Today

🦋 𝘚𝘦𝘳𝘦𝘯𝘥𝘪𝘱𝘪𝘵𝘺 🦋

13- Qism 🌸

Muallif izohi:

Xullas...

Bu bob ikki qismdan iborat. Avval Jinning, keyin esa Irenening nigohi orqali hikoya davom etadi.

Umid qilamanki, bu ikki sevishgan qalbning hislarini yetkazib bera olaman. 💜🖤

JIN

Restoranga endigina kirib kelgan Joohyunga qo‘l silkidim.

Bugun biz xolamning restoranida uchrashishga kelishgandik.

Men undan oldinroq kelib, ikkovimiz uchun ovqat ham buyurtma qilib qo‘ygandim. Soat allaqachon kechki o‘n yarimni ko‘rsatardi, shu sabab restoran yopilgan, ichkarida faqat ikkovimiz bor edik.

Joohyun qarshimdagi stulga o‘tirdi.

G‘alati...

Odatda u kelishi bilan yonimga o‘tirardi.

Qarshimdagi go‘zal yuzga tikildim. Nimadir uni ich-ichidan qiynayotgandek edi.

— "Ovqatlandingmi?" — deb so‘radim.

Nigohi stol ustidagi taomlarga tushdi. Hammasi uning eng sevimli ovqatlari edi.

— "Ishtaham yo‘q." — dedi u.

— "Kasalmisan? Bu yerga kim bilan kelding? Seni olib ketaman degandim-ku, o‘zing 'kerak emas' deding."

Shunda u ko‘zlarimga qaradi.

Nihoyat...

Shu paytgacha uning nigohi biror marta ham menga qaramagandi. Qarshimga o‘tirganidan beri nimadir noto‘g‘ri ekanini sezgan edim. Lekin darrov so‘rashni istamadim.

Avval ovqatlansin, keyin gaplasharmiz, deb o‘yladim.

— "Joohyun, avval ovqatlan. Keyin gaplashamiz." — dedim uning yonoğini ohista silab.

U indamadi.

Na bosh irg‘adi, na javob berdi.

Men likopchasiga ovqat solishni boshladim. Balki shunda ozgina bo‘lsa ham yeyar, deb umid qildim.

— "To‘xtang" — dedi u.

Qo‘lim havoda qotib qoldi.

Mayli...

Demak, u gaplashmoqchi.

— "Men ajrashmoqchiman."

— "Nima?"

Go‘yo quloqlarim noto‘g‘ri eshitgandek bo‘ldi.

— "Sizdan ajrashmoqchiman. Endi menga qo‘ng‘iroq qilmang. Meni qidirmang ham."

— "Men noto‘g‘ri eshitdimmi? Hazillashyapsan-a?"

— "Yo‘q. Hazillashmayapman."

— "Lekin nega? Men nima xato qildim? Nima bo‘ldi?"

Men uning yuziga tikilib, hazillashayotganini ko‘rishga harakat qildim.

Lekin qarshimda men sevib qolgan Joohyun emasdi.

Faqat ilgari televizorda ko‘rganimdek sovuq va hissiz chehra turardi.

— "Sababini so‘ramang. Shunchaki ajrashmoqchiman."

— "Bu agentligingning qarorimi? Ular munosabatimizni bilib qolishdimi?" — deb shubha bilan so‘radim.

Joohyun yelka qisdi.

— "Buning ahamiyati yo‘q."

— Nima demoqchisan? Men sen uchun endi ahamiyatsiz bo‘lib qoldimmi? Oramizda hech qanday muammo yo‘q-ku. Unda nega birdan mendan ajrashmoqchisan? Agar ota-onang seni mendan ayrilishga majburlayotgan bo‘lsa, qo‘y, ular bilan o‘zim gaplashaman. Men ularni albatta ko‘ndira olaman.

— Bo‘ldi, Kim Seokjin. Shu suhbatni shu yerning o‘zida tugataylik.

— Nima demoqchisan?

