November 15, 2022

Qo‘riqlash faoliyatida hushtak chalishning qanday ma’nosi borligini bilasizmi!

Idoraviy qorovullik bo‘linmalari xodimlari tomonidan huquqbuzarlik va hodisalar haqida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalariga telefon orqali xabar berishni imkoni bo‘lmaganida yoki u ishlamagan hollarda hushtak chalish orqali quyidagi signallar berilishi mumkin:

«Ushla» — bitta uzun signal;

«Yordamga» — ikkita qisqa signal.

Zarurat bo‘lganda signallar qaytariladi.

Ushbu chalingan xushtak signallari orqali ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalari xodimlari yoki boshqa fuqarolar idoraviy qorovullik bo‘linmalariga qanday yordam kerakligini anlab oladilar.

Eslatib o‘tamiz ushbu qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrdagi 598-son qarori talablari bilan mustahkamlab qo‘yilgan.

Joriy yilning 15-noyabr kuni Termiz shahridagi 2-sonli maktabning majlislar zalida, Termiz shahar adliya bo‘limi, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalari xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Joriy yilning 15-noyabr kuni Termiz shahridagi 2-sonli maktabning majlislar zalida, Termiz shahar adliya bo‘limi, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalari xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Unda Termiz shahridagi 26 ta maktab, 32 ta maktabgacha ta’lim bo‘limi, 8 ta tibbiyot poliklinikalari va boshqa bir qator idoralaring qorovullik bo‘linmalari xodimlari va rahbarlari ishtirokida simenar tashkil etildi.

Mas’ullar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti

Nazarov Voxid Rahmonberdievich

15.11.2022y