July 20, 2025

Two different world

βž› EPISODE 8

βœ„- - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

── Beomgyu aytilgan vazifani mukammal va qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi

Teach: Beomgyu senda o'zgarishlar juda katta! So'ngi paytlarda baholar reytinging oshib bormoqda. Shunday davom etdi

── Beomgyu haqiqatdan ham so'ngi kunlarda katta o'zgarishlarni ko'rishimiz mumkin... Atrofdagilar ham uning shijoatiga, yaxshi fikrlarni ilgariga surishardi

Nari: Beomgyu juda yaxshi harakat qilyapsan!

Beomgyu: Ha. Yeonjun kelganda mening harakatlarimni ko'rib lol qolishini istayman. Doim u meni himoya qilib yurardi. Bu safar esa o'zimni o'zim himoya qilishni istardim

Nari: Ha bu harakatlaring juda samarali va ochiq oydin ko'rinib turibdi

>> Darslar tugadi

── Beomgyu maktab bog'iga bordi va yerda ko'karib chiqqan gullarga qaradi Ularni masofadan turib, o'zining maxsus qo'l harakatlari bilan hech qanday muammosiz uzib oldi Oldin buni qila olmasdi. Mashqlar ish bermoqda Gullarni qoliga olar ekan, yengil tabassum qilib qoydi. Ammo qayerlardandir yig'i ovozi kelar edi Beomgyu ovoz kelayotgan tomonga qadam tashlay boshladi, daraxt ortida kimdirning soyasi korindi Sekin astalik bilan u tomonga yurdi, va bitta qiz yig'lab o'tirganini ko'rdi

Beomgyu: Hoy senga nima bo'ldi?

── U qiz Beomgyuga shartda qaradi va ko'zlari yoshlangan holda yana yig'lashni boshladi. Uning ko'zyoshlari yaltirab turar edi

: Senga nima? Yo'lingda davom et

── U undan yuzini olib qochdi, Beomgyu uning yoniga o'tirdi. Unga dalda berish maqsadida yig'laganini sababini bilishga urundi

Beomgyu: Shunda go'zal qiz nega yig'layapti? Kimdir xafa qildimi?

: Senga ket dedim

Beomgyu: Ko'zyoshlaring chiroyli ekan, yaltiroq....Meniki esa darrov qurib qoladi

── U oxirgi gapiga kulib yubordi, u qiz ko'zyoshlarini artib unga vanihoyat qaradi

: Nima sen ham yig'laysanmi?

Beomgyu: Ha-da! Nima faqat qiz vernonlar yig'laydimi? Ammo meni yig'lashimni hech kimga aytma. Bu juda uyatli

──U qizning yuziga tikilib, jilmaydi Qizning ham yuziga biroz tabassum yugurdi

Beomgyu: Oo ko'zyoshlaring chiroyli ekan desam,Β  kulishing ham bir ajoyib ekanku. Tog'risini aytsam ko'proq senga kulib yurish yarashar ekan Qiz undan yana yuzini olib qochdi. Albatta bu safar uyalganidan

Beomgyu: Senda qanday qobiliyat bor?

: Chaqmoq

Beomgyu: Nima rostanmi? Zo'rku! Ikkimizniki bir biriga mos ekan Meniki shamol... Shamol va chaqmoq birlashishi shunchaki bomba!

: Rostanmi? Mening kuchim kamdan-kam vernonlarda uchrar ekan

Beomgyu: Ha bu gapga qo'shilaman. Bunday kuch kam. Balkim ikkimiz kuchlarimizni birlashtirib nimadir hosil qilarmiz? Har holda ikkimizniki bir biriga yaqin

: Muammo ham shunda

Beomgyu: Qanday muammo? Nima bu kuchni nazorat qilolmaysanmi?

: Ha

Beomgyu: Yig'lashingni sababi ham shumi?

: Hm.....

Beomgyu: Tog'ri bunday kuchni hamma ham boshqara olmaydi. O'ylab qaraydigan bo'lsak sen mendan ham kuchlisan

: Rostanmi?

Beomgyu: Ha! Shunchaki sen uni namoyon qilolmaysan Sen shuning uchun yig'layotganmiding?

: Men tengi vernonlar o'z qudratini boshqara olishadi, mendan tashqari Sinfda ham har doim hamma mening ustimdan kulishadi Aytishlaricha bunday kuch menga uvol ekan, men umuman nazorat qilolmas ekanman

Beomgyu: Nima nahotki ular shunday degan bo'lsa? Aslida sen buni uddalay olasan! Shunchaki osha aytganlar va sening ustingdan kulganlar, senga hasad qilishadi. Sababi esa oddiy: sendagi kuch ularda yo'q Men ham yaqinda o'z kuchimni namoyon qila boshladim Shunchaki harakatdan to'xtama

: Qila olarmikanman?

