🦋 𝘚𝘦𝘳𝘦𝘯𝘥𝘪𝘱𝘪𝘵𝘺 🦋
O‘sha kechadan keyin Joohyun bilan munosabatlarimiz ancha yaxshilandi.
Yana bir-birimizdan hol-ahvol so‘ray boshladik. Yana xabar yozishardik. Ba'zan esa shunchaki bir-birimizning ovozimizni eshitgimiz kelgani uchun telefonlashardik. Albatta, har kuni emas. Ammo bir-birimizning qanday ekanimizni bilib turishga yetarli darajada.
Bu noto‘g‘ri ekanini bilardim.
O‘zim belgilagan chegaradan o‘tib ketayotgandim.
Jin ursin... Do‘stimning sevgilisiga yaqinlashishga hanuz urinayotganim naqadar past ish. Agar Suho hyung bundan xabar topsa, meni urishi uchun to‘liq haqqi bor. Chunki endi o‘zimni oqlaydigan birorta ham bahonam qolmagan.
Ammo undan uzoqlashish ham qo‘limdan kelmasdi.
Qanday uzoqlashay? Axir u har kuni uyg‘onganimda ham, uyquga ketishimdan oldin ham xayolimdagi birinchi va oxirgi inson edi.
Qanday qilib undan qochaman? Axir u hali ham hayotimning bir qismi edi.
Tan olishim kerak... O‘sha kechadan keyin Joohyun ham his-tuyg‘ularini menga nisbatan ko‘proq namoyon qila boshladi.
Bu o‘zimga ortiqcha baho berayotganim uchun emas... Axir uzoqlashmasligimni aynan uning o‘zi so‘ragandi.
Yozadigan xabarlari avvalgidan ancha samimiy, mehribon edi. Hatto mendan ham unga shunday e'tibor berishimni kutardi.
Aksincha, bunday e'tiborni unga mamnuniyat bilan berardim.
Ba'zida uning o‘sha gapi xayolimdan chiqmasdi.
Hayotida nimalar bo‘layotgandi?
Mendan nimanidir yashiryaptimikan?
Joohyunning raqamidan boshqa Red Velvet a'zolarining telefon raqami menda yo‘q. Hatto SM Entertainment'dagi boshqa san'atkorlarning ham.
Bir yo‘lini topib, keyinroq bilishga harakat qilaman.
Yoki u taklif qilgan do‘stlikning o‘zi bilan kifoyalanganim yaxshiroqmikan?
Men xonamning shiftiga tikilgancha chuqur o‘yga cho‘mdim.
Rostini aytsam, bu holat meni ich-ichimdan qiynayotgandi.
Shu payt telefonimga xabar keldi.
"Seokjinnie... uyg‘ondingizmi?"
Labimga beixtiyor tabassum yugurdi.
"Xayrli tong, Joohyun. Kecha yaxshi uxlay oldingmi?"
"Xayrli tong, Jin. Juda yaxshi uxladim. Bugun qanday rejalaringiz bor?"
"Bugun jadvalimiz yo‘q. Chunki ertaga ancha uzoq muddatga chet elga ketamiz."
"Buncha uzoqmi... Sizni sog‘inaman."
Bu xabarni o‘qib, sochlarimni asabiy ravishda siladim.
Mana shunaqa gaplari har safar o‘zimni zo‘rg‘a ushlab turgan devorlarimni buzib yuborardi.
"Do‘st sifatida-mi?" — deb yozdim.
"Bilasanmi, agar Suho hyung bu xabarlaringni ko‘rsa, albatta noto‘g‘ri tushunardi."
"Nega unday deyapsiz?" — deb so‘radi Joohyun.
Yaxshisi, u yana o‘zini ayblab, o‘zi haqida yomon o‘ylashiga sabab bo‘lmay.
Ammo oradan ko‘p o‘tmay yana xabar keldi.
"Kechirasiz... Agar sizni bezovta qilayotgan bo‘lsam."
Buni o‘qiganim zahoti, boshqa tushunmovchilik bo‘lmasligi uchun unga qo‘ng‘iroq qilishga qaror qildim.
