𝑹𝒆𝒕𝒓𝒊𝒃𝒖𝒕𝒊𝒐𝒏
Sukunat hamma narsani yashira oladi, hatto eng og‘ir haqiqatni ham.
Bu olamda qudrat ovoz bilan emas, sokin qarorlar bilan hukm yuritadi.
Har bir tanlov ortida ko‘zga ko‘rinmas zanjirlar asta-sekin taranglashadi.
Va bu soyali dunyoga bir marta kirgan odam, ortga qaytganida o‘zini topolmaydi.
Xonada kuchli tovush ketidan eshik yopilishi bilan asosiy zalda karaxt xolda turgan qizning ko'zidan yana bir tomchi yosh oqdi
Nega?....nega unga turmushga chiqishimga rozi bo'ldingiz?
Yeonji ning nigohi Lee xonimga qadaldi, uning ko'zlari hali ham qizarib turardi.
—Nima uchun hech bo'lmaganda mendan bir marotaba bo'lsa ham buni so'ramadingiz?
Soobon chuqur xo'rsinib qo'ydi.
—Yeonji bir o'ylab ko'r qizim.....u yaxshi insonga o'xshayabdi. Seni bemalol barcha narsalar bilan taʼminlay oladi va.....mehr bera oladi.
—Meni yoqtirib qolgan inson kelib meni so'radi degani, meni unga berib yuborishga rozilik berishingiz kerak degani emasku oyi...dada?
Aslida ular ham Yoongining qo'rqinchli nigohidan keyin ortiqcha rad javobi nimaga olib kelishini tushunib ulgurgandi.
—Biz shu qarorga keldik qizim....endi ko'nikib yashashing kerak.
Qiz bir qadam ortga qadam tashladi va boshini inkor maʼnosida qayta va qayta harakatlantirdi.
—Balki meni sevgan insonim bordir? Nega mendan bir marotaba bo'lsa ham buni so'ramadingiz?
—Agar u seni rostan ham sevganda allaqachon seni so'rab kelgan bo'lardi? Nima uchun unda u seni sevsa ham sen uchun bir marotaba bo'lsa ham kelmadi?
Qiz qanchalik Seojun tarafda bo'lmasin, ayni vaqtda ota onasining so'zlari bir tarafdan olib qaraganda mutlaqo to'ğri edi.
—Yoongi senga yaxshi hayotni beradi...shunchaki endi uni aytgan barcha talablarini bajarishing kerak.
— Men undan yaxshi hayot so‘radimmi?
Yeonji ota onasining javobini kutmasdan, tez qadamlar bilan zinadan yuqoriga chiqib ketdi.
Tun allaqachon yarimlab qolgandi, qanchalik haqiqatdan qochishga harakat qilmasin Yeonji qorongʻu xonada ko'z yoshlarni to'xtata olmasdi. Quloqlari ostida yangrayotgan musiqa qizga qanchalik taskin bermasin u boshqa tomondan qizni yiğlashiga ko'proq hissa qo'shayotgandi.
U ko‘zlarini mahkam yumdi, hayoliga yana o‘rmonda eshitgan gaplar qayta keldi.
“Klubdagi qiz bilan bir tun...”
Yeonji labini qattiq tishladi huddiki o'zini ovutishga harakat qilayotgandek.
— Men ahmoqman aslida hammasiga o'zim sababchiman...
Shu payt telefon vibratsiya berdi.
Ekranda:
Seojun qo‘ng‘iroq qilayotgan edi.
Qiz uzoq vaqt telefonga qarab turdi va yuzida ikkilanish tasvirlandi.
Qo‘ng‘iroq tinmasdi...takror va takror, oxiri u javob berdi.
Narigi tomondan bir necha soniya ovoz kelmadi. Faqat Seojunning og‘ir nafasi eshitilib turardi.
— Yeonji... iltimos meni eshit.
— Yana nima deb yolğon gapirmoqchisan?
