𝑹𝒆𝒕𝒓𝒊𝒃𝒖𝒕𝒊𝒐𝒏
Yoongi stol ustidagi qalin hujjatlarni keskin harakat bilan uloqtirdi. Qog‘ozlar sirg‘alib borib, qoramtir yog‘och stol bo‘ylab sochilib ketdi.
Xona ichida faqat Yoongining og‘ir nafasi eshitilib turardi.
U qarshisida boshini egib turgan erkakka sovuq nigoh tashladi. Jag‘lari qattiq taranglashgan edi.
uning ovozi biroz past chiqsa ham, xona ichini butunlay muzlatib yubordi. — Uni qanday qilib ko‘zdan chiqardingiz o'zi?
Qarshisidagi erkak boshini yanada pastroq egdi.
— Janob… biz mashinani kuzatayotgan edik va Hammasi reja bo‘yicha ketayotgandi, Lekin....
Yoongi birdan stolga musht tushirdi. Shovqin xona devorlariga urilib qaytdi.
Xona ichidagi boshqa erkaklar ham indamay qotib turishardi. Hech kim hatto nafasini baland olishga jur’at qilolmasdi chunki deyarli So'ngi 1 yil ichida umuman Yoongi ning ishi bo'yicha va mahsulotlarni chet elga yetkazishda umuman muammo bo'lmagan.
Yoongi ning qo'lida ishlaydigan barcha odamlar esa Yoongini hali bunchalik asabiy ko'rmagan edi.
Yoongi sekin boshini burib, oynadan tashqaridagi qorong‘i shaharga qaradi.
Bugungi yuk oddiy yuk emas edi.
Tungi port orqali chet elga chiqarilishi kerak bo‘lgan qora dorilar allaqachon yo‘qolgan, transport esa noma’lum odamlar tomonidan yo‘lda to‘xtatilgandi.
Eng yomoni — bu ish ichkaridagi ma’lumotlarsiz amalga oshishi mumkin emas edi.
Demak, kimdir uning imperiyasiga qo‘l tekkizishga jur’at qilgan.
Yoongining nigohi sekin qorayib bordi.
U bir necha soniya indamay turdi. Xuddi xayolida kimningdir yuzini eslashga urinayotgandek.
— Menga qarshi chiqishga jur’at qilgan dushmanlarim allaqachon bu ishlarni tashlagan yoki yo'q bo'lib ketganiga ancha bo'ldi..., — dedi u nihoyat past ovozda.
— Qolganlari esa noqonuniy ishlarga aralashishni to‘xtatgan.
Xona ichi yanada jimlikga burkandi. Yoongi asta boshini ko‘tardi. Nigohi bu safar ancha qo'rqinchliroq edi.
— Demak…dushmanlarimdan biri qaytgan.
Panjarasimon ulkan oynalar ortidan ko‘rinayotgan manzara sovuq va chuqur edi.
Jehua divan suyanchig‘iga yelkasini tashlagancha, qo‘lidagi qadahni sekin aylantirib o‘tirardi. Xona ichida past jazz musiqasi yangrar, stol ustidagi yarim ochiq hujjatlar esa hali ham tartibsiz holda yotardi.
Uning qarshisida turgan erkak ehtiyotkor ohangda gap boshladi.
— Transport muvaffaqiyatli to‘xtatildi. Yo‘ldagi odamlarimiz ham muammoni tozalab bo‘lishdi.
Jehua qadahdagi muz bo‘laklarining ovozini bir necha soniya jim eshitib turdi
Go‘yo bu xabar uni umuman hayratlantirmagandek.
— Hozircha kim qilganini bilmaydi. Ichkaridan odam bor deb o‘ylayapti.
Qarshisidagi erkak indamay qoldi. Jehua esa nigohini yoruğ oynaga qaratgancha davom etdi.
Uning ovozi sokin edi, ammo ichida eski adovatning sovuq izi sezilib turardi.
— Ammo Yoongi bitta narsani hech qachon tushunmagan… — Jehua sekin qadahni stolga qo‘ydi.
— Eng katta zarba doim eng yaqin joydan keladi.
