𝗦𝗲𝘃𝗲𝗻 𝗗𝗮𝘆𝘀 𝓵𝓸𝓼𝓽 𝓵𝓸𝓿𝓮
— “Lee Yerin!” — degan baqiriq zalni to‘ldirdi, va men darhol bu ovoz kimga tegishli ekanini bildim.
U tez yurib kelib, bilagimni ushlab oldi.
— “Qo‘yib yuboring!” — dedim, bilagimni ushlab turgan qo‘lidan bo‘shatishga harakat qilib. Ammo u faqat qo‘lini yanada qattiqroq ushladi va menga o'tkir nigoh bilan qaradi.
— “Maktabdagi sinfdoshlaring oldida meni kamsitma,” — dedi u g‘azab bilan pichirlab. Men chuqur nafas olib, ko‘z yoshlarimni bosib, uning ortidan yurishga majbur bo‘ldim.
U meni mashinaga olib kirib, men shunchaki o‘tirib, ko‘z yoshlarimni artdim.
— “Haqiqatdanmi? Endi yig‘lapsanmi?” — dedi u baqirib. Men past labimni tishlab, qo‘llarimni musht qildim.
— “Senga nima degandim, a?” — dedi u, barmog‘ini ko‘rsatib, boshimni biroz yon tomonga surdi. — “Bir yil bo‘ldi, lekin sen hali ham u bilan yashirincha uchrashyabsan?”
Men jim turdim. Chunki bunday vaziyatda u hech qachon mening so‘zlarimga ishonmas edi.
— “Iltimos, meni yana kamsitma, men charchadim,” — dedi u baland nafas olib, yuzini burdi. Men esa tirnoqlarim bilan kaftimni kavlab iloji boricha jim oʻtirardim, chunki bostirilgan kuchli yigʻidan tomogʻim boʻgʻilgan kabi ogʻriyabdi.
Bir necha daqiqadan so‘ng biz uyimizga yetib keldik. Men tezda mashinadan tushib, zinapoyadan yugurib oʻzimning xonamga chiqdim.
— “Hey! Yerin!” — dedi onam yana baland ovoz bilan.
— “Bas! Yetar!” — deb javob qaytardim men, xonamning eshigini shiddat bilan yopib. Yotoqimga o‘tirib, Yostigʻimni mahkam quchdim.
Onam tezda xonamning eshigini ochdi.
— “LEE YERIN! Hoziroq! Pastga men bilan tush!”
— “Yo‘q! Hech qayerga bormoqchi emasman!” — dedim, yostiqni yanada qattiqroq ushlab.
U g‘azab bilan baland nafas olib, — “To‘g‘ri! Shu yerda qol, ahmoq! Sen endi hech qayerga bormaysan!” — deb baqirdi va xonamning eshigini qattiq yopdi. Kech angladim, qulfning ovozi eshitildi.
— “ONA! Nima qilyapsiz?!” — deb shiddat bilan eshik tomon yugurdim, uni ochishga urindim, lekin eshik qulflangan edi.
— “Sen hech qayerga bormoqchi emasligini aytganding, to‘g‘rimi? Shunday ekan shu yerda qol!” — u tashqaridan qichqirdi; men esa eshikni tinmay taqillatib, soʻng yig‘lab yubordim.
Men Yoongi bilan uchrashishim kerak... uni ko‘rishim kerak... U Daeguga qaytmoqda.
— “Meni chiqarib yuboring!” — deb qichqirdim eshikni taqillatarkanman, lekin javob eshitmadim. Ohista tizzalarimga yiqilib, ahiri bor ovozim bilan yig‘ladim.
Soʻng qulogʻimni eshikka bosib, eshik ortida nima gap ketayotganini tinglashga harakat qildim. Onam yana bir narsani o‘ylab qo‘yganga oʻxshaydi.
— “Oʻsha bolani toping va dars berib qoʻying! (kaltaklash), Yerinni yana bezovta qilmasin, nima qilish kerakligini tushundingiz deb oʻylayman!” — onam buni tansoqchilarga buyirayotganini angladim.
