November 15, 2022

Pedagoglar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik mavjudligini bilasizmi!

Pedagoglarning faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish orqali aralashish yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish:

-fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln so‘mdan 2,1 mln so‘mgacha);

-mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa;

-fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha);

-mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Pedagoglar, ularning faoliyatiga va xizmat vazifalariga aralashilganlik uchun ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaganda ham, o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti

Nazarov Voxid Rahmonberdievich

15.11.2022y