𝖣𝖨𝖲𝖬𝖨𝖲𝖲𝖠𝖫
𝖣𝗂𝗌𝗆𝗂𝗌𝗌𝖺𝗅 » | 𝗍𝗁𝗂𝗋𝖽 𝗉𝖺𝗋𝗍
.
.
.
.
.
.
Chiroq yonishi bilan aniqlikda kiyimimni tartibga keltirdim. Eshikni qoʻqqisdan ochgan Taynaning nigohi men va qarshimda hali ham koʻkragiga qoʻlini qovushtirib, goʻyo tomosha koʻrayotgandek tirjayib turgan erkak orasida borib keldi.
- Bu yerda nima boʻlyapti? - Tayna xonadagi tarang vaziyatni kesib oʻtarkan, istehzo bilan soʻradi.
- Deyarli hech narsa. Shunchaki tomoshabinimiz biroz kechikdi, toʻgʻrimi? - dedim piching bilan.
- Eylim, yaxshimisan? - Tayna telefonimni yerdan olib menga uzatarkan, koʻzlari bilan Jungkookni koʻrsatdi.
- Anavi janobingga ayt, bu yerda tekinga spektakl qoʻymasin-u, hozirning oʻzida chiqib ketsin.
- Demak, isming Eylim... - Lablarining chetini tishlab, zaharxanda kulimsiragan erkak menga bugun uchun keragidan ortiq yomon taassurot qoldirishni uddalagandi.
- Pastda seni sodiq doʻstlaring intizorlik bilan kutishayotgandi, ketmoqchi emishsizlar.- Deb qoshildi Tayna
- Ablah... - unga maʼnosini chaqib boʻlmaydigan, nafratga toʻla nigohimni qadab, oʻzim eshitadigan darajada pichirladim-da, Taynaning xonasidagi hammomga oʻzimni urdim. Yuz-qoʻlimni yuvib, oʻzimni bosishim kerak edi.
Tashqarida esa Tayna va Jungkookning shirin suhbati davom etardi.
- Men kelgunimcha nima karomat koʻrsatdingki, u hozir suvga tushgan mushukdek boʻlib qoldi? - Tayna qoʻllarini beliga qoʻydi.
- Shunchaki biroz qizib olmoqchi edim. Agar menda qiziqish boʻlsa, tanam beixtiyor javob beradi, bilasan-ku? Biroz oʻynashgim keldi, xolos, - Jungkook yelka qisib, goʻyo hech narsa boʻlmagandek tirjaydi.
- Seni koʻzingni tuproq toʻydiradi, Jungkook. Oʻsha oʻzingcha yaxshi koʻradigan qizing esingdan chiqib ketdimi deyman? Yoki xotirang faqat qizlarni koʻrganda ishlamay qoladimi? Men-ku hammasini yaxshi bilaman.
- Tayna, oʻsha olovli hoʻvuringni dugonangga asrab qoʻy, hali unga koʻp kerak boʻladi... - Jungkook eshik tomonga burildi.
- Yigitlar kutayotgan ekan, men ketdim. Sening aqlli nasihatlaringni eshitadigan kayfiyatda emasman.
Jungkook har qadamida eshik tomonga bir necha bor qarab qoʻydi, goʻyo hammomdan kimdir chiqishini kutayotgandek.
- Shoshma! Yoningda sen bilan birga kelgan anavi kalamushlaringga ayt, oʻzlari yetaklab kelgan oʻyinchoq qizlarini ham bir yoʻli sudrab ketishsin. Sizlar ketgandan keyin uyimning burchaklaridan doriga oʻchib, doʻzaxni koʻrayotgan qizlarni yigʻib yurish niyatim yoʻq!
- Tayna gapni chuqur piching bilan kesib tashladi.
- Men ularga enagalik qilmayman. Bu mehmondorchilikka taklif qilgan oʻzing. Endi esa javobgarlikdan xuddi oppoq qizdek boʻyintovlama, Tayna!
Jungkook eshikni tarsillatib yopib xonadan chiqib ketgandan keyin, Tayna hammomga, Eylimni yoniga kirdi.