— Kechiring meni, Jin... Gaplarim sizni qiynab qo‘ydimi?
— Ha, bilaman. Sevgilisi bor qizning bunaqa gaplarni aytishi to‘g‘ri emas. Balki meni uyatsiz deb o‘ylayotgandirsiz
— Men rostdan ham uyatsizman. Sevgilim bo‘la turib, sizga a "sizni sog‘inaman" deyapman. Men qanday qiz o‘zi...
— Shuning uchun bas qil, dedim! — deb baqirib yubordim.
Birdan boshim qattiq og‘rib ketdi.
— Iltimos... buni mendan ham qiyinlashtirma, — dedim charchoq bilan.
Bu safar Joohyunning ovozi sovuq eshitildi.
— Endi sizni bezovta qilmayman. Sizga boshqa og‘irlik ham solmayman.
Men indamadim. Nima deyishni bilmasdim.
— Yaxshisi, shu yerda suhbatimizni tugataylik, — dedi Joohyun.
— Men ikki haftaga ketaman. Balki shu vaqt ichida yaxshilab o‘ylab ko‘rarsan.
— Munosabatlaringni. Bizning munosabatimizni. Bir muddat bir-birimizdan uzoqroq bo‘lganimiz ma'qul.
— Mayli... agar shu sizning istagingiz bo‘lsa.
— Bu mening istagim emas. Majburiyat. Do‘stimning sevgilisini ortidan yurayotganim uchun o‘zimni aybdor his qilishdan charchadim.
— O‘zingizni ayblamang Ayb mendan. sizni yonimda qolishga majbur qilgan ham o‘zim.
— Nahotki men o‘zimni aybdor his qilmayapman deb o‘ylasang? Men ham senga yaqin bo‘lishni tanladim, Joohyun. Sen bilan birga bo‘lish menga yoqadi. Lekin bu Suho hyungni ranjitmayaptimi?
— Axir sizga aytgandim-ku... menga ishonsangiz bo‘ldi.
— Qanday qilib senga ishonaman? Axir o‘zing sevgilingni aldayapsan-ku!
Bu so‘zlar og‘zimdan o‘ylamay chiqib ketdi.
Telefonning narigi tomonida bir necha soniya sukunat cho‘kdi.
— Demak... siz men haqimda shunday o‘ylarkan-siz...
— Yo‘q. Endi siz meni eshiting, — dedi u gapimni bo‘lib.
— Yaxshisi, munosabatimizni shu yerda tugataylik. Shunday davom ettira olmaymiz. O‘zingiz aytdingiz-ku, men sevgilimni aldayapman, deb.
— Endi esa meni yanada aybdor his qildiryapsan.
— Buning keragi yo‘q, Kim Seokjin. Hamma aybni o‘zim bo‘ynimga olaman. Siz o‘zingizni ayblamang. Hammasini unuting
U bir lahza to‘xtab, past ovozda davom etdi:
— Aslida sizdan juda ko‘p narsani so‘ragan ham o‘zim. Siz avval ham meni rad etgandingiz. Ammo sizdan uzoqlashishni istamagan men edim. Shuning uchun... o‘zingizni aybdor his qilmang
Men esa javob topolmay, indamay qoldim.
— O‘zingiz aytganingizdek... go‘yo yo‘llarimiz hech qachon kesishmagandek yashaylik.
Shu so‘zlarni aytishi bilan Joohyun qo‘ng‘iroqni uzib qo‘ydi.
Men esa telefonni qo‘limda ushlagancha qotib qoldim.
Oxirgi aytgan gapi... ayniqsa uning sovuq ohangi yuragimni qattiq ezdi. Go‘yo u birdan mendan juda uzoqlashib ketgandek tuyuldi. Men esa nima qilishni, uning ortidan borishim kerakmi yoki u aytganidek hammasini unutishga harakat qilishim kerakmi, hech narsani anglay olmay qolgandim. Hozir faqat bitta narsa aniq edi — bu sukunat avvalgilaridan ham og‘irroq edi.
Endi qayerga borishni ham bilmay qoldim.
