June 3

Soft love

"Life is more interesting with love"

Author: Nari

2003-yilning yozida Janubiy Koreya honadonlarining birida goʻzal bir qizaloq dunyoga keldi, uning ismini Nari deb qoʻyishdi. Uning oilasi oʻrta hol edi. Otasi u tugʻilishidan 5 oy avval vafot etgandi. Onasi Miso yolgʻiz oʻzi boʻlishiga qaramasdan uni yaxshilab parvarish qildi, boshqalardan kam qilmadi. U juda ham aqlli va odobli qiz edi. Buni payqagan Miso uni ingliz tili kursiga yozdirib qoʻyadi. Nari kunlardan bir kun repetitorda yangi oʻquvchi yigit yani Jungkook bilan tanishib qoldi va u bilan maqsadlar oʻxshash boʻlgani uchun birga dars qilishadigan boʻlishdi. Jungkook 2002-yilda tugʻilgan.U judayam badavlat Ceoning yagona merosxoʻri edi. Shu sababdan ham unga juda koʻplab qizlar suykalishardi. Ammo Jk allaqachon Naridan boshqasini koʻzi koʻrmaydigan darajaga yetib kelgandi garchi buni oʻzi rad etsa ham.

Nari💋

Oradan yillar oʻtdi. Hozir Nari va Jk oʻzlari bir paytlar orzu qilgan Seoulning nufuzli universitetlaridan birida bitiruvchi kursda tahsil olmoqdalar. Uning hozirda doʻstlari koʻp emas, ammo ular Narini juda yaxshi koʻrishadi va qoʻllab quvvatlashadi. Ularning ismlari: Alaya va Namjoon, ular ham Nari bilan tengdosh. Namjoon va Alaya bir birlarini 2-kursda sevib qolib , oila qurishgan, hattoki Alaya homilador.
Jungkook esa Narini yashirincha sevib qolgan, lekin ular doʻst boʻlishgani uchun buni 5 yildan beri ayta olmaydi.

Jk pov* "Men seni sevib qolganga oʻxshayman, lekin bu sevgini qachon boshlangani va qanday boshlanganini sezmay qolibman."

Nixoyat Jungkook oʻz qarorini Namjoon va Alayaga aytdi va ulardan Nari uchun sevgi izhor qilishida yordam berishlarini soʻradi. Buni eshitgan juftlik bir vaqtning oʻzida ham hayron qolishdi, ham hursand boʻlishdi.

~Nahotki senga Nari yoqadimi? -dedi Namjoon.

~Uni sevishimni oʻzim ham endi yaxshiroq tushunyabman, uni boshqa bolalar bilan koʻrsam jahlim chiqayabdi -dedi Jk.

~Menimcha sen uni rashk qilyapsan-dedi Alaya.

Jk ha degandek bosh chayqadi. Ular kelishib olishdi bitiruv oqshomida Jungkook Nariga marry me qiladigan boʻldi.

~ Senga oʻzim yordam beraman Jk sen havotir olma -dedi Alaya.

~Raxmat senga ishonaman -dedi Jk.

Oradan kunlar oʻtdi nixoyat kutilgan kun 25-may ham keldi, erta tongdan Alaya buyurtma berilgan kafega yetib keldi va u yerni shaxsan oʻzi qanday bezaklar bilan bezatishni aytib turdi. Xona sharlar bilan juda nafis qilib bezatildi.

Alaya ❤️

Keyin Alaya universitet tomon yoʻl oldi u universitetdan diplomini qoʻlga oldi va Nari bilan rasmga tushishdi.

Besties❤️‍🔥
Alaya bezatgan xona

Alaya Narini olib yana oʻsha kafega kelishdi. Nari xonani koʻrib hayron boʻldi.

~Nima uchun xona haddan tashqari koʻp bezaklar bilan toʻla? -dedi Nari.

~Axir umrimizda bir martagina bu universitetni bitiramizku shu sababli, buni nishonlash kerak deb oʻylayman - dedi Alaya.

~Toʻgʻri aytasan, lekin Jk bilan Namjoon qayerda -dedi Nari.

~Ular birozdan soʻng kelisharkan -dedi Alaya.

Toʻsatdan xona chiroqlari oʻchib qoldi va eshik tarafdan nur tushayotganini payqagan Nari eshik tomon borib uni ochdi va hayratdan qotib qoldi. Chunki u yerda Jungkook will you marry me yozuvi tushirilgan gulni ishlab tiz choʻkkan holda turardi.