- Ketdimi u vaxshiy? - qoʻlimni sochiqqa artarkanman, chuqur nafas oldim.
- U men ketgandan keyin, chiroq oʻchgan fursatdan foydalanib keldimi? - Hammomdagi stolga orqam bilan suyandim.
- Telefonim chirogʻini yoqqanimda, shundoqqina peshonamning tagida ajalddek turganini koʻrdim. U oʻzini kim deb hisoblaydi? Nega hamma joyda oʻzini xuddi dunyoning egasidek tutib, tavakkal qilyapti?
- U mening kollejdagi kursdoshlarimdan edi. Keyinchalik oʻzimizga oʻxshagan, dunyoni suv bossa toʻpigʻiga chiqmaydigan yigit va qizlar jamoasida birga boʻldik. Uni xuddi aslzodalardek tutishiga eʼtibor berma.
Pastdagi xovlidan bir necha erkaklarni kulgan yogʻon ovozi eshtildi. Tayna va eylim hammomdan chiqib yotoqxona oynasi yaqiniga kelishdi.
- Men xech qachon shunga oʻxshash erkaklar bilan xayotimni davom ettirmoqchi emasman. Xali oila ma'suliyatini anglamagan erkakdan yomoni yoq. Otam ham aynan shundaylar bilan meni yoʻlimni bogʻlab qoʻymoqchi - Betartib tarzda ketayotgan bir necha erkakga niqtalib gapirdi Tayna. Eylim ham u diqqat boʻlgan tomonga xovlini darvozaga yaqin qismiga qaraganda eng oxirida kerayotgan Jungkook ortga qaradi.
- Bu masalada haqsan. Otanga ham oxirgi qarorni oʻzing berasan.
Pov Eylim
Yarim soatdan soʻng Taynani uyidan bir ko'cha kesib oʻtishim bilan ortimdan yongan mashina chirogʻi yo'lakni koʻproq yoritdi.
Qizni qadamiga moslashib yurayotgan mashina oynasi pastga tushdi .
- Vaqt juda kech boʻldi. Mashinaga oʻtir, oʻzim olib borib qoʻyaman. Koʻchadagi odamlar oʻziga javob berolmaydi bu vaqtda.
- Keragi yoʻq. Yoʻlingdan qolma.
- Men rostan ham seni oʻylab taklif qilayotgandim, - Jungkook mashina konsoliga tirsagini tirab, boshqa qoʻlida mashina rulini boshqarardi.
- Sening oʻzingni asrash instinkting biroz nosoz ishlaydi shekilli.
- Seni boyagi qoʻpolicha harakatingdan keyin mashinangga oʻtirishimni taklif qilishing biroz tushunmovchilikdek tuyulmayaptimi? Yoki bu sening xizmat koʻrsatish paketingga kiradimi? - Eylim toʻxtab, unga tikilgancha gapirdi.
- Biroz oshirib yuborganim rost... faqat biroz. Ammo bu hozir tumanning eng shalloq qismida yolgʻiz ketishingga qoʻyib beraman degani emas. Shunchaki oʻtir... senga yana bosim koʻrsatmoqchi emasman.
- Men senga yoʻq ded... - Eylim soʻz oxirini tugatmasdan, boʻsh koʻchada mashina balonining chiyillab toʻxtagan ovozi eshitildi. Jungkook haydovchi eshigini yopmasdan qiz tomonga oʻtdi.
- Irodamni sinamoqchi boʻlma. Bunday masalalarda havaskor odam emasman. Shunchaki oʻtir.- Jungkook qizga yon tomoni eshigini ochib kirishini kutdi. - Eylim biroz ikkilanib atrifga alanglagach mashinaga oʻtirdi.
- Tixirlik qilavermasang, qanday yaxshi qiz ekansan, istisno holatlarda albatta, - Jungkook eshikni yopib, oʻzi ham mashinaga joylashib boʻsh koʻchadan tezda gʻoyib boʻldi.
- Isming Eylimmi? - konsol ustidagi barmoqlarini ketma-ketlikda pastga urib soʻradi u.
