga olibdi. Endi nima qilamiz?
Jhop: Bu mening muammoyim emas. Bu yerda mening yuzim ko'rinmagan
Yoongi bu gaplardan shokga tushdi
Y: Nima? Bu nima deganing? Axir sen.... biz.....
Yoongi jimib qoldi
Jhop: Bu yerda hech qanday biz degan gap yo'q. Men shunchaki sen bilan o'yin qildim. Jiminni azoblash, undan sevgisini tortib olishni xohladim. Endi u sening azoblanishingni ko'rib seni asrolmagani uchun azoblanadi
Shu payt sinfga yugurgancha Jimin kirib keldi
J: Jhop bu yolg'on shundaymi? Bu sen emassan va sen bu videoni tarqatmading
Jhop: Uuu ana bosh qahramon ham keldi. Ha hammasini men qildim. Bularning barchasiga esa aynan sen aybdorsan.
Jimin Jhopni yuziga musht tushirdi. Jhopni lab cheti qonadi. U Jiminga kulgancha qaradi. Jimin yana urmoqchi bo'lganda uni Yoongi to'xtatdi va xonadan olib chiqdi.
J: Qo'yib yubor men o'nga ko'rsatib qo'yaman
Y: O'zingni bos Jimin. Kerak emas. Yur ketamiz. Biroz aylanib, gaplashib olamiz
Yoongi biroz tinchlandi va Yoongi bilan maktabdan chiqib ketdi. Ikkisi sohilga borishdi. Yoongi dengiz havosidan to'yib nafas oldi. Ikkisi ham oldinga jim edi. Keyin Jimin gap boshladi
J: Yoongi meni kechir. Hammasi meni deb bo'ldi
Y: Yo'q unday emas. Bularga o'zim aybdorman sen meni ogohlantirganding. Lekin men senga qo'loq solmadim. Aslida boshida sen menga yoqa boshlaganding. Lekin birdan u paydo bo'ldi. Uning chiroyli tabassumi, ajoyib hazillari meni o'ziga bog'lagandi. Men uning bu ishidan g'azablandim. Ammo hozir yonimga kelib xato qilganligini aytib kechirim so'rasa uni kechirishga tayyorman.
Jimin unga ajablanib qaradi. Buni Yoongi sezdi. Yoongining ko'zlari yoshga to'lgandi
Y: Men axmoqqa o'xshayman to'g'rimi? Lekin nima qilay men unga telba kabi oshiqman.
Oxirgi gaplarini aytarkan ko'zlariga yosh keldi
Bu vaqtda allaqachon darslar boshlangandi. Nimi bir necha bor Jiminga tel qildi. Ammo tusholmadi.
Y: Hozircha bilmadim. Maktabdagi vaziyatga qaraymiz. Qancha bolalar bundan xabar topganini bilmayman
J: Men Jhopni bilaman. U seni ustingdan kulishlarini xohlagan. Lekin ular senga nimadir qilishlariga yo'l qo'ymaydi
Y: Ha buni bilaman. U hozir shunchaki darg'azab biroz jaxlidan tushsa keyin yana gaplashib ko'raman.
Ikkisi sohil bo'yida ancha o'tirishdi.
Bu vaqt oralig'ida maktabda darslar tugagan edi.
Dina: Nimi yur biznikiga birga dars qilamiz, so'xbatlashamiz
N: Yaxshisi biznikiga boraylik. Biznikida hech kim yo'q.
Ikkalasi birga Nimining uyiga borishdi( qo'shaman degandima π)
Ikkisining ham qorni och bo'lgani uchun tovuq oyoqchalarini buyurtma berishdi va biroz dars qilib telefon o'ynay boshlashdi.
Jimin va Yoongi ham qorni ochligi sabab ovqatlanmoqchi bo'lishdi va o'zlariga sohil bo'yidagi restaranlardan birini tanlay boshlashdi
Eshik jiringladi Nimi eshikga qarashga ketdi. Buyurtmani olib kirayotganda oshxinadan Dinani baqirgan ovozi eshitildi. Nimi tez ichkariga kirdi. Dina oshxona stoli ustida turardi.
Nimi atrofga qaradi va u ham baqirib yubordi
Jimin va Yoongi endi oshxona tanlashgan edi birdan Jiminga tel bo'ldi. Qarasa Nimi ekan, javob berdi. Nimi qaltiragan ovozda tez gapirardi.
N: Jimin yordam ber. Uyimizda....
D: QARA SEN TARAFGA BORYABDI..... A-A-A-A-A-A
Telefonning qattiq tushgan ovozi va jimlik
J: Nimi. Nimi nima bo'ldi? Eshityapsanmi? Hoy?
Men ketishim kerak. Sen o'zing ovqatlan
Jimin yugurib ketdi. Yoongi yolg'iz ovqatlangisi kelmay yana aylandi.
Jimin 15 daqiqada Nimining uyiga keldi. Xansiragancha uyga otilib kirdi.
