October 31, 2025

𝗦𝗲𝘃𝗲𝗻 𝗗𝗮𝘆𝘀 𝓵𝓸𝓼𝓽 𝓵𝓸𝓿𝓮

"Yerin?" — Yoongi xonaga kirdi va menga qaradi, hayratdan dong qotdi. Men ham unga qaradim, ko‘zlarim yoshga to‘ldi.

"Yoongi... men o‘zimning aksimni oynada ko‘ra olmadim."

Qo‘llarimga qaradim — kulga o‘xshash kulrang modda terimda hosil bo‘layotgandi.

Men asta-sekin yo‘qolayapman...

Birdan tiz cho‘kdim, Yoongi esa shoshilib polga o‘tirdi, meni qo‘liga oldi. U tanamga tikilgancha, ko‘z yoshlari yanada kuchliroq oqib tushardi.

Men esa bo‘layotgan hamma narsadan mutlaqo karaxt edim. "Ahh..." — nihoyat tushundim. "Yetti kun bo‘ldi, Yoongi..." — dedim, sokin yig‘lab, qo‘limni ko‘tardim, uning yoshlarini artmoqchi bo‘ldim.

"Odatda... o‘liklar o‘lgani haqida tushunishlari uchun yetti kun kerak bo‘lardi, to‘g‘rimi?" — ovozim titradi, lekin baribir uning yoshlarini artishga urindim, ammo ular to‘xtamasdi. Yetti kun....va Bugun 9-mart....men Yetti kun avval oʻlgandim lekin taqdir men uchun biroz fursat berdi...

"Yoongi..." — dedim jilmayib, kaftimni uning yuziga qo‘yarkan. "Sen nihoyat yana yig‘landing..."

"Ye...rin.. Yerin... Yerin..." — Yoongi yanada balandroq yig‘ladi, meni bag‘riga bosdi. Ko‘z yoshlarim to‘xtovsiz oqib tushardi, tomog‘im esa butunlay qurib ketgandi.

"Yerin... sen menga va’da berganding... meni tark etmasligingni aytganding..." — u yig‘lab, titroq qo‘llari bilan meni yanayam qattiqroq quchdi.

Men uni tinchlantirmoqchi bo‘ldim, lekin to‘satdan bizning oldimizda qora kiyimdagi baland bo‘yli bir erkak paydo bo‘ldi.

"Ismi: Lee Yerin, Yoshi: 17, O‘lim sababi: Avtohalokat, O‘lim sanasi: 2-mart," — dedi u, kitobiga qarab.

"Siz... o‘lim farishtasimisiz? Meni... olib ketgani keldingizmi?" — dedim qo‘rquv bilan, Yoongining quchog‘idan asta turarkanman. Endi o‘zimni insondek his qilmasdim. Demak, men butun vaqt davomida ruh bo‘lganman... ah, shuning uchun doim g‘alati hislar bo‘lardi.

"Sen belgilangan vaqtingni o‘tkazib yubording, ammo hanuz orzularing bor — ular bajarilmaguncha o‘tish imkoning bo‘lmaydi," — dedi u tushuntirib. Men esa qoshimni chimirib, yoshlarimni artdim.

"Mening... orzularimmi?"

"To‘g‘ri, sening tilaklaring — masalan, shu yigitni saqlab qolish," — dedi u, Yoongini ko‘rsatib.

"Uni ko‘rish, uni yig‘latish, uning yonida qolish..."

Men Yoongiga qaradim — u hanuz polga o‘tirgan, ammo bu safar yuzini qo‘llari bilan berkitib, jim yig‘lardi.

"Yoongi..." — dedim sokincha.

U nihoyat menga qaradi, ko‘zlari yoshga to‘la edi, va juda past ovozda pichirladi: "Nega?"

Men zaif jilmaydim, ko‘z yoshlarim yanada oqdi. So‘ngra yana O‘lim farishtasiga qaradim — u joyida turar, menga jiddiy tikilgan edi.

"Demak... bu hammasi aslida bo‘lmaganmi?" — dedim, yutinib, qo‘llarimni musht qildim.

"Bo‘lgan," — dedi u. Men yengillik his qildim. "Ammo bu faqat u uchun bo‘lgan. Faqat u seni ko‘ra olgan, boshqalar emas."

"Chunki u sening eng katta tilaklaringning markazida turgan," — deb qo‘shimcha qildi u.