Shuning uchun oxiri yana shu yerga keldim.
Oldimdagi ovqatdan nigohimni olib, o‘ng tomonimdagi ochiq derazaga qaradim. Tashqarida hali ham odamlar qatnardi. Yomg‘irdan keyingi nam tuproqning hidi negadir qalbimni biroz bo‘lsa ham tinchlantirardi.
Hayotimdagi barcha charchoq va og‘riqlarni ichimdan chiqarib yuborishga urindim.
Ko‘zlarimni yumdim, so‘ng yana atrofga nazar soldim.
Qancha vaqtdan beri shu yerda o‘tirganimni ham bilmayman.
Restoranning narigi tomonida faqat ikki juft yoshlar qolgan edi. Soat deyarli kechki o‘n bo‘layotgani uchun restoran ham yopilish arafasida edi.
Katta kapyushonli xudimni boshimga mahkamroq tortdim.
Niqobim, ko‘zoynagim va keng xudim meni odamlarning nigohidan yashira olishini istardim.
Hatto... Seokjinning xolasi ham meni tanimasligini xohlardim.
Men aynan Seokjin bir paytlar meni ovqatlanishga olib kelgan restoranda edim.
U ilk bor meni shu yerga olib kelgandi.
Aynan shu yerda yuragimni unga ochishga harakat qilgan edim.
Aynan shu yerda u menga sevishni ham his qilishim mumkinligini anglatgandi.
Uni uchratishga umid qilyapmanmi?
Axir men faqat uning hayotini murakkablashtirayotgan edim, shunday emasmi?
Erkaklar shunaqa bo‘lishadi...
"Yaxshi ko‘raman", deyishlari oson.
Xuddi shunday osonlik bilan ketib qolishlari ham.
Qo‘limdagi sojudan yana bir ho‘plam ichdim.
Bu nechanchi qadah ekanini ham unutib yuborgan edim.
Seokjin mendan uzoqlashganiga deyarli ikki hafta bo‘ldi.
Axir biz hech qachon birga ham bo‘lmaganmiz.
Unda qanday qilib u meni tashlab ketgan bo‘lishi mumkin?
Lekin aynan shunday his qilayotgandim.
Kim Seokjin tufayli yuragim yana sindi.
Hech qachon seniki bo‘lmagan erkak sabab qayta-qayta yuraging sinyapti.
Men rostdan ham yengiltabiat ayolmanmi?
Sevgilim bor bo‘la turib, yana boshqa bir erkakning yonimda bo‘lishini istayapman.
Hayotimdagi barcha og‘irliklarga tayanch bo‘lishini kutyapman.
Bu Seokjinga nisbatan adolatsizlik.
Uni barcha muammolarimning yechimiga aylantirmoqchi bo‘ldim.
Hayotimdagi charchoqni yo‘qotishini kutdim.
Holbuki, u aslida nimalar bo‘layotganini ham bilmasdi.
Yana uni do‘stining sevgilisini tortib olayotgandek aybdor his qilishiga sabab bo‘ldim.
Men haqiqatan ham yomon ayol ekanman...
Oldimdagi ovqatga hali ham qo‘l tekkizmagandim.
Bitta shishadan uchtaga aylangan edi.
Shuning uchun ham boshim biroz aylanayotgandi.
Agar mast bo‘lib qolsam, uyga qaytish ham qiyin bo‘ladi.
— Xonim... Yana biror narsa buyurtma qilasizmi? Biz restoranimizni yopmoqchimiz.
Qarasam, Seokjinning xolasi yonimda turardi.
U mening cho‘chib ketganimni ko‘rib, mayin tabassum qildi.
— Biz endi yopilmoqchimiz. Ishingiz tugadimi?
— Men... shu yerda yana biroz o‘tirsam bo‘ladimi? — deb ehtiyotkorlik bilan so‘radim.
Go‘yo rozi bo‘lish yoki bo‘lmaslik orasida ikkilanayotgandek edi.
— Iltimos... Men saldan keyin ketaman. Men... men hozir qayerga borishni ham bilmayapman.
