October 14, 2025

𝗦𝗲𝘃𝗲𝗻 𝗗𝗮𝘆𝘀 𝓵𝓸𝓼𝓽 𝓵𝓸𝓿𝓮

Yoongi bilan ajrashganimizga qariyb bir yil bo'ldi. Sababini bilmoqchimisiz? Mening ota-onam.

Ular mendan boshqa bir yigit - Choi Junyeong, ya'ni boshqa kompaniya vorisi bilan turmush qurishimni xohlashadi. Chunki bizning kompaniyamiz va ularning kompaniyasi ko'p yillardan beri yaxshi aloqada.

Junyeong

Men hanuz maktabning oxirgi yilidaman, lekin Yoongi bilan aloqani butunlay uzishim uchun ota-onam Junyeongning singlisi June'ni maktabda meni "kuzatib yurishga" tayinlashdi.

Ota-onam meni Yoongi'dan imkon qadar uzoqlashtirish uchun har xil yo'llarni sinab ko'rishdi. Shafqatsiz, to'g'rimi?

Ular farzandlarining baxtini umuman o'ylashmaydi. Oldindan kelishilgan nikohlar, a? Haqoqatdanmi? Go'yo hanuz 1979-yilda yashayotgandekmiz.

Rostini aytsam, bu juda og'ir. Yoongi bilan endi gaplasha olmayman. U qanday yashayotgani, hammasi joyidami bilmayman. Chunki men uni tark etgan kundan beri har kunim og'riq va sog'inchga to'la.

Men hanuz maktabning oxirgi yilidaman, lekin Yoongi bilan aloqani butunlay uzishim uchun ota-onam Junyeongning singlisi June'ni maktabda meni "kuzatib yurishga" tayinlashdi.

June

Ota-onam meni Yoongi'dan imkon qadar uzoqlashtirish uchun har xil yo'llarni sinab ko'rishdi. Shafqatsiz, to'g'rimi?

Ular farzandlarining baxtini umuman o'ylashmaydi. Oldindan kelishilgan nikohlar, a? Haqoqatdanmi? Go'yo hanuz 1979-yilda yashayotgandekmiz.

Rostini aytsam, bu juda og'ir. Yoongi bilan endi gaplasha olmayman. U qanday yashayotgani, hammasi joyidami bilmayman. Chunki men uni tark etgan kundan beri har kunim og'riq va sog'inchga to'la.

Alohida, gʻalati oilam tufayli doʻstlarim ham yoʻq. Har kuni sinfning eng chetida, derazadan tashqariga termilib, jim oʻtiraman.

Men Yoongi’ni orqamdagi oʻrindiqqa oʻtirgizgan oʻqituvchini chin qalbdan juda yomon koʻraman. Uni oldimga oʻtirishini xohlardim — shunda unga bemalol qarab tura olardim.

Ammo hayotda hamma narsa biz istagandek boʻlavermaydi, toʻgʻrimi?

Har kuni Yoongi’ni koʻraman, lekin endi biz gaplashmaymiz. Bu ogʻriqli, toʻgʻrimi? Chunki har doim kimdir maktabdagi holatimni ota-onamga yetkazib turadi.

Men Junyeongning oʻsha manman, kibor singlisidan chin dildan nafratlanaman. Shu tarzda yashash — qamoqda yashagandan ham battar.

Endi men bilan suhbatlashadigan hech kim yoʻq, hamma his-tuygʻularim ichimda yigʻilib qolgan. Ba’zan Junyeong biznikiga keladi, koʻp gapiradi, ammo men hech qachon unga ichimdagini ayta olmayman.

Men undan nafratlanaman.

Bir muddatdan keyin kundalik yoza boshladim. Har kuni hislarimni u yerga yozaman — rostini aytsam, butun kundaligim faqat Yoongi haqida. Hatto unga “Yoongi haqidagi kundalik” deb nom qoʻydim.

Sinfdoshlarim meni goʻyo mavjud emasdek tutishadi. Endi bunga koʻnikib boʻlganman, lekin bu menga ogʻriq bermaydi degani emas. Ammo Yoongi menga e’tibor bermasligi — bu meni yuz karra koʻproq ogʻritadi.