Jehua ning qarshisida turgan erkak yana gap boshladi
U sekin telefoniga nigoh tashladi. Ekranda ochiq qolgan surat bir lahza ko‘zlariga tashlandi.
Jehua nigohi bir necha soniya suratda qotib qoldi.
Keyin esa u sekin kulib qo‘ydi.
Bu urush endi unga yanada qiziq tuyulayotgandi.
Tonggi sovuq havo hali ham tarqalmagandi. Yoongi uyining tashqarisida to‘xtab turgan qora mashina ustiga mayda namlik cho‘kkan, ko‘chalar esa deyarli bo‘m-bo‘sh edi.
Seojun mashina yoniga suyangancha sigaret tutatib turardi. Tun bo‘yi uxlamagani yuzidan ma'lum edi.
"Seojun- Yoongining eng ishonchli mashina haydovchisi. Yoongi unga deyarli 3 yil davomida bu ish borasida ishonib kelgan inson"
U oxiri sabri tugagandek telefonini olgancha, Yeonjining raqamini terdi.
Yeonjining ovozida uyqusiragani va hali ham sovuqonligi bilinib turardi.
Seojun ko‘zlarini uning ovozini eshitishi bilan sekin yumdi.
— Kechadan beri senga qo‘ng‘iroq qilyapman Yeonji.
— Ko‘rdim.
— Shunchaki gaplashishni hohlamadim.
Seojunning jag‘i taranglashdi. Sigaretni yerga tashlab, oyoq uchida ezdi.
— Yeonji, bunaqa yurishdan foyda yo‘q. Baribir gaplashishimizga to‘g‘ri keladi.
Qizning kulgiga o‘xshamagan qisqa nafasi eshitildi.
— “Biz” degan narsaning o‘zi qolmagan bo‘lsa-chi
Seojun bir lahza indamay qoldi.
Xuddi nima deyishini bilmay qolgandek.
— Men shunchaki seni ko‘rmoqchiman Yeonjiym.
Va qo‘ng‘iroq uzildi.
Seojun telefon ekraniga bir necha soniya tikilib qoldi. Shu payt hovli tomondan qadam tovushi eshitildi.
Yoongi tashqariga chiqib kelayotgandi.
U Seojun yonidan o‘tarkan, qo‘ng‘iroqning oxirgi soniyalarida aytilgan ism qulog‘iga chalinib ulgurgandi.
"Yeonji"
Yoongining qadami sekinlashdi.
Kechagi surat xayolidan bir lahza o‘tdi. Ammo keyingi soniyada o‘zini aldashga harakat qildi, hozir uning asosiy muammosi bu emasligi sababli o'zi chalğitishga harakat qildi.
"Yeonji ismli qiz bu katta shaxarda bitta emasku" -bu so'z uning hayollarida taskin maʼnosida aylandi
U boshqa hech narsa demay mashina tomon yurishda davom etdi. Bugun uning xayolini band qilayotgan narsa faqatgina hozirgi Biznesidagi muammo edi holos.
Yeonji karavot chetida sukunatda o‘tirarkan, qo‘lidagi telefon ekraniga uzoq tikilib qoldi. Xona ichiga tonggi oqarib kirayotgan yorug‘lik tushsa ham, uning kayfiyati hanuz tundek og‘ir edi.
Ekrandagi oxirgi qo‘ng‘iroq hali ham o‘chirilmagandi: Seojun.
Qiz sekin chuqur xo‘rsindi-da, telefonni yoniga qo‘ydi.
Balki… bugun bunaqa qilmasligim kerak edi.
Bu fikr xayoliga kelishi bilan Yeonji qoshlarini chimirdi. Axir bugun oddiy kun emasdi.Seojunning tug‘ilgan kuni.
U ko‘zlarini yumib, boshini devorga suyadi. Bir necha soniya sukutda o‘tirib qoldi.
Qanchalik uni jahli chiqmasin… qancha xafa bo‘lmasin… Seojun bilan o‘tgan xotiralarini birdan yo‘qotib yubora olmasligini yaxshi bilardi.Yeonji asta o‘rnidan turdi.
Bir muddat javon oldida jim turgach, pastki tortmadan eski suratlar solingan qutini chiqardi.