"Unda... endi men nima qilaman?" — dedim, nima qilishni bilmay.

"Qolgan tilaklaringni bajar. Bu senga berilgan so‘nggi imkoniyat," — dedi u, kitobini yopib menga qararkan. "Va shundan so‘ng... xayrlashishing kerak, chunki sen xavfsiz tarzda narigi dunyoga o‘tasan." Shunday degach, u havoga singib yo‘qoldi.

Men Yoongiga yaqinlashdim — u yerda polga o‘tirgancha, yanada qattiqroq yig‘lardi. Men tiz cho‘kdim, uning yoniga o‘tirdim.

"Yoongi... yur, tug‘ilgan kuningni nishonlaymiz..." — dedim zaif jilmayib. U nihoyat o‘rnidan turdi, ko‘z yoshlarini artdi.

Men uning bilagidan tutdim, stol tomon boshladim. Yondirgichni olishga harakat qildim, lekin eplay olmadim — nega bilmadim, chamasi, ruh bo‘lganim uchundir.

Yoongi yondirgichni olib, shamlarni yoqdi. Men polga o‘tirib, uning ro‘parasida jilmaydim. U menga bir zum tikildi, keyin yuzini burib, yana yig‘lab yubordi.

"Ya... tilak tilaylik," — dedim unga, u esa bosh irg‘ab, ko‘zlarini yumdi.

"Iltimos, Lee Yerinning tilaklarini bajo qil... Iltimos, Lee Yeringa... narigi dunyoda baxtli yashashni nasib et... Iltimos, keyingi hayotimda yana LeebYerin bilan uchrashtir..." — deb pichirladi u, qattiq yig‘lab yuborgancha. Yuragim esa ming bo‘lakka bo‘lindi.

U shamni o‘chirib, yuzini kaftlariga yashirdi va yig‘ladi.

"Hey... Yoongi... Keling, qolgan tilaklarim nima ekanini aniqlaylik!" — dedim, pol ustidan turarkanman. U boshini ko‘tardi, ko‘zlari yoshga to‘la edi.

U ham o‘rnidan turdi, va biz birga mehmonxonaga yo‘l oldik. "Balki, mening tilagim — sening First Love qo‘shig‘ingni yakunlashingdir?" — dedim, divanga o‘tirarkanmiz.

U qog‘ozni olib, qolgan so‘zlarni yoza boshladi. "Aslida... bu satrlar haqida bir necha kun oldin o‘ylagandim, lekin hali yozmagan edim," — dedi u.

Men esa u yozayotgan so‘zlarga qaradim.

O‘sha paytlarni eslayman,
Charchab, yo‘ldan adashganimda,
Seni itarib yuborganimda,
Hatto uchrashganimizdan pushaymon bo‘lganimda ham,
Sen qat’iy mening yonimda eding.
Hech narsa demasang ham bo‘lardi.
Shuning uchun qo‘limni hech qachon qo‘yib yuborma.
Men ham seni endi hech qachon qo‘yib yubormayman.
Mening tug‘ilishim va hayotimning oxiri —
Bularning barchasini sen kuzatasan.

Kechir meni, Yoongi... Endi sening yoningda bo‘la olmayman.

Ko‘z yoshlarimni tiydim va yutinib dedim: “Hali ham yo‘qolmayapman…”

Yoongi qo‘limni ushlab, pianinoga olib bordi. U meni o‘sha kuni kabi o‘zining yoniga o‘tqazdi.

U ko‘zlarini yumdi, chuqur nafas chiqardi. “O‘zingni hakamlar va tomoshabinlar qarshisida o‘tirgandek tasavvur qil…”

U Spring Day asarini mukammal chalishni boshladi. Qo‘llari endi titramasdi, akkordlarda ham xatolik yo‘q edi.

U butun kuchi bilan harakat qilardi...

Men boshimni biroz uning yelkasiga qo‘ydim, faqat chalishiga halal bermaslik uchun. Bu kuy shunchalik go‘zal ediki.

Bir muddat uning qo‘liga o‘z qo‘limni qo‘ydim — shu payt u chalishni to‘xtatdi. “Chamasi bu ham emas shekilli…” — dedim sokin.

Biz jim o‘tirdik, hech narsa demadik. Nihoyat men asta: “First Love,” — dedim.