— Men seni Yoongidan himoya qilmoqchiman.
Yeonji kulib yubordi, Bu safar kulgisida alam aniq sezilib turardi.
— Sen avval o‘z hislaringni nazorat qilishni o‘rgan Seojun. Keyin meni himoya qilasan.
— Kech qolding Seojun.... allaqachon ota onam Yoongi ga rozilik bergan.
Bu gapdan keyin narigi tomonda jimlik cho‘kdi.
Yeonji esa davom etdi:
Uning ovozi sezilarli darajada pastlashdi.
— Men hali ham seni sevardim....seni qattiq sevardim va menga avval ham qanchalik xudbinlik qilma sen bilan o'sha kuni yarashmoqchi edim ammo...
Seojunning nafas olishi og‘irlashdi.
—Menga qilgan bu xiyonatingni kechira olmayman va sendan o'sha vaqtni o'zida ko'nglim allaqachon sovub bo'lgan.
— Unda nega bunday qilyapsan? Nega sen Yoongiga rad javob bermading? Sen shunchaki indamagansan? Yoongi menga barchasini hursand holda aytib berdi
— Chunki sen birinchi bo‘lib meni sindirding va men rozi ham bo'lmadim....rad ham qilmadim. Menga qaytib qo'nğiroq qilma. "Bugundan boshlab sen bilan munosabatlarimiz tugadi".
Va qo‘ng‘iroq uzildi ammo Yeonji butunlay o'ziga kela olmasdi. Butun tun Yeonji ning ko'z yoshlari bilan o'tdi.
Oradan bir necha soatlar o'tdi. Tong quyoshi Min lar xonodoniga nur solardi. Erta tongdan biroz esnagancha xonadan chiqgan Lily nonushta tayyorlash uchun oshxonaga kirar ekan Oshxona stol ustidagi manzarani ko'rib qotib qoldi.
Stol ustida bir nechta alkagol qadaqlari turardi, Seojun esa Stol ga boshini suyagancha uxlab qolgan. Oshxonadan alkagol hidi anqirdi. Bularni barchasini bir vaqtda ko'rgan Lily soatga qarar ekan, Yoongi uyğonishiga 20 daqiqadan ham kam vaqt qolgandi.
Lily tezda Seojun ni yoniga yaqinlashib, uni turğazishga harakat qildi.
—Seojun?...Hoy Seojun bu yerda nima qilayapsan. Sen yana yarim tunda kelib alkagol ichdingmi?
Lily ni ovozini eshitgan Seojun ko'zlarini ochishi bilan Lily ning yuzini emas huddi ko'ziga muammolar ko'ringanidek unga o'tkan tungi hodisa larni gapira ketdi
—Lily....nega bu hayot bunchalar beshavqat? Nima uchun har safar sevishganlarni taqdir ajrataveradi?
—Nima? Nega bunday deyapsan Seojun?
—Buni mavridi emas Lily....men Uni qattiq sevgandim. Men unga xiyonat qilishni istamagandim ammo...ammo hammasi rasvo bo'ldi Lily.
Hali ham mastligi tarqalmagan Seojun nimalar deyayotganini tushunmasdi. Yana bir necha marta pushaymon ohangida o'zini o'zi koyigan Seojun biroz qo'pol harakatlar bilan xonasiga kirib ketdi.
Biroz nima boʻlayotganini tushunmay qolgan Lily o'zini qayta tartibga solgancha ishga qaytdi. Yoongi uyğongunicha nonushtani tayyorlaganidan mamnun bo'lgan Lily tuzalgan dasturxon bo'ylab mamnun jilmaydi.
—Salom janob Min Yoongi. Sizga ham hayrli bo'lsin.
Yoongini ko'rishi bilan hurmat belgisida tazim qilgan Lily biroz chetga o'tkancha Yoongi ga yo'l berdi.
