June 10

Qorong'ulik ortida

Jimin deyarli tun bo‘yi uxlay olmadi.

Ko‘zini yumsagina deraza ortidagi qora siluet ko‘z oldiga kelardi.

Ertalab esa budilnik ovozi emas, onasining eshikni taqillatishi uyg‘otdi.

Jmom: Jimin, kech qolasan.

Jm: Hozir...

U sekin o‘rnidan turdi. Stol ustidagi telefoniga qaradi.

Kechagi noma'lum raqamdan yuborilgan ikkala xabar ham yo‘qolgan edi.

Na o‘chirilganlar ichida, na yozishmalarda.

Go‘yo umuman kelmagandek.

Jm; Bu qanday bo‘lishi mumkin?..

U bir necha daqiqa telefonini qayta-qayta tekshirdi, ammo hech narsa topolmadi.


Maktabga kirishi bilan nimadir o‘zgarganini sezdi.

Koridorda odatdagidan ham ko‘proq shivir-shivir eshitilardi.

Ikki o‘quvchi yonidan o‘tayotganda gaplari qulog‘iga chalindi.

X: Kecha yana bo‘libdi.

X²: Rostdanmi?

X: Ha. Eski sport zalida.

Jimin beixtiyor to‘xtadi.

Ular esa uni ko‘rib darrov jim bo‘lishdi.

Jm: Nima bo‘ldi?

X: Hech narsa.

Jm: Hozir gaplashayotgan edinglar-ku.

X²: Sen aralashma.

Ikkalasi ham tez yurib ketishdi.

Bu holat uning qiziqishini battar kuchaytirdi.


Birinchi dars tugagach Jimin suv olish uchun chiqdi.

Yo‘lak oxirida yana Jungkookni ko‘rdi.

U devorga suyanib turardi.

Yuzi odatdagidan ham sovuq.

Jimin bir necha soniya qarab turdi-da, yonidan indamay o‘tib ketmoqchi bo‘ldi.

Ammo aynan o‘tayotgan paytda Jungkook past ovozda gapirdi.

Jk: Kecha derazangdan tashqariga qaradingmi?

Jiminning qadami to‘xtab qoldi.

U asta orqasiga o‘girildi.

Jm: Sen qayerdan bilding?

Jungkook javob bermadi.

Faqat jimgina unga tikilib turdi.

Jk: Savolimga javob ber.

Baribir jimlik.

Bir necha soniyadan keyin Jungkook yelkasini to‘g‘rilab yurib ketdi.

Ketayotib esa faqat bitta gap tashladi.

Jk: Agar yana uni ko‘rsang... pardani ochma.

Jiminning yuragi gup etib urdi.

Jm: "Uni" deganing kim?

Jungkook to‘xtamadi.

Bir marta ham ortiga qaramadi.

Koridorning narigi chetiga yetib, odamlar orasiga qo‘shilib ketdi.

Jimin esa o‘sha joyda qotib qolgandek turardi.

Birinchi marta uning xayoliga bitta fikr keldi.

Balki Jungkookning o‘zi sir emasdir.

Balki u kimdandir qochayotgandir..

Jimin o‘sha kuni uyga qaytgach ham Jungkookning gaplarini xayolidan chiqarolmadi.

"Agar yana uni ko‘rsang... pardani ochma."

Bu oddiy ogohlantirish emasdi.

Go‘yo u nimanidir aniq bilardi.

Kechqurun havo yana aynidi. Osmonni qalin bulutlar qoplab, shamol daraxtlarning shoxlarini qattiq silkitardi.

Jimin deraza yoniga keldi.

Bir necha soniya tashqariga qarab turdi.

Bo‘m-bo‘sh.

Hech kim yo‘q.

U kulimsirab boshini chayqadi.

Jm: O‘zim ham bekordan-bekor o‘ylabman...

Shu payt telefoni jiringladi.

Noma'lum raqam.

Bir lahza ikkilanib turdi-da, qo‘ng‘iroqni ko‘tardi.

Hech kim gapirmadi.

Faqat uzoqdan eshitilayotgan shamolning uvillashi...

Va nimadir temirga urilayotgandek ovoz.