— Sababi nima bo‘lishidan qat'i nazar, men baribir ajrashaman. Siz bilan uchrashib yurganimning o‘zi yetarli bo‘ldi. Endi yana avvalgidek faqat faoliyatimni birinchi o‘ringa qo‘ymoqchiman. Aslida boshidanoq bizning munosabatimizni xohlamagandim. Shunchaki qiziqishimni qondirdim, xolos...

— Qiziqishingni qondirdingmi? — uning gapini bo‘lib yubordim. — Nima demoqchisan, Bae Joohyun?

— Hammasi tugadi. Endi yana avvalgidek faqat ishimga e'tibor beradigan vaqt keldi. Men uchun Red Velvet hammasidan ustun. Faoliyatim ham birinchi o‘rinda turadi. So‘nggi paytlarda esa siz meni asl maqsadimdan chalg‘itayotgan yagona odamsiz. Men buni davom ettirolmayman.

— Lekin Suho hyung bilan uchrashishni rejalashtiryapsan-ku.

— Ha. Chunki bu menga foyda keltiradi. Ko‘pchilik ham u bilan bo‘lgan munosabatimni ma'qullaydi.

Jahl bilan stolga musht urdim. Yaxshiyamki, xolam endigina uyga kirib kelayotgan edi. Shu sabab bu yerda bizdan boshqa hech kim yo‘q edi.

Boshim yorilib ketayotgandek edi. Uni yaxshi taniyman, deb o‘ylardim. Ammo hozir aytgan gaplari yuragimni tilka-pora qilayotgandi.

— Demak, mendan zerikdingmi? Men senga hech qanday foyda bera olmaganim uchunmi? — dedim kinoyali ohangda.

Joohyun indamadi.

— Javob ber! — deya baqirdim.

U biroz cho‘chib tushdi. Ammo yuzidagi sovuq ifoda zarracha ham o‘zgarmadi. Qarshimdagi ayol men tanigan Joohyun emasdek edi.

— Eshiting, Kim Seokjin... Aytdim-ku, hammasini shu yerda tugataylik. Shunda bir-birimizni ortiq ranjitmaymiz.

O‘rnimdan turdim-da, uning oldiga bordim va yoniga tiz cho‘kdim.

— Joohyun... Senga nima bo‘ldi? Nega birdan bunaqa bo‘lib qolding? Men bilan gaplash. Hammasini menga ayt. Biz buni birga yengib o‘tamiz.

Qo‘lidan ushlamoqchi bo‘ldim. Ammo u qo‘limni siltab tashladi.

— Joohyun... Iltimos, men bilan gaplash. Men nima xato qildim? Aytsang, o‘zgaraman. Agar hozirgi holim senga yoqmayotgan bo‘lsa, men albatta o‘zgaraman. Faqat bunday qilma. Men sendan ayrilishni istamayman...

Ovozim titray boshladi.

U esa iltimoslarimga javoban faqat boshini sekin chayqadi.

— Endi nima qilay? — dedim boshimni uning tizzasiga qo‘yar ekanman. — Joohyun... Menga sen keraksan. Meni bunday tashlab ketolmaysan...

Uning og‘zidan biror so‘z chiqmadi. Hatto menga qo‘lini ham tekkizmadi.

Nahotki... men uni rostdan ham yo‘qotgan bo‘lsam?

Butunlay dovdirab qolgandim. Uning ko‘zlariga tikilib, hech bo‘lmasa ikkilanish alomatini izladim. Ammo topolmadim.

Go‘yo u meni allaqachon tark etishga tayyor edi.

Go‘yo men uning hayotida hech qachon muhim bo‘lmaganman.

Go‘yo mening his-tuyg‘ularim u uchun hech narsani anglatmasdi.

Men uning uchun shunchaki vaqtinchalik ermak bo‘lgan ekanman.

— Rostdan ham mendan ayrilmoqchimisan?

Joohyun indamay bosh irg‘adi.

— Meni sevmaysanmi? Axir sen: "Meni yo‘qotishga chiday olmaysan", deganding-ku.

