𝗦𝗲𝘃𝗲𝗻 𝗗𝗮𝘆𝘀 𝓵𝓸𝓼𝓽 𝓵𝓸𝓿𝓮
Yoongi kech soat 1:00 da ishidan qaytib keldi — men esa, “bu bola, bu allaqachon yangi kun-ku,” deb o‘zimga oʻzim gʻazablandim.
— “Hali uxlamadingmi?” — dedi u, divanga cho‘zilib, chuqur xo‘rsinib.
— “Butun tush vaqtida deyarli uxlab o‘tkazdim, shuning uchun hozir uyqum yo‘q,” — dedim, uning yoniga o‘tib. — “Aytchi, senga nechta ish topshirishgan o‘zi? Shu paytgacha ishlabsan-ku,” — dedim qiziqib.
— “Ah, bugun juda stressli kun bo‘ldi,” — u shikoyat qilib, yuzini kaftlari bilan berkitdi. — “Juda charchadim, boʻynim og‘riyapti,” — dedi u, yelkasini uqalab.
— “Kelaqol, men massaj qilib qoʻyaman,” — dedim va uni oʻgirib, o‘zim orqasida o‘tirdim. Ikkala qo‘limni uning yelkalariga qo‘yib, sekin massaj qila boshladim.
— “Mana shu joymi?” — dedim, u esa boshini qimirlatib “ha” degandek ishora qildi. — “Og‘riyaptimi?”
— “Yo‘q-yo‘q, davom et,” — dedi u, ovozida biroz yengillik sezilib. Men jilmaydim va davom etdim.
— “Har doimgidek...” — deb pichirladi u, ovozi past, deyarli eshitilmas darajada.
Men divanda tizzamni qo‘yib, ozgina tiklandim va orqasidan uning yuziga qaradim.
— “Kutilganiday, Yerinnie eng zo‘ri, to‘g‘rimi?” — dedim uning yuziga yaqinlashib.
U menga qarab, labimga engil o‘pich qo‘ydi. — “To‘g‘ri, mening bebaho sevgilim eng zo‘ri!” — dedi u, keyin birdan meni oʻziga tortib, qitiqlay boshladi.
— “Ya! To‘xtat! Qitiqlayapti!” — dedim kulgimni bosolmay.
U esa yana davom etdi, ikkovimiz kulib-kulib charchagach, divanga yonboshlab yotdik.
Yoongi meni quchoqladi, men esa yuzimni uning ko‘ksiga yashirdim.
Atrof jimjit, faqat yurak urishimiz va tez nafasimiz eshitilardi. Bir necha daqiqa sukutdan so‘ng, men boshimni ko‘tarib, unga qaradim — ko‘zlari yumilgan edi.
— “Yoongi, uxlayapsanmi?” — deb so‘radim.
U sekin ko‘zlarini ochib, menga qaradi. — “Yo‘q,” — dedi u, peshonamdan o‘pib.
— “Bizda yaqinda pianino tanlovi bor, to‘g‘rimi?” — dedim.
— “Ha, ishtirokchilikka ismimni maktabda yozdirganman. Seulga borib, musobaqaga qatnashaman, keyin Daeguga qaytaman,” — dedi u.
— “Ho~ Bu faqat sherigingni tashlab keta olmaganing uchun emasmi?” — dedim, uning yuzini chimchilab.
U esa jilmaydi, o‘sha tanish, yurakni eritadigan tabassumi bilan.
— “Demak, bilib qolibsanda?” — dedi u, biroz hayratlanib.
— “Albatta! Hattoki qaysi asarni ishlatmoqchingni ham bilaman. Spring Daymi yoki First Love?” — dedim hazilomuz ohangda.
U birdan divandan o‘rnidan turib ketdi. — “Yerin-AH! Mening asarlarimni ruxsatsiz o‘qib chiqqansan-a!” — dedi, yuzlari qizarib ketgancha. — “Ah, bu juda uyat!” — qo‘llari bilan yuzini bekitdi.
— “Bu menga atalgani to‘g‘rimi~” — dedim uni turtib.
U esa darrov menga qarab, — “yoʻq yoʻq, bu senga emas,” — deb, ikkala yuzimni chimchilab qo‘ydi.
