June 12

Enemies to lovers

Ertasi kuni ertalab Jimin universitetga odatdagidan ham erta keldi.

Ichida faqat bitta niyat bor edi.

Yoongini ko‘rmaslik.

Lekin taqdir hamisha uning rejasini buzardi.

Koridorning oxirida Yoongi turardi.

Ikkalasi bir vaqtda bir-birini ko‘rib qoldi.

Bir soniya.

Ikki soniya.

Keyin esa ikkalasi ham indamay boshqa tomonga qarab ketdi.

Tae uzoqdan bu holatni kuzatib turardi.

Tae: Jungkook...

Jk: Hm?

Tae: Menimcha, ular yana urishib qolishgan.

Jungkook qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib kuldi.

Jk: Yo‘q.

Tae: Unda nima bo‘ldi?

Jk: Nazarimda, bunisi undan ham yomonroq.


Dars davomida Jimin bir marta ham doskaga qaramadi.

O‘qituvchi nima tushuntirayotganini eshitayotgan bo‘lsa ham, miyasida faqat kechagi voqea aylanardi.

"Bu hech narsa emas edi."

Shu gap qayta-qayta eshitilayotgandek edi.

Yon tomondan Tae uni tirsagi bilan turtdi.

Tae: Hoy.

Jm: Nima?

Tae: Uch daqiqadan beri bitta sahifaga qarab o‘tiribsan.

Jm: Shunchaki charchadim.

Tae ishonmagandek qaradi.

Lekin boshqa hech narsa demadi.


Tushlik paytida Jungkook ataylab Yoongining yoniga borib o‘tirdi.

Jk: Bir savol bersam bo‘ladimi?

Yoongi telefonidan boshini ham ko‘tarmadi.

Y: So‘ra.

Jk: Jimin bilan nima bo‘ldi?

Y: Hech narsa.

Jk: Rostdanmi?

Y: Ha.

Jk: Unda nega ikkalangiz ham bir-biringizdan qochyapsizlar?

Bu safar Yoongi javob bermadi.

Faqat telefon ekranini o‘chirib qo‘ydi.

Jungkook ichida jilmaydi.

"O‘qiga tegdi."


Kunning oxirgi darsi tugagach Jimin kitoblarini yig‘ishtirib chiqib ketayotgan edi.

Yo‘lakning burilishida tasodifan kim bilandir to‘qnashib ketdi.

Yoongi.

Ikkalasining qo‘lidagi daftarlar polga tushib ketdi.

Jimin egilib ularni yig‘a boshladi.

Xuddi shu payt Yoongi ham egildi.

Qo‘llari tasodifan bir-biriga tegib ketdi.

Jimin darrov qo‘lini tortib oldi.

Go‘yo tok urgandek.

Yoongi ham hech narsa demadi.

Faqat daftarni uning qo‘liga uzatdi.

Jm: Rahmat.

Y: Hm.

Yana o‘sha noqulay jimlik.

Jimin burilib ketmoqchi bo‘lgandi.

Lekin Yoongi sekin ovozda uni chaqirdi.

Y: Jimin.

U to‘xtadi.

Jm: Nima?

Yoongi bir necha soniya indamay turdi.

Go‘yo nimadir demoqchi edi.

Lekin oxiri faqat bitta gap aytdi.

Y: Kechagi gapni unut.

Jiminning yuzi birdan o‘zgardi.

U sekin kuldi.

Ammo bu kulgi xafa kulgi edi.

Jm: Sen uchun unutish juda oson shekilli.

Y: Men...

Jm: Mayli.

Jimin uning gapini tugatishga ham imkon bermadi.

Jm: Xavotir olma.

"Unutaman."

Shu so‘zni aytib u ketdi.

Yoongi esa ortidan uzoq qarab qoldi.

Ichida esa bitta savol aylanardi.

"Nega bu gapni aytganimdan keyin bunchalik og‘ir bo‘lyapti?"

Yoongi shu savol bilan bir necha daqiqa koridorda qotib turdi.

Oxiri sumkasini yelkasiga tashlab indamay universitetdan chiqib ketdi.


Oradan uch kun o‘tdi.

Uch kun davomida ular bir-biri bilan deyarli gaplashmadi.

Tae bunga chidolmay qoldi.

Bir kuni oshxonada Jiminning ro‘parasiga kelib o‘tirdi.

Tae: Sen kasalmisan?

Jm: Yo‘q.

Tae: Unda nega buncha jimsan?

Jm: Shunchaki gapirgim kelmayapti.

Tae: Yoongi bilan bog‘liqmi?

Jimin qoshiqni stolga qo‘ydi.

