January 23, 2019

Nerv to'qimasi regeneratsiyasi gen terapiyasi yordamida amalga oshirildi.

Rasmga link: https://www.independent.co.uk/news/science/brain-cells-ageing-old-people-grow-new-elderly-young-research-a8291056.html

Niderlandiya neyrobiologiya instituti va Leyden Tibbiyoq markazi tadqiqotchilari gen terapiyasini qo'llash yo'li bilan shikastlangan nervning tiklanishini tezlashtirish mumkinligini ko'rsatib berishdi.

Olimlar jarrohlik amaliyoti va gen terapiyasini birgalikda qo'llab, ilk marta katta uzunlikdagi nerv tolalarini saqlab qolish va regeneratsiyasini stimullashga erishdi. Kashfiyot nerv tizimi va tolalari jaroxatlangan bemorlarga yangi davo usulini ishlab chiqishga qo'yilgan birinchi muhim qadam sanaladi.

Tug'ruq vaqtida yoki yo'l-transport xodisasidan so'ng bo'yin qismidagi nervlar orqa miyadan sug'urilib chiqishi mumkin. Natijada, bemorning qo'li o'z funksiyalarini yo'qotadi va kundalik harakatlarini bajara olmay qoladi,misol uchun bir piyola choy ichish.

"Operatsiyadan so'ng nerv tolalari mushaklarga yetib borguncha bir necha santimetr masofani bosib o'tishi kerak va buning uchun kerak bo'ladigan nerv tolasiga ko'p sonli nerv hujayralari zarur. Ko'plab tiklangan nerv tolasi muskullargacha yetib bormaydi. Shuning uchun qo'l funksiyasining tiklanishi chala qolib ketadi.",- deydi tadqiqotchi Ruben Eggers.

Neyroxirurgik tiklash va gen terapiyasini kombinatsiyalagan xolda olimlar kalamushlarda nobud bo'layotgan nerv hujayralarini saqlab qolishdi va nerv tolalarining mushaklar tomonga o'sishini stimullashdi.

Tadqiqotda o'sish faktoriga ega, keng qo'llaniladigan antibiotk yordamida kerakli vaqtda faol va nofaol holatga o'tkazish mumkin bo'lgan gen terapiyasidan foydalanildi.

Boshqaruvchi gen immun tizimi tomonidan aniqlanib, uni yo'qotish uchun immun reaksiya sodir bo'lmasligi uchun olimlar "yashirin boshqaruvchi" versiyasini yaratishdi.

"Yashirin genning boshqarish mumkinligi shikastlangan nervlarning gen terapiyasining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Bunday "boshqaruvchining" qo'llanilishi gen terapiyasini xavfsizligi ta'minlagan holda uning rivojiga hissa qo'shadi.",-deydi professor Yost Verxaagen.

Hozircha gen terapiyasi bemorlarda qo'llash uchun tayyor emas. Davolovchi gen faoliyatini to'xtatilganiga qaramay, tadqiqotchilar faol xolatdagi genni aniqladi. Shu sababli bu davolash usulini optimallashtirish uchun keyingi tadqiqot ishlari zarur.