~Menga sen yoqasan Nari iltimos menga turmushga chiq, men seni sevaman -dedi Jk.

~Men haligi..... -deya shoshib qoldi Nari.

~Menga ishon seni dunyodagi eng baxtli ayol qilaman -dedi Jk.

~Men....roziman -dedi Nari.

Buni eshitgan barcha hursand boʻlib ketdi ayniqsa Jk hozir dunyoda undan ham baxtliroq inson yoʻq edi, sevgilisi uni rad etmaganidan mamnun boʻlib, u sevgilisining qoʻliga uzuk taqib, uning qoʻllarini yengilgina oʻpib qoʻydi. Buni koʻrgan Alaya erini biroz turtib qoʻydi huddi sen ham undan oʻrgan degandek. Shu payt ofitsant qoʻlida qizi atirgullar bilan kirib keldi va Namjoon ham oʻz rafiqasiga guldasta berish barobarida unga sevgi izhorasink qildi.

~Voy kutmagandim azizim -dedi Alaya hursand boʻlib. Chunki qizil atirgul uning eng sevimli gullari edi.

(tiz choʻkkan db tasavvur qilila)

~Qani endi birga buni nishonlaylik, kelinglar -dedi Alaya.

Ular qoʻshaloq baxtdan sarmast holda taomlanishdi va uylariga ketishdi. Nari oyisiga bugungi boʻlgan barcha narsalar haqida aytib berdi. Onasining koʻzlari yoshlandi va uni quchoqlab,

~Mening kichkintoyim katta qiz boʻlib qolibdida-dedi va unga baxt tiladi.

Oradan bir hafta oʻtar-oʻtmas ularning toʻylari uchun harakatni boshlab yuborishdi. Jk boy badavlat oiladan boʻlgani uchun ham toʻyga ancha muncha tayyorgarlik koʻrildi. Jk Naridan atiga 1 yosh katta edi. Jkning oilasi uning bu qarorini hurmat qilgan holda unga yordamlashishdi. Jkning otasi mashhur biznesmen boʻlgani uchun toʻy xona ularga tekinga beriladigan boʻldi. Toʻy kuni Jkning onasi Nariga baxt tilagan holda tilla uzukni uning barmogʻiga taqib qoʻydi. Va

~Hush kelibsan oilamizga qizim -deya qizni quchoqlab oldi.

~Rahmat xonim-dedi Nari

~Menga xonim emas, oyi deb murojaat qilaver-dedi Jeon xonim.

~Hop oyijon -dedi Nari tabassum bilan.

Ular chiroyli katta limuzinda toʻyhona tomon yoʻl olishdi

❤️‍🔥

Rohib ularning nikohini oʻqidi va Jkga qarab

~Kelindan boʻsa olishingiz mumkun -dedi

Keyin ikki yosh bir biridan qisqa muddatli boʻsa olishdi va hamma qarsak chalib ularni tabriklashdi.

Jenni db tasavvur qilila

Toʻydan soʻng bu ikki juftlik asal oyiga Oʻzbekistonga borishdi😁 Judayam koʻp joylarini aylanib chiqishdi. Asal oyining oxirgi kunida

~Sevgilim seni judayam sevaman - dedi jk.

~Men ham -dedi Nari yuzi biroz qizarib.

~Hoy yoshlar bizni unutib qoʻydingizmi deyman-dedi Namjoon kulib.

~Qara Jk qanday romantik sen esa..-deya arazlagan boʻldi Alaya

~Sevgilim- deya qizni oʻpib qoʻydi Namjoon.

😁

Shu bilan ular bir birlari bilan baxtli va mazmunli hayot kechirishdi. Hozirda ularning ikki farzandlari bor biri qiz va biri oʻgʻil. Qizining ismi : Jennie Oʻgʻliniki esa : Taehyung.

~Qizimiz huddi senga oʻxshaydi juda qaysar va sohibjamol -dedi Jk kulib.

~Qaysar? hali men qaysarmanmi -dedi Nari biroz hafa ohangda.

Jk tezda uni quchoqlab ~sevgilim~ deya qizdan qisqa boʻsa oldi.

Alaya va Namjoonning esa naqt 4 ta farzandlari bor ularning ismlari: Mira, Yuna, Jin va Hana. Har ikkala juftlik ham haqiqiy sevgi qanday boʻlishini his eta olish baxtiga musharraf boʻlishdi. Ularning muhabbatlari tubanlik va yomonliklardan holi, sof edi.

Tamom