Jimin Nimi bilan 8 yoshidan do'st edi. Agar Nimining uyining kodi almashsa buni Jimin birinchilardan biladi. Sababi Nimi hamma narsani eslab qoladi ammo mashina raqamlari, uy kodi, telefon raqam emas. U doim uy kodini esdan chiqaradi va Jimindan so'rardi
Nimi bilan Dina oshxona stolida turgancha qaltirardi.
Nimi: Suvarak. U yerda suvarak bor
Nimi divan tagiga ishora qildi.
Jimin qo'liga tushgan birinchi narsa bilan suvarakni o'ldirdi. Ikki qiz tinchlanib pastga tushdi.
J: Hoy shunga shuncha vahimami? Men qo'rqib ketdim
Shu payt Nimining boshi aylanib ketdi. Jimin uni suyab stulga qo'ydi.
N: Ha yaxshi shunchaki qattiq qo'rqdim menimcha. Yuragim biroz sanchdi
Shu payt Dinaning baqirgan ovozi eshitildi.
D: Sen nima qilding? Axir bu mening kundaligim edi. Sen u bilan suvarak o'ldirding. Uning ichida sevgilimning rasmlari bor edi.
N: Voy pismiq. Bitta rasmini ko'ray
N: Voy bu bolachani. U necha yosh
D: Hoy jim bo'l. U mendan katta. U meni sevgilim, hayotimni mazmuni. Men u bilan butun umrimni o'tkazishga tayyorman. Men usiz hayotimni tasavvur qilomeman
N: Yana shu gap esingdami bu gaplani oldin ham etgandin. Taxminan 17 kun avval oldingi sevgiling haqida keyin 1 hafta o'tmay ajralib ketgandila. Senga yoqmey qogandi
J: Nima Dina sen shuncha tez boshqasini sevib qoldinmi?
N: Bu uning har doimgi holati. Eng qizig'i u bilan nega ajralgani. U Dinaga snikers obermagani uchun tashab ketgandi Dina.
Jimin ham Nimiga qo'shilib kula boshladi. Ikkisining kulganidan Dinani biroz jaxli chiqdi
D: Buldi men sizlarga mazxarabozmanmi? Undan ko'ra ovqatlanaylik
Hamma stol atrofida o'tirarkan Nimi bilan Jimin bir biriga qarab yana kulib yuborishdi.
N: Bo'ldi, bo'ldi kulmemiz. Ke o'tir. Aytganday Jimin sen uning oldingi yigitini taniysanmi senga rasmini ko'rsataymi
J: Nima Dina sen faqat yosh bolalani sevasanmi?
D: Hoy u mendan bor yug'i 2 yosh kichkina edi.
Uchchalasi ovqatlanishdi. Hamma uy uyiga tarqaldi.
Ertasiga yana hamma maktabga keldi. Jimin darvoza oldida turardi. Nimi uzoqdan ko'rindi. Jimin Nimining orqasidan kelayotgan Wooni ko'rib jaxli chiqdi.
N: Yo'q, shartmas o'zim hal qilaman
Dars boshlandi. Hamma darsda jim o'tirardi. Yoongiga habar keldi. Kechadan beri unga juda ko'p habar kelgandi. Hammasi birga bo'lish haqida edi. Bunisini ham beetibor qoldirdi. Lekin yana xabar keldi. Xabarda
Agar xozir aytilgan joyga kelmasang vidni otangga yuboraman
Yoongi jaxl bilan Jhopga qaradi va ustozdan so'rab chiqib ketdi.
Yoongi aytilgan joyga bordi. U yerda uni ikki yigit kutib turardi.
X1: Xo'sh Yoongi biz bilan birga bo'lishga tayyormisan.
Y: Bas qiling men hech kim bilan bo'lmeman
X2 : Nega noz qilasan? Agar rozi bo'lmasang vidlar otangga va uning hamkorlariga yetib boradi.
Yoongi nima qilishni bilmay qoldi. Shu payti ikki yigit unga tashlanib ketishdi. Yoongi qancha qarshilik qilsa ham ularga kuchi yetmadi.
Oradan ikki soat o'tdi. Jimin xojatda edi. Ikki yigit gaplasha boshladi
X2: Ha bu uchun Jhopga raxmat aytish kerak. Agar u bo'lmaganda shunday rohati jonni bilmagan bo'lardik.
X1: Ismi nima edi? Yoongi mintaqasida? Raqamini saqlab qo'yay yana mazza qilamiz
Shu payt Jimin gap nimadaligini aniq tushundi va chiqib ikkisini ham do'pposladi. Ikki yigit zo'rg'a qochib chiqdi. Jimin jaxl bilan axlat qutisini tepdi. Jimin oynadan o'ziga qarab turarkan, orqadagi xonadan qon sizib chiqayatgonini ko'rdi. Jimin shoshib orqaga qaradi. Xona eshigini sindirib ochdi. Ichkarida tomiri kesilgancha Yoongi yotardi.