𝗦𝗲𝘃𝗲𝗻 𝗗𝗮𝘆𝘀 𝓵𝓸𝓼𝓽 𝓵𝓸𝓿𝓮
Bor necha soatdirki Yoongi tizzamda uxlayapti. Endi esa tong otgan, yangi kun boshlandi. Men u ishga kech qolmasin deb, uni uyg‘otmoqchi bo‘ldim.
“Yoongi,” — dedim yengilgina yelkalariga tegib.
U ko‘zlarini asta ochdi. “Soat sakkiz bo‘ldi, ishing bor edi, to‘g‘rimi?” dedim.
U o‘tirib oldi, ko‘zlarini ishqaladi. “Ha, hozir tayyorlanaman,” dedi va divandan turdi. “Aytgancha, och emasmisan?” deb so‘radi.
Men boshimni chayqadim. “Yo‘q, sen tayyorlanaver, men shunchaki…” — dedim, ammo o‘rnimdan tura olmadim.
Oyoqlarim butunlay uvishib, ularni sezmay qoldim.
“Oh, Xudoyim, uzr, tura olasanmi?” — dedi Yoongi, qo‘limdan tutib, menga yordam berarkan.
Men asta turdim, unga suyanib. “Mayli, endi yaxshi, hammasi joyida,” dedim, qo‘llarimni uning qo‘lidan sekin ajratarkanman.
«Aish, shunchaki o‘tirib turgin biroz,» — dedi u, meni yana o‘tirg‘izarkan. Men esa unga hayron bo‘lib qaradim.
U qoʻlini sochlari orasida oʻtkazdi. «Men senga qulay kiyim olib chiqaman, shunchaki shu yerda kut,» — dedi u. Men bosh irg‘ab qo‘ydim.
U xonasiga kirib ketdi, men esa chuqur nafas olib, yumshoq divanga yonboshladim.
O‘ylab qoldim… oilam meni bu yerda topisharmikan? Qancha vaqt bu yerda qolaman ekan?..
Shu fikrlarim ichida yo‘qolib ketganimda, Yoongi xonasidan chiqib keldi. U qora yirtiq jens shim, oq futbolka va qizil-oq kurtka kiygan edi. U menga o‘zining yengi sport kiyimlarini uzatdi, men esa ularni olib divanga qo‘ydim.
Men uning qarshisida turdim, yuziga yaqinroq qaradim.
«Men ba’zi yumushlarimni bajarishim kerak, ota-onam soʻragan ishlar bor,» — dedi u.
Men jilmaydim, unga yaqinlashdim va yoqasidan yengil tortdim.
Uning yuzi menga yaqinlashdi — men esa lablariga kichik oʻpich bosdim va
«Omad tilayman,» — dedim.
U dastlab hayron bo‘ldi, so‘ngra qo‘llarini belimdan oʻrab qayta, lablarimizni boʻsaga birlashtiradi.
Men hech ikkilanmay uni qayta o‘pdim — bu lahzani doimo sog‘inganman. Uning lablari avvalgiday — ingichka va yumshoq. U o‘pichni chuqurlashtirdi, men esa qo‘llarimni yoqasidan boshlab sochlariga olib bordim, yengilgina ushlab qoldim.
U nihoyat o‘pichni to‘xtatib, menga jilmaydi.
— «Hech qayerga borma, xo‘pmi? Bu joyda yurganing xavfli,» — dedi u.
Men bosh irg‘adim.
— «Endi ketdim,» — dedi u, tashqariga chiqib mototsikliga mindi. Shlemini kiyib, men turgan eshik yoniga qaradi. Men esa unga qo‘l silab xayrlashdim.
— «Uyda hech narsa tayyorlama, hammasini keyin qilamiz,» — dedi u, ketishidan oldin.
— «Yaa, men seni ko‘rgani keldim, uy tozalash uchun emas, shuning uchun xavotir olma,» — dedim kulib.
U esa o‘ziga xos “gummy” tabassumini qildi. Xudoyim, u shunchalik yoqimtoy ediki.
Men eshikni qulfladim va ichkariga kirdim. Keyin uning oddiy qora futbolkasini kiyib, o‘z ko‘ylagimni divanga qo‘ydim.
Chuqur nafas oldim. Stolga qaradim — qog‘ozlar har yerga sochilib yotar, xona tartibsiz edi.
Men chiqindiga o‘xshagan qog‘ozlarni yig‘ib, ularni tashlamoqchi bo‘ldim. Ammo ularni ko‘tarib qaraganimda, Yoongi ularni nima uchun yozganini bilgim keldi.
