December 14, 2023

“Eng yaxshi kitobxon jamoa” koʻrik-tanlovining universitet bosqichi oʻtkazildi. 

5-dekabr kuni Toshkent davlat transport universiteti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida “Eng yaxshi kitobxon jamoa” koʻrik-tanlovining universitet bosqichi oʻtkazildi. Yakuniy natijalarga koʻra, quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:Transport tizimlari boshqaruvi fakultetining “Turkiston” jamoasi – 5 000 000 soʻm va sovgʻalar;Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetining “AKT-2” jamoasi – 4 500 000 soʻm sovgʻalar;Iqtisodiyot fakultetining “No comment” jamoasi – 4 000 000 soʻm va sovgʻalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, final bosqichiga chiqqan har bir jamoa 2 500 000 soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.