Seokjinning xolasi eshik tomon yurib, "CLOSED" degan belgini ilib qo‘ydi.
Shundagina restoranda yolg‘iz qolganimni angladim.
Yana o'ttiz daqiqa o‘tiraman-u, keyin uyga ketaman.
Yana o‘z hayotim haqida o‘ylashda davom etdim.
Ko‘p o‘tmay, eshik tomondan shovqin eshitildi.
Darrov niqobimni, ko‘zoynagimni va kapyushonimni yanada mahkamroq tortdim.
— Imo! Biz keldik! — J-Hopening quvnoq ovozi butun restoranga taraldi.
— Voy, bolalar! Qancha vaqtdan beri kelmaysizlar! Hammangiz yaxshimisiz?
Seokjinning xolasi ularga quchoq ochib peshvoz chiqdi.
Men esa kapyushonim ostidan sekin qaradim. Yuzimning deyarli hammasi berkinib turganiga ishonchim komil edi.
Navbatma-navbat xolani quchoqlab, bir-birining gapini bo‘lib nimalarnidir hayajon bilan aytishardi.
Ularni ko‘rib, haqiqiy katta oilaga o‘xshashlarini his qildim.
— Seokjin qayerda? — deb so‘radi xolasi.
Men ham ichimda aynan shu savolni berdim.
Voy, Bae Joohyun... Sen haqiqatan ham uyalmaydigan bo‘lib qolibsan.
Seokjin kelib xolasini quchoqladi. Qolganlar kulib yuborishdi.
— Voy, Jinnie... Juda ozib ketibsan-ku! Keyin onangga nima deyman?
— Shunchalikmi? Men yaxshiman-ku, — dedi Seokjin kulib.
Men unga tikilib qolganimni ham sezmay qoldim.
Shu payt u kutilmaganda mening tomonga o‘girildi.
Bu kiyinishim bilan u meni taniy olmasdi.
— A-a... U sizlarning sasaeng muxlislaringizga o‘xshamaydi, — dedi Seokjinning xolasi past ovozda.
— Anchadan beri shu yerda o‘tiribdi. Ovqatiga ham qo‘l tekkizmadi. Nazarimda, juda og‘ir muammolari bor. Shuning uchun biroz qolishiga ruxsat berdim.
U ovozini pasaytirib gapirgan bo‘lsa ham, men baribir eshitdim.
Ichimda unga minnatdorchilik bildirdim.
Chamasi, Seokjin va uning oilasi chindan ham mehribon, ko‘ngli yumshoq insonlar edi.
Balki shuning uchun ham u shu paytgacha mening g‘alati iltimoslarimni rad etolmagandir.
BTS stolga o‘tirib, taom buyurtma qila boshladi.
O‘zimni juda omadli his qildim.
Bugun hech bo‘lmasa Seokjinning yuzini ko‘ra oldim.
U stolning eng chetiga, aynan menga qaragan holda o‘tirdi.
Faqat uning yuziga qarashning o‘ziyoq yuragimni tez urdirardi.
Oxirgi suhbatimizdan beri biror marta ham gaplashmagandik.
BTS xorijdagi konsertlari bilan band edi.
Men esa bu yerda Red Velvetning konsertlari, reklama suratga olish ishlari va, albatta...
Suho bilan uchrashuvlarim bilan band edim.
Aytgancha, Suho haqida gapiradigan bo‘lsam...
U menga juda yaxshi munosabatda bo‘lardi.
Shartnomaviy munosabatimiz bo‘lishiga qaramay, hech qachon chegaradan oshmagan.
Doim menga g‘amxo‘rlik qilardi.
Hatto... ba'zan ortiqcha darajada.
Go‘yo bu shartnomani emas, haqiqiy munosabatni jiddiy qabul qilayotgandek edi.
Ba'zan shu narsa meni xavotirga solardi.
Guruhdoshlarimning aytishicha, u meni rostdan ham sevib qolgan ekan.
Men esa uning qalbida yolg‘on umid uyg‘otishni istamasdim.
Men unga oshiq bo‘la olmasdim.
Voy, men qayoqlarga berilib ketdim...