— Aftidan, chiday olaman. Men uchun faoliyatim birinchi o‘rinda. Uni siz tufayli yo‘qotishga chiday olmayman.

— Ko‘zimga qarab ayt, Joohyun... Meni sevmaysanmi?

U bir necha soniya jim qoldi. So‘ng sekin bosh chayqadi.

— Menimcha... yo‘q.

Ko‘z yoshlarim uning oldida yerga tomchilardi.

— Agar sendan yana ozgina vaqt berishingni so‘rasam-chi? Hammasini to‘g‘rilayman. Sen xohlagan inson bo‘laman. O‘zimdagi barcha g‘ururni oyoqlaring ostiga tashlayman. Faqat... iltimos, mendan ketma...

— Kechiring Seokjin. Buni qila olmayman.

Uning javobi qat'iy edi.

Yuragim birdan hech narsani his qilmay qo‘ydi. Xayolim ham bo‘m-bo‘sh edi.

Birga o‘tkazgan barcha kunlarimiz... yolg‘on ekan.

Qilgan barcha ishlari... yolg‘on ekan.

Aytgan barcha so‘zlari... yolg‘on ekan.

Menga bo‘lgan barcha munosabati... hech qanday ma'noga ega emas ekan.

U meni qayta-qayta rad etdi.

Yana qancha o‘zimni yerga urishim kerak edi?

Og‘ir yurak bilan o‘rnimdan turdim. U menga hayrat bilan qarab turardi.

— Mayli... Agar sen shuni xohlasang... — dedim zo‘rg‘a. — Ajrashish haqidagi qaroringni qabul qilaman.

— Yaxshi. Unday bo‘lsa, keting

— Buning keragi yo‘q. Baribir ketaman. Buyurtma qilgan ovqatlaringni yeb ol. Hammasi sening sevimli taomlaring.

— Lekin...

— Hech qanday "lekin" yo‘q. Bu mening sendan so‘raydigan so‘nggi iltimosim.

Shunday deb buyumlarimni oldim-da, ortimga qaramay chiqib ketdim.

U bilan birga yuragimni ham o‘sha yerda qoldirib ketdim.

Irene nigohidan ~

Restoran tashqarisida qariyb o‘n besh daqiqadan beri unga qarab turardim.

Chamasi, u mening allaqachon kelganimni payqamagan edi.

Yuziga yana bir oz uzoqroq termulib qolishni istadim.

Uni xotiramga so‘nggi bor muhrlab qo‘ymoqchi edim.

O‘zingni qo‘lga ol, Joohyun... Sen buning uchun yuzlab marta mashq qilding. Hissiyotlaringni bildirmasdan uning qarshisida turishni o‘rganding.

Chuqur nafas oldim-da, xolamning restoraniga kirishga qaror qildim.

U meni ko‘rishi bilan qo‘l silkitdi.

Men uning ro‘parasiga borib o‘tirdim.

U esa menga sinchkovlik bilan tikilib turardi.

— Ovqatlandingmi? — deb so‘radi.

Men allaqachon buyurtma qilingan taomlarga qaradim.

Ularning barchasi mening eng yaxshi ko‘radigan taomlarim edi.

Xudoyim... Iltimos, hammasini osonlashtir...

— Qornim och emas, — deb javob berdim.

— Senga biror narsa bo‘ldimi? Hozir seni kim olib keldi? Seni olib ketgani boraman degandim, o‘zing kerak emas deganding.

Nihoyat, biroz oldin qochib yurgan ko‘zlariga tik qarashga jur'at topdim.

Uning nigohida xavotir yaqqol ko‘rinardi.

Yana bir ozdan keyin yuragini sindiraman... Chida, Joohyun. Ko‘z yosh to‘kma.

— Joohyun... Avval ovqatlanib ol. Keyin gaplashamiz, — dedi u, yuzimni ohista silab.

Indamay qoldim. Yuzimda hali ham uning qo‘lining iliqligini his qilayotgandim.