Quti ochilishi bilan mayin qog‘oz hidiga aralash eski xotiralar ham go‘yo bir zumda qaytgandek bo‘ldi.
Tasodifan tushib qolgan va tabbasum aralash gʻaroyib xotiraga to'la suratlar.Orqasiga yozilgan mayda yozuvlar.
Yeonji barmoqlari bilan rasmlarni sekin aylantirib chiqarkan, lablari chetida juda bilinarsiz tabassum paydo bo‘ldi. So‘ng u yonidagi kerakli jihozlarni o‘ziga tortdi.
Va asta-sekin Seojun uchun sovg‘a tayyorlashni boshladi.
Bu oddiy sovg‘a emas - Ularning xotiralarini yiğgan kichik bir dunyo edi.
Kuz havosi sovuq edi. Oqartirilgan osmon ostida shahar odatdagidan tinchroq ko‘rinardi.
Yeonji esa qo‘lidagi och kulrang qutini ehtiyotkor ushlagancha Seojun uyi oldida turardi.
Qo'lida biroz titroq bo'lsada ammo ich ichidan uni ko'rishni istayotgandi
Yeonji bir necha soniya eshikka tikilib turdi-da, nihoyat qo‘ng‘iroqni bosdi.Ichkaridan hech qanday ovoz kelmadi. Yeonji yana bir marotaba qo'nğiroqni chaldi ammo yana sukunat, U yana bir necha marta urinib ko'rdi ammo uy hanuz jim-jit edi.
Yeonji asta chuqur xo‘rsinib, bir qadam ortga chekindi.
— Balki yana ish joyida qolgandir? Bazan ishxonasining o'zida qolishini aytgandi ammo aynan qanday ishda ishlashini ham qayerda ishlashini ham mendan negadur doim sir tutgan....qiziq?
Seojun ba’zan ish joyi o'zida qolib ketardi. Ayniqsa kayfiyati yomon paytlarda. Yeonji buni yaxshi bilardi.Qiz bir necha soniya ikkilanib turdi-da, oxiri qo‘shni uy eshigi tomonga yurdi.
Oradan ko‘p o‘tmay u qo‘lidagi qog‘ozga yozilgan manzilga qarab turardi. Manzil butunlay notanish edi ammo baribir taksiga o‘tirdi.
Yo‘l davomida esa barmoqlari beixtiyor sovg‘a qutisi chetini silab turardi.
Go‘yo ichidagi narsalar ezilib ketishidan qo‘rqayotgandek.
Mashina nihoyat baland qora darvozali uy qarshisida to‘xtadi.
Yeonji oynadan tashqariga qarab, qoshlarini sekin chimirdi.
Uy g‘alati darajada sovuq taassurot qoldirardi.
Qiz asta mashinadan tushdi.
Bir necha soniya ikkilanib turgach, nihoyat eshik qo‘ng‘irog‘ini bosdi.
Ichkaridan qadam tovushlari eshitildi. Yeonji katta umidlar bilan Seojun ni ko'rishni hohlardi ammo Eshik ochilishi bilan Yeonji Qarshisida notanish qiz turganini ko'rdi va bu -Lily edi.
U Yeonjiga boshdan oyoq bir nazar tashladi. Oqartirilgan yuz, qo‘lidagi quti va ko‘zlari ichidagi ikkilanish Lily nazaridan chetda qolmadi.
Yeonji noqulay holda qutini ikki qo‘li orasida ushladi.
Lilyning nigohi bir lahza qutiga tushdi.Ichida allaqachon yoqimsiz hissiyot uyg‘onayotgandi.
Ammo tashqaridan u xotirjam ko‘rinishda davom etdi.
— Siz… Lee Yeonjimisiz?
Yeonji biroz hayron bo‘lib bosh irg‘adi.
Lily bir necha soniya jim qoldi.
-Demak shu qiz.
Seojun mast bo‘lib ismini qayta-qayta aytadigan qiz.
Nigohi beixtiyor Yeonjining qo‘lidagi qutiga qaytdi.
Va negadir ichida tushunarsiz rashk asta ko‘tarila boshladi.
— Seojun hozir bu yerda emas, — dedi u nihoyat. — U janob Yoongi bilan chiqib ketdi.