Beomgyu: Sen albatta buni uddalaysan! Tinimsiz mashq qil. Umuman to'xtama Mayli men ketishim kerak Kel yaxshisi sen bilan biror kun uchrashib mashq qilishga nima deysan

: Bilmasam

Beomgyu: Yaxshilab o'ylan ko'r. Agar fikrimga qo'shilsang "Violet" guruhiga borib meni chaqir

── U o'rnidan turdi va bog'dan chiqdi. Qiz esa o'tirgancha uning ortidan kuzatib qoldi va birdan o'ridan turib unga bor ovozi bilan baqirdi

: SENING ISMING NIMA?

Beomgyu: BEOMGYU!

: Beomgyu? Juda chiroyli ism ekan U menga yordam berishni istagan yagona vernon

_____________________________

Mia oldida ketayotgan qizil sochli yigitga ko'zi tushdiyu birdan u tomonga yugurdi

β€’ Pov * Mia

" Nahotki u o'sha bo'lsa? Men men seni qancha kutgandim!"

Jake: Mia yo'q borma!

── Mia uning yelkasidan ushlab, o'ziga qaratdi...

: Menga aytadigan gapiningiz bormi?

Mia: Uzr so'rayman! Sizni kimdir bilan adashtirganga o'xshayman Ming bor uzr so'rayman

── U Yeonjun deb o'ylagani aslida, boshqa begona odam bolib chiqdi Bundan Mianing hafsalasi pir bo'ldi Jake ham yugirib kelib Mianing oldiga keldi

Jake: Uni Yeonjun deb o'yladingmi? Hamma qizil sochlilar Yeonjun emas

Mia: Aytmasang ham bilaman

Jake: Mia ! Bu yerdan zudlik bilan ketishimiz kerak...

Mia: Nega

── Jake unga yanayam yaqinlashib, qulog'iga yaqin keldi va pichirlagan ohangda:

Jake: Bizni kimdir kuzatib yurganga o'xshaydi, his tuyg'ularim pand bermayotgan bo'lsa u judayam kuchli

Mia: Aynan kim u?

Jake: Bilmayman uni ko'rmadim, ammo his qilyapman. Bizga yaqin turibdimi

Mia: Qayerga ketamiz?

Jake: Men bilan yur

── U Mianing bilagidan ushlab, qayergadir yetaklayotgan edi Ular yanayam qadamlarimi tezlatishdi Mia Yeonjunning va Sunghoonning qolidan ushlab ko'rgandi. Yeonjunniki juda issiq, Sunghoonniki esa uning aksi: juda muzdek Ammo Jakenikida hech qanday o'zgarish yo'q. Huddi odamlarnikidek. Balkim u bu yerda ko'p qolib ketgani uchundir?

Mia: Sening qoling boshqa Vernonlarga o'xshamas ekan

Jake: Ho'sh qanday farq bor ekan

Mia: Ularni tana harorati insonlarnikidan farq qiladi, ammo, seniki huddi insonlarnikidek?

── Jake birdan uning qo'lini qo'yib yubordi

Jake: Yetib keldik

── Ular bitta qorong'u joyga kelishdi, aftidan bu yer eski parkga o'xshaydi Chunki bu yerda eski va singan atraksiyon, har xil ko'ngilochar narsalardan to'la edi

Mia: Kimdir bizni kuzatyotganiga aminmisan?

── Jake atrofga yaxshilab nazar soldi va Miani ort tomoniga o'tqazdi Huddi uni yashirib, himoya qilayotgandek

Jake: U hali ham bizni kuzatyapti

Mia: Nima? Meni qo'rqitma!

Jake: Jim tur! U bizga yaqinlashyapti. Men uni his qilyapman

── Jake yanayam ortga qadam bosdi, Mianing bilagidan qattiq ushlab oldi Nima bo'lganiga chunmayotgan Mia havotir va qorquvda edi Shu payt birdan atrofni tuman bosdi va o'sha tumanlikning ichida yog'on ovoz eshitildi

●: Har doimgidek ehtiyotkorsan Jake!

Jake: Bizdan nima hohlaysan

●: Uni himoya qila olaman deb o'ylaysanmi? Ho'sh qachongacha

Jake: Sen kimsan?

── Ovoz har tomondan kelar edi, aniq bir tomondan emas.. Shu sababli Jake uni na ko'ra oldi, na his tuyg'usi orqali topdi. Bu ovoz judayam yirik edi. Har chiqayotgan so'z dona-dona va tushunarli edi. O'sha yirik ovozli mavjudod ularni g'ajib tashlashga tayyordek edi. Ammo uni nima ushlab turibdi Uning har gapiryotgan gaplari Miani toshdek bir yerga qotib qolishiga sabab bo'ldi, tanasi boylab huddi zanjirband qilingandek edi go'yo Ammo qo'llarida Jakening qolini turganini ko'rib biroz yengil tortdi

●: Nima istashimni juda yaxshi bilasan, o'sha vaqt kelganda uni sendan qanday tortib olganimni anglamay ham qolasan Men bu yerga sening harakatlaring meni to'xtatib qololmasligini aytishga keldim O'sha daqiqalar kelganda sen bilan tik yuz bilan uchrashishni umid qilaman

── Atrofdagi tuman birdan tarqab ketdi. Jake endi hech qanday qora kuchni his qilmayotgandi. Endi xavf ortda qoldi ── vaqtinchalikga Shunday ekan, Jake asta sekin Mianing qo'lini qo'yib yubordi...Ammo Mia qorqib ketganidanmi yoki boshqa narsadami aniq emas, u Jakening qolidan mahkam ushlab oldi

Mia: Meni qoyib yuborma

── U Jakega umid va yosh to'la ko'zlar bilan unga qarab turardi. Uning yig'layotganini birinchi marta ko'rgan Jake shoshib qoldi

Jake: Mia...Mia...senga nima bo'ldi

── U birdan Mianing yuzidagi yoshlarni arta boshladi, u juda havotirlanyotgandi

Jake: Nima qo'rqib ketdingmi? Yoki senga nimadir qildimi?