- Biror-bir gumoning bormi bunga nisbatan? Eshitganinga ishonchim komil. Sen eshitmoqchi boʻlgan narsa tasdigʻim boʻlsa, ha, ismim shunday. - Eylim tirnoqlarini bir-biriga xuddi pichoqni oʻtkirlagandek oʻynatardi.
- Nega asabiylashayapsan? Hali goʻshtingni yeb qoʻyganim yoʻq-ku, - kulimsirab boshini yana yoʻlga qaratdi u.
-Tanimaganlarim orasida shundayman. Ayniqsa, oʻzini qutqaruvchi deb oʻylaydiganlar davrasida.
- Mening ismim Jungkook Jeon. - Mashina svetoforda toʻxtadi, Jungkook Eylimga qoʻl uzatdi.
- Oʻzing notanishlar bilan asabiyman deding. Unda muammoni hal qilaylik. Endi tanishmiz, asabiylashishing uchun sabab qolmadi, shunday emasmi?- Eylim hafsalasiz koʻzlarini yumib, boshini oyna tarafga qaratdi va qoʻlini uzatishga shoshilmadi. Shunchaki oyna ortidagi tungi chiroqlar gʻuboriga tikilib, Jungkookning choʻzilgan qoʻlini va uning ortidagi ishonchga toʻla nigohini eʼtiborsiz qoldirishni afzal koʻrdi.
- Men har qanday ism aytgan erkak bilan doʻstlashib ketaveradigan qizlar sirasiga kirmayman, janob Jeon,.- dedi Eylim ovozini imkon qadar sovuq va masofali saqlashga harakat qilib.
- Ayniqsa, bir necha daqiqa avval xonada chiroq oʻchganidan foydalanib, menga tahdid qilganlar bilan.Xozirgi holatda sizni mashinangizda oʻtirib ketayotganim bir necha soat oldingi qilmishingiz ustidagi tovon deb qabul qilganim sabab-
Jungkook choʻzilgan qoʻlini sekingina rul ustiga qaytarib qoʻydi. Uning lab chetiga yana oʻsha tanish, istehzoli tabassum yugurdi. Svetoforning yashil chirogʻi yonishi bilan mashina silliq joyidan qoʻzgʻaldi.
- Tahdid? - Jungkook kulib yubordi, bu safargi kulgisi mashina salonining tor muhitida gʻalati aks sado berdi.
- Buni shunchaki kichik bir sinov deb qabul qilishing mumkin edi. Men sening koʻzlaringdagi oʻsha olovni koʻrmoqchi edim, xolos. Va tan olish kerak, adashmabman. Sen juda oson alanga oladigan qiz ekansan.
- Menga baho berishni oʻzingizga kim huquq qilib berdi? - Eylim unga burilib, koʻzlarini qisdi. Tirnoqlarini bir-biriga urishdan toʻxtagan, endi bor diqqati bu oʻziga bino qoʻygan yigitning asabiga tegishli soʻzlarida edi.
- Tayna sizlar haqingizda toʻgʻri aytgan ekan. Dunyoni suv bossa toʻpigʻingizga chiqmaydi. Masʼuliyatsiz, oʻyinqaroq yigitlar galasi..
Jungkook bir muddat jim qoldi. Uning yuzidagi boyagi kulgi biroz pasayib, oʻrnini jiddiyroq ifoda egalladi. Mashina tezligi biroz oshdi, gʻildiraklar tungi osuda koʻchada shiddat bilan siljib borardi.
- Tayna koʻp narsani biladi, lekin hammasini emas, - dedi Jungkook ovozini pastlatib.
- Agar men hayotni oʻyin deb bilsam, hozir seni bu qorongʻu, shalloq koʻchada yolgʻiz qoldirib, oʻz kayfiyatimni buzmay ketgan boʻlardim. Meni yomon koʻrishing mumkin, Eylim. Lekin men yomon koʻrgan odamlaring kabi senga befarq emasman. Kamida, hozir xavfsizliging uchun javobgarmon.
Eylim uning bu gaplaridan soʻng unga boshqacha nigoh bilan qaradi. Uning ovozidagi bu kutilmagan jiddiylik va soʻzlarining ohangi qizning ichidagi nafrat devorini biroz boʻshashtirgandek boʻldi, biroq u buni bildirmaslikka urindi.
