𝑹𝒆𝒕𝒓𝒊𝒃𝒖𝒕𝒊𝒐𝒏
Sukunat hamma narsani yashira oladi, hatto eng og‘ir haqiqatni ham.
Bu olamda qudrat ovoz bilan emas, sokin qarorlar bilan hukm yuritadi.
Har bir tanlov ortida ko‘zga ko‘rinmas zanjirlar asta-sekin taranglashadi.
Va bu soyali dunyoga bir marta kirgan odam, ortga qaytganida o‘zini topolmaydi.
Tun shaharga sokinlik olib tushgandi. Baland binolar oynasida miltillayotgan chiroqlar nam asfalt ustida xira aks etar, sovuq shamol esa bo‘m-bo‘sh ko‘chalar orasida izg‘irdi.
Yeonji avtobus bekati tomidagi temir ustunga yelkasini suyab turarkan, barmoqlari orasidagi qahva stakanidan hali ham ingichka bug‘ ko‘tarilib turardi. Soat allaqachon tungi sakkizga yaqinlashib qolganiga qaramay, ko‘chalar hanuz uyg‘oq edi. Kimdir shoshilib uyiga qaytar, kimdir esa tun endi boshlangandek yashardi.
Qiz sekin boshini ko‘tardi. Qarshisidagi ulkan LED ekranda navbatdagi reklama aylana boshladi. Qimmat kostyumdagi erkaklar, sun’iy tabassumlar, dabdabali hayot. Hammasi juda chiroyli ko‘rinardi shu bilan birga juda soxta ham.
Yeonji ko‘zlarini qisib, ekran yorug‘idan yuzini olib qochdi. Shu payt telefon cho‘ntagida qisqa vibratsiya paydo bo'ldi.
Yeonji bir necha soniya ekranga tikilib qoldi. So‘ng xabarni ochdi.
Bu oxirgi haftadagi beshinchi xabar edi. Hech qanday ism va shaxsiy maʼlumotlarsiz shubhali xabar.
Faqat qisqa ogohlantirishlar.
Yeonji buni avvaliga hazil deb o‘ylagandi. Keyin esa eshigi oldida qoldirilgan oq atirgullar paydo bo‘ldi.
Undan keyin — kumush rangli qimmatbaho taqinchoqlar.
Va kecha…
Yeonji sekin sumkasidan kichkina qora kartani chiqardi.
Karta ortida faqat bitta so‘z yozilgan edi:
Negadir u bu oddiy hazil emasligini his qilayotgandi. Kechagina ishxonasi ustida to'satdan paydo bo'lgan karta va tushunarsiz so'zlar ammo bu karta kimdan qoldirilgani ham butunlay nomaʼlum.
Va eng yomoni — uni kuzatayotgan odam Yeonji haqida juda ko‘p narsani bilishi anniq edi.
Shaharning tungi chiroqlari baland oynalar ortida xira miltillardi. Xona ichi esa jim va sovuq edi. Yoongi uzun stol chetida turarkan, pastdagi ko‘chalarga beparvo tikilib qolgan, qo‘lidagi metall zajigalkani barmoqlari orasida sekin aylantirardi.
Eshik ohista ochildi.
Ichkariga kirgan erkak qo‘lidagi papkani stol ustiga qo‘ydi.
— Lee Yeonji. O‘n to‘qqiz yosh. Marketing kompaniyasida ishlaydi. Otasi Lee Group’ning moliyaviy bo‘limida. Oxirgi uch yil davomida—
— Men file’dagi narsalarni o‘qiy olaman, — Yoongi sovuqqonlik bilan uning gapini bo‘ldi.
Xona yana jimlikka cho‘mdi. Erkak sekin bosh egdi.
Yoongi nihoyat ortiga burildi. Uning qoramtir ko‘zlari stol ustidagi papkaga qisqa tushdi
— Ishdan chiqqach odatdagidek bekatda to‘xtadi. Xabarni o‘qigandan keyin xavotirlandi. Ammo hali politsiyaga murojaat qilmagan.
— Qora kartani hamon o‘zi bilan olib yuribdi, janob.