U doimo mening yonimda boʻlgan. Har safar doʻstlarim yoʻqligidan yigʻlaganimda, faqat u menga tasalli berardi.

U menga mehrni his qildirgan yagona inson edi.

Sinfdoshlarimning ayrimlari mendan nafratlanishardi — ular boy bolalar manman va sovuq boʻladi, deb oʻylashardi. Ammo baribir hayronman, nega June minglab doʻst orttirgan?

Nima boʻlganda ham, men unga e’tibor bermayman. Faqat Junyeongning mendan avval bitirib ketganidan xursandman. Aks holda, har kuni June va Junyeong birgalikda ota-onamga maktabdagi holatim haqida hisobot berishardi. U faqat vaziyatni yanada yomonlashtirardi, xolos.

Forma kiyib, maktabga tayyorlana turib, chuqur xoʻrsindim. Yoki “doʻzaxga tayyorlandim” desam toʻgʻriroq boʻlar.

Xonamdan charchagan holda chiqib, pastga — nonushta dasturxoniga qarab yurdim.
— “Xayrli tong, goʻzalim Yerin!” — dedi onam quvonch bilan.
Men esa xoʻrsinib, koʻzlarimni aylantirdim.

Birdan ishtaham yoʻqoldi.
— “Maktabga ketayapman, ishtaham yoʻq,” — dedim ularga qarab.
Ular esa bir-birlariga qarashib, jilmayishdi. Aslida bu.... Soxta jilmayishlar.

Lee honim

Krosovkalarimni kiyib, shoshilinchda iplarini notoʻgʻri bogʻlay boshladim. Shu onning oʻzida koʻzlarimga yosh qalqib chiqdi — chunki Yoongi bir paytlar iplarimni toʻgʻrilab, meni koyigani esimga tushdi.

Yutinib, oʻrnimdan turdim va koʻz yoshlarimni artdim.
— “Bu yoqqa, Lee xonim,” — dedi tansoqchi, mashinaga tomon yoʻl boshlarkan.

Qachongacha bu la’nat hayot davom etadi?

Qoʻllarimni musht qilib, mashinaga kirdim, lekin oʻzimni tinchlantirishga harakat qildim.
— “Hmm... odatdagidek oʻsha yoʻldan boring. Maktabga yetishamiz, shoshilmasa ham boʻladi,” — dedim xotirjamlik bilan gapirayotgandek, lekin aslida oʻsha yoʻl Yoongi’ning uyi yonidan oʻtishini bilardim.

...

— “Xoʻp, xonim,” — dedi haydovchi, dvigatelni ishga tushirib. Biz Yoongi’ning uyiga yaqinlashgan sayin yuragim tobora tez ura boshladi.

Mana u. Uydan chiqdi va mototsiklga oʻtirdi. Oʻzim bilmagan holda, labimda mayin tabassum paydo boʻldi — ammo koʻz yoshlarim yonoqlarimdan asta sirgʻalib tushayotganini sezmadim ham.

Seni juda sogʻindim, Yoongi. Bizni sogʻindim.

Yoongi motosida

Maktab odatdagidek butun energiyamni so‘rib oladi, garchi men deyarli hech narsa qilmasam ham.

Tushlik vaqti kelgan edi, lekin nega bilmayman — hatto ozgina ishtaham ham yo‘q. Sinfdan chiqib, dahliz bo‘ylab yugurib yurgan, hayajonli talabalarni kuzatdim. Har safar kimdir yelkasi bilan urilib o‘tadi, turtkilaydi. Endi bunga ham o‘rganib ketganman — ular meni go‘yo ko‘rmayotgandek tutishadi.

Musiqa sinfiga yaqinlashganimda, ichkaridan pianino tovushi eshitildi — sokin, tinchlantiruvchi, yurakka iliqlik beruvchi oʻsha tanish kuy.