- Menga qayerga borishimni soʻramadingiz ham, - dedi Eylim mavzuni burib, atrofga alanglar ekan. Mashina allaqachon uning uyiga olib boradigan asosiy chorrahaga yaqinlashib qolgandi.
- Qanday topganimga qiziqma, kerakli ma'lumotni topish men uchun muammo emas, - Jungkook koʻz qisib qoʻydi.
- Ayniqsa, Taynaning atrofida paydo boʻlgan yangi va... sirli dugonalarining manzili. Shunday ekan, keyingi chorrahadan chapga burilamiz, toʻgʻrimi?
Eylim hayratini yashira olmay, labini tishladi.Mashina sekinlashib, Eylim yashaydigan tinch va sokin koʻcha chetida toʻxtadi. Eylim eshik dastasiga qoʻl choʻzishi bilan Jungkook mashina qulflarini tushirdi.
- Shoshilma, - dedi u, qizga yaqinroq egilib. - Biz hali tanishuv qismini tugatmadik
Eshiklar qulflanganidan soʻng, mashina salonidagi havo birdaniga ogʻirlashgandek boʻldi. Jungkookning yaqin kelganidan uning oʻtkir, biroz achchiq atiri dimogʻimga urildi.
- Eshikni och, Jeon, — dedim ovozimga maksimal darajada xotirjamlik bagʻishlashga urinib, lekin ichimdagi gʻazab va xavotir aralash tuygʻu yuragimni tezroq urishga majbur qilayotgandi.
- Tanishuv qismi allaqachon tugadi. Men ismingizni bildim, siz esa mening manzilimni yaxshi bilar ekansiz. Shuning oʻzi yetarli.-
Jungkook rulga suyanib, boshini biroz yonbosh qildi. Uning qorongʻuda porlayotgan koʻzlari yuzimning har bir chizgʻisini sinchiklab oʻrganayotgandek edi. Lab chetidagi oʻsha asabga teguvchi maʼnoli tabassum esa hamon yoʻqolmagandi.
- Yetarli emas, Eylim, - uning ovozi past, ammo juda qatʼiy chiqdi. - Men sening ismingni va uying qayerdaligini bilaman, xolos. Lekin sening kimligingni hamon bilmayman. Chiroq oʻchganda koʻzlaringda koʻrganim oʻsha vahshiy quyoncha bilan hozir qarshimda oʻtirgan magʻrur malika oʻrtasidagi farq meni qiziqtiryapti.
- Meni qiziqtiradigan narsa esa, hozir uyingizga borib uxlashingiz, - qoʻlimni eshik dastasidan olib, koʻkragimga qovushtirdim va unga tik qaradim.
- Siz oʻzingizni juda aqlli va jozibali deb oʻylaysiz, shunday emasmi? Qizlar ortingizdan yugurib, har bir soʻzingizga poyandoz boʻlishiga oʻrganib qolgansiz. Afsuski, men oʻsha roʻyxatda yoʻqman.- Jungkook bu gapimdan ranjish oʻrniga, past ovozda kulib yubordi. Uning kulgisi mashinaning jimjitligini buzib, asablarimni battar taranglashtirdi.
- Men haqimda xulosa chiqarishga juda shoshilibsan, - u birdan jiddiylashib, menga yanada yaqinroq surildi. Shunchalik yaqin keldiki, koʻzlaridagi qora rangning chuqurligini his qildim.
- Agar men shunchaki oʻyinqaroq boʻlganimda, hozir bu gaplarni eshitib oʻtirmasdim. Senga bitta narsani tushuntirib qoʻyay men istagan narsamga doim erishaman. Va hozir men sen bilan yaqindan tanishishni istayapman.
- Men esa istamayman, - dedim qatʼiyat bilan, uning nigohidan koʻzlarimni uzmay. Ichimda qandaydir qoʻrquv bor edi, lekin uning qarshisida ojiz koʻrinishni aslo xohlamasdim.
- Endi eshikni oching. Aks holda hoziroq baqirishni boshlayman. Bu sokin koʻchada ovozim juda yaxshi eshitiladi.