Yoongining Barmoqlari orasidagi zajigalka bir lahza to‘xtadi.
Uning ovozi past eshitildi. Na kulgi bor edi unda, na hayrat. Ammo negadir xonadagi havo og‘irlashgandek tuyuldi.
Yon tomondagi erkak ikkilanib qoldi.
— Janob… bitta oddiy qiz uchun bunchalik—
— Oddiy? — Yoongi asta uning gapini takrorladi.
U sekin stol tomonga yurdi-da, Yeonji surati tushirilgan qog‘ozga tikildi. Bir necha soniya sukut cho‘kdi.
So‘ng Yoongi past ovozda dedi:
— Lee Yeonji hali o‘zi kimlarning e’tiboriga tushganini bilmaydi.
Uy ichi odatdagidan ham tinch edi. Faqat asosiy zal tomondan past ovozdagi suhbat eshitilib turardi.
Yeonji eshikni sekin yopib, yelkasidagi sumkani ehtiyotsizgina ushlagancha ichkariga kirib bordi.
Koridor bo‘ylab yoyilgan iliq yorug‘lik ko‘zlarini biroz qamashtirdi.
Asosiy zalga yaqinlashganida ularni ko‘rdi.
Soobon keng divan qarshisida o‘tirarkan, qo‘lidagi stakanni asta aylantirib nimanidir jiddiy tushuntirayotgandi. Uning ro‘parasida esa Jehua beparvo suyanib o‘tirar, qora ko‘ylagi yenglari tirsagigacha shimirilgan edi.
Yeonji qadamlari bir lahza sekinlashdi. Jehua boshini ko‘tardi.
Ularning nigohlari qisqa to‘qnashdi.
Faqat bir necha soniyaga.
Ammo Yeonji o‘sha sovuq va o‘qib bo‘lmaydigan qarashni juda yaxshi tanirdi. Jehua har doimgidek xotirjam ko‘rinardi, lekin ko‘zlari ortida nimadir yashirin edi — huddiki noaniq tuzilgan tushunarsiz rejalardek.
Soobon nihoyat qizini payqab boshini burdi.
Yeonji ortiqcha gapirmadi.
Jehua esa hanuz unga tikilib turardi. Na tabassum, na salomlashuv. Faqat jim kuzatuv.
Yeonji beparvogina nigohini olib qochdi-da, zinapoya tomonga yurib ketdi. Uning qadamlari sekin uzoqlashar ekan, zal ichidagi og‘ir muhit negadir ortidan ham ergashayotgandek tuyulardi
Yoongining uyi odatdagidek tinch edi. Faqat oshxonadan muz bo‘laklarining stakanga urilish ovozi eshitilib turardi.
Lim-lim etib yonayotgan chiroq nuri stol ustidagi yarim bo‘sh shisha va tartibsiz tashlab qo‘yilgan qadahlarga tushardi.
Seojun stol qarshisida indamay o‘tirarkan, oldidagi stakandagi alkogolni yana sekin bir ko‘tarishda ichib yubordi. Bo‘shab qolgan bir nechta stakanlar allaqachon yon tomonga surib tashlangandi.
Qarshisida turgan Lily unga xavotir bilan tikildi. U har doimgidek tartibli ko‘rinsa ham, nigohlari ichida yashirin hissiyotlar bor ekanligi anniq.
— Yana spirtli ichimlik ichyapsanmi?
Seojun unga qizarib ketgan ko‘zlari bilan qaradi.
Lily chuqur xo‘rsindi.
Bir necha soniya sukut cho‘kdi. Seojun barmoqlari bilan stakan chetini asta aylantirdi.
—Yana nimadur bo'lgan ko'rinadi?
Lily shubha ma'nosida biroz qoshlarini ko'tardi.
— “Hech narsa” deb ichib o‘tiradigan ahvolda ko‘rinmayapsan.
Seojun ko‘zlarini yumib, boshini biroz ortga tashladi. Charchoq yuzidan yaqqol bilinib turardi.
Lily unga ishonmagandek qaradi.
— Seojun… oxirgi paytlarda o‘zingni butunlay yo‘qotib qo‘yyapsan.