Jm: Alo?

Jimlik.

Jm: Kim bu?

Yana javob yo‘q.

Birdan past ovoz eshitildi.

X: Ortga qaramagin.

Qo‘ng‘iroq uzildi.

Jiminning butun badani muzlab ketdi.

Chunki aynan o‘sha paytda u deraza oldida turardi.

Va orqasi xonaning qorong‘i burchagiga qarab turgan edi.

U asta-sekin boshini burdi.

Hech kim yo‘q.

Faqat qorong‘ulik.


Ertasi kuni maktabdagi muhit odatdagidan ham g‘alati edi.

Bir nechta o‘quvchi yo‘q edi.

Kimdir kasal deyardi.

Kimdir boshqa gap.

Lekin hech kim aniq javob bermasdi.

Tanaffus paytida Jimin tasodifan eski arxiv xonasi yonidan o‘tib ketayotib ichkaridan ovoz eshitdi.

Eshik to‘liq yopilmagandi.

U sekin yaqinlashdi.

Ichkarida direktor va yana kimdir gaplashayotgandi.

D: U yana kelgan...

X: Bolalar bilib qolmasligi kerak.

X: Ayniqsa... Jungkook.

Jimin beixtiyor nafasini ichiga yutdi.

Pol taxtasi g‘ichirlab ketdi.

Ichkaridagi suhbat birdan to‘xtadi.

D: Kim u yerda?

Jimin shoshib ortga chekindi va yugurib ketdi.

Koridor burilishiga yetganda esa kutilmaganda kim bilandir to‘qnashib ketdi.

Jungkook.

Uning yuzida odatdagi sovuqqonlik bor edi, ammo ko‘zlarida g‘alati bezovtalik sezilib turardi.

Jk: Qayerdan kelyapsan?

Jimin indamadi.

Jm: Senga nima?

Jungkook bir necha soniya unga tikilib turdi.

Keyin past ovozda so‘radi:

Jk: Arxiv oldida edingmi?

Jiminning ko‘zlari kattalashdi.

Jm: Sen meni kuzatyapsanmi?

Jk: Savolimga javob ber.

Jm: Yo‘q.

Jungkook bir lahza ham ishonmagandek qaradi.

So‘ng sekin xo‘rsindi.

Jk: Agar rostdan u yerga kirgan bo‘lsang... boshqa qaytib borma.

Jm: Nega?

Jk: Chunki ba'zi eshiklar ochilishi kerak emas.

Jm: Hamma shu gapni aytyapti! Kimdir tushuntiradimi o‘zi?!

Jungkook indamadi.

Shunchaki yonidan o‘tib ketdi.

Ammo ketayotib juda past ovozda bir jumla aytdi:

Jk: Sen hali hech narsani bilmaysan, Jimin...


O‘sha kuni dars tugagach Jimin ataylab maktabda qoldi.

Koridorlar bo‘m-bo‘sh.

Derazalardan kirayotgan quyosh nuri uzun soyalarni hosil qilgandi.

U sekin eski arxiv xonasi tomon yurdi.

Eshik qulflanmagan edi.

Ichkariga kirishi bilan eski qog‘oz va chang hidi dimog‘iga urildi.

Tokchalarda yillar davomida yig‘ilgan papkalar qator tizilib turardi.

Burchakdagi javonning ustida esa chang bosgan qora quti yotardi.

Jimin uni sekin ochdi.

Ichida eski suratlar bor edi.

Birinchi surat...

Ikkinchi surat...

Uchinchi suratni ko‘rgan zahoti esa nafasi ichiga tiqilib qoldi.

Suratda maktab hovlisi tasvirlangan edi.

Orqa qatorda bir guruh odamlar turardi.

Ularning orasida esa juda yosh Jungkook ham bor edi.

Ammo Jiminning diqqatini tortgan narsa bu emasdi.

Suratning chekkasida turgan notanish odamning yuzi qalam bilan butunlay qoraytirib tashlangandi.

Orqa tomoniga esa bitta jumla yozilgan edi:

"Uni hech kim eslamasin...."

.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
Kygi qismda nmala bovotganini blvolasila🙂‍↔️