Yeonji ismga unchalik e’tibor bermadi. Hozir xayoli butunlay boshqa joyda edi.
Qizning ovozida sezilarli tushkunlik bor edi ahir u rostan ham Seojun ni ko'rishni istagandi.
Bir necha soniya noqulay hissi cho‘kdi.
Yeonji ortiga qaytib ketishni o‘yladi. Ammo keyin qo‘lidagi qutiga qarab, sekin labini tishladi.
Buni tashlab ketishi kerakmidi? Yoki yo‘qmi?
U uzoq ikkilanib turdi.
So‘ng nihoyat qutini Lily tomonga uzatdi.
— Unda… iltimos, buni Seojunga berib qo‘ya olasizmi?
Lily qutini olayotganda nigohi yana Yeonjining yuzida to‘xtadi.
Qizning ko‘zlari ichida hali ham Seojunga nisbatan qolib ketgan hislar juda aniq bilinib turardi.
Va aynan shu narsa Lilyga yoqmadi.
Ammo u buni yana yashirdi.
Lablariga muloyim tabassum chiqardi.
— Albatta. O‘zim berib qo'yaman.
Yeonji yengil bosh irg‘adi.
Va sekin ortiga burilib ketdi.
Lily esa eshik oldida qotib qolgancha uning ortidan uzoq qarab turdi.
Qo‘lidagi quti esa negadir birdan juda og‘irlashib ketgandek tuyulayotgandi chunki bu quti ichidagi suratlar va chuqur hislar uni sevgan insonini tortib olayotgandek edi.
Eshik yopilishi bilan uy ichi yana o'z jimligiga qaytdi.
Faqat Lily qo‘lidagi qutiga tikilgancha bir necha soniya qimirlamay turib qoldi.
Koridor oynalaridan tushayotgan xira yorug‘lik quti chetlariga urilar, uy ichidagi sovuq sukunat esa negadir uning ichidagi hissiyotlarni battar kuchaytirayotgandi.
Nihoyat u sekin ichkariga yurdi.
Qadam tovushlari keng uy ichida past aks sado berardi.
Lily qutini oshxona stoliga qo‘yib, bir necha soniya unga shunchaki tikilib turdi.
Ochmasligi kerak edi.
Bu birovning shaxsiy mulki edi.
Ammo baribir ichidagi qiziqish va rashk undan kuchliroq chiqdi.
U sekin quti qopqog‘ini ochdi.
Quti ichida birinchi bo'lib avval suratlar ko‘rindi.
Lily barmoqlari bilan ulardan birini ehtiyotkor olib chiqdi.
Suratda Yeonji va Seojun kulib turishardi.Oddiy surat ammo bu Lilyga yoqmadi.
Keyingi surat.
Yana ular birga, yana yaqin va baxtli.
Lilyning barmoqlari surat chetlarini asta qattiqroq qisdi.
U beixtiyor boshqa narsalarni ham titkilay boshladi.
Mayda yozuvlar, qo‘lda yozilgan xatlar va eslab qolingan sanalar.
Bularning hammasi Yeonjining Seojunni qanchalik yaxshi ko‘rganini ko‘rsatib turardi.
Va eng yomoni — Seojun ham bu xotiralarda chinakam baxtli ko‘rinardi.
Lily bir necha soniya jim qoldi. So‘ng quti ichidan yana bitta surat chiqdi.
Bu safar ular judayam yonma-yon o‘tirgan, Seojun esa kameraga emas, Yeonjiga qarab kulayotgandi
Surat ortiga esa mayda yozuv tushirilgan edi.
> “Bir kun kelib balki hammasi o‘zgarar. Balki bir-birimizdan uzoqlasharmiz. Ammo seni ko‘rganimdagi eng oddiy lahzalar ham men uchun eng chiroyli xotira bo‘lib qoladi.”
Lily yozuvni qayta o‘qidi.
Yana va Yana so'ng ichida nimadir asta qorayib bordi.
U past ovozda kulib qo‘ydi. Ammo bu kulgida alam bor edi.
Axir Seojun hech qachon unga bunaqa qaramagandi.
Hech qachon unga bunaqa yozmagan.
Hech qachon uni bunaqa sevmagan.