—Har doimgidek vaqtida ulgurganingdan hursandman. Shuning uchun ham Sen va Seojun ni ishga olganman. O'z ishlaringizga ma'sulyatlisizlar.
—Ha aytgancha Nega Oshxonadan alkagol hidi kelayapti?
Ishlar bilan chalgʻib ishxonani havosini almashtirishni unutgan Lily aslida Seojun ning qilgan ishini Yoongidan yashirmoqchi edi.
—Ha.....haligi .... Seojun tunda biroz spirtli ichimliklar ichgan ko'rinadi. Hozir tezda buni to'ğirlashga harakat qilaman.
Tezda Oshxona derazasini ochgan Lily xona ichiga kirgan tozza havoni his etdi.
—Shunarli. Seojun ga nimadur bo'layotgan ko'rinadi. Bir necha kundan beri umuman kayfiyati ham yaxshi emas. Hayotida nima bo'layotganidan habaring yo'qmi?
Aslida hammasini bilsada Yeonji va Seojun haqida gap ochish notoʻgʻri ekanligini bilgan Lily tezda inkor maʼnosida bosh chayqadi.
—Hammasi o'z iziga tushib ketadi deb umid qilaman. Ha aytgancha yaqinda uyimizga mehmon keladi, buni bilib olganing yaxshi.
Asabiylik bilan ko'zlarini yumgan Seojun qanchalik o'z sevgisi uchun kurashishi kerakligini bilmasin u bu yo'lda va Yoongi ga qarshi chiqishda yetarlicha zaif edi.
—U senga uy ishlarida ham yordam berib turadi meni ruhsatim bilan ammo u toliqib qolishini istamayman.
Yoongi qaragancha biroz jilmaygan Lily aslida ich ichidan bu so'zlardan zavq olardi. Endi Seojun ni o'ziniki qilish mushkul bo'lmasligi mumkun chunki allaqachon Yoongi tomonidan Yeonji ga egalik hukmi belgilangan.
Qop qorongʻu xonada chiroqning miltillashi biroz bo'lsada bu qoronğulikga yoruğlik qo'shayotgan edi. Xonada keyingi yutuğidan zavqlanayotgan Jehua navbatdagi insonning biznessini ham kasotga uchratish orqali foyda ko'rishidan kuch olardi.
—Buni yutuğ desa bo'ladi. Bir necha kundan so'ng bu ham oyoqlarim ostiga yalinib biroz qarz berib turishim uchun keladi.
Katta manitorga tikilib turgan Jehua keskin harakat bilan ortga qaradi.
—Ho'sh? Min Yoongidan habar bormi?
—Ha sizga foyda keltiradigan maʼlumot topdik.
Qarshisida turgan erkak Jehua ga tazim qilganda davom etdi:
—Min Yoongi o'tkan tun Lee lar xonodoniga tashrif buyurdi ya'ni sizning hamkoringizning uyiga.
Ko'zlarida qiziqish paydo bo'lgan Jehua yonida turgan stul ga uni yaxshiroq eshitish uchun joylashib o'tirib oldi.
—Yoongi janoblari taxminan 3 oy davomida Yeonji xonimni kuzatib yurganligi haqida topdik va kecha tunda esa Yoongi Soobon va Lee xonim bilan gaplashishgani va Yeonji xonim ni o'ziniki qilishga rozilik berganini odamlarimiz aniqlashgan bu ma'lumotlarni ichkaridagi odamlar habar berishdi.
Yuzida keskin shaytoniy tabbasum paydo bo'lgan Jehua aslida ich ichidan kuchli oğriqni his qildi chunki uning 5 yil davomida Yeonji ga nisbatan bo'lgan barcha hislari yana bir marta kuchli rad etilgandek bo'lgandi.
—Bilasanmi....bu bizga yaxshi qo'lishi mumkun. Yani..... Yeonji endi Min Yoongining bir nozik nuqtasi biz esa Yoongi ga Yeonji orqali keyingi zarbani berishimiz mumkun.