── Mia hech nima demay, uning jigarrangdan yashil ranga aylangan ko'zlariga tik qarab turardi holos Uning ko'zlari qorong'ulikda yaltirab turardi Mia Birdanikiga uni quchoqlab oldi Jake uning bu haraktini ko'rdi va u haddan tashqari ehtiyotkor, hushyorlik bilan qilgan harakatlari iloji boricha

Miani qorqitib yubormaslikga harakat qilgandi. Ammo Mia boyagi ko'zga ko'rinmagan mavjudoddan bunchalik qorqishini tasavvur qilmagandi Jake unga javoban uni qattiq bag'riga bosdi. Bir qoli bilan yengil va ehtiyotko'rlik bilan boshini silasa, ikkinchi qo'li esa uning belida edi Mianing ikkala qoli ham Jakening boynini mahkam quchoqlab olgandi, unga bo'yi yetmagani uchun oyoq uchida turardi Jake uni bag'riga bosar edi undagi his tuyg'uni seza boshladi Hammadan ham qiynaydigan yeri shunda ediki, u bu narsani anglab tushunib emas, faqat sezib, sezgisi orqali anglab turardi; bu bevosita tug'ilgan bir sezgi, u shu paytgacha his qilgan narsalardanΒ  bu quchoqlashΒ  butunlay og'ir, iztirobli sezgi bo'ldi

Jake: Qo'rqma! Endi bunday voqea bo'lmasligiga yaxshilab harakat qilaman Tinchlan...

***

── Jake va Mia endi ortga qaytishyotgan edi...

Mia: Raxmat senga!

Jake: Nima uchun?

Mia: Meni himoya qilganing...va....va....meni

Jake: Axir bu arzimagan ish. Do'stlar axir bir biriga yordam berishi kerak-ku!

── U Miaga qarab tabassum qildi, u ham javoban mayin tabassum qildi Ammo ikkisining bu tabassumi ortidagi noaniq hislar ....

Jake: Seni uyingacha kuzatib qo'yaman Yana bunday holat bolishini istamayman

Mia: Ho'p

── Ular har ikkalasi ham jim edilar. Jake bu sukunatni buzishga biron bir bahona topolmayotgan edi Gapni nimadan boshlashi kerak? Nima deyishi kerak? Ammo bu sukunatni Mia allaqachon buzib bo'ldi

Mia: Sen uni kimligini bilasanmi? U nima haqida gapirganinichi

Jake: Tog'risini aytsam, u nima va kimligini bilmayman

Mia: Ammo u seni taniydiganga o'xshaydi

Jake: Mia o'zing ham guvoh bo'ldingku, na sen, na men uni ko'rdik

Mia: Ha buni inobatga olmagan ekanman

── Ular yolda o'tib kechayotgan mashinaga qo'l siltar ammo hech qanday mashina to'xtamas edi Jake asabiylasha boshladi

Mia: Balkim haydovchimga qo'ng'iroq qilarman...Agar u bilan ketsam ortiqcha havotirga o'rin qolmas edi

Jake: Ha tog'ri aytasan. Mayli qani telefon qilchi

── Mia haydovchisiga qo'ng'iroq qildi va qayerda ekanligini aytdi... Ular skameykada o'tirishib, birga kutishardi

Mia: Sen ketsang ham bo'lasi endi

Jake: Yo'q! Mashinang kelmagunicha shu yerda, sen bilan qolaman

Mia: Unda sen mendan uzoqroqda o'tirishing kerak Haydovchi ikkimizni birga korsa notogri hayolga borib, dadamga aytib berishi mumkin

Jake: Mayli

── U skameykadan turib, unda 2metrga uzoqlashdi. Boshiga kiyimining kalpochogini kiyib, huddi mashina kutayotgandek turardi Mia unga qarab jilmayib qo'ydi Vanihoyat mashina keldi va Mia jo'nab ketdi Jake to mashina ketguniga qadar qarab qoldi. U ham endi ortga qayrilgan payti qarshisidagi turgan begonani korib endi kuchini ishga solaman deganda, shartda toxtab qoldi

Jake: Shoshma sen? Sen bu yerda nima qilyapsan?

: Undan uzoqroq yur

βœ„- - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

βž› Mana azizlar bu qismi sizga yoqdimi? Keyingi qism tayyor shunchaki reaksiya va comet bo'lsa tashlayman

ΰ³€ Channel:: @Dom1no_Fanfic ΰ³€ Author:: #Misu