February 24, 2023
O‘QUVCHILARGA DARS MASHG‘ULOTLARI (SINF XONALARI)DA NIMALAR TAQIQLANIShINI BILASIZMI!
❌dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;
❌qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;
❌mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;
❌yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;
❌boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
❌telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish.
Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘i “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” to‘g‘risidagi nizom.
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi