𝗦𝗲𝘃𝗲𝗻 𝗗𝗮𝘆𝘀 𝓵𝓸𝓼𝓽 𝓵𝓸𝓿𝓮
U menga jilmayib qaradi va nihoyat shunday dedi:
— Bir joyga... uzoqqa, juda uzoqqa.
— Lekin hozir soat tungi o‘n ikki bo‘ldi, ertalab soat 8:30 da ishing bor-ku? — dedim, uni fikridan qaytarishga urinib. Aslida esa o‘zim ham borishni juda istardim.
— Ishim tushlikdan keyin, shuning uchun hammasi joyida, — dedi u xotirjamlik bilan, sochimni biroz tartibsiz qilib silab. — Yur, kiyim almashtiramiz, — deb taklif qildi. Men bosh irg‘adim va uning xonasiga kirdim.
Men faqat uning qora hudisini va qora jinsi shimini kiydim. Ishonish qiyin, lekin ular menga juda mos tushdi — Yoongining oyoqlari deyarli men bilan bir xil o‘lchamda.
Tayyor bo‘lgach, xonadan chiqdim — u divanda o‘tirgancha meni kutayotgan edi.
— Voy, senga juda mos tushibdi-ku, — dedi u hayrat bilan, so‘ng divandan turib, yelkama-yelka o‘tdi. — Ketdik.
Biz uydan chiqdik va uzoqdan beri ishlatilmay turgan mashinasiga o‘tirdik.
Men xavfsizlik kamarini taqdim, yuzimda katta tabassum bilan dedim:
— Hozir juda hayajondaman! Shunaqa tunlarda safarga chiqishni doim yoqtirganman.
Yoongi jilmayib, mashina motorini ishga tushirdi. Omadimiz chopdi — mashina mukammal ishladi, u esa yo‘lda birorta ham transport vositasi yo‘qligidan foydalanib, tez hayday boshladi.
U musiqani yoqdi — “So Far Away” yangradi.
— Voy, bu-ku siz Suran sunbaenim bilan kuylagan qo‘shig‘ingiz, to‘g‘rimi? — dedim aniqlik kiritib, u esa bosh irg‘ab tasdiqladi.
“So far away, if I had a dream, if only I had a flying dream~” — qo‘shiq ohangiga moslab past ovozda kuyladim, u esa yana sochimni tartibsiz qilib siladi.
— Qanoydi...bu qo‘shiqni sen bilan kuylagan bo‘lardim, — dedim hazil aralash.
— Koshki seni erta tanigan bo‘lardim, — dedi u, yonoqimni chimchilab. Men beixtiyor “a–ay!” deb yubordim.
Yo‘l davomida men atrofga qarab, tanish manzaralarni esladim — qayerga ketayotganimizni darhol bildim.
— Voy, bu-ku Gongvon! — deb hayajon bilan ishora qildim.
— To‘g‘ri, lekin u endi avvalgi holatida emas, — dedi u, yuzida ozgina g‘amgin ifoda bilan.
— Nima bo‘ldi? — dedim, qiziqish bilan unga qarab.
— Ko‘rasan, u endi o‘yingohga o‘xshamaydi, — dedi u jimgina.
Bir necha bekat va yo‘llarni bosib o‘tgach, nihoyat o‘yingohga yetib bordik — men esa ko‘rganlarimdan hayratdan baqirib yuborishimga sal qoldi.
— Ishona olmayman, bu yerga nima bo‘lgan? — dedim, qarshimda jimjit, tashlandiq Gongwonga tikilib.
— Ikki hafta oldin bu joyni butunlay buzishmoqchi edilar, — dedi u, qo‘llarini cho‘ntagiga solgancha. — Chamamda, hali ham ishlar tugamagan.
— Bu yerda bizning xotiralarimiz bor edi… — dedim, ko‘zlarimga yosh qalqib chiqib. Shu payt Yoongi qo‘limni ushlab, meni ichkariga yetakladi.
— K-kirishimiz... mumkinmi bu yerga? — dedim titroq ovozda.
U hech narsa demadi. Shunchaki oldinga yurdi va boshqaruv panelidagi bir nechta tugmalarni bosdi.
Kutilmaganda, atrofning deyarli barcha yo‘nalishidan chiroqlar yonib ketdi — va men qasam ichaman, bu manzara nihoyatda go‘zal edi.
— Voy hudoyim🥹🤧... bu qanday bo‘ldi? Qanday qilib bularning barchasiga kirish huquqini olding? — dedim hayajon bilan unga qarab, yuzimda tabassum, xursandchilikdan shirinlikka ega boʻlgan bolakay kabi juda hursand edim..
Yoongi jilmayib, barmog‘ini labiga bostib tinchlanish ishorasini buyirdi. Men yugurib borib, uning qo‘liga suyanib, kaftlarimizni bir-biriga mahkam ushlab oldim.
— Yur, bu bizning uchrashuv! Faqat ikkovimiz! — dedim quvnoq ohangda.
Biz sekin yurishni boshladik — har bir attraksion va do‘kon tomonga qarab. Shu joydagi har bir lahzani, har bir xotirani aniq eslardim.
Men to‘xtadim va eng baland attraksion — “roller coaster” tomon ishora qildim.
— Yoongi, eslaysanmi buni?
— Albatta eslayman! O‘sha payt sen meni ustimga qusganding, — dedi u, burnimni chimchilab. Men kulib yubordim va yo‘lni davom ettirdim.
— Bu aylanuvchi otchoparda o‘tirganimizni eslaysanmi? — dedi u, ko‘zlarida mayin jilmayish bilan.
— Men unga chiqqandim, sen esa yo‘q, — dedim jilmayib.
— Men o‘shanda seni suratga olayotgandim, — dedi u, va men shunchaki yelka qisdim.
Boshimni osmonga ko‘tardim — osmon to‘la yaltirab turgan yulduzlar edi.
— Qara! Qanchalar chiroyli! — dedim hayajon bilan osmonga ishora qilib.
— Haqiqatan ham go‘zal... — dedi Yoongi past ovozda, yelkamga qo‘lini tashlab.
— Men ham yulduz bo‘lmoqchiman! — dedim, bir yulduz tomon ishora qilib, biroz sakrab. Ammo Yoongi meni muloyimlik bilan pastga tortdi.
— Ammo sen allaqachon yulduzsan, — dedi Yoongi menga qarab jilmayarkan.
— Sening yulduzingmi? — dedim yarim hazil, yarim jiddiy ohangda.
— Ha, sen mening yulduzimsan, men esa sening osmoning bo‘laman. Men seni porlashing uchun yashayman, — dedi u shunaqangi shirin so‘zlar bilan va yonoğimdan o‘pdi.
— Bu haqiqatan ham Min Yoongimi o‘zi? — dedim uni masxara qilib, biz ikkovimiz birga kulib yubordik.
Kulishlarimiz sekin bosildi, men esa yana osmonga qaradim, yengil xo‘rsinib.
— Bilasanmi, Yoongi...
— Hmm? — dedi u sokin ohangda.
— Balki bu yulduzlar aslida yulduz emasdir. Balki ular osmonning o‘sha joylari, u yerdan bizdan ketgan azizlarimizning sevgisi nur bo‘lib yog‘iladi va bizga ularning baxtli ekanini bildiradi, — dedim sekinlik bilan.
“Ehh, shunaqa g‘amgin gapni aytmasligim kerak edi,” deb o‘yladim ichimda.
Yana yarim soatcha sayr qildik, so‘ngra nihoyat orqaga qaytdik. Bu kun uzoq, quvonchli, biroz g‘amgin va g‘alati bo‘ldi — lekin baribir birga chiqib, o‘tmishdagi xotiralarimizni eslaganimizdan xursandman.
Men seni juda yaxshi ko‘raman, Yoongi. Rahmat senga.
Keyingi kun
— Yoongi? Ishga ketish vaqti bo‘layapti! Tayyormisan? — dedim, eshigini taqillatib.
— Hozir, deyarli tayyorman! — deb javob berdi u ichkaridan.
Men yengil xo‘rsinib, divanga borib o‘tirdim. Oq libosimning uchini o‘ynab, uning tayyor bo‘lishini kutardim.
Rostini aytsam, biroz xavotirdaman. Kecha biz o‘yingohdan kech qaytdik, u esa tushdan keyin ishga bordi — biroz kechikdi ham, chunki yo‘lda tort do‘koniga kirgan edik. Shuning uchun bugun yana kech qolishidan xavotirdaman.
Bir necha daqiqa o‘tgach, u nihoyat chiqdi — qora yarim yengli, tugmali ko‘ylakni qora shimiga tiqib olgan, ostida esa oddiy qora futbolka. U shoshilinchda ryukzagini orqasiga ilib, qora krossovkalarini olish uchun yugurdi.
— Yoongi, men tug‘ilgan kun kechasi uchun shunchalik hayajondaman! — dedim sakrab, xursand ohangda.
U oyoq kiyimini kiyarkan, menga qaradi.
— Lekin men biroz kechikishim mumkin, — dedi u, o‘rnidan turib, yuzimni ikki kafti orasiga oldi.
— Mayli, men seni kutaman! — dedim, uning qo‘llarini o‘zimnikiga olarkan. — Faqat juda kechikma, bo‘lmasa muzlatkichdagi butun tortni o‘zim yeyman, — dedim hazil aralash. Ikkovimiz kulib yubordik.
— Endi ketay, xo‘pmi? — dedi u jilmayib, peshonamdan o‘pdi. — Uyda qol, boshqa joyga chiqma.
— Endi yandere sevgiliga aylanayapsanmi? — dedim uni hazillashib masxara qilib. — Meni “Amnesia” dagi Toma kabi qafasga solmoqchimisan? — dedim kulib, u esa qahqaha otib yubordi.
(Bu shunday nomli film ekan oʻzim ham tushunmadim👀)
— Aish, bu bola-ey! Bunaqasi ketmaydi...— dedi u, belimdan quchoqlab, o‘ziga yaqin tortarkan. U menga shunchalik jiddiy qaradiki, yuragim ichimda gup-gup ura boshladi.
— Chunki men sendan xavotirdaman... — dedi u pichirlab, so‘ng egilib, lablarimdan o‘pdi. Men ham unga javoban o‘pdimu, u lablarimni yumshoq bosayotganda sekin orqaga tortildim. Bosh barmog‘im bilan uning lablariga tegdim.
— Kechikasan... — dedim sokin ovozda.
Shundan so‘ng u uy tashqarisiga chiqdi va mototsikliga o‘tirdi. Shlemini kiyib, menga qo‘l silkitdi. Men ham unga jilmayib, qo‘l siltadim.
Men esa uyga qaytib kirdim, divanning oldida cho‘kkalab o‘tirdim. U uchun yana nimanidir maxsus qilib tayyorlamoqchi bo‘ldim, lekin xayolimga hech narsa kelmadi.
O‘zimga kelib, butun uyni tozalashni davom ettirdim. Hatto polni ikki marta artdim — qarang, qanday namunali bo‘lib qoldim. Bir-ikki soat dam oldim-da, yana ishga tushdim, yana-yana.
Yengil xo‘rsinib, soatga qaradim — 23:00.
Voy, jinnivoy, shu paytgacha ishlaganimga ishonmayman!
Keyin tortni olib chiqib, stol ustiga qo‘ydim. Bugungi kichkina bayram uchun hamma narsani tayyorladim.
Hammasini tugatgach, birdan tushundim — Yoongi xonasinigina tozalashni unutgan ekanman. Shoshilib u yerga kirdim va ishga kirishdim.
Kiyimlarini yig‘ishtirib, shkafga joyladim. Adyolini buklab, yostiqlarini saranjom qo‘ydim. Stol ustidagi qog‘ozlarni tartib bilan joyiga qo‘ydim.
Stulni yopib turgan oq matoni olib tashlab, changini artdim — u chang bosib ketgan ekan. Yengil xo‘rsinib, polni ham tozalay boshladim, changyutkichni ham ishlatdim.
Hell... Lee Yerin bugun haqiqiy tozalovchiga aylandi shekilli, dedim o‘zimga mazah qilib....
Soatga qarasam — 23:50.
Voy, deyarli vaqt bo‘libdi! Ammo Yoongi qachon keladi ekan?..
Men ishlarni yakunlay boshladim va oynani yopib turgan oq matoni yechmoqchi bo‘lib unga yaqinlashdim. Shu payt birdan eshik ochilganini eshitdim. Voy, bugun u odatdagidan ancha erta qaytdi!
— Yerin-ah? — degan Yoongining ovozi eshitildi. Men shoshib, o‘sha oq matoni oynadan yechib tashladim.
Ammo keyingi lahza... men ko‘rgan narsamga ishonolmadim.
Qo‘llarim titray boshladi, butun tanam muzlab qolgandek bo‘ldi. Qimirlay olmadim. Ko‘z yoshlarim o‘z-o‘zidan oqib chiqdi.
— Yerin? — Yoongi xonaga kirib keldi. U meni ko‘rdi — nigohi hayrat va dahshatga to‘la edi. Men esa unga qarab, ko‘zlarim yoshga to‘lib shivirlab dedim:
Only: Midnight chapters kanali uchun.
https://t.me/+KCa5im1zVY1iMTE6