Bir cheti yirtilgan qog‘ozni ochdim — unda katta harflar bilan “Spring Day” deb yozilgan edi. Keyingisida esa “First Love” degan nom turardi.
Demak... u bastalash bilan shug‘ullanayotgan ekan.
U yirtilgan va tartibsiz qog‘ozlarning har birida bittadan yoki ikkita satr bor edi, lekin ko‘rinishidan unga yoqmagan shekilli.
Men ularning barchasini yig‘ib, bir chetga qo‘ydim. Keyin stol ustida ikki dona toza, tartibli qog‘oz yotganini ko‘rdim — ehtimol, bu tayyor asarlar edi.
Avval “First Love” ni ko‘rdim, lekin unda faqat pianino akkordlari yozilgan edi. Chamasi, u hali ustida ishlayapti.
Keyin ikkinchisiga qaradim — unda sana 4-dekabr va katta sarlavha: “Spring Day” deb yozilgan edi. Matn to‘liq, pianino akkordlari bilan.
Sahifaning chetiga qaradim — hamma so‘zlar orasida eng katta harflarda yozilgan jumla turardi:
Men sekin yurib divanga o‘tirdim va qo‘limda titrab turgancha varaqqa yozilgan satrlarni o‘qiy boshladim. Birinchi bandni o‘qiganim zahoti ko‘z yoshlarim o‘z-o‘zidan oqib chiqdi.
I miss you
When I say that, I miss you more
I'm looking at your photo
But I still miss you
Time is so cruel
I hate us
Now it's hard
To even see each other's faces
Sog‘indim seni,Bu so‘zni aytsam, yanada sog‘inaman seni.Rasmingga qarayman,Baribir sog‘inaman.Vaqt shafqatsiz,Bizni yomon ko‘raman.Endi hatto bir-birimizni ko‘rish ham qiyin.
I wanna hold your handAnd go to the other side of the earthTo end this winterHow much longing has to fall like snowFor the spring days to come?
Qo‘lingni ushlab,
Yerning narigi tomonigacha borishni xohlayman.
Bu qish tugasin deb.
Bahor kelishi uchun yana qancha sog‘inch qor bo‘lib yog‘ishi kerak?
Ha... bu bahor. Bizning maktabda yana pianino tanlovi bo‘ladi. Va biz yana birga bo‘lamiz.
Chunki men — uning juftman.
Men — doim u bilan yonma-yon kuylaganman.
Demak, u Seulga boradi, musobaqada qatnashadi… keyin yana Daeguga qaytadimi?
Yana, men bu satrlarni o‘qir ekanman, yuragim g‘ash tortdi — Yoongi har bir so‘zni og‘rig‘idan yozgandek tuyulardi.
Did you change? Or did I change?
I hate even this moment that is passing
I guess we changed
I guess that's how everything
is.
O‘zgargan senmisan? Yo menmi?
O‘tayotgan bu onni ham yomon ko‘raman.
Biz o‘zgardik shekilli.
Hammasi shunday tugaydi, shekilli.
Yeah I hate you
Although you left
There hasn't been a day that I have forgotten you
Honestly, I miss you
But now I'll erase you
Because that will hurt less than resenting you
Ha, sendan nafratlanaman.
Ketgan bo‘lsang-da,
Hech bir kun seni unutganim yo‘q.
Rostini aytsam, sog‘indim seni.
Lekin endi o‘chiraman yuragimdan,
Chunki nafratdan ko‘ra shu kamroq og‘riydi.
— Yoongi...koʻz yoshlarim oqa boshladi.
Snowflakes are falling
Getting farther away
I miss you, I miss you
How much more do I have to wait?
How many more nights do I have to stay up?
Until I can see you? Until I can meet you?
Qor parchalari yog‘moqda,
Ular uzoqlashib ketmoqda.
Sog‘indim seni, sog‘indim.
Yana qancha kutishim kerak?
Yana nechta tun bedor o‘tishim kerak,
Seni ko‘rishim, seni uchratishim uchun?
Past the end of this cold winter
Until the spring comes again
Until the flowers bloom again
Stay there a little longer
Stay there
Bu sovuq qishning oxiridan o‘tib,
Bahor yana qaytguncha,
Gullar yana ochilguncha,
Shunchaki birozgina kut.
Shunchaki qol, ketma.
Men satrlarning har bir so‘zida uning ovozini eshitdim — u hali ham shu yerda, sovuq va jim tun ichida men bilan so‘zlashayotgandek.
> Baby... I'm still hanging here, I have never even once given up on you.
> Azizam... men hanuz shu yerda turibman.
Men sendan hech qachon voz kechmaganman.
Only: Midnight chapters kanali uchun.
https://t.me/+KCa5im1zVY1iMTE6