Seojun javob bermadi. Xona ichidagi jimlik yanada og‘irlashib ketgandek tuyuldi.
Lily bir muddat sukut saqladi-da, pastroq ovozda gapirdi:
— Baribir Yeonji bilan gaplashib ol. Juda kech bo‘lishidan oldin.
Lily esa sekin bosh chayqadi. Ich-ichidan esa bu holat unga yoqayotgandi. Balki ilk marta Yeonji bilan Seojun orasidagi masofa uning hislariga go'yo imkon berayotgandek edi.
— Bilmayman… bu safar qiyin bo‘ladigandek ko‘rinyapti.
Lily bir lahza ikkilanib qoldi, ammo Seojun ning e'tiborini tortgani unga yoqayotgandek edi.
— Chunki u seni qattiq sevardi. Shunaqa darajada sevgan odamga ozor berish… Yeonji buni shunchaki oddiy qabul qilmagani aniq. Kelishib olishingiz biroz murakkab bo‘lishi mumkin.
Seojun shunchaki jim qoldi. Faqat qo‘lidagi stakanni yanada qattiqroq ushlab qo‘ydi.
Lily unga bir necha soniya tikilib turdi-da, nihoyat chuqur xo‘rsindi.
— Qani, turaqol. O‘z xonangga bor. Agar bundan holatda o‘tirganimizni Yoongi kelib ko‘rib qolsa, ikkimizni ham ishdan bo‘shatib yuboradi, yoki qattiq jazolaydi. Men o‘zim bu yerlarni tartibga solaman.
Seojun og‘ir harakat bilan o‘rnidan turdi. Indamay eshik tomonga yurib, xonadan chiqib ketdi.
Eshik yopilishi bilan Lily stol ustidagi bo‘sh stakanlarni birin-ketin yig‘a boshladi. Lablari chetida esa asta qoniqish aralash tabassum paydo bo‘ldi.
— Seojun… — dedi u past ovozda. — Oxiri baribir menikiga aylanasan.
U Seojun ning labi tekgan stakan chetiga barmoqlarini sekin tekkizdi.
— Seni hech kim mendek kutmaydi sevgilim. Bir kun kelib baribir yonimga qaytasan… va o‘shanda seni hech kim bilan bo‘lishmayman.
Hammomdan chiqqan Yeonji uzun koridor bo‘ylab sekin yurib borar edi. Egnida oq dush xalatini mahkamroq o‘rab olgan, ho‘l sochlaridan mayda tomchilari yelkasiga tushib turardi.
Uy ichi sokin edi, faqat devor soatining past ovozi va uzoqdan eshitilayotgan shamol shovqini bor edi.
Koridorning sovuq yoritilishi uning yuzida xira soyalar qoldirardi.
Yeonji qadamlarini tezlashtirdi, ko‘zlari faqat o‘z xonasi eshigiga qadalgan.
U qarshisidan kimdir kelayotganini sezdi.
Boshini ko‘targan zahoti yuragi bir lahza to‘xtagandek bo‘ldi.
Yeonjining qarshisidan kelayotgan inson Jehua edi.
U xuddi hech qayerga shoshilmayotgandek, sokin qadamlar bilan yaqinlashib kelardi. Qo‘llari beparvo cho‘ntagida, yuzida esa har doimgidek o‘qib bo‘lmaydigan xotirjamlik bor edi.
Yeonji nigohini tezda chetga oldi va fikrlarga cho'mdi.
Yeonji POV:
U bu yerda nima qilyapti yana? Vaqt allaqachon allamahal bo'lganda nega uyimizda? Dadam bilan hamkor degani uyimizda yurishi shart degani emas-ku… Jin ursin, aynan shu kiyimda uni ko‘rmasligim kerak edi. Tezroq xonamga yetib olishim kerak.
Qiz qadamlarini yana tezlashtirdi, U Jehua ni ko‘rmagandek o‘tib ketmoqchi bo‘ldi. Nafasini ichiga yutib, yonidan jim o‘tib ketishga urindi.Lekin shu zahoti…
Jehua bir zumda uning yo‘lini to‘sdi.
Yeonji ortga chekinishga ham ulgurmay qoldi, uning qo‘li bilagiga mahkam yopishdi. Keyingi soniyada esa qiz keskin o‘ziga tortildi.
Yeonjining nafasi bir lahza ichiga tiqilib qoldi.Ularning orasidagi masofa haddan tashqari yaqin edi.
Jehua esa qo‘lini hali ham uning bel qismida ushlab turarkan, sekin bosh egdi.
Lablari chetida odatdagidek ayyorona tabassum paydo bo‘ldi. Uning changaliga tushganini sezgan qiz tezda o'zini ortga tortishga harakat qildi ammo Jehua uni o'ziga yaqinroq tiradi.
— Qo‘rqib ketdingmi? — Jehua past ovozda so‘radi.
Yeonji qoshlarini chimirib, qo‘lini tortib olishga urindi.
Jehuaning nigohi qizning ho‘l sochlaridan asta yuziga tushdi.
— Qiziq… — dedi u sekin. — Meni ko‘rganing zahoti doim qochishga urinasan.
— Chunki seni ko‘rish kayfiyatimni buzadi.
Bu gap Jehua’ni biroz kuldirgandek bo‘ldi. U boshini biroz egib, Yeonji’ga yanada yaqinlashdi.
—seni besh yil davomida sukutda sevganimni bilasan, balki endi yetar?
Yeonji Jehuaning unga nisbatan chuqur hislari haqida bilsada uni besh yil davomida rad etib kelgan edi.
—Xech qachon tushundingmi .... xech qachon senga imkon bermayman.
Jehua ning qo'li sekinlik bilan Yeonjining belidan uni dush xalati boğichiga yo'naltirildi.
Bu harakatdan hayollari chalkashib qolgan Yeonji tezda uni qo'lini olib tashlashga urindi ammo Jehua sekinlik bilan Yeonji ning boğlangan dush xalati boğichini yechdi.
—Seni shunday o'zimniki qilamanki hatto buni qachon boshlaganimni ham sezmay ham qolasan.
Sekinlik bilan yechilgan boğichlardan so'ng oq dush xalatini oldi qismini endigina ochmoqchi bo'lgan Jehua ning qo'llarini Yeonji tezda to'sdi.
—Dadam bilan biznes hamkorsiz degani, mening tanamga ham teginishga haqqingiz bor degani emas.
Tezda o'zini ortga tortgan Yeonji tanasidagi kiymini qattiqroq qisgancha o'zini ximoya qilishga urindi.
—Agar xoziroq bu yerdan ketmasangiz, baqirib bo'lsa ham bu uydagi barcha insonlarni chaqiraman.
Qizning o'zini himoya qilishga dağ-dağ qaltirab harakat qilayotgan zaifligi Jehua ga o'zgacha zavq hissini berardi ammo sekinlik bilan bir qadam ortga chekingan Jehua o'tkir nigohlardan so'ng Kalidor bo'ylab shahvoniy tabassum bilan uyni ham tark etdi.
𝑆ℎ𝑢 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑛 𝑏𝑖𝑟𝑔𝑎𝑙𝑖𝑘𝑑𝑎 𝑅𝑒𝑡𝑟𝑖𝑏𝑢𝑡𝑖𝑜𝑛 𝑓𝑎𝑛𝑓𝑖𝑔𝑖𝑛𝑖𝑛𝑔 1 𝑐ℎ𝑖 𝑞𝑖𝑠𝑚𝑖 𝑜'𝑧 𝑛𝑖𝑥𝑜𝑦𝑎𝑡𝑖𝑔𝑎 𝑦𝑒𝑡𝑑𝑖. 𝑇𝑒𝑧 𝑜𝑟𝑎𝑑𝑎 𝑘𝑒𝑦𝑖𝑛𝑔𝑖 𝑞𝑖𝑠𝑚𝑙𝑎𝑟𝑖𝑛𝑖 ℎ𝑎𝑚 𝑐ℎ𝑖𝑞𝑎𝑟𝑖𝑠ℎ𝑔𝑎 ℎ𝑎𝑟𝑎𝑘𝑎𝑡 𝑞𝑖𝑙𝑎𝑚𝑎𝑛