Lily nigohini yana suratga tushirdi.Yeonjining tabassumi ko‘ziga haddan tashqari “mukammal” ko‘rinayotgandi.
Lily ni birdan jahli chiqib ketdi. U suratni ikki qo‘li orasida bukib, yirtib tashlamoqchi bo‘ldi.
Ammo aynan shu payt old eshik ochildi.
Lily seskanib ketdi.
Qadam tovushlari yaqinlashardi.
U darhol barcha suratlarni yig‘ishtirib, qutini yopdi.
Qora palto yelkasida, nigohi esa odatdagidanda sovuq bo'lgan Yoongi unga qisqa qarab qo‘ydi.
Lily yuragi tezlashganini yashirishga urinib, darhol o‘zini tutib oldi.
—Bu yerda nima qilayabsan, bu nima?
— Hech narsa, janob. Shunchaki stolni tartibga solayotgandim.
-Xonamga achchiq qaxva olib kir hozir miyam otilib ketgudek oğriyabdi.
Lily tezda boshini chayqagancha javob berdi.
Yoongi bunga ortiqcha e’tibor bermadi.Telefoni allaqachon qulog‘ida edi.
U zinadan yuqoriga ko‘tarila boshlarkan, sovuq ohangda gapirdi:
— Jinni bo'ldingizmi? Boshqa muammo larimga chalğidim degani Lee Yeonji ni kuzatishni to'xtating degani emasku? U qayerda ekanligidan ham xabaringiz yo'qmi?.... Jin ursin hammangizni
— Bir qizni nazorat qilish shunchalik qiyin bo‘lib qoldimi sizlarga?
Lilyning qo‘llari bir lahza qotib qoldi. Nigohi sekin quti tomonga tushdi. Keyin yana Yoongi ortidan qaradi.
Miyasida nimadir asta ulanayotgandi.
Yoongi.
Yeonji.
Seojun.
Va uning qo‘lidagi suratlar.
Birdan uning ichida yangi fikr paydo bo‘ldi.
Agar Yoongi bu rasmlarni ko‘rsa va Seojun va Yeonji orasidagi yaqinlikni bilsa…Yoongi Yeonjini tirik qo'ymasligi anniq
Lily sekin lab chetida ayyor tabassum paydo bo‘lishini his qildi.
-Yo‘q lily...men bu narsalarni yo‘q qilishga shoshilmasligim kerakga o'xshaydi
Balki… ular hali unga juda kerak bo‘lar ammo bunga hali vaqt bor.... Yeonji xonim ishonaver O'z daxshatli kunlaringni o'zing tilab olding, Yoongi Janoblariga xiyonat qilish nima oqibatlarga olib kelishi ko'rsatib qo'yaman senga....va o'zim.... Seojun bilan baxtli bo'laman.
Ğaraz niyatlar ketidan O'z maqsadlari haqida o'ylayotgan Lily shaytoniy tabbasum ketidan qutini shaxsiy javob ichiga yashirish orqali kichik kalit yordamida qulflab qo'ydi.
𝑆ℎ𝑢 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑛 𝑏𝑖𝑟𝑔𝑎𝑙𝑖𝑘𝑑𝑎 𝑅𝑒𝑡𝑟𝑖𝑏𝑢𝑡𝑖𝑜𝑛 𝑓𝑎𝑛𝑓𝑖𝑔𝑖𝑛𝑖𝑛𝑔 2 𝑐ℎ𝑖 𝑞𝑖𝑠𝑚𝑖 𝑜'𝑧 𝑛𝑖𝑥𝑜𝑦𝑎𝑡𝑖𝑔𝑎 𝑦𝑒𝑡𝑑𝑖. 𝑇𝑒𝑧 𝑜𝑟𝑎𝑑𝑎 𝑘𝑒𝑦𝑖𝑛𝑔𝑖 𝑞𝑖𝑠𝑚𝑙𝑎𝑟𝑖𝑛𝑖 ℎ𝑎𝑚 𝑐ℎ𝑖𝑞𝑎𝑟𝑖𝑠ℎ𝑔𝑎 ℎ𝑎𝑟𝑎𝑘𝑎𝑡 𝑞𝑖𝑙𝑎𝑚𝑎𝑛.