Jungkook koʻzlarini qisib, bir muddat menga tikilib turdi. Goʻyo u mening soʻzlarimda qanchalik haqiqat borligini taroziga solayotgandek edi. Keyin esa yengilgandek chuqur nafas olib, ortiga tahlisiz chekindi. Panel ustidagi tugmani bosishi bilan mashina qulflari ovoz chiqarib ochildi.
- Sening foydangga, - dedi u rulni barmoqlari bilan chertib.
- Ammo bu bizning oxirgi uchrashuvimiz emasligini ikkimiz ham yaxshi bilamiz
Uning bu gapiga javob berishni oʻzimga ep koʻrmadim. Shoshib mashina eshigini ochdim va tungi sovuq havoni oʻpkamga yutib, tashqariga chiqdim. Ortimga ham qaramasdan, uyimning eshigi tomon qadam tashladim.
Sumkamdan kalitni qidirayotganimda, ortimda mashina motorining kuchli ovozi eshitildi va Jungkookning mashinasi tun orasiga singib ketdi. Kalitni qulfga suqarkanman, qoʻllarim hamon biroz titrayotganini sezdim. Bu gʻazabdan edimi yoki... butunlay boshqa tuygʻudan, buni hozircha oʻzim ham bilmasdim.
Tongdagi Kan bilan boʻlgan vaziyatdan soʻng kerakli dalillarsiz xech narsaga qoʻl urmagan Jungkook mehmonxonaning tepa qismidagi boʻm boʻsh xonaga kirdi xonada faqat ish stoli joy olgandi.
Jungkook kreslosida bamaylixotir o‘tirar, uning oldidagi stolda esa Kanning barcha yashirin hisob raqamlari, oilasining manzili va u aloqaga chiqqan odamlarning ro‘yxati turardi. Kan xonaga kirishi bilan havodagi og‘irlikni his qildi.
- Seningcha, men nega shu stulda o'tiribman, Kan? - Jungkook ovozini baland ko‘tarmadi, ammo bu pichoqning tig‘idan ham o‘tkirroq eshitildi. U stoldagi qog‘ozlarni Kanning oyog‘i ostiga otdi.
- Menga qarshi boshlamoqchi bo‘lgan o‘yining hali tug‘ilmasidan turib o‘ldi.
- Sendeklarni nima deb atalashi kerak ekanligini bilasanmi ? Parazit ! Faqat olish va hech narsa bermaslik. Seni Jeonlar yerdan terib olib, odam qatoriga qoʻshdi.
- Jungkook hammasi sen oʻylagandek emas! - Yerdagi qogʻozlarni ustma ust qilgancha ovozidagi inkor etishni yashira olmadi.
- Ogʻzingni yum.Qoʻlingdagilar inkor etishing uchun sabab qoldirmayotgan paytda qaysi yuz bilan yolgon gapirayabsan?
- Mening nomimni sotib, o‘zicha biron nima yaratmoqchi bo‘lgan pochcham...- Jungkook yondirgichini yoqib, uning oloviga tikildi.
- Sening bu soxta shartnomang hozir hech narsaga arzimaydi. Agar yana bir marta mening ishimga burningni suqsang, qonuniy yo‘l bilan seni shunday xonavayron qilamanki, umringning oxirigacha tilanchi bo‘lib o‘tasan. Opamning hurmati uchun senga oxirgi ogohlantirish. Boshlamoqchi bo‘lgan iflos ishlaringni hoziroq tugatasan.
- Jungkook iltimos keragi yoʻq.
- Men xoziroq dedim uqmadingmi? - yondirgichni oʻchirib uni stol ustiga tashladi .
- Qoʻngiroq qilasan xozir , aynan meni yonimda.
- Yaxshi.- Barqarorlik tark etgan muhitda Kan noiloj rozi bo'ldi va uni aytganini qildi.
Havodagi quyuq tuman kutilgandek jalaga ulandi. Politsiya makhamasidagi tungi navbatchilikda qolgan politsiyachilar tirsagiga suyangancha esan oʻtirishardi. Shallabo boʻlib kirib kelgan qimmat kastyumdagi erkak toʻgri kelgan radiyalarni qabul qiluvchi erkak stoliga oʻtirdi.