Shunda u First Love qo‘shig‘i yozilgan qog‘ozni oldi va kuyni chalishni boshladi. Men yana boshimni uning yelkasiga qo‘ydim va u chalarkan, shunchaki tinglab o‘tirdim.

U kuyni ayta boshladi.

Men ko‘zlarimni yumdim va jilmaydim, uning go‘zal ovozi va yaratgan qo‘shig‘ini tinglab.

Ahh… Qanday qilib Min Yoongi shunchalik mukammal bo‘lishi mumkin?

Men mukammal ohanglar, go‘zal ovoz va musiqaga berilib ketdim — to birdan asta yo‘qola boshlayotganimni sezgunimcha.

Tezda Yoongining yelkasidan boshimni ko‘tardim. Qo‘llarimga qaradim — ular sekin-asta g‘oyib bo‘layotgandi. “Yoongi…” — deb chaqirdim sokin, u esa chalishni to‘xtatdi.

“Yoongi…” — dedim, yig‘lab, u esa meni mahkam bag‘riga bosdi.

“Yerin… Ye...Yerin… Kechir meni… Sen bu dunyoda hanuz qolib ketganingning sababi menman… Sen allaqachon o‘lganingda ham senga tashvish keltirdim… Kechir, iltimos, kechir…” — Yoongi yanada baland yig‘lab, meni qattiqroq quchdi, lekin endi men jismoniy aloqani his qilmasdim.

“Yoongi-ya… O‘zingni hech qachon ayblama, xo‘pmi?” — dedim, yelkasiga yengil tegizib. “Opangning o‘limi, Holly’ning o‘limi… va mening o‘limim — bularning hech biri sening aybing emas.”

“Bu pianino chalganing uchun ham emas… Iltimos, bu fikrlar seni orzularingdan voz kechish darajasigacha yeb qo‘yishiga yo‘l qo‘yma, xo‘pmi?” — dedim, va uning bosh irg‘ayotganini his qildim.

“Orzularingni quv. Pianino chal, kuyla, rep ayt, ijod qil — sevadigan hamma narsani qil. Men esa seni kuzatishda davom etaman,” — dedim, quchoqdan chiqib, unga qararkanman.

“Yulduzlar haqida aytganimni eslaysanmi? Endi men shulardan biri bo‘laman. Qachon yulduzlarga qarasang, bilgin — men seni kuzatyapman… baxt bilan.” — dedim uni yupatmoqchi bo‘lib, ammo u yanada qattiqroq yig‘lab yubordi.

“Sahnada sen bilan birga bo‘lolmaganim uchun uzr… Bahor kunida yana sen bilan bo‘la olmaganim uchun uzr… Kechir meni…” — dedim, o‘zimni tobora so‘nib borayotganimni his qilib.

“Yerin!!” — deb baqirdi u, men esa asta quchog‘idan chiqib ketdim. “Yo‘q… Yo‘q!!!”

“Yig‘lama, azizm… Shuni eslab qol: men seni tanlardim — yuzta hayotda, yuzta dunyoda, har qanday haqiqat shaklida ham men seni topardim va baribir seni tanlardim.”

Yoongi meni quchmoqchi bo‘ldi, lekin endi bizning orasimizda jismoniy aloqa yo‘q edi.

Men… gʻoyib boʻldim.

Bu — xayrlashuv, Min Yoongi.

———————————————————

"3-raqam, Min Yoongi, tayyorlaning," — dedi Boshlovchi xonada, bu esa barcha ishtirokchilarning nigohini menga qaratdi.

"Nima, nima, eshitdingmi? U yakka o‘zi chiqarkan!"

"Rostdanmi?! U nima o‘ylayapti o‘zi?"

"Bilmayman! O‘tgan safar bir parchani ham tugata olmagandi, qanaqasiga 'iste’dod' emish!"

pichir-pichirlar butun xonani to‘ldirdi, lekin menga baribir edi. Men chuqur nafas olib, o‘zimni tinchlantirishga harakat qildim.

Derazadan tashqariga qaradim — hamma joyda gilos gullari ochilib, shahar yana rangga kirayotgan edi. Men jilmaydim, Yerinning kundaligini olib, tizzamga qo‘ydim.

So‘ng oxirgi sahifani ochdim — pastda bitilgan so‘zlar ko‘zimga tashlandi: “Keling, Bahor kunida uchrashamiz!”

