Road to hell
Baxt — yelkalarda quyosh nuridek yengil,
Yurakda qaltiragan bir iliq tilsim,
U oltin qafasda qushday o‘tirmas,
Ozodlikka intilar har lahza, har jim.
Baxt — bir piyola choy ustidagi sukunat,
Ona qo‘lida nonning iliqligi,
Yomg‘ir ostida kulgan bolakay nigohi,
Qorong‘ida yongan bir chiroqning yog‘dusi.
U na oltin, na toj, na hukmronlik,
U faqat yurakning sokin qo‘rquvsiz urishi,
Ko‘ngil o‘zini topgan lahzalarda
Dunyo to‘xtaganday bo‘lib turishi.
Baxt — izlab topilmas, u o‘zi keladi,
Yurak eshigini sokin taqillatib,
Kimki uni ko‘ngliga chiroy bilan solsa,
Butun umr u yodda qoladi jilvalanib.
Baxt… Men bu so‘zni tilimda aylantirganimda, u men uchun qandaydir sirli, tushunib bo‘lmas, hatto ozgina vahimali bir narsa bo‘lib tuyuladi. Baxt — go‘yo uzoq dengiz ortida yashiringan, faqat shamol ismini pichirlab o‘tadigan sirli orolga o‘xshaydi. Men esa shu orolni izlab yillar davomida shamolning ovoziga quloq tutgan, ammo unga yetolmagan sayyohman.
Ba’zan o‘ylayman: nega u menga kelmaydi? Yoki balki u allaqachon kelgandir, men esa qo‘llarim azoblar zanjiriga shunchalik bog‘langanidan uni quchaqlay olmagandirman? Chunki azob meni bolaligimdan tanib keladi. U mening so‘zsiz do‘stim, eng sodiq hamrohimgina emas, balki qonimga singib ketgan, nafasimga aralashgan bir ruhdir. Har tong uyg‘ongan paytimda, u menga qarab jilmayadi, xuddi “yana bir kun yonimda bo‘lasan” degandek.
Baxt esa menga begona. Men uni faqat boshqalarning ko‘zlarida ko‘raman — kulayotgan bolalarda, bir-birini quchoqlayotgan sevgililarda, orzulariga yetgan odamlarning yuzida. Ularni ko‘rganimda, ichimda nimadir uvillab yuboradi. Shunda savol tug‘iladi: azob ichida qolgan odam baxtga loyiqmi? Yo‘q, men buni shunchaki savol sifatida emas, butun borlig‘im bilan his qilaman. Chunki men azob ichida yashashni o‘rganganman. Men og‘riqdan ham nafis bir san’at asarini yasash mumkinligini bilaman.
Men oyoqda turibman — shamol qancha kuchli esmasin, bo‘ronlar nechog‘lik vayron qilmasin, men yiqilmadim. Balki mana shu tik turishning o‘zi ham baxtning boshlanishidir? Balki baxt — bu faqat kulgu yoki tinchlik emas, balki hammasiga qaramay yashash, yurakdagi mayda uchqunlarni himoya qilishdir? Balki u kelganida men uni quchoqlamayman ham — faqat asta bosh egib, ko‘zlarimni yumib qo‘yarman, chunki men uni yillar davomida ichimda kutgan bo‘laman.
Va men his qilaman: baxt bir kun keladi. U shoshilmaydi, men tomon og‘ir qadamlar bilan, lekin aniq yurib keladi. Balki u mening qo‘limni tutganda, shu paytgacha ko‘rgan barcha tunlarim va bo‘ronlarim bir lahzada unutiladi. Men bilaman — baxt hech qachon bekorga kelmaydi. U kelganda, men unga “men seni azobimning ichidan topdim” deyman. Va balki o‘sha kuni men endi baxtli bo‘lishni emas, balki baxtning o‘zi bo‘lishni o‘rganaman.
Men kutaman… balki bu kutish ham baxtning o‘zi bo‘lishi mumkin.
Baxt… Men uni tasvirlashni xohlayman, biroq bilaman — u shunchaki sahnaning bir manzarasi emas. U — yetib borishning mukofoti. Va men sezaman: unga eltuvchi yo‘l bor, ammo bu yo‘l hech qachon tekis emas. U g‘oyat uzun, g‘oyat mashaqqatli, u ko‘pincha qorong‘u, ko‘pincha sovuq. Har bir qahramonim shu yo‘ldan yurishi kerak — yiqilmasdan, bo‘ron oldida bukilmasdan, o‘z soyasidan qo‘rqmasdan. Chunki haqiqiy baxt — charchagan oyoqlarning oxirgi qadami, sinib ketgan yurakning so‘nggi urishi ortidan keladi.
Men ko‘raman ularni… Qahramonlarim shu yo‘lda yurib borishadi. Ko‘zlarida charchoq, yelkalari og‘ir yuk ostida, yuraklari ming parchaga bo‘lingan. Ammo ular borishadi. Har qadamda sinovlar bor: sovuq tunlar, yolg‘iz tonglar, ko‘z yoshga to‘la lahzalar, ichkaridan kemirib borayotgan shubha va qo‘rquv. Men istardim — ularga yordam berishni, yo‘llarini yorug‘ qilishni, ularni shamoldan asrashni… ammo men ham ojizman. Men faqat ularning hikoyasini yozuvchi, ularning og‘riqlarini so‘zlarda aks ettiruvchi birgina kuzatuvchiman.