Hayolida zaharli rejalar tuzayotgan Jehua o'z hislari javobsiz qolgani uchun Yeonji dan ham qast olishni o'ylay boshladi.
—Va bu borada Yeonji ham azob chekishi kerak. Nahotki Yeonji Yoongining 2 yil avvalgi qora tarixi haqida bilmaydi?
Jehua qarshisida turgan erkakga yuzlandi.
—Nima siz ham unutdingizmi? Ahir Yoongi haqiqiy zo'ravon bo'lganini butun Seoul habar topgandi ammo bunga chora ko'risha olmagandiku? Nahotki bu haqida sizlar habarsiz bo'lsangiz?
—Ma'zur tutasiz janob ammo men Yoongi janoblari haqida bu maʼlumotlarga ega emasman. Agar bu haqida ham aytib bersangiz, biz bunga oid bo'lgan maʼlumotlar topishga harakat qilamiz.
—Yaxshi, taxminan 2 yil avval.....
Min Yoongi - bu qanchalik ğalati eshitilmasin Yoongi Seoul dagi eng katta Jinsiy zo'ravonlardan biri bo'lgan. 2023 yil oxirlab qolganda, Yoongi o'z hislari ustidan nazoratni yo'qotishi sababli shaharda bezovtalik va muammolar yuzaga kela boshlagan. Har tongda palitsiya mahkamasida bir nechta ota onalar qon yiğlab qizlari daraksiz yo'qolgani haqida qayta va qayta aytib kelishgan .Bu narsalar kundan kunga ortib borgan, qizlar taxminan 20-21 yosh atrofida bo'lgan. Ota onalar va hukumat qizlarni tungi 7 dan so'ng butunlay ko'chaga chiqishiga chegaralar qo'yishni boshlagan. Yoongi o'sha vaqtlarda Bu ishga haddan tashqari berilib ketgan va haqiqiy Jinsiy zo'ravonga aylangan. Qizlardan bir nechtasi zo'rğa topilgan. Ular: haddan tashqari kuchli va oğriqli aloqalarni boshdan kechirgani haqida maʼlumot berishgan ammo palitsiya va qoʻriqlash xizmati bunga umuman chora ko'rishga zaif bo'lishgan. Bu holat taxminan 3 oy davom etgach Yoongi bu ishlarni shunchaki to'satdan to'xtatgan va qaytib bu ishga qo'l urmagan. Ehtimol U hali ham bu ishlar bilan shuğulanar ammo bu shov-shuv bo'ladigan daraja chiqmagan.
—Hullas shunday, menimcha bu haqida Yeonji ham umuman habarsiz va ehtimol....Yeonji ga Yoongining shu kuchini qayta unga qarshi ko'rsatish orqali meni 5 yil rad etish nima oqibatlarga olib kelishi ham ko'rsatib qo'yishim mumkun va menda buni qanday uyushtirish haqida ajoyib ğoya bor.
Qizning nozik qo'llaridan maxkam ushlab olgan Yoongi sekin qadamlar bilan hashamatli restarandan Yeonji bilan chiqar ekan, mashina ichida ularni kuzatib turgan Seojun mashina rulini qattiq siqgancha zo'rğa ularni ko'rib turardi.
Mashina orqa eshigi ochilarkan birinchi Yeonji so'ngra Yoongi joylashganini ko'rgan Seojun biroz o'zini to'ğirlab olgancha ularga e'tibor bermaslikga harakat qildi.
—Sen haqingda ko'p narsalarni bilib oldim Lee Yeonji, yana uchrashib turamiz degan umiddaman.
Rozilik maʼnosida bosh qimirlatgan Yeonji buni qanchalik hohlamasin endi bunga majbur ekanligini bilardi.
