Today

Dark wishes

Ep1

Author:Nari

~Tanishtiruv~

Yeon So 22 yoshda
Koreyaning eng mashhur kpop guruhi Blackpinkning aʼzosi. Ota-onasi vafot etgan. Faqat singlisi bor.

So Nari 20 yoshda
Yeon Soning singlisi. Yakudza mafia guruhining yetakchilaridan. Shafqatsiz va qatʼiyatli.

Taehyung 31 yoshda
Koreyaning eng mashhur kpop guruhidan biri boʻlgan BTS ning aʼzosi. Otasi bor, onasi vafot etgan, singlisi bor.Qoʻshiq aytish unga shunchaki niqob uchun kerak va u aslida Koreyaning taniqli mafialarinig Ceosi edi.

Kim Alaya 19 yoshda
Taehyungning singlisi. Bizneslady, va u oʻz ishining ustasi, har sohada ustasi farang boshliq, ayniqsa mafia olamida dongʻi ketgan shaxs hisoblanadi.

Namjoon 29 yoshda
Taehyungning ishongan doʻsti.
Ota-onasi yoʻq. Oilada yolgʻiz farzand. Asosan qora dori hamda yosh qizlar savdosi bilan shugʻullandi.

2024- yilning bahor fasli kelishi bilanoq, Koreyada barcha qoʻshiqchilar uchun taʼtil eʼlon qilindi. Barcha kpoperlar uchun chet elda oromgoh tashkil etiladigan boʻldi.
Tabiiyki bundan koʻpchilik mamnun boʻldi, chunki barcha harajatlar davlat hodimlari tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi maʼlum qilindi.

~Eshitdingmi, bu yilgi taʼtil avvalgilardan nimasi bilan farq qilishini?

~Yoʻq. Hoʻsh nimasi bilan ekan. Menimcha unchalik farq qilmasa kerak. Har doimgidek keraksiz chiqimlar talaygina.

~Adashasan. Bu yil barcha sarf harajatlarni shaxsan davlatimiz amaldorlari qoplab berishni vaʼda qilishdi.

~Nahotki, bunga ishonish qiyin!!

~Gap sotishni bas qil va yuklaringni tayyorla, tagʻin shunday qulay va tekin boʻlgan imkoniyatdan bebahra qolmaylik.

Barcha kpop guruh aʼzolari Fransiyaning Parij shahriga taʼtil uchun yuboriladigan boʻlishdi. Barcha hech ikkilanmay rozi boʻldi, tabiiyki Yeon So ham ammo u bilmasdiki uni hali oldinda nimalar kutayotganini. Ular oʻzlari uchun band qilingan bizness class reyisiga chiqishdi. Aynan ana shu yerda Taehyung va Yeon So ilk bora toʻqnash kelishdi. Aniqrogʻi Yeon Soga Taehyung turtilib ketdi va
unga baqirdi.

~Yoʻlinga qaramaysanmi yoki koʻzing koʻrmi nima balo? -dedi Taehyung gʻazab bilan.

~Nima? Axir sen oʻzing menga kelib urildingku! Ahmoq!

~Ahmoq?

~Ha huddi shunday! Takabbur telba!!- dedi Yeon So gʻazablanib

~Yana bir marta menga halaqit qilsang, seni ayab oʻtirmayman -dedi jiddiy ohangda.

~hmhm koʻramiz-Yeon So ensa qotirib yurishda davom etdi.

Yeon So *pov* Nega u bunchalik kelishgan va qoʻpol? Nimalar haqida oʻylayotganimga qaranga. Kelishgan emish, u gʻirt toʻnka. Ha u aniq toʻnka. Agar unday boʻlmaganida, menga oʻzi urilib kamiga qoʻrslik qilarmidi? Yeon So tinchlan, sen taʼtilga kelgansan asabingni buzma yana oʻsha toʻnka uchun-a hech qachon- deya hayolan oʻzi bilan oʻzi suhbatlashdi va samalyot oʻrindigʻlaridan biriga borib oʻtirdi.

Sumkasidan quloqchinini va achkisini olib taqib oldi va oʻzi kuylagan qoʻshigʻi "like jennie" ni eshitishni boshladi, oradan 10 daqiqa oʻtib, samaliyot parvozni amalga oshirishga shayligini va kamarlarini taqishni aytib ogohlantirish berishdi. Shu tariqa naqd 12 soat deganda ular Parij shahriga yetib kelishdi.
Ularni shaxsan Prezidentning kotibi kutib oldi va

~Salom. Barchangiz hush kelibsiz mehmonxonalarimiz sizning xizmatingizga muntazir. Marhamat- deya yoʻl koʻrsatdi.