Ovqat uchun oldindan to‘lov qilib qo‘ygandim. Stol ustida faqat qo‘shimcha ichgan soju shishalarining pulini qoldirdim.
O‘rnimdan turganimda biroz gandiraklab ketdim.
Shekilli, tashqaridan taksi ushlashimga to‘g‘ri keladi.
Chiqish eshigiga borish uchun BTS o‘tirgan stol yonidan o‘tishim kerak edi.
Bugun uni oxirgi marta ko‘rib olay... Keyin ketaman.
Boshimni egib, ularning yonidan o‘tayotganimda...
Seokjin qo‘limdan ushlab qoldi.
U esa allaqachon menga tikilib turardi.
— Qayerga ketyapsan? — dedi u.
Qo‘limni tortib olishga urindim.
Ammo Jinning ushlashi kuchliroq edi.
— Hyung! Nima qilyapsiz? — RM darhol o‘rnidan turdi.
Aftidan, qolganlar meni hali tanimagan edi.
— So‘rayapman, qayerga ketyapsan?
Jin ham o‘rnidan turib, yonimga keldi.
So‘ng kapyushonimni pastga tortdi.
Men shosha-pisha yuzimni berkitishga urindim.
Niqobim yuzimni yashirishga yetmadi.
— A... annyeong, Irene-ssi, — dedi RM hurmat bilan bosh egib.
Men ham noqulay holda ta'zim qildim.
— Hyung, siz uni boshidan beri taniganmidingiz? Yoki shunchaki har qanday qizning qo‘lidan ushlaydigan odammisiz? — deb hazillashdi Jungkook.
Jin hamon ko‘zini mendan uzmasdi.
— Meni duch kelgan ayolning qo‘lidan ushlaydigan odam deb o‘ylaysanmi? — dedi u Jungkookka, ammo nigohi hamon menda edi.
Men kuch bilan qo‘limni tortib oldim.
— Irene-ssi, biz bilan ovqatlanmaysizmi? — deb so‘radi Suga.
— Men ovqatlanib bo‘ldim. Taklif uchun rahmat. Endi uyga qaytaman, — dedim muloyimlik bilan.
— Afsus... — qolganlar hafsalasi pir bo‘lgandek pichirlashdi.
Rostdan ham birga ovqatlana olmaganimdan xafa bo‘lishayotgandek edi.
— Bu yerga kim bilan kelding? — yana so‘radi Jin.
BTS a'zolariga yana bir bor ta'zim qildim.
Jinni butunlay e'tiborsiz qoldirib, oldinga yurmoqchi bo‘ldim.
Boshqa a'zolar ham o‘rinlaridan turib, xayrlashishdi.
Bitta odam bundan mustasno edi.
— Menejering olib keldimi? — dedi Jin yana.
Men esa indamay uning yonidan o‘tib ketdim.
Axir meni tashlab ketgan odamning savollariga nega javob berishim kerak?
Uning qat'iy ovozi ortimdan yangradi.
To‘xtashni xohlaganim uchun emas...
Balki uning ovozidan seskanib ketganim uchun.
Jin ham menga yuzlanib turardi.
Qolgan BTS a'zolari esa hayrat bilan navbatma-navbat menga ham, Jinga ham qarab qolishgandi.
— Sendan so‘rayapman. Seni menejering olib keldimi? — deb yana takrorladi Seokjin, bu safar ovozida jahl sezilib turardi.
— Bu sizga nima uchun kerak? Shu yerda janjal chiqarmasangiz bo‘lmaydimi? — dedim sovuqqina.
Shundan keyin restorandan chiqib ketdim.
Qanday qilib u meni bunchalik jahlimni chiqara oladi?
Menga bunday savollarni berishga qanday haqqi bor?
Axir uning aytishicha, men faqat hayotini murakkablashtiradigan odamman-ku.
Umuman hayotida muhim o‘rin ham egallamagandirman.
Ehtimol, men uning uchun shunchaki...
Shu payt kimdir qo‘limdan mahkam tortdi.
Hayratdan yuragim hapriqib ketdi.