- Men shikoyat qilmoqchiman.- Sovuq va quruq ohangda oʻzini tiklab olgan politsiyachiga qaradi.
- Ni..nima?..albatta kimni ustidan shikoyat qilmoqchisiz- komptuterda arizani tayyorlashga urunib.
- Jo Zade...Avvalgi ma'shuqam ustidan shikoyat qilmoqchiman. Firibgarlik ustidan protokol tuza olamizmi?
- Albatta..Nega qila olmas ekanmiz...
- Bu voqea boʻlganiga ancha boʻlgan. U meni mashinalarim va Berlindagi oilaviy hisobimni oʻz nomiga rasmiylashtirib olgan.
- Bir yil boʻlmagan boʻlsa uning ustidan protokol ocha olamiz. Agar undan oshiq muddat boʻlsa bu juda qiyin masala
- Yoq bir yil boʻlmadi...Berlindagi hisob raqamimni oziga rasmiylashtirib olganini shu paytgacha bilmagan edim. Xozir oʻsha yerdan jin urgur ma'lunotni eshitib qaytayabman.- Erkak asabiy nafas chiqargancha toʻngʻillarkan politsiya xodimi anketa toʻldirardi.
- Xoʻshhh..janob ismingiz nima .- Onlayn anketani oxirgi punktidagi joyni kompyuter sichqonchasini bosib turib.
- Nick....Nick Leister
- Arizangiz qabul qilindi. Biron bir yangilik boʻlsa oʻzimiz sizga aloqaga chiqamiz. - Politsiyachi erkak, uni ismini yozgach chiqgan barcha ma'lumotlarni saqladi.
- Tuningiz hayrli oʻtsin janob.
- U it emganni tezroq topinglar. - Ortidagi stolni keskin nariga tortib mahkamadan yeldek chiqib ketdi.
O'z uyida kun uchun tayyorganlik ko'rayotgan qiz eshik taqqilashini eshitib to'xtab qoldi.
Eshikning qo‘qqisdan va qat’iyat bilan chalingan ovozi xayollarimni bo‘lib yubordi. Tayna keldimikin degan o‘yda eshik dastasini pastga bosdim, biroq qarshimda turgan odamni ko‘rib, nafasim bo‘g‘zimga tiqildi.
Jungkook. Ustida oppoq ko‘ylak, lab burchagida o‘sha kechagi tishli tabassum. Va eng asosiysi uning qo‘lida ulkan, qip-qizil atirgullar dastasi bor edi. Gullarning o‘tkir va og‘ir hidi shundoqqina dimog‘imga urildi.
- Ertalabdan kutilmagan mehmonlarni yoqtirmaysan shekilli, Eylim? - u eshik tirqishidan ichkariga mo‘ralab, xuddi o‘z uyidek kirishga chog‘landi.
- Bu kechagi qo‘pollik uchun kichik bir tovon. Tanishuvimiz unchalik silliq kechmadi, tan olaman.
Mening esa uning gaplariga javob berishga na vaqtim, na xohishim bor edi. Chunki o‘sha lahzada tomog‘imda qandaydir achishish va qichishish paydo bo‘la boshlagandi. Gullarning hidi xonaga yoyilishi bilan o‘pkamga havo yetishmayotganini his qildim..
- Ol... ol buni bu yerdan... - ovozim bo‘g‘ilib, arang pichirladim. Qo‘lim bilan ko‘ksimni changallagancha, ortga qadam tashlab chekindim.
- Eylim? Nima bo‘ldi? - Jungkookning yuzidagi boyagi sho‘xchan ifoda bir soniyada g‘oyib bo‘ldi. U gullarni shoshib chetdagi stol ustiga tashladi-da, menga yaqinlashdi.
- Men... mening allergiyam bor... gullarga... - Ko‘zlarimdan yosh qalqib chiqdi, terimda mayda qizil toshmalar bo‘y ko‘rsata boshlagandi. Nafas olishim tobora og‘irlashib, butun tanam bo‘shashib ketdi. Ko‘z oldim qorong‘ulashayotganini sezdim.
- Jin ursin! - Jungkook so‘kingancha meni yerga yiqilishimdan avval tutib qoldi. Uning baquvvat qo‘llari meni dast ko‘targanini va tezkor qadamlar bilan tashqariga yo‘nalganini zo‘rg‘a his qildim.
- Chida, Eylim, hozir... hozir hammasi yaxshi bo‘ladi.
Mashina motorining g‘o‘rillagan ovozi va shahar ko‘chalarida g‘ildiraklarning chiyillashi quloqlarim ostida aks sado berardi. Jungkook mashinani aqldan ozgan haydovchidek boshqarar, har-har zamonda yonboshiga - hushini yo‘qotayotgan menga qarab qo‘yardi.
- Ko‘zingni yumma, Eylim! Menga qara! - uning ovozidagi o‘sha kechagi xotirjamlikdan asar ham qolmagan, unda yaqqol qo‘rquv va asbiylik sezilib turardi.
Markaziy shifoxonaning qabul bo‘limi oldiga mashina keskin to‘xtadi. Jungkook eshikni tarsillatib ochib, meni yana quchog‘iga oldi va shifokorlarni chaqirib baqira ketdi. Hamshiralar zudlik bilan gurneyani g‘ildiratib kelishdi. Meni o‘sha sovuq karavotga yotqizishayotganda, Jungkook qo‘limni mahkam siqib turardi.
- Unga yordam beringlar! Tezroq! - uning buyruqomuz ovozi koridorda yangradi. Shifokorlar meni shoshilinch palataga olib kirib ketishayotganda, Jungkookning qo‘li qo‘limdan uzildi. Mening ko‘zlarim oxirgi marta uning o‘sha pushaymonlik va xavotirga toʻla nigohiga qadaldi-yu, qorong‘ulikka g‘arq bo‘ldim.
Palata eshigi tashqarisida qolgan Jungkook asabiy holda sochlari orasidan barmoqlarini o‘tkazib, u yoqdan-bu yoqqa yurar edi. U o‘zini la’natlardi. Qizga yoqaman deb qilgan ishi uni deyarli bo‘g‘ib qo‘yishiga sal qoldi.
Aynan shu mahalda shifoxona koridorining oxiridan og‘ir va qat’iyatli qadam tovushlari eshitildi. To‘q ko‘k rangli politsiya formasidagi ikki nafar xodim to‘g‘ri Jungkookning qarshisida to‘xtadi.
- Janob Jungkook Jeon? - politsiyachilardan biri uning yuziga sovuq nigoh tashlab so‘radi.
Jungkook qaddini tiklab, qoshlarini chimirdi. Uning yuzida yana o‘sha masofali, dunyoni suv bossa toʻpigʻiga chiqmaydigan takabburlik uyg‘ongan edi.
- Ha, menman. Nima gap?- ovozi sovuq va quruq chiqdi.
- Siz bilan mahkamaga borishimiz kerak. Bizga berilgan ko‘rsatma va arizaga asosan, sizni rasmiy so‘roq qilish uchun olib ketish buyrug‘i bor.
Jungkook labining chetini jiyirdi, ko‘zlari palata eshigiga qarab oldi. Ichkarida Eylim hali ham shifokorlar nazoratida edi.
- Men hozir hech qayerga ketmayman. Ichkarida bemor bor,
- Politsiyachi erkaklardan biri ruhsatnoma orderini chontagidan olib Jungkook tomonga ochib koʻrsatdi.
- Bu Zade Jo bilan bogʻliq. Uni xozirdagi sevgilisi siz ekansiz. Bizda xozid bir necha tahminlar bor. Buni aniqlashtirib olishimiz uchun biz bilan mahkamaga borishingiz kerak
.
.
.
.
.
𝖣𝗂𝗌𝗆𝗂𝗌𝗌𝖺𝗅 | Third 𝗉𝖺𝗋𝗍
#𝖺𝗎𝗍𝗁𝗈𝗋: 𝖾𝗒𝗅𝗂𝗆 𝖾𝖺𝗌𝗍𝗈𝗇...