Jm: Har safar shu savolni berma.

Tae: Demak, bog‘liq.

Jimin indamay o‘rnidan turib ketdi.

Tae esa xo‘rsinib Jungkookga qaradi.

Tae: Ahvol yomon.

Jungkook boshini qimirlatdi.

Jk: Juda yomon.


Huddi shu paytda Yoongi universitet hovlisida yolg‘iz o‘tirardi.

Jungkook uning yoniga kelib indamay o‘tirdi.

Bir necha daqiqa hech kim gapirmadi.

Oxiri Jungkook sukutni buzdi.

Jk: Sen uni xafa qildingmi?

Yoongi javob bermadi.

Jk: Yo sen xafa bo‘ldingmi?

Yana sukut.

Jk: Men faqat bitta narsani tushunmayapman.

Yoongi asta boshini ko‘tardi.

Y: Nimani?

Jk: Agar hech narsa bo‘lmagan bo‘lsa, nega ikkalangiz ham bunaqa yuribsizlar?

Bu safar ham Yoongi javob topolmadi.


Bir haftadan keyin loyiha taqdimoti kuni keldi.

Butun auditoriya yig‘ilgan edi.

O‘qituvchi navbat bilan guruhlarni chaqira boshladi.

U: Keyingi... Min Yoongi va Park Jimin.

Ikkalasi ham bir vaqtda o‘rnidan turdi.

Yonma-yon turishning o‘zi noqulay edi.

Jimin slaydlarni tushuntirardi.

Yoongi esa qolgan qismini gapirardi.

Hech qanday xato bo‘lmadi.

Hammasi juda yaxshi o‘tdi.

Lekin bir marta ham bir-biriga qaramadilar.

Taqdimot tugagach auditoriyada qarsak yangradi.

O‘qituvchi kulib dedi:

U: Juda yaxshi ishlabsizlar. Hamkorligingiz sezilib turibdi.

Bu gapni eshitib Tae bilan Jungkook kulgisini zo‘rg‘a bosib qoldi.

Jimin esa ichida "agar bilsangiz edi..." deb o‘yladi.


Dars tugagach hamma tarqala boshladi.

Jimin koridor bo‘ylab ketayotganida oldidan Melisa chiqib qoldi.

M: Salom.

Jm: Salom.

M: Bugun vaqting bormi?

Jimin biroz o‘ylanib qoldi.

Balki chalg‘ish kerakdir.

Balki hammasini unutish uchun boshqa odamlar bilan gaplashish kerakdir.

Jm: Mayli.

Melisa xursand bo‘lib kuldi.

M: Unda darsdan keyin kutaman.

Bu suhbatni uzoqdan Yoongi ham ko‘rib turardi.

U hech narsa demadi.

Faqat ko‘zlari bir lahza Jimin ustida to‘xtadi.

Keyin indamay burilib ketdi.

Ammo yurayotganda qo‘llarini shunchalik qattiq musht qilgandiki, tirnoqlari kaftiga botib ketgandi.


Kechqurun Jimin va Nari universitet yonidagi kichik kafeda o‘tirishardi.

Melisa nimadir hayajon bilan gapirardi.

Jimin esa eshitayotgandek ko‘rinsa ham, xayoli butunlay boshqa joyda edi.

M: Jimin?

Jm: Ha?

M: Sen bugun umuman bu yerda emassan.

Jimin noqulay kulib qo‘ydi.

Jm: Uzr.

M: Kimnidir o‘ylayapsanmi?

Jm: Yo‘q.

Melisa kuldi.

M: Yolg‘on gapiryapsan.

Jimin javob bermadi.

Chunki o‘zi ham kimni o‘ylayotganini juda yaxshi bilardi.


Ertasi kuni ertalab Jimin universitetga kirayotganda zinada oyog‘i toyib ketdi.

Yiqilib tushishiga bir soniya qolganda kimdir bilagidan ushlab qoldi.

Yoongi.

Ikkalasi ham bir lahza qotib qoldi.

Yoongining qo‘li hali ham Jiminning bilagida edi.

Ular juda yaqin turishardi.

Jimin asta qo‘liga qaradi.

Keyin Yoongining ko‘zlariga.

Yoongi darrov qo‘lini tortib oldi.

Y: Ehtiyot bo‘l.

Faqat shu ikki og‘iz gap.

Keyin hech narsa demay ketib qoldi.

Jimin esa zinada qotib qoldi.

Ichida esa yana o‘sha tushunarsiz tuyg‘u uyg‘ondi.

U sekin pichirladi:

Jm: "Hech narsa emas" deganding...

Unda nega hali ham menga qarashing boshqacha?