Mashina sekin harakat bilan Restarandan uzoqlashdi. Mashina ichida esa ich ichidan o'zini kemirayotgan Seojun mashina orqa qismiga qanchalik qarashni hohlamasin, uning ko'zlari eʼtiborsizlikda butunlay zaif edi.
Yoongi va o'zining orasida shaxsiy masofa saqlashga harakat qilib, qarama qarshi tarafga ko'proq o'zini olib qochayotgan Yeonji esa tezroq uyga yetib olish haqida o'ylardi ammo keskin harakat bilan bilak qismidan tortilgan mushakdor qo'llar qizni o'ziga yaqinlashtiri bilan bağriga oldi.
—Hayotim yaqinroq o'tirishing mumkun....ahir tez orada turmush quramiz, to'yimizdan keyin ham shunday o'zingni meni oldimda huddi begonalardek tutmoqchimisan?
Biroz bo'ğiq ovozda kelgan so'zlar Seojun ning yanayam asabiylashtirib yubordi.
—Yeonji mashina ichi biroz issiq tuyulyapti....yoqa qismimdagi tugmalarni yechib yubor.
Mashina issiq bo'lmasligiga qaramay qizni unga teginishini hohlayotgan Yoongi Yeonji uchun har hil bahonalar o'ylab topardi.
—J...janob...a..ahir buni o'zingiz ham qila olasizku?
—Nima qilibdi buni sen qilsang? Men aynan seni bu ishni bajarishingni istayman.
Bu safar mashina oldi oynasidan ortga qaragan Seojun o'z sobiq sevgan insonini boshqa bir erkakning tanasiga teginishga qarab tura olmasligini bilardi va keskin harakat bilan mashina oynalari ochilishi ketidan mashina ichiga sovuq havo kirdi.
—M...menimcha endi yetarlicha mashina ichi issiq emas.
Hali uning yoqasiga tegib ulgurmagan qo'llar tezda o'z joyiga qaytdi. Bu holatdan biroz qoshlari chimirilgan Yoongi endi Yeonji ga teginish uchun shaxsan o'zi harakat qilmasa bo'lmasligi haqida o'ylardi.
Orada biroz sukunat cho'mdi, Yoongi mashina oynasidan tashqariga qaragancha rejalar tuzib ketar ekan, boshqa bir joyda esa Seojun va Yeonji ning nigohlari kichik mashina oynasi orqali bir biridan uzilishni istamasdi. Yeonji ning ko'zlarida biroz nafrat ammo soğinch ko'rinib tursa, Seojunning ko'zlaridan rashk va pushaymonlik ko'rinib turardi.
Bu nigohlarni Yoongining Yeonji ga yanayam yaqinlashishi buzib yubordi. Qizni yuziga yaqin kelgan Yoongi uning oldida tushib turgan sochlarini ortga olgancha bo'yin qismidan oʻpich qoldirishga harakat qilmoqchi bo'ldi ammo Yeonji ning tezda qarshiligi unga qarshi chiqdi.
—N..nima qilmoqchisiz?
Yeonjining ovozi tezda titroqga aylanganini mashina ichidagi ikkala erkak ham tezda sezib oldi ammo bu Seojun ga ko'proq oğriqliroq eshitildi.
—O'zimniki bo'lgan marvaridimni meniki ekanligi haqida belgilab qo'ymoqchiman.
Yana bir harakat bilan uning bo'yin qismiga yaqinlashgan Yoongi ikkinchi marotaba qilingan qarshilik tufayli yana o'z istagiga erisholmagani uni asabiylashtira boshladi.
—Bu nega kerak? Va nima uchun aslida hali nikohsiz bunchalik yaqinlashishga jurʼat etyapsiz?
Yeonji ning keyingi so'zlaridan yuziga shaytoniy tabbasum yugurgan Yoongi Yeonjining ortiga tushib turgan sochlari qo'liga tegib turganini sezar ekan keskin harakat bilan ularni mushti orasiga olgancha kuch bilan tortdi.