— “Yoq! ONAJON! Yoongiga hech nima qilmang!” — deb qattiq eshikni taqillatdim, ovozim titrab.
— “Jim boʻl! Sen gapirishga haqqing yo‘q!” — Shu bilan barcha qadam tovushlari uzoqlashib gʻoyib boʻldi.
Men kuchliroq yig‘lab yubordim, qo‘llarimni yuzimga bosib, Yoongining xavfsiz boʻshini soʻrab duo qildim.
Derazadan tashqariga qaraganimda — onam mashinaga oʻtirib, ehtimol yana Junyeongning ota-onasini yoniga ketyabdi.
Bir necha soniya davomida men tansoqchilarni Yoongi’ning uyiga qarab ketayotganini ko‘rdim.
Darhol formamni yechib, Yoongi tug‘ilgan kunimda sovg‘a qilgan oq, tizzagacha uzunlikdagi libosni kiyib oldim.
Men ularni to‘xtatishim kerak.
Eshikka yugurib, eshik tutqichini bir necha marta burdim.
— “Kim honim! Holajon! Iltimos, meni tashqariga chiqaring!” — deb qichqirdim.
— “Iltimos! Men bir necha daqiqa tashqariga chiqmoqchiman!” — deb yig‘lab so‘radim va eshik qulfi ochilgan tovushini eshitdim.
U sekin eshikni ochdi va men ko‘zlarim yoshga to‘lib unga tabassum qildim.
— “Katta rahmat, bilaman siz meni eng ko‘p yaxshi koʻrasiz,” — dedim va uni quchdim; u esa yelkamni yumshoq silab qoʻydi.
— “Ehtiyot bo‘l,” — dedi.
Men bosh chayqab, jilmaydim.
— “Sizni juda yaxshi koʻraman holajon.”
Men zinapoyadan pastga yugurib, uydan qochdim. Taksi topib, Yoongi’ning uyiga yo‘l oldim.
Yetib kelganimda, eshikda “Ijaraga beriladi” degan qog‘ozni ko‘rdim va derazadan ichkariga qaradim — hech narsa ko‘rinmasdi.
U allaqachon Daeguga ketgan bo‘lishi kerak.
To‘xtang, qo‘riqchilarim bunga bormaydimi?
Bir necha daqiqadan so‘ng, telefonim habar bilan tebrandi — jin ursin, bu June dan kelgan matn edi:
— “U Daeguga ketayapti~ Sening qo‘riqchilaring ham yo‘lda.” 😏
Men tezda tashqariga chiqib, poyezd stansiyasiga yo‘l oldim. Taksi oynalaridan chapga-o‘ngga qarab, barmoqlarim bilan bezovta bo‘lib oʻynardim
Keyin tushundimki, taksi bir joydan harakat qilmayapti. Yo‘lda jiddiy tirbandlik bor edi.
Men hafsalam pir bo‘lib, haydovchiga pulni berdim-da, mashinadan tushdim.
Atrofda mashinalarning signal chalishidan quloq qomatga kelar, lekin men hech narsani eshitmagandek, poyezd vokzaliga tomon yugurishda davom etdim.
Yoongi, iltimos, xavfsiz bo‘l...
Yugurar ekanman, koʻz yoshlarim nazoratsiz oqar edi. Nega bugun? Nega aynan bugun vokzal yaqinida tirbandlik?
Yoongi haqida o‘ylashdan boshqa hech narsani sezmayotganimda, svetoforning qizil chirog‘ida ekanimni payqamadim.
Ko‘zimni chap tomonga burdim — to‘liq tezlikda kelayotgan mashina. Signal ovozi qulog‘imni teshib o‘tdi, mashina tobora yaqinlashar, lekin men bir qarich ham qimirlay olmadim.
Bir soniyaning ichida yerga qattiq yiqildim, tanam bo‘shashdi. Peshonamdan qon sizib chiqdi, atrofdagi odamlarning shovqinlari uzoqdan eshitilayotgandek edi.
Endi hech narsani ko‘ra olmasdim...
Only: Midnight chapters kanali uchun.
https://t.me/+KCa5im1zVY1iMTE6