— “Unda sahifaning yonida turgan ‘For Yerin’ yozuvi-chi?” — deb tilimni chiqarib, unga qaradim.
— “Men shunchaki siyohni sinab ko‘rganman,” — dedi u, yana divanga cho‘zilib.
Men uning ko‘ksiga engil urdim. — “Ya! Min Yoongi, ahmoq!”
Keyin o‘zim ham uning yoniga yotdim, yuzimni yana ko‘ksiga qo‘ydim. — “Ayting-chi, tanlovda Spring Dayni kuylaymizmi yoki First Loveni?” — dedim sekin ovozda.
— “Hali bilmayman, chunki First Lovening so‘zlarini hali tugatmadim,” — dedi u, sochlarimni silagancha.
— “Unda men Spring Day so‘zlarini vaqtincha yodlab olaman!” — dedim quvonch bilan. U menga shunchalik shirin jilmaydiki, yuragim yana erib ketdi.
— “Onang bunga rozi bo‘ladimi?” — dedi u, ohista, tashvish bilan. Shu ondayoq kayfiyatim birdan tushib ketdi.
— “Bilmayman... biz faqat chiqish qilamiz, xolos. Hech qanday boshqa narsa qilmaymiz-ku,” — dedim ohista.
— “Unda sen-chi? Shu holatda sahnaga chiqishga tayyormisan?” — ohista dedim. Unga qaradim ko‘zlarida og‘riq bor edi. U o‘sha musobaqalarni eslatayotgan edi.
Singlisi vafot etganidan va Holly o‘lganidan beri, Yoongi pianino chalolmay qolgandi. Har safar sahnaga chiqsa, o‘rtasida to‘xtab qolardi, keyin yugurib ketardi. Shu sababli, finalda ham muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.
O‘sha og‘riqli xotiralar ichida yo‘qolib ketganimni sezib, u meni yana bag‘riga tortdi. So‘ng qulog‘imga pichirlab dedi:
— “Men yaxshiman deb oʻylamayman... lekin bu — seni biroz bo‘lsa ham yonimda ushlab turadigan yagona narsa.”
Men oʻy hayollarimdan oʻzimga kelib, uning ko‘kragiga engilgina urdim.
— “Aish, shunchaki menga uchrashaylik desang ham bo‘lardi-ku. Men yo‘lini topgan bo‘lardim. Nega bu darajada o‘zingni qiynayapsan? Axir hozir pianino chalolasanmi o‘zi? O‘shanda qo‘llaring qattiq titragandi,” — dedim, yuragimni bezovta qilgan xavotirni yashira olmay.
U o‘rnidan turib, divanda to‘g‘rilanib o‘tirdi va yuzimni ikki qo‘li bilan ushladi.
— “Lekin men sahnada sen bilan birga bo‘lishni xohlayman. Sening yoningda kuylashingni istayman. Yana pianino chalishni istayman,” — dedi u, tovushida past, ammo chuqur hislar bilan.
— “Unda… buni oldinroq aytishing kerak edi, shunda men senga so‘zlar va akkordlarda yordam berardim. Axir biz jamoamiz-ku. Mukammal duet,” — dedim, uning yuzimdagi qo‘llarini ushlab.
U asta peshonasini mening peshonamga qo‘ydi, ko‘zlarini yumib:
— “Lekin bu qo‘shiq sen uchun… Men buni faqat sen uchun qilmoqchiman,” — dedi.
— “Unda First Love ham men uchunmi?” — dedim erkalik bilan. U ko‘zlarini ochib menga qaradi-da, lablarimdan o‘pdi. Men ham unga javoban o‘pdim. U lablarimni sekin va muloyim oʻpar, har nafasimda yuragim tinchlanib borardi.
Nihoyat u boroz orqaga tortildi. Bir-birimizga jim tikildik.
Va nihoyat, Yoongi pichirlab dedi…
Ha bu toʻgʻri. Bu meni birinchi muhabbatim Lee Yerin uchun.... Mening azizam.
Only: Midnight chapters kanali uchun.
https://t.me/+KCa5im1zVY1iMTE6