Qizdan chiqgan kichik ammo yetarlicha oğriqni ta'mini berib turgan bu kichik nola mashinadagi Seojun ni yuragini go'yo tilkapora qilib yubordi.
Sochlaridagi to'satdan paydo bo'lgan oğriqdan beixtiyor boshini ortga tashlagan Yeonji bo'ynida chuqur oğriq aralash tish izlarini his qildi. Yeonji qanchalik qo'llari bilan Yoongining keng yelkalariga urib uni o'zidan nari qilishga harakat qilsa, Yoongi yanayam qizni sochlarini qattiqroq siqib tortar edi.
Qizdan humoridan chiqguncha o'z izlarini qoldirgan Yoongi sekin harakatlar bilan Yeonji ning bo'ynidan teppaga chiqa boshladi.
Qizning bo'yin qismidan sekinlik bilan o'pich qoldirgan holda teppalashayotgan Yoongini mashina oldi oynasi orqali ko'rib turgan Seojun oğir yutingancha bu holatni hazm qila olmasdi.
Sekinlik bilan qizni lab sohasiga yaqinlashayotgan Yoongini ko'rgan Seojun tezda mashinani keskin harakat bilan burdi, mashina ichida to'satdan bo'lgan harakatdan Yoongining changalidan halos bo'lganini sezgan Yeonji tezda o'zini mashina eshigi tomonga olgancha undan uzoqlashishga harakat qildi.
— Yo hudoyim, sen nimalar qilayabsan o'zi Seojun?
Endigina o'z maqsadiga yaqin kelib ammo buni amalga oshira olmaganini sezgan Yoongi yana asabiylashardi.
—Hammasi joyida... shunchaki to'ğrimdan kelayotgan mashinani ko'rmay qoldim shekilli, ma'zur tuting janob.
Bo'ynida hali ham kichik achishish hissini berib turgan izlarga sekinlik bilan qo'llarini tekkizgan Yeonji kichik oyna orqali Seojun ning ko'ziga qaradi va rashkdan yorilay deb turgan nigohlardan boshqasini ko'rmadi.
Yana bir harakat bilan qizga yaqinlashar ekan Yeonjining allaqachon nam bo'lishga ulgurgan ko'zlariga tikildi.
—K...kerak emas
Qizing sochlariga yana bir bor sekinlik bilan tekgan Yoongi bu gal ehtiyotkorlik bilan uni quloqlari ortiga oldi.
—Demak eng nozik nuqtang shu uzun sochlaring ekanda?
Menga uzun sochlaring yoqadi Yeonji
Qizning sochlarini qo'liga sekin o'rab olgan Yoongi uning ko'zlariga chuqur tikilib qoldi.
𝑆ℎ𝑢 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑛 𝑏𝑖𝑟𝑔𝑎𝑙𝑖𝑘𝑑𝑎 𝑅𝑒𝑡𝑟𝑖𝑏𝑢𝑡𝑖𝑜𝑛 𝑓𝑎𝑛𝑓𝑖𝑔𝑖𝑛𝑖𝑛𝑔 1 𝑐ℎ𝑖 𝑞𝑖𝑠𝑚𝑖 𝑜'𝑧 𝑛𝑖𝑥𝑜𝑦𝑎𝑡𝑖𝑔𝑎 𝑦𝑒𝑡𝑑𝑖. 𝑇𝑒𝑧 𝑜𝑟𝑎𝑑𝑎 𝑘𝑒𝑦𝑖𝑛𝑔𝑖 𝑞𝑖𝑠𝑚𝑙𝑎𝑟𝑖𝑛𝑖 ℎ𝑎𝑚 𝑐ℎ𝑖𝑞𝑎𝑟𝑖𝑠ℎ𝑔𝑎 ℎ𝑎𝑟𝑎𝑘𝑎𝑡 𝑞𝑖𝑙𝑎𝑚𝑎𝑛