U likopchamga ovqat solishni boshlagach, yuragim bunga boshqa dosh bera olmadi.

Qanchalik tez tugasa, shunchalik yaxshi.

— To‘xtang, — dedim.

— Men siz bilan ajrashmoqchiman.

— Nima?.. — U hayratdan qotib qoldi.

— Men sizdan ayrilmoqchiman. Endi menga qo‘ng‘iroq qilmang. Meni boshqa izlamang ham.

— Men noto‘g‘ri eshitdimmi? Hazillashyapsan, shundaymi? — Uning yuzida vahima paydo bo‘ldi.

— Hazillashayotganim yo‘q. Qaniydi, bularning hammasi hazil bo‘lsa...

— Lekin nega? Men nima xato qildim? Nima aybim bor?

Seokjin menga qo‘rquv aralash nigoh bilan tikildi. Go‘yo men arvoh ekanman.

Nahotki buni shunday qilishim kerak bo‘lsa...

— Buning sababini so‘ramang Men shunchaki ajrashmoqchiman, — dedim sovuq ohangda.

— Bu agentligingning qarorimi? Ular biz uchrashayotganimizni bilishadimi?

Men yelka qisdim.

— Buning ahamiyati yo‘q.

— Nima deganing bu — ahamiyati yo‘q? Men sen uchun ahamiyatsizmanmi? Oramizda hech qanday muammo yo‘q-ku. Unda nega birdan mendan ajrashmoqchisan? Agar seni mendan ayrilishga agentliging majburlayotgan bo‘lsa, qo‘y, ular bilan o‘zim gaplashaman. Men ularni albatta ko‘ndira olaman.

— Bas qiling, Kim Seokjin. Shu suhbatni tugataylik.

— Nima demoqchisan?

— Sababi nima bo‘lishidan qat'i nazar, men baribir ajrashaman. Siz bilan uchrashib yurganimning o‘zi yetarli bo‘ldi. Endi yana avvalgidek faqat faoliyatimni birinchi o‘ringa qo‘ymoqchiman. Aslida boshidanoq bizning munosabatimizni istamagandim. Shunchaki qiziqishimni qondirdim, xolos...

— Qiziqishingni qondirdingmi? — u gapimni bo‘lib yubordi. — Nima demoqchisan, Bae Joohyun?

— Hammasi tugadi. Endi yana avvalgidek faqat ishimga e'tibor beradigan vaqt keldi. Men uchun Red Velvet hammasidan ustun. Faoliyatim birinchi o‘rinda turadi. So‘nggi paytlarda esa siz meni asl maqsadimdan chalg‘itayotgan insonga aylandingiz Men buni davom ettirolmayman.

— Lekin Suho hyung bilan uchrashishni rejalashtiryapsan-ku.

— Ha. Chunki bu menga foyda keltiradi. Ko‘pchilik ham u bilan bo‘lgan munosabatimni ma'qullaydi.

Kim Seokjinning xayolida men qanday ayol bo‘lib qolgan ekanman...

U stolga qattiq musht urdi.

Uni hech qachon bunchalik umidsiz, bunchalik g‘azablangan holda ko‘rmagandim.

Va... bunga aynan men sababchi edim.

— Demak, mendan zerikdingmi? Men senga hech qanday foyda bera olmaganim uchunmi? — deb kinoya bilan so‘radi.

Men javob bermadim.

— Javob ber! — deya baqirdi u.

Seskanib ketdim. Ko‘z yoshlarim otilib chiqishga tay qolgandi, ammo o‘zimni zo‘rg‘a bosdim.

— Eshiting Kim Seokjin... Aytdim-ku, shu yerda hammasini tugataylik. Shunda bir-birimizni ortiq ranjitmaymiz.

Seokjin o‘rnidan turdi.

— Sen meni allaqachon ranjitding, Joohyun. Senga nima bo‘ldi? Qanday qilib shunchalik tez o‘zgarib qolding?

U oldimga kelib, yonimga tiz cho‘kdi.

