Sevgidan nafratgacha
"Unda nega hali ham menga qarashing boshqacha?"
Jimin shu savol bilan bir necha daqiqa zinada qotib qoldi.
Yoongi esa allaqachon ko‘zdan g‘oyib bo‘lgandi.
O‘sha kuni tushlik payti Jimin oshxonaga kirganida uzoqdan Yoongini ko‘rib qoldi.
Yoongi odatdagidek Jungkook bilan o‘tirardi.
Jimin esa boshqa stolga o‘tirmoqchi bo‘ldi.
Lekin Tae uning qo‘lidan ushlab qoldi.
Jimin qarshilik qilishga ulgurmay Tae uni Yoongi qarshisidagi stulga o‘tqazdi.
Bir lahzada stol atrofida noqulay jimlik paydo bo‘ldi.
Yoongi esa telefoniga qarab o‘tirardi.
Tae: Eee... bugun havo yaxshi ekan-a?
Tae: Men ichimlik olib kelaman!
Jiminning ko‘zlari kattalashib ketdi.
Lekin ular allaqachon ketib bo‘lgandi.
Endi stolda faqat Jimin bilan Yoongi qolgandi.
Bir lahza ikkalasi ham kulib yuborishdi.
Yoongi sekin boshini ko‘tardi.
Bu javob Jiminni battar chalkashtirdi.
Melisa yana Jimin bilan uchrashmoqchi bo‘ldi.
Bu safar Jimin rad eta olmadi.
Lekin uzoqroqda turgan Yoongi bu suhbatni eshitib qolgandi.
U yuzini boshqa tomonga burdi.
Jungkook esa darrov buni payqadi.
Kechqurun Jimin melisa bilan kafeda o‘tirardi.
Melisa kulib nimadir gapirardi.
Lekin Jiminning telefoni vibratsiya qildi.
Jimin xabarni o‘qib yana telefoniga qaradi.
M: Unda nega doim telefoningga qarayapsan?
Melisa unga bir necha soniya qarab turdi.
Chunki bu savolga javob berishdan qo‘rqardi.
Ertasi kuni universitet kutubxonasida Jimin kitob qidirib yurgandi.
Tasodifan yuqori tokchadagi kitobni olishga cho‘zildi.
Lekin kitob tushib ketay deb qolganda boshqa qo‘l uni ushlab qoldi.
Lekin shu payt uning ko‘zi Jiminning telefoniga tushdi.
Ekranda Melisa yozgan xabar turardi.
Yoongining tabassumi yo‘qoldi.
Yoongi kitobni javonga qo‘ydi.
Y: Jimin, men ishlashim kerak.
Kutubxonadagi odamlar ularga qarab qolishdi.
Jiminning ham jahli chiqib ketdi.
Bir necha soniya ikkalasi ham bir-biriga jahl bilan qarab turishdi.
Yoongi birdan ko‘zlarini yumib chuqur nafas oldi.
Y: Chunki seni boshqa birov bilan ko‘rish menga yoqmaydi...
Yoongi ham nima deganini endi tushungandek ko‘zlarini katta ochdi.