Qishloqdagi muhabbat
Park Jimin shaharda katta bo'lgan, qulay hayotga o'rganib qolgan yigit edi. U gavjum ko'chalar, baland binolar va tungi chiroqlarni yaxshi ko'rardi. Shuning uchun bir kuni ota-onasi:
Jp: Jimin, yozni buvingnikida qishloqda o'tkazasiz
Jm: Nima?! Men u yerda nima qilaman? Internet ham yaxshi ishlamasa kerak!
Jp qar'iy: Bu qaror o'zgarmaydi
Jiminning kayfiyati tushib ketdi. Yana bir sabab bor edi. Uning yigiti Hyunwoo shaharda qolardi. Garchi ular uch yildan beri uchrashayotgan bo'lsa ham, Hyunwoo oxirgi paytlarda Jimin bilan sovuq muomalada bo'lib qolgandi. Qo'ng'iroqlarga kech javob berar, xabarlariga qisqa yozar, uchrashganda ham ko'proq telefoniga qarab o'tirardi.
Jimin ketishidan oldin u bilan uchrashdi.
Jm: Men ketayotganim uchun xafa emasmisan?
Hy: Hmm, yo'q, yaxshi borib kel.
Hyunwoo hatto unga qaramasdan:
Lekin bu "ha" so'zida iliqlik yo'q edi.
Bir necha soatdan keyin Jimin qishloqqa yetib keldi. Atrof yam-yashil, osmon tiniq, havo esa shahardagidan ancha toza edi.
Ammo Jiminning kayfiyati yo'q edi.
Jm sumka sini ko'tarib: Zerikib o'laman shekilli...
Shu payt velosipedda ketayotgan yigit to'satdan oldida to'xtadi.
Y: Ehtiyot bo'lsang bo'lmaydimi?!
Jm: O'zing qarasang bo'lmaydimi?!
Yigit qora sochli, o'tkir qarashli va juda chiroyli edi.
Yoongi kulib, velosipedini haydab ketdi.
Jm pchirlab: G'alati odam ekan
Ertasi kuni Jimin buvisi bilan bozordan qaytayotganda yana Yoongini uchratdi.
Y: Men ham shuni aytmoqchi edim.
B: Yoongi juda yaxshi bola. Qo'shnimizning o'g'li.
Y: Rostdanmi? Demak, qo'shni bo'lamiz.
"Ajoyib. Endi har kuni shu bilan ko'rishaman..."
Kunlar o'tib, ular asta-sekin yaqinlasha boshlashdi.
Yoongi Jiminni daryo bo'yiga olib bordi, quyosh botishini tomosha qilishdi, velosiped haydashni o'rgatdi, qishloqdagi festivalga birga borishdi.
Jimin uzoq vaqt ichida birinchi marta chin dildan kulayotganini his qildi.
Bir kuni kechqurun ular yulduzlarga qarab o'tirishardi.
Y: Shaharga qaytgach meni unutib yuborasanmi?
Jimin yuragi tez ura boshladi.
Shu payt telefoniga Hyunwoo qo'ng'iroq qildi.
Jimin telefonni qo'ygach, Yoongi unga qaradi.
Bir kuni Jimin shaharga qaytishiga bir hafta qolganda Hyunwoo kutilmaganda qishloqqa kelib qoldi.
Jimin xursand bo'lishi kerak edi, ammo negadir yuragi jim edi.
Hyunwoo esa Yoongiga sovuq qarab:
Kechqurun Jimin Hyunwoo bilan aylanishga chiqdi.
Jm: Oxirgi paytlarda menga umuman e'tibor bermayapsan
Jm: Men yig'laganimni ham bilmading.
Jiminning ko'zlariga yosh keldi.
Jm: Men har safar "meni sevasanmi?" deb so'rayman, sen "ha" deysan. Lekin men bu sevgini his qilmayapman!
Jm: Hech bo'lmaganda meni tingla!
Hy: Jimin, dramatizatsiya qilma!
Shu gap Jiminning sabrini tugatdi.
Jm: Yetar! Men seni sevganman, lekin faqat o'zim harakat qilganman! Men charchadim!
Hyunwoo indamay ortiga o'girilib ketdi.
Jimin ko'z yoshlarini artayotganida, ortidan tanish ovoz eshitildi.
Jimin o'zini tutolmay, Yoongining bag'riga kirib ketdi.
Yoongi uning sochlarini sekin siladi.
Y: Chunki seni yaxshi ko'raman, Jimin.
Y: Men seni qachondan beri sevaman. Lekin seni majburlashni xohlamadim.
Jm: Men ham... seni yonimda bo'lganda o'zimni baxtli his qilaman.
Jm: Men ham seni sevaman, Yoongi.
Yoongining yuzida samimiy tabassum paydo bo'ldi.
Y: Demak, endi meni tashlab shaharga qochib ketmaysanmi?
Jm: Chunki qayerda bo'lishimdan qat'i nazar, sen bilan bo'lsam, o'sha joy men uchun uy bo'ladi.
Yoongi Jiminning qo'lidan ushladi.
Yomg'ir asta-sekin to'xtayotgan, osmon esa ochilib borayotgan edi.
Va Jimin bir narsani tushundi.
Ba'zan inson eng qimmatli narsani o'zi kutmagan joyda topadi.