— Joohyun... Men bilan gaplash. Hammasini menga ayt. Biz bu sinovni birga yengib o‘tamiz.

U qo‘limdan ushlamoqchi bo‘ldi. Ammo men qo‘limni sekingina tortib oldim.

Agar qo‘limni ushlab qolsa... men endi o‘zimni tuta olmayman.

— Joohyun... Men bilan gaplash. Men nima xato qildim? — dedi uning ovozi titrab. — Agar menga yoqmaydigan jihatlarim bo‘lsa, ularni o‘zgartiraman. Faqat bunday qilma. Men sendan ayrilishni istamayman...

Men boshimni asta chayqadim.

Uni bu ahvolda ko‘rishga chiday olmayotgandim.

Nega u mening qarshimda bunchalik ojiz ko‘rinmoqda?..

— Endi nima qilishim kerak?.. — dedi u boshini tizzamga qo‘yib. — Joohyun... Menga sen keraksan. Meni bunday tashlab ketolmaysan...

Ko‘z yoshlarim oqib ketdi. Tezda ularni artib tashladim.

Uni bag‘rimga bosishni juda-juda xohlardim.

Kim Seokjin... meni tashlab ketmasligimni yolvorayotgan edi. Ovozidagi og‘riq yuragimni ezardi.

Qo‘lim beixtiyor uning sochlarini silashni istadi. Ammo u boshini ko‘targan zahoti qo‘limni yana tortib oldim.

— Rostdan ham mendan ayrilmoqchimisan? — deb so‘radi u.

Men sekin bosh irg‘adim.

— Meni sevmaysanmi? Axir sen: "Meni yo‘qotishga chiday olmaysan", deganding-ku...

— Aftidan, chiday olaman. Faoliyatim men uchun birinchi o‘rinda. Uni faqat siz tufayli yo‘qota olmayman.

Bu so‘zlarni aytish oynaga qarab mashq qilganimdan ancha oson edi.

— Ko‘zimga qarab ayt, Joohyun... Meni sevmaysanmi?

Albatta sevaman...

Lekin bunday davom ettira olmayman.

Hammasi juda og‘ir, Jinnie...

Men sekin bosh chayqadim.

— Menimcha... yo‘q.

Ko‘z yoshlar uning yuziga tomchilardi.

— Agar sendan yana ozgina vaqt berishingni so‘rasam-chi? Hammasini to‘g‘rilayman. Sen xohlagan inson bo‘laman. Barcha g‘ururimni oyog‘ing ostiga tashlayman. Faqat... iltimos, mendan ketma...

— Kechiring Seokjin... Buni qila olmayman, — dedim og‘ir xo‘rsinib.

Uni bu ahvolda ko‘rish yuragimni parchalab yuborardi.

Men uning qalbini sindirdim.

Qadr-qimmatini ham oyoq osti qildim.

Unga bergan barcha va'dalarimni buzdim.

Birga bo‘lish haqidagi qarorimga sodiq qololmadim.

Unga nisbatan halol bo‘la olmadim.

Aslida... Kim Seokjinga munosib inson men emasdim.

— Mayli... Agar sen shuni istasang, — dedi u nihoyat. — Ajrashish haqidagi qaroringni qabul qilaman.

— Yaxshi. Unday bo‘lsa, men ketaman. Shu bilan hammasi tugadi.

— Buning keragi yo‘q. Baribir o‘zim ketaman. Buyurtma qilib qo‘ygan ovqatlaringni yeb ol. Hammasi sen yaxshi ko‘radigan taomlar, — dedi u.

— Lekin... — beixtiyor og‘zimdan chiqib ketdi.
Shuncha voqeadan keyin ham... u hali ham meni o‘ylayapti..

— Hech qanday "lekin" yo‘q. Bu mening sendan so‘raydigan so‘nggi iltimosim.
Shunday deb Seokjin buyumlarini oldi-da, ortiga qaramasdan chiqib ketdi.

U... meni butunlay tark etdi.
Bu safar... abadiy.