Hayot sinovlari oldida men ham ko‘pincha qo‘llarimdan hech narsa kelmaydi. Chunki men ham bilaman: baxt hech qachon sovg‘a qilinmaydi. U hech kimga qo‘liga tekkizmasdan turib berilmaydi. Uni olish uchun har bir odam, har bir qahramon o‘z yo‘lini o‘zi yurib o‘tishi kerak. Men yozuvchi bo‘lsam-da, ularning o‘rniga og‘ir toshlarni ko‘tara olmayman, ularning o‘rniga jarlarni oshib o‘ta olmayman. Men faqat ularning yuragini so‘zlarim bilan isitishim, ularning ko‘zidagi chaqnashni so‘nmasligi uchun hikoyam bilan yonida turishim mumkin.
Men bilaman: yo‘lning o‘rtasida yiqiladiganlar ham bo‘ladi. Ba’zilari ortga qaytadi, ba’zilari esa yo‘ldan adashadi. Ammo kimki yiqilmay, yer yuzining barcha bo‘ronlarini, barcha zulmatlarini ortda qoldirib, oxirigacha yursa — o‘sha odam haqiqiy baxtning asl yuzini ko‘radi. Chunki baxt — chiroyli ko‘zgu emas, u o‘zing yenggan og‘riqlarning aksidir.
Men ham orzu qilaman: imkonim bo‘lsa, qahramonlarimning qo‘lidan ushlab, ularni qisqa yo‘l orqali olib o‘tardim. Ularni himoya qilar, ularga shamol va yomg‘ir tegmasligini ta’minlardim. Lekin shunday qilsam, ular hech qachon haqiqiy baxtning qadrini bilishmasdi. Chunki baxt — faqat og‘riqdan keyin, faqat kurashdan so‘ng, faqat yiqilib, yana turishdan keyin keladi.
Shuning uchun men faqat kuzataman. Men ularni yozaman. Ularning yurak urishini, nafasidagi titroqni, qadamlaridagi og‘irlikni, ko‘zlaridagi oxirgi umid uchqunini yozib boraman. Balki bir kun kelib, ularning hammalari o‘sha uzoqdagi manzilga yetib borar. Balki ular o‘sha joyga kelgach, men ham bir lahza bo‘lsa-da, ichimda ularning baxtidan bir bo‘lagini his qilarman.
Va bilaman — u kun keladi. Faqat sabr, faqat yo‘ldan qaytmaslik kerak. Chunki baxtga olib boradigan yo‘l — bu nafaqat qadamlar masofasi, balki yurakning masofasidir.
Tong…
Osmonning eng chekka ufqlaridan sekin-sekin yorug‘lik sirg‘alib chiqmoqda. Quyosh, go‘yo mehribon ona kabi, bu zaminni siylab, oltin rang nurlarini yumshoqlik bilan yoymoqda. Tonggi havoda namxushlik, xonaga esa ertalabning tiniq nafasi deraza pardalari orasidan kirib keladi.
Xona ichida esa hayotning eng go‘zal manzaralaridan biri — tinchlik bag‘rida uyquga cho‘mgan ayol. Seva, beozor go‘dakdek, hech qanday tashvishsiz, yuzida yengil tabassum soyasi bilan yotardi. Uning uzun kipriklari mayin tebranib, har nafasida yostiqning iliq hidi aralash hayot nafasi sezilardi.
Shu payt u yuzida bir mayin teginishni his qildi. Go‘yo tonggi shamol uning yuzini silab o‘tgandek, ammo bu shamol emas — issiq, mehrli qo‘llarning siypalashlari edi. Ortidan esa yurakka iliqlik olib kiradigan shirin ovoz qulog‘iga ohista kirib keldi:
— Tong otdi, turaqol, sevgilim…
Seva biroz erinchoqlik bilan yostiqqa chuqurroq yuzini bosdi, ovozi xira, ammo erkalik aralash:
— Yo‘q… yana biroz uxlay… iltimos, Jk…
Jungkook bu manzarani kulimsirab kuzatdi. Uning ko‘zlari muhabbat bilan to‘lib, yuzida yumshoq jilmayish paydo bo‘ldi. Seva bu odatini har tong takrorlardi — uyg‘onishni kechiktirish, yana bir lahza uyqu bag‘rida qolish. Jungkook unga yaqinlashib, egildi va rafiqasining yuzlariga sekin, muloyim lablarini bosdi:
— Turaqol, sevgilim, kichkintoyimiz och qolibdi-ku… Axir qaragin, bolajonimiz seni kutyapti, — dedi, ovozida yengil erkalash va mayin iltimos aralash.
Seva ko‘zlarini ochmasdan, mayin ovoz bilan javob qaytardi:
— Yana ozgina… Ungacha sen unga qaray tur… Hozir turaman…
Jungkook bag‘ridagi kichkintoyni erkalab jilmaydi:
— O‘g‘lim, onang juda uyquchi, ha… Nima ham derdik endi… — dedi, so‘zlarida mehr va qiziqarli hazil aralash.
Bir yoