October 15, 2025

𝗦𝗲𝘃𝗲𝗻 𝗗𝗮𝘆𝘀 𝓵𝓸𝓼𝓽 𝓵𝓸𝓿𝓮

Men asta-sekin ko‘zlarimni ochdim — o‘zimni kasalxona karavotida yotganimni ko‘rdim. Xonani bir chetidan ikkinchisiga nazar tashlab, nima bo‘lganini anglashga harakat qildim.

Men avtohalokatga uchragan edim.

Sekin o‘rnimdan turdim, qo‘llarimga qaradim. Yuzimni, boshimni, sochlarimni paypaslab chiqdim — shunda birdan xayolimga bitta narsa keldi.

Men Yoongini ko‘rishim kerak edi.

Soatga qaradim — 4:44 edi. Shunda tushundim: men allaqachon Daegudaman. Bu Seul emas, Daegu kasalxonasi edi.

Shoshilinch o‘rnimdan turdim, ko‘ylagimni izladim. U stulda yotardi. Uni oldim va tezda kiyindim.

Yaxshiyamki, hamshira uni yuvib qo‘yganga o‘xshardi — unda qon dog‘larining asari ham yo‘q edi. Buyumlarimni olib, eshikni sekin ochdim.

“Kechirasiz,” — dedim past ovozda, lekin yo‘lakda hech kim yo‘q edi. Atrof qorong‘i, vahimali sukunat cho‘kkan edi.

Bu kasalxona bilan nima bo‘lyapti o‘zi? Kechasi navbatchi bo‘lishi kerak-ku, birorta hamshira yo‘qmi?

Tungi shifoxona

Men hech kim sezmasdan kasalxonadan yugurib chiqib ketdim. Atrofga alanglab, bu joyni — ko‘chani, mahallani eslashga harakat qildim.

Oilam bilan ilgari Daeguda yashaganmiz, shuning uchun bu yer menga biroz tanish edi. Keyin birdan esladim: Yoongining uyi bu kasalxonadan atigi ikki koʻcha narida. Oh, Xudoyim... bu ajoyib-ku!

Ko‘chadan yugurib o‘tdim — atrofda birorta ham mashina yo‘q edi. Men uning uyiga ketayapman. Uni juda sog‘indim. Ular unga nima qilgan ekan? Men munosabatlarimizni butunlay toxtatishim mumkin edi, ammo...

Keraksiz fikrlarni quvib solish uchun boshimni chayqadim. Shunda qarasam — Yoongining uyiga yetib kelgan edim.

Yutinib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosdim. Qo‘llarim titrardi, ammo uni ko‘rishga bo‘lgan ishtiyoqim bundan ham kuchli edi.

Bir necha soniyadan so‘ng, eshik tomondan qadam tovushlari eshitildi. Yuragim hayajondan hapriqdi, ko‘zlarim porlab ketdi.

“Kim bu?” — uning yarim uxlab chiqqan ovozi eshitildi, u eshikni ochayotgan edi.

Ko‘zlarimiz bir-biriga qadalganda, men jilmayib, qo‘limni biroz ko‘tardim — go‘yo “salom” degandek.

Uning ko‘zlari kattalashib ketdi, lablari esa hayratdan ochilib qoldi. Ammo eng dahshatlisi — uning yuzi.

Peshonasini bogʻlangan, yonoqlarida va labining burchagida chizilgan jarohat izlari bor edi.

Uning yuzi

Ko‘z yoshlarim asta to‘lib chiqdi — onamning qanchalik bolalarcha oʻyin qilganini oʻylab, yuragim ezildi.
Yoongi esa ko‘zlarini bir necha bor ishqaladi, menga qarab turardi — bir lahza ham kiprik qoqmay.

“Ye… Yerin…” — bu so‘z uning lablaridan chiqqan zahoti, men uning oldinga yugurib borib, uni mahkam bag‘rimga bosdim. Uning ko‘ksiga yuzimni koʻmdim — shu hid, shu iliqlik… buni qanchalik sog‘ingan edim.

“Y..Yerin, n-nima qilib...bu yerda nima qilyapsan? Yolgi‘z keldingmi?” — u titrab so‘radi, quchoqni sekin boʻshatib.

