June 10

Qorong'ulik ortida

Tong odatdagidan ham zerikarli boshlandi.

Jimin maktab darvozasi oldida bir necha soniya turib qoldi. Kecha avtobus bekatida ko‘rgan manzara haligacha xayolidan ketmagandi.

Nega Jungkookning yuzi birdan oqarib ketdi?

Nega u hech kimga qaramay yugurib ketdi?

Va eng muhimi...

Nega Jimin buning javobini bilishni bunchalik istardi?

U boshini chayqab ichkariga kirdi.

Koridor odatdagidek shovqin-suronga to‘la edi. Kimdir kulardi, kimdir telefoniga tikilgan, yana kimdir darsdan qochish rejasini tuzardi.

Faqat bitta odam odatdagidek yolg‘iz edi.

Jungkook.

U deraza oldida turib tashqariga qarayotgan, go‘yo atrofdagi hech kimni sezmayotgandek edi.

Jimin unga befarq qaramoqchi bo‘ldi.

Ammo ko‘zlari baribir o‘sha tomonga burildi.

Shu payt Jungkook ham boshini o‘girdi.

Ikkalasining nigohlari to‘qnashdi.

Bir soniya.

Ikki soniya.

Keyin Jungkook hech narsa demay boshqa tomonga yurib ketdi.

Jm: Asabga tegadigan bola...

Sekin pichirladi.


Tanaffus vaqtida sinfdagi bolalar yana mish-mishlarni boshlashdi.

X: Kecha yana kechqurun maktab atrofida ko‘rishibdi.

X²: Kim?

X: Jungkookni.

X³: Rostdanmi?

X²: Eshitishimcha, u har hafta qayergadir ketarkan.

Kimdir kuldi.

Kimdir ishonmadi.

Ammo bitta gap Jiminning e'tiborini tortdi.

X: Eski ombor tomonga borarkan...

Jimin indamadi.

Faqat eslab qoldi.


Oxirgi dars tugaganda osmonni qora bulutlar qoplagan edi.

Yomg‘ir tomchilay boshladi.

Ko‘pchilik uyiga shoshildi.

Jimin esa sumkasini yelkasiga tashlab asta yurardi.

Shunda kimdir uning yonidan yelkasiga urilib o‘tib ketdi.

U orqasiga qaradi.

Jungkook.

Jm: Hoy!

Jungkook to‘xtamadi.

Jm: Eshitmayapsanmi?

Baribir javob bo‘lmadi.

Jimin yugurib yetib oldi va uning qo‘lidan ushladi.

Jungkook shu zahoti qo‘lini siltab yubordi.

Jk: Tegma.

Jm: Men faqat gaplashmoqchi edim.

Jk: Menda xohish yo‘q.

Jm: Odamga o‘xshab gaplasholmaysanmi?

Jungkook sovuq qarab turdi.

Jk: Senga gapirishim uchun sabab yo‘q.

Jiminning jahli chiqdi.

Jm: O‘zingni juda katta odam deb yuribsanmi?

Jungkookning yuzi o‘zgarmadi.

Faqat bitta gap aytdi.

Jk: Mendan uzoq yur.

Jm: Bo‘lmasa nima qilasan?

Bir lahza jimlik cho‘kdi.

Yomg‘ir kuchaya boshladi.

Jungkook hech narsa demadi.

Shunchaki Jiminning yelkasidan chetlab o‘tib ketdi.

Bu bepisandlik Jiminning battar g‘ashiga tegdi.

Jm: G‘alati...

deb pichirladi u.

Ammo ichida paydo bo‘lgan g‘alati hissiyotning sababini o‘zi ham tushunmasdi.


Kechasi.

Shamol derazalarni qattiq urardi.

Jimin uyquga ketolmay karavotda u yoqdan bu yoqqa ag‘darildi.

Oxiri stol tortmasidan eski qutini oldi.

Ichidan otasidan qolgan kalitni chiqardi.

Sovuq temir kaftiga tegishi bilan yuragi tez ura boshladi.

Kalitning orqa tomonida juda mayda harflar bor edi.

U ilgari bunga e'tibor bermagandi.

Changini artib diqqat bilan qaradi.

Faqat ikkita belgi.

"17"

Va uning tagida tushunarsiz bitta harf.

Jimin qoshlarini chimirdi.

Shu payt telefoniga noma'lum raqamdan bitta xabar keldi.

"Qiziqishni bas qil."

Jimin hayrat bilan ekranga qarab qoldi.

Yana bir xabar keldi.

"Ba'zi eshiklarni ochgan odam ortga qaytolmaydi."

Xonaning ichini sukunat qopladi.

Jimin sekin deraza tomon yurdi.

Pardani chetga surdi.

Ko‘chaning narigi tomonida, yomg‘ir ostida qora kapyushon kiygan notanish odam qimirlamay turardi.

Va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jiminning derazasiga qarab turardi

Jimin ko‘zlarini katta ochib o‘sha tomonga tikildi.

Yomg‘ir tomchilari deraza oynasidan oqib tushardi, qora kiyimdagi odamning yuzi esa umuman ko‘rinmasdi.

U bir qadam ham qimirlamasdi.

Go‘yo kimnidir kutayotgandek...

Yo shunchaki kuzatayotgandek.

Jimin yuragi tez ura boshlaganini sezdi.

U yana bir marta yaxshiroq qarash uchun oynaga yaqinlashdi.

Ammo aynan shu paytda mashina o'tib ketib, faralari ko‘chani bir lahzaga yoritdi.

Nur yo‘qolgach...

Haligi odam ham yo‘q edi.

Go‘yo hech qachon u yerda turmagandek.

Jimin darrov telefonini oldi.

Noma'lum raqamga qo‘ng‘iroq qildi.

"Ushbu raqam mavjud emas."

Bir marta.

Yana bir marta.

Natija o‘zgarmadi.

U asta karavotiga o‘tirdi.

Telefon ekranida haligacha o‘sha ikki xabar turardi.

"Qiziqishni bas qil."

"Ba'zi eshiklarni ochgan odam ortga qaytolmaydi."

Shu payt tashqarida momaqaldiroq gumburladi.

Xona birdan qorong‘ulashib ketdi.

Elektr o‘chgan edi.

Jimin beixtiyor chuqur nafas oldi.

U o‘zini qo‘rqmayman deb ishontirardi.

Lekin ich-ichidan nimadir noto‘g‘ri ketayotganini his qilayotgandi.

Deraza ortida esa yomg‘ir hamon tinmay yog‘ardi...

Kygi qism bundanam qiziqarli boladi🙂‍↔️