"To‘g‘ri… men seni kutayapman," — dedim past ovozda, o‘sha harflarga tegib.

"3-raqam, Min Yoongi, sahnaga chiqing," — ismim yangradi. Men chuqur nafas olib, o‘rnimdan turdim va sahnaga qarab yurib ketdim.

Men qarshimda barcha tomoshabinlar va hakamlarni ko‘rdim, pianino ustidagi yorug‘lik esa yorqin porlab turardi. Men joyimga to‘g‘ri o‘tirdim, chalishga tayyorlandim.

Hakamlar va tomoshabinlar orasidan pichir-pichir eshitildi:
"Hamroh yo‘qmi?"

Men jilmaydim, ko‘zlarimni yumdim va ularni e’tiborsiz qoldirishga urindim. Shu payt esa qulog‘im ostida bir ovoz eshitildi:

"Fighting, Yoongi."

Ko‘zlarim birdan kattalashdi, ammo odamlar oldida haddan tashqari reaksiyadan saqlanib qoldim.

Yerin… sen shu yerdamisan?

"Xo‘sh, boshlaymiz," — dedi hakam, va men First Love asarini chalishni boshladim. Bir necha soniyadan so‘ng kuyni ayta boshladim — zal jim bo‘lib qoldi, hammaning og‘zi ochilib, ko‘zlari kattalashdi.

Tilagim shuki, bu kuy va bu so‘zlar ularning barchasiga yetib borsin. Va men bu g‘alabani... Yerin uchun qo‘lga kiritmoqchiman.

Men xatosiz chalishda davom etdim — qo‘llarim avvalgidek titramasdi, ongu yuragim ham endi beqaror emasdi.

Men bu safar albatta g‘alaba qozonaman.

Bir necha daqiqaga men u sahnada men bilan birga turgandek his qildim. Go‘yo u yonimda turib, meni ruhlantirayotgandek edi. Ko‘z yoshlarim beixtiyor oqib chiqdi, ammo bu menga musobaqada xalal bermadi.

Chalishni va kuylashni tugatganimda, tomoshabinlar hamda hakamlar o‘rinlaridan turib, qarsak chalishdi. Men o‘rnimdan turdim, 90 daraja egilib ta’zim qildim va sahna ortiga yo‘l oldim.

Boshlovchi meni tabriklab, “Zo‘r chiqdi,” dedi. Men minnatdorchilik bildirib takror-takror rahmat aytdim, so‘ngra ishtirokchilar xonasiga qaytib, chuqur nafas oldim.

Yerinning kundaligini chiqardim va oxirgi sahifani ochdim — unda yangi so‘zlar bor edi.

U yerda shunday yozilgandi.

"Qadrligim Yoongi, chiqishing ajoyib bo‘ldi! Men uni juda sevdim, buning uchun rahmat. Har holda, bu mening bu yerda so‘nggi bor bo‘lishim... Bahor kunida uchrashamiz deb senga bergan va’damni eslaysanmi? Ana shu sababli qayta tug‘ilishim kechikdi. Ammo endi bo‘ldi — endi mumkin. Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, men har doim baxtli bo‘laman, chunki sen yana pianino chalishga qaytding. Taslim bo‘lma va men uchun kuchli bo‘lib qol. Men seni sevaman."

O‘qib bo‘lgach, ko‘z yoshlarim sabab ko‘rishim xiralashib ketdi. Ularni tiymoqchi bo‘ldim, ammo to‘xtamasdi — tinmay oqardi. Kundalikni bag‘rimga bosdim, sokin yig‘ladim.

Chuqar nafas olib, osmonga qaradim va titrayotgan qo‘lim bilan og‘zimni bekitdim. Ko‘z yoshlarim yanada kuchliroq oqib tushdi — uni o‘ylaganim sayin yuragim ezilardi.

Koshki men unga yaxshiroq munosabatda bo‘lganimda edi.

“Pianino musobaqasining natijalari e’lon qilinmoqda!” — dedi MC, bu esa hammani hayajonga soldi.

“Uchinchi o‘rin — 5-raqam, Seo Jin Mok.”

“Ikkinchi o‘rin — 7-raqam, Jung Chasik.”

“Va nihoyat… birinchi o‘rin — 3-raqam, Min Yoongi!”

Zalda hamma menga qarsak chalib, baqirib quvonch bilan olqishladi. Men esa joyimda qotib qoldim, bo‘layotgan narsalarga ishonolmadim. Medalimni olishim bilan og‘zim ochilib, ko‘zlarim kattalashgancha unga tikilib qoldim.

