𝗦𝗲𝘃𝗲𝗻 𝗗𝗮𝘆𝘀 𝓵𝓸𝓼𝓽 𝓵𝓸𝓿𝓮
Men Yoongi uyida allaqachon besh kundan beri yashayapman. O‘ylayman, yana qancha vaqt shunday baxtli holda u bilan birga bo‘la olaman ekan…
Soatga qarasam, allaqachon soat 8:00 bo‘libdi, Yoongi esa hali uyg‘onmagan. Men tezda o‘rnimdan turdim va uning yelkasini asta silkitdim.
— “hoy...hoy” — dedim past ovozda. U sekin ko‘zlarini ochdi.
— “Yoongi, tur, ishga boradigan vaqt bo‘ldi,” — dedim. U esa bir zumda o‘tirib oldi.
— “Soat necha boʻlfi?” — deb so‘radi, ko‘zlarini ishqalab.
— “Nima— toxtachi..bugun menda ish yo‘q-ku😄” — dedi u yengil nafas olib va yana yotib oldi.
— “Unda bugun uchrashuvga chiqamiz!” — dedim quvonchimni yashirmay, qo‘lidan tortib.
— “Aah, bilasan-ku, bu men bunday narsalarni yoqtirmayman” — u g‘o‘ldiradi va butun tanasini ko‘rpa bilan yopdi.
— “Unda uy tozalaymiz!” — dedim, taklif qilib.
U esa bundan ham balandroq ohangda nolidi.
— “Shunchaki hammasini shunaday qoldir, keyin o‘zim yigʻishtiraman” — dedi u nihoyat o‘rnidan turib, to‘shakdan sakrab tushib hammomga qarab yurarkan.
— “Yoongi!” — deb chaqirdim, u jilmayib menga qaradi. — *Yo hudoyim bu yoqimtoy ifodadan tilimni yoʻqotaman*. “Haligi...bugun mashq qilaylik... bugun First Love qo‘shig‘ining so‘zlarini yozaylik soʻng... film ko‘raylik!” — dedim jilmayib. U ham menga qarab kuldi va bosh irg‘adi.
Men yotoqxonadan chiqib, mehmonxonadagi derazadan kirayotgan toza havodan nafas oldim. Chuqur nafas olib, sekin chiqararkanman, pianino turgan tomonga bordim.
Ustidagi oq matoni olib tashlasam, chang bosganini ko‘rdim. Nam sochiq olib, tozalashni boshladim.
O‘sha paytda Yoongi bilan o‘tkazgan barcha onlarim yodimga tushdi. Hammasi mana shu jigarrang pianinodan boshlangan edi…
— “Yerin-a?” — degan Yoongi ovozini eshitdim. Pianinoni artishni to‘xtatib, unga qaradim. — “Och qoldingmi? Nonushta tayyor qildim,” — dedi u.
— “Aniyo, och emasman,” — dedim va oshxonaga qarab yurib bordim. Yoniga o‘tirdim, u esa tost tayyorlay boshladi.
— “Har doimgidek yeyaver,” — dedim, qo‘llarimni cho‘zarkanman. — “Aa, to‘xta!” — birdan eslab, unga qaradim.
— “Bu payshanba nima qilamiz?” — dedim, javobni intiqlik bilan kutib.
— “Nima deganing? Bu payshanba?” — dedi u, hayron bo‘lib.
Ogʻzim ochilib qoldi. — “Yoongiah! Bu sening tug‘ilgan kuning-ku!” — dedim, peshonamni ushlab.
— “Aaa! Ha, mening tug‘ilgan kunim ekan!” — dedi u, ko‘zlarini kattaroq ochib, tostni chaynarkan, huddi hayratlangandek, uf bu bola oʻz tugʻulgan kunidan hech qachon hayajonlanmaydi.
— “Kel yaxshisi, kechasi soat 12:00 da uyda kichkina tug‘ilgan kun ziyofati qilamiz!” — dedim hayajon bilan. U kulib, sochimni siladi. — “Yaxshi g‘oya,” — dedi.
— “Aish, lekin men ish bilan bandman, kech qaytaman, hatto soat 12 dan o‘tib qolishi ham mumkin…” — deb chuqur nafas oldi.
— “Hechqisi yoʻq! Men seni kutaman!” — dedim, o‘rnimdan turarkan. — “Endi esa tezroq nonushtani tugat, mashq qilishimiz kerak.”
Shundan so‘ng, men sekin yurib, yashash xonasiga — pianino tomon bordim. O‘tirib, First Love asarining akkordlarini asta boshlab chalishga harakat qildim, lekin yuragim go‘yo parcha-parcha bo‘lib ketayotgandek edi.
— “Ya, ya, hozircha uni chalma,” — dedi Yoongi, yonimga o‘tirarkan va Spring Day varag‘ini chiqardi.
— “Men so‘zlarini yodlab oldim!” — dedim hayajon bilan, u esa ko‘zlarini katta ochdi.
— “Rostdanmi?” — dedi u hayrat bilan. Men bosh irg‘ab, jilmaydim.
— “Kutilgandek,” — dedi u past ovozda. — “Kutilgandek, bu mening Yerinim,” — deya peshonamdan o‘pdi.
— “Yaxshi... boshlaymiz,” — deb pichirladi u, barmoqlarini klavishlarga qo‘yar ekan.
