Qorong'ulik ortida
Tong odatdagidan ham zerikarli boshlandi.
Jimin maktab darvozasi oldida bir necha soniya turib qoldi. Kecha avtobus bekatida ko‘rgan manzara haligacha xayolidan ketmagandi.
Nega Jungkookning yuzi birdan oqarib ketdi?
Nega u hech kimga qaramay yugurib ketdi?
Nega Jimin buning javobini bilishni bunchalik istardi?
U boshini chayqab ichkariga kirdi.
Koridor odatdagidek shovqin-suronga to‘la edi. Kimdir kulardi, kimdir telefoniga tikilgan, yana kimdir darsdan qochish rejasini tuzardi.
Faqat bitta odam odatdagidek yolg‘iz edi.
U deraza oldida turib tashqariga qarayotgan, go‘yo atrofdagi hech kimni sezmayotgandek edi.
Jimin unga befarq qaramoqchi bo‘ldi.
Ammo ko‘zlari baribir o‘sha tomonga burildi.
Shu payt Jungkook ham boshini o‘girdi.
Ikkalasining nigohlari to‘qnashdi.
Keyin Jungkook hech narsa demay boshqa tomonga yurib ketdi.
Tanaffus vaqtida sinfdagi bolalar yana mish-mishlarni boshlashdi.
X: Kecha yana kechqurun maktab atrofida ko‘rishibdi.
X²: Eshitishimcha, u har hafta qayergadir ketarkan.
Ammo bitta gap Jiminning e'tiborini tortdi.
X: Eski ombor tomonga borarkan...
Oxirgi dars tugaganda osmonni qora bulutlar qoplagan edi.
Jimin esa sumkasini yelkasiga tashlab asta yurardi.
Shunda kimdir uning yonidan yelkasiga urilib o‘tib ketdi.
Jimin yugurib yetib oldi va uning qo‘lidan ushladi.
Jungkook shu zahoti qo‘lini siltab yubordi.
Jm: Men faqat gaplashmoqchi edim.
Jm: Odamga o‘xshab gaplasholmaysanmi?
Jk: Senga gapirishim uchun sabab yo‘q.
Jm: O‘zingni juda katta odam deb yuribsanmi?
Shunchaki Jiminning yelkasidan chetlab o‘tib ketdi.
Bu bepisandlik Jiminning battar g‘ashiga tegdi.
Ammo ichida paydo bo‘lgan g‘alati hissiyotning sababini o‘zi ham tushunmasdi.
Shamol derazalarni qattiq urardi.
Jimin uyquga ketolmay karavotda u yoqdan bu yoqqa ag‘darildi.
Oxiri stol tortmasidan eski qutini oldi.
Ichidan otasidan qolgan kalitni chiqardi.
Sovuq temir kaftiga tegishi bilan yuragi tez ura boshladi.
Kalitning orqa tomonida juda mayda harflar bor edi.
U ilgari bunga e'tibor bermagandi.
Changini artib diqqat bilan qaradi.
Va uning tagida tushunarsiz bitta harf.
Shu payt telefoniga noma'lum raqamdan bitta xabar keldi.
Jimin hayrat bilan ekranga qarab qoldi.
"Ba'zi eshiklarni ochgan odam ortga qaytolmaydi."
Xonaning ichini sukunat qopladi.
Jimin sekin deraza tomon yurdi.
Ko‘chaning narigi tomonida, yomg‘ir ostida qora kapyushon kiygan notanish odam qimirlamay turardi.
Va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jiminning derazasiga qarab turardi
Jimin ko‘zlarini katta ochib o‘sha tomonga tikildi.
Yomg‘ir tomchilari deraza oynasidan oqib tushardi, qora kiyimdagi odamning yuzi esa umuman ko‘rinmasdi.
Go‘yo kimnidir kutayotgandek...
Jimin yuragi tez ura boshlaganini sezdi.
U yana bir marta yaxshiroq qarash uchun oynaga yaqinlashdi.
Ammo aynan shu paytda mashina o'tib ketib, faralari ko‘chani bir lahzaga yoritdi.
Go‘yo hech qachon u yerda turmagandek.
Noma'lum raqamga qo‘ng‘iroq qildi.
Telefon ekranida haligacha o‘sha ikki xabar turardi.
"Ba'zi eshiklarni ochgan odam ortga qaytolmaydi."
Shu payt tashqarida momaqaldiroq gumburladi.
Xona birdan qorong‘ulashib ketdi.
Jimin beixtiyor chuqur nafas oldi.
U o‘zini qo‘rqmayman deb ishontirardi.
Lekin ich-ichidan nimadir noto‘g‘ri ketayotganini his qilayotgandi.