Ichkariga bir qadam qo‘ydim — Yoongi o‘sha yerda edi, pianino chalardi. Har doimgidek, musiqaga butunlay berilib ketgan edi, men esa o‘sha manzarada yana yo‘qolib qoldim — u qanchalar go‘zal ko‘rinardi. Uning yonida o‘tirib, chalgan akkordlariga hamohang kuylagan vaqtlarimni juda sog‘indim.

Bir necha qadam yaqinlashdim, lekin bilmay, oyoğim bilan yerda yotgan shishani tepib yubordim. Shisha g‘ijimlab ketdi, Yoongi esa chalishni to‘xtatdi.

U menga qaradi. Kursidan sekin o‘rnidan turdi.

— “M-men... uzr so‘rayman,” — dedim titrab, so‘zlar og‘zimdan chiqqan zahoti u menga tomon sekin yurib kela boshladi.

— “Ixm... Yoong—” — deya soʻz boshlashim bilanoq, u meni birdaniga bagʻriga tortdi. U meni qattiq quchdi, qoʻllarini boʻynimga mahkam oʻrab oldi.

Ey hudoyim, men shu lahzani shuncha vaqtdan beri kutgandim.

Deyarli yigʻlab yuboray dedim, ammo oʻrniga boʻlzimga tiqilgan achchiq yigʻini zoʻrgʻa yutdim. Nafasim siqilib ketdi. U quchoqni boʻshatdi va menga chuqur qaygʻu bilan qaradi.

— “Yerin... men bugun Daeguga qaytib ketyapman,” — dedi u zoʻrgʻa, pichirlab, qaltiragan ovozda va yuzini chetga burdi.

— “N.Nima? Nega?” — dedim, deyarli koʻzimda yosh bilan, ikkala qoʻlim bilan uning qoʻllarini mahkam ushlab oldim.

— “Bu-” — dedi u, lekin soʻzni davom ettira olmadi — birdan telefondan chiqqan kameraning "click" tovush eshitildi.

June, la'nat qiz.

Gʻazab tanamni egalladi, qonim ichimda qaynay boshladi. Men birdan Yoongi qoʻllarini qoʻyib yubordim va tezlik bilan qochib ketayotgan June tomon yugurdim.

Oxiri unga yetib oldim va uni yelkasinidan tortib toʻxtatdim — u menga qaradi. Men uning yuziga qatti tarsaki tushirdim.

— “Ya!” — deya baqirdi u, qizarib, ogʻriqdan yonayotgan yonoqlarini ushlab.

— “Bu bemanilikni bas qil!” — deb qichqirdim men, ovozim butun zal bo‘ylab yangradi. Hamma menga qaradi.
— “Sen... charchamadingmi?” — dedim tonimni pasaytirib, yoshga to‘la nigoh bilan unga tikildim.

— “Yana... unga jo‘natding, to‘g‘rimi?” — dedim, onamni nazarda tutib. — “Senda bor har bir la’nati ‘dalil’ doimo yorugʻlik tezligida onamga yetib boradi. Ko‘ryapman, June, sen juda mehnatsevar ekansan,” — dedim kinoya bilan, unga yanada yaqinlasharkanman.

U menga shapaloq tushirish uchun qo‘lini ko‘targandi, lekin Yoongi uning bilagini qattiq ushlab qoldi.
— “Bunday qilma,” — dedi u qat’iy ohangda. Shu payt atrofimizdagi hamma nigohlar bizga qadaldi.

— “Onamni shunchalik yaxshi ko‘rasanmi?” — dedim, yana unga yaqinlashib. U esa bilagini Yoongi qo‘lidan keskin tortib oldi.
— “Yoki bu... boshqa sababmi?” — deb pichirlab aytdim uning yuziga qarab. U menga oʻtkir, gʻazabli nigoh bilan tikildi.

— “LEE YERIN!” — degan baqiriq butun zalni to‘ldirdi. Men darhol bu ovozni tanidim.

Bu — onam edi.

—————————————————

Ep1 tugadi...

Tarjima: Yerin🦢

Only: Midnight chapters kanali uchun.
https://t.me/+KCa5im1zVY1iMTE6