U ko‘zlarini yumib, pianino klavishlarini asta bosdi, men esa qo‘shiqni ohista xirgoyi qildim. Bu asar nihoyatda go‘zal edi — so‘zlari bilan uyg‘unlashib, qo‘shiq mukammal bo‘lib chiqardi.
Bir muddatdan so‘ng men kuylay boshladim. U chalishni davom ettirar, men unga qarab qo‘shiq aytar edim. Yoongi menga qarab, nihoyatda shirin jilmaydi. So‘ngra yana klavishlarga qaradi, ammo hali ham shu tabassum bilan.
Yoongi pianino chalayotgani — dunyodagi eng sevimli manzaram. Agar imkonim bo‘lsa, uni sahnadagi travmadan butunlay qutqarishni istardim. U yana sahnada, odatdagidek, bemalol pianino chala olishini xohlardim. Bu mening orzuim, har kungi tilagim. Eng katta, eng samimiy tilagim.
U chalib bo‘lgach, men bir necha marta qarsak chalib yubordim.
— “Hammasi mukammal, Yoongi. U shundayligicha mukammal. Hech narsani o‘zgartirish kerak emas,” — dedim jilmayib.
— “Rahmat,” — dedi u, bosh barmog‘i bilan yuzimni silarkan. Men ham qo‘limni uning qo‘liga qo‘yib, mayin siladim.
— “Qani, yana bir marta chalamizmi? O‘zingni sahnada, tomoshabinlar va hakamlar qarshisida turgandek tasavvur qil,” — dedim unga.
Uning yuzi birdan tushkun tus oldi. U tizzalariga qarab, og‘ir xo‘rsindi.
— “hey, Yoongi? Faqat bir marta mashq qilaylik, xo‘pmi? Unutma, men ham sahnada sen bilanman,” — dedim yumshoq ohangda.
— “Yaxshi,” — dedi u sokin ovozda, chuqur nafas olib. U pianinoga qaradi va chalishni boshladi. Ammo barmoqlari titray boshladi.
— “Sekinroq, Yoongi… shoshilma,” — dedim uni tinchlantirishga, dalda berishga harakat qilib.
U ko‘zlarini yumgancha chalishda davom etdi. Ammo bu safar avvalgidek ravon emasdi — qo‘llari titrar, qoshlarini chimirgancha butun vujudi bilan qiynalayotganini ko‘rardim. Yonoqlaridan ter oqib tushar, nafas olishi og‘irlashgan, tezlashgan edi.
Birdan u quloqlarini kaftlari bilan bekitdi.
— “Yoongi... Yoongi... hey, Yoongi!” — dedim xavotir bilan, yelkasidan qattiq silkitdim. Shu payt u to‘satdan meni quchoqlab oldi.
Men ham uni quchoqladim, orqasidan silab tinchlantirishga harakat qildim.
— “Hammasi joyida, yaxshi, men bu yerdaman, xo‘pmi?” — dedim sekin ovozda.
Uning tanasi tez-tez titrardi, meni yanada mahkam quchoqladi.
— “Men... endi buni qila olmayman... Yerin... iltimos, meni tark etma,” — dedi u og‘ir nafaslari orasida.
— "Jinnivoy..! Men seni hech qachon tashlab ketmayman,” — dedim, quchog‘idan chiqib, uning yuzini ikki kaftim bilan tutib. — “Hech qachon.”
— “Endi biroz dam olamizmi? Yoki ‘First Love’ so‘zlarini yozishni boshlaymizmi?” — dedim jilmayib.
U sekin bosh irg‘ab, charchoq aralash tabassum qildi.
Biz ikkovimiz divanga o‘tirdik, qo‘shiq so‘zlarini o‘ylashga harakat qildik. Bilardimki, u buni o‘zi yozmoqchi, chunki bu qo‘shiq menga atalgan — lekin baribir men so‘z tanlashda biroz yordam berdim.
Soatlar o‘tganini sezmay qoldik. Yozish, keyin film tomosha qilish — bilsam, allaqachon tun yarmidan o‘tgan. Vaqt haqiqatan ham uchib o‘tadi.
Uning qog‘ozga egilib, butun e’tiborini yozayotgan satrlariga qaratgan holatini kuzatdim. Shu manzara... bilmadim, yuragimni yumshatdi. Sevgini shunchalik tinch, oddiy shaklda his qilish qanday yoqimli.
O‘zim ham sezmay keng jilmaydim. Shu payt u birdan “Nihoyat tugadi!” deb hayajon bilan aytdi. Menga o‘girilib, o‘sha tanish — uning mashhur “gummy smile”i bilan kuldi.
— “Zerikmadingmi?” — dedi, sochlarimni silab.
— “Umuman,” — boshimni chayqab javob berdim.
U soatga qaradi-da, hayratlanib:
— “Voy, allaqachon soat 11:55 bo‘libdi?” — dedi.
— “Qayergadir borishni xohlaysanmi?” — deb so‘radi u.
Ko‘zim chaqnab, hayajon bilan bosh irg‘adim.
U sekin divandan turdi.
— “Qayerga ketyapmiz?” — dedim, men ham uning ortidan tura turib.
— “Bir joyga... uzoqqa. Juda uzoqqa,” — dedi.
Only: Midnight chapters kanali uchun.
https://t.me/+KCa5im1zVY1iMTE6