Men boshimni yengil chayqab qo‘ydim. “Tushuntirish qiyin,” dedim, barmog‘im bilan uning yonoqlaridagi tirnalgan joylarga tegib. U ozgina titragacg, qo‘limni to‘xtatdim.

“Bularni ular qildi, to‘g‘rimi?” — dedim past ovozda, peshonasidagi bogʻichga tegib.

U nigohini bir zumga chetga olib, yana menga qaradi. “Men yaxshiman. Hozircha ichkariga kiraylik, maylimi?” — dedi u sokin ohangda.

Men shunchaki bosh irg‘adim.

Uy ichiga kirar ekanman, ko‘zim u yerdagi tartibsizlikka tushdi — ko‘pchilik buyumlar hali o‘ralgan, ayrimlari esa oq mato bilan yopilgan edi.

“Nima bo‘ldi, Yoongi?” dedim nihoyat, biz ikkovimiz divanga o‘tirganimizda.

“Ota-onam ish joylariga yaqinroq joyga ko‘chishdi,” dedi u sokin ovozda. “Bir necha oy oldin menga ham shu yerga kel, deyishgan edi, lekin men rad etganman.”

U davom etdi: “Bir necha kun oldin yana qo‘ng‘iroq qilishdi — bu safar Daegudagi ishlarida yordam kerakligini aytishdi. Juda shoshilinch ekan.”

Men sekin bosh irg‘adim, so‘zlarini diqqat bilan eshitarkanman.

“Har oyda bir necha marta ular yordamimga muhtoj bo‘ladi, shuning uchun shu yerda yashashni maqul topdim,” dedi u, orqasini divanga suyarkan:

“aishh,” — u irkidi.

Men zudlik bilan uni sekin oldinga tortdim va ko‘ylagini ko‘tardim. Ko‘rgan manzaram koʻksimni ezdi — uning orqasida ko‘karish izlari edi.

Ko‘zlarimda yosh qalqib chiqdi. Yoongi esa ko‘ylagini tushirdi-da, menga yaqinroq surildi.

“Men kechir, Yoongi… iltimos meni kechir” dedim ovozim titrab, ko‘z yoshlarimni yashira olmay.

U esa boshini sekin chayqadi va bosh barmoqlari bilan yuzimdan yoshlarni artdi.
“Jinnivoy,” dedi yumshoqlik bilan. “Bu sening aybing emas.”

Sochlarimni sekin silab, biroz kulimsiradi. U har doimgidek mehr bilan muomala qilardi — yuragim esa shu issiqlikni juda sog‘ingan edi.

Men jilmayib, nigohimni olib qochdim. “Kechasi kelganim uchun uzr... uxlayotgan edingmi?” dedim xijolat bilan.

“Mayli, muammo emas,” dedi u charchoq ohangida. “So‘nggi paytlarda baribir uxlay olmayapman. Har kecha uyqusizlik qiynaydi.”

U chuqur nafas oldi va sekin divanga suyanib oldi. “Va agar uxlab qolsam ham, ko‘pincha dahshatli tushlar ko‘raman.”

Men yuragimni siqqan og‘riqni his qildim. U nimani nazarda tutayotganini juda yaxshi bilardim.

Yoongi har doim shunaqa edi — kimnidir yo‘qotganida, kimdir uni tashlab ketganida, u o‘zini yolgʻizlikka mahkum his qilardi. U qo‘rqardi… uxlay olmasdi… tushlarida ularni qayta yo‘qotardi.

Ota-onasi uni singlisi bilan yashashga majbur qilganida ham shunday bo‘lgan. Singlisi vafot etganida ham. Va uning sevimli iti Holly o‘lganda — bularning bari uni butkul sindirgan edi.

Va men ham uni tashlab ketdim.

Uning yuragidagi chandiqlar shu qadar chuqur ediki, u endi yig‘lay olmasdi. Singlisi vafot etganida ham, eng yaqin do‘sti — sevimli iti Holly o‘lganda ham, u bir tomchi koʻzyosh to‘kmagan edi.

Aksincha, u o‘zini ayblay boshladi. Pianino chalishni ham butunlay to‘xtatdi — chunki har safar pianino chalganidan keyin qandaydir fojia yuz berardi.

Maktabdagi birinchi pianino tanlovida opasi uni ko‘rgani yo‘lga chiqqanida, avtohalokatga uchradi. Yarim final paytida esa Hollyning arqoni uzilib, u yo‘lga yugurib chiqdi va…

Men unga bu tasodif, sening aybing emas, deb aytganman. Ammo u baribir menga ishonmagan.

