Qorong'ulik ortida⁴
Jimin suratni qo‘lida ushlab qotib qoldi.
Go‘yo kimdir ataylab o‘sha odamning kimligini yashirmoqchi bo‘lgandek edi.
Ammo qalam shu qadar qalin bosilganki, yuzni ajratib bo‘lmasdi.
Birdan koridor tomondan qadam tovushi eshitildi.
Tezda suratni qutiga qaytarib, javon ortiga yashirindi.
Jimin nafasi chiqib ketmasligi uchun og‘zini qo‘li bilan yopdi.
Qadamlar javonlar orasida aylanardi.
Jimin yuragi shu qadar tez urardiki, go‘yo butun xona eshitayotgandek tuyuldi.
Bir necha soniya mutlaq sukunat cho‘kdi.
Keyin esa tanish ovoz eshitildi.
Jiminning ko‘zlari kattalashdi.
Jimin sekin yashiringan joyidan chiqdi.
Jungkookning yuzi odatdagidek sovuq edi.
Jm: Hamma narsa g‘alati! Hamma nimanidir yashiryapti! Sen ham!
Jungkook bir muddat indamay turdi.
Jm: Men o‘zim hal qilaman nimani bilishimni.
Jk: Bu ishga aralashganing uchun afsuslanasan.
Bu safar uning javobi juda tez keldi.
Jk: Men seni ogohlantiryapman.
Jimin bir lahza nima deyishni bilmadi.
Chunki birinchi marta Jungkookning ovozida sovuqqonlikdan boshqa narsa sezilgandi.
Ammo bu hissiyot bir soniyada yo‘qoldi.
Birdan koridor tomondan nimadir yiqilgan ovoz eshitildi.
Ikkalasi ham darhol eshik tomonga qarashdi.
Jungkookning yuzi oqarib ketdi.
U tez yurib eshik tomon bordi va koridorga chiqdi.
Lekin pol ustida bitta oq konvert yotardi.
Jungkook uni ko‘rishi bilan qotib qoldi.
Qo‘llari musht bo‘lib tugildi.
Jimin konvertni olib ochmoqchi bo‘ldi.
Ammo Jungkook uni darhol tortib oldi.
Bu qadar baland gapirganini Jimin hali eshitmagandi.
Bir lahza ikkalasi ham jim qoldi.
So‘ng Jungkook konvertni sumkasiga soldi.
Faqat bir necha soniya Jiminga tikilib turdi.
Va birinchi marta uning yuzida haqiqiy qo‘rquv paydo bo‘ldi.
Jimin Jungkookning ortidan uzoq tikilib qoldi.
Bu gap uning qulog‘ida qayta-qayta jaranglayotgandi.
Axir Jungkook hech narsadan qo‘rqmaydigandek ko‘rinardi.
Unday odam kimdan qo‘rqishi mumkin?
O‘sha kecha Jimin yana uxlay olmadi.
Soat tungi ikkilardan o‘tgan edi.
Faqat devordagi soatning chiqillashi eshitilib turardi.
Jimin karavotda yotarkan, birdan telefoniga xabar keldi.
Ichida faqat bitta rasm bor edi.
Jimin bir necha soniya tikilib qoldi.
Keyin birdan nimanidir payqadi.
Rasmning eng chetida turgan odamni.
Ammo uning qo‘lida nimadir bor edi.
Xuddi Jiminning otasi qoldirgan kalitga o‘xshash kalit.
Jimin nafasi ichiga tiqilib qoldi.
Shu payt ikkinchi xabar keldi.
Tasodif bo‘lishi mumkin emasdi.
Ertasi kuni dars davomida ham uning xayoli o‘sha xabarda edi.
Lekin maktabda bunday xona yo‘q edi.
Tanaffusda u maktab xaritasini qidirishga tushdi.
Eski e'lonlar taxtasi yonida osilib turgan binoning rejasini topdi.
Jimin diqqat bilan qaray boshladi.
Go‘yo ataylab o‘chirib tashlangandek.
Tanish ovozdan Jimin cho‘chib ketdi.
So‘ng birdan uning yuzi o‘zgardi.
Jk: Sen buni qayerdan bilding?
Ammo bu javob o‘rniga yetarli bo‘ldi.
Jungkook jag‘ini qattiq qisdi.
Jk: U sen bilan bog‘lana boshlabdimi?
Bu safar Jungkookning ovozi juda qattiq chiqdi.
Atrofdagi bir nechta o‘quvchi ularga qarab qoldi.
Jungkook esa bir soniya ko‘zlarini yumdi.
Go‘yo o‘zini bosishga urinayotgandek.
Jk: Bugun darsdan keyin uyga ket.
Jk: Chunki bugun kech bo‘lishidan oldin ketishing kerak.
Bu safar uning ko‘zlarida jahl ham, sovuqqonlik ham yo‘q edi.
Jimin javob berishga ulgurmay qoldi.
Chunki aynan shu paytda maktabning eski karnayi o‘z-o‘zidan g‘ichirlab ishga tushdi.
Barcha o‘quvchilar to‘xtab qoldi.
Shovqin orasidan xirillagan ovoz eshitildi.
Va butun maktab eshitadigan qilib bitta jumla aytildi:
Shundan so‘ng karnay o‘chib qoldi.
Koridorni o‘lik sukunat qopladi.
Jimin esa asta boshini burib Jungkookga qaradi.