Bu Parijning eng hashamatli 5 yulduzli mehmonxonalaridan biri boʻlib, unda har kim ham
istiqomat qila olmasdi.

~Barcha mehmonlarni oʻz xonalariga kuzatib oʻqying-dedi ish boshqaruvchi, keng tabbasum bilan.
Baxtga qarshi Yeon Soning xonasi bilan Taehyungniki yonma yon ekan. Buni koʻrgan Yeon Soning ensasi qotdi.

~Bitta shu kam edi, endi shu toʻnka bilan qoʻshni boʻlish ham taqdirimda bor ekan ufffff -dedi oʻziga oʻzi.

Taehyung esa hatto buni payqamadi ham.

Yeon So xonaga kirib u yerni qanchalik hashamatli va did bilan bezatilganini koʻrib hayratlandi. Keyin javoni ochib ichiga kiymlarini joylashni boshladi va toʻsatdan telefonni jiringlab qoldi va ekranda Nari❤️ yozuvi koʻrindi.

~Allo eshitaman Nari-dedi u.

~Opajon yaxshi yetib oldingizmi, Parisning havosi sizga yomon taʼsir qilganga oʻxshaydi nega ovozingiz boshqacha?

~Soʻrama. Bir toʻnka asabmni buzdi, oʻzi birinchi menga urilib ketib yana menga baqirdi, ahmoq.

~Voy opa kim ekan u?

~Tanimayman.Hoʻsh oʻzingdan gapir yaxshimisan bir oʻzng mensiz zerikmayabsanmi?

~Ha men yaxshiman. Zerikishga vaqtim yoʻq opa ishga borishim kerak, sizdan havotir olganim uchun qoʻngʻiroq qilgandim. Bilasiz boshligʻim ham safarga ketgan, hozir barcha ishlar mening zimamda desam ham boʻladi.

~Nega aynan shu kasbni tanlagansan-a, hech tushunmayman. Seni hayoting doimo xavf ostida ekanini bila turib qanday qilib miriqib dam olishim mumkin axir?

~Opa bilasizki men oʻzimni xafa qildirib qoʻymaymam. Mendan xavotirlanmasdan mazza qilib dam oling endi.

~Yaxshi. Faqat ehtiyot boʻlgin!-dedi Yeon So va qoʻngʻiroq yakuniga yetdi.

~Hoʻp-dedi Nari va qoʻngʻiroq yakuniga yetdi.

Keyin Nari tezda kiyinishni boshladi.

Shu payt Nariga qoʻngʻiroq boʻldi.

~Nari bugun senga 2 ta muhim vazifa bor. Ikkalasi ham qarzlar bilan bogʻliq, ulardan yo pulini yo jonini ol, shavqat qilma!-dedi Taehyung hech ikkilanmasdan.

~Chunarli boshliq -dedi Nari qisqagina.

~Ha aytgancha. Qora dori savdosi bilan muammolar yuzaga kelmoqda, chegarada mollarni ushlab qolishibdi. Nima qilishni bilmay qoldim.

~Ashsh, yaxshi, oʻzim chegarachilar bilan shartnoma tuzaman, sen esa ularni bexavotir egalariga topshirilishini taʼminlaysan.

~Hop janob.

Qoʻngiroq yakunlandi.

~Mashinalarni tayyorlang-deya qatʼiy buyruq berdi Nari.

Shu mahal uning orqasidan kelayotgan inson qadamlari, uning eʼtiborini tortdi va oʻsha qadam sohibiga qarab hayron qoldi, chunki oʻsha kelayotgan inson bir vaqtning oʻzida ham Taehyungning singlisi, ham uning eng yaqin dugonasiAlaya edi.

~Oʻ kimlarni koʻryabaman men. Hush kelibsiz qirolichamiz-dedi Nari kulgi aralash tazim qilib.

~Hush koʻrdik, dugonajon, men ham seni sogʻindim-dedi u ham Nariga tazim qilib.

Ularning ikkisi ham kulib yuborishdi va quchoqlashishdi.

~Qayerga ketyabsan? -dedi Alaya.

~Taehyungdan qarz olgan odamlardan qarzni qaytarib olish uchun.

~Oʻzi anchadan beri zerikib ketgandim, senga oʻzim yordam beraman - dedi labida gʻayritabiiy tabassum bilan Alaya.

~Honim mashinalar tayyor-dedi hizmatchi.

~Unda qarzdorlarni kuturib qoʻymaylik - dedi Nari kulib.

1-episod tugadi. Fikr va reaksiya kutaman.