“Yoongi… bu yoqqa kel,” dedim sokin ohangda, tizzamni yengil silab.

U avval ikkilanib turdi, lekin oxir-oqibat sekin egilib, boshini tizzamga qo‘ydi.

“Bu tuyg‘u… qandaydir tanish…” deb pichirladi u, ko‘zlarini yumarkan.

“Yoongi…” dedim, barmoqlarimni sochlari orasida yurgizarkanman.

“Hm?” dedi u charchoq, ammo osoyishta ovozda. Goʻyo ovozi kutilmagan hislar toʻlqini bilan titraydi.

Tasavvur uchun.

“Endi sen kuchli ko‘rinishga urinishing shart emas,” dedim asta, boshidagi bintni ohista silab. “Axir, uxlay olmaganingda tizzamga bosh qo‘y, degan eding-ku.”

“Bilmayman, bu hali ham seni uxlatadimi yo‘qmi… lekin men hozir faqat shuni qila olaman,” dedim mehr bilan, uni tinchlantirishga urinar ekanman. U esa jim edi, bir og‘iz so‘z ham aytmadi.

“Charchadingmi?” dedim yana, sochlarini sekin silarkanman.

“Yo‘q… men butunlay yaxshiman,” dedi u, lekin ovozida charchoq sezilib turardi.

“Biror narsa bezovta qilyaptimi?” dedim, sochlarining mayda tolalarini qulog‘i ortiga surarkanman. U sekin bosh chayqadi.

Men engashib, qulog‘iga pichirlab dedim:
“Og‘ir bo‘ldi, to‘g‘rimi?”

O‘sha ondayoq, tizzamda iliq tomchilarni his qildim — u yig‘layotgan edi.

“Og‘ir bo‘ldi…” dedi nihoyat titrab.

U libosimning etagini changallab oldi, qoshlarini chimirib, tanasini kichraytirib yig‘lardi.

“Bu juda og‘riqli edi… men juda qo‘rqdim, juda qayg‘urdim… shunchalik og‘ridi-ki, o‘lib ketaman deb o‘yladim,” — dedi u, nihoyat yuragidagi og‘riqni so‘zlar bilan to‘karkan, ko‘z yoshlarini tiya olmay.

“Men bor kuchim bilan harakat qildim… juda intildim… hammasini to‘g‘rilash uchun jonimni berayozdim,” dedi u, ko‘zlarini ochmasdan yig‘lar ekan. “Hayotimda hech qachon bunaqa ko‘p harakat qilmaganman.”

Ko‘z yoshlaridan yuzlari allaqachon ho‘l bo‘lib ketgan edi.

“Chunki… menda endi faqat sen qolding. Menga eng muhim narsa — bu sensan. Men seni qaytarib olish uchun hamma narsani qilishga tayyor edim…” — dedi u, tovushi titrab.

Men ham o‘zimni tuta olmay yig‘lab yubordim.

“Men juda qo‘rqdim… juda,” — dedi u, nafas ololmay.

“Seni sog‘indim… shunchalik sog‘indimki, o‘zimdan nafratlanayapman shu his tufayli,” dedi u, yuzini tizzamga yashirib, to‘liq yig‘lab yubordi.

“Har safar seni yolg‘iz o‘tirganingni, yolg‘iz yurganingni, yolg‘iz ovqatlanayotganingni ko‘rsam… yoningga borib, shunchaki sen bilan birga bo‘lishni xohlayman,” — dedi u, ovozi sinib.

“— H-hammasi joyida, Yoongi… bilaman… men bilaman,” dedim men ham, ovozim yirtilib chiqarkan, sochlarini silab.

“Men hali ham seni sevaman…” — dedi u nihoyat, pichirlab.

Men esa ko‘z yoshlarim orasida kulimsiradim:
“Men ham,” — dedim sekin.

U shunda butun dardini yig‘lab chiqarib yubordi. Yuragidagi og‘riqni, yillik jimjitlikni… hammasini to‘kdi. So‘ng… tinchlandi.

————————————————

Ep3 tugadi...🩶

Tarjimon: Yerin🦢

Only: Midnight chapters kanali uchun.
https://t.me/+KCa5im1zVY1iMTE6