“Tabriklayman,” — dedi Namjoon, yelkamga yengil urib, kulimsirab. Bir necha soniyadan so‘ng men ham jilmaydim, u esa kulib yubordi.

“Endi hayol surish payti emas, do‘stim! Sen yutding!” — dedi u, qo‘lini yelkamga o‘rab, meni quchoqladi. Men deyarli yiqilib ketdim, lekin u vaqtida tutib qoldi.

“Tfuu,” — deb pichirladi Jin Mok va Chasik sahnani tark etdi.

Men boshimni chayqab, atrofiga qaradim — tomoshabinlar va hakamlar hanuz menga qarsak chalib, tabriklashardi.

“Va nihoyat, bizning iste’dod qaytdi!” — dedi MC menga qarab. Men unga keng jilmaydim.

Yerin ah... men uddaladim.

...

Men Daeguga qaytdim va bir necha soatdan so‘ng qo‘limda bir dasta oq gullar bilan gullarga burkangan maydonga yetib bordim. Bu joy — Yerinning qabri joylashgan qabriston edi.

Quyoshli ob-havo ostida, shamol orasida gullarning hidi kelib turgan yo‘lak bo‘ylab sekin yurarkanman, uni yana ko‘proq eslay boshladim.

Men gullar dastasini uning qabrining oldiga qo‘yib, umidsiz holatda o‘tirdim — har safar bu yerga kelganimda, yuragim yana chilparchin bo‘lardi.

“Yerin ah…” — deb mayin pichirlab, suratini siladim, ko‘z yoshlarimni tiyishga harakat qildim. — “Men yutdim… pianino tanlovida g‘alaba qozondim.”

Yengil jilmaydim, ammo ko‘z yoshlarim yonoqlarimdan asta pastga sirg‘alib tushar edi. “Kechir meni… hammasi uchun chin dildan kechir…” — dedim balandroq yig‘lab.

“Men senga yaxshiroq munosabatda bo‘lishim kerak edi… Biz o‘tgan lahzalarni ko‘proq qadrlashim kerak edi… Yigit o‘z sevgilisi uchun qilishi kerak bo‘lgan narsalarni qilishim lozim edi,” — dedim yig‘lagancha, ko‘z yoshlarimni artib.

“Sengi juda sog‘indim, Yerin… Rostini aytsam, sen haqingdagi hamma narsani sog‘indim. Quchoqlaringni sog‘indim. Maslahatlaringni sog‘indim, hikoyalaringni sog‘indim… lekin eng asosiysi — seni o‘zingni sog‘indim,” — dedim titrab, qabrini silab. — “Men seni hamma narsadan ko‘proq sevganman, va sen ketgan kun — mening hayotimdagi eng dahshatli kun edi. Men bu dunyodagi hamma narsani berishga tayyorman — faqat sening jilmaygan yuzingni yana bir bor ko‘rish, seni mahkam bag‘rimga bosib quchoqlash va ovozingni yana eshitish uchun.”

Sening jilmayishingni endi ko‘ra olmasligim... seni bag‘rimga bosib, o‘pish imkonim yo‘qligini bilish... Menga juda og‘ir, seni shunchalar sog‘indimki…” — tomog‘im qurib qoldi, men esa o‘sha joyda, chuqur g‘am va iztirob bilan uning qabriga tikilib o‘tirdim.

“Iltimos, endi men uchun orzularni bajo keltirma… Iltimos… narigi dunyoda baxtli yashagin… Men seni har kuni yulduzlarga qarab ko‘raman… Seni sevaman,” — dedim yuzimni kaftlarim bilan berkitib, tiz cho‘kkancha.

Bir necha soniyadan so‘ng orqamdan iliqlikni his qildim — u butun tanamni asta-sekin o‘rab oldi. Go‘yo kimningdir quchog‘ida edim. Va uzoqdan, xuddi shamolda eshitilayotgandek, uning ovozini eshitdim:

“Rahmat, Yoongi. Men ham seni sevaman. Kechir… bu haqiqiy xayrlashuv.”

———————————————

Hikoya tugadi...🩶

Tarjimon: Yerin🦢

Only: Midnight chapters kanali uchun.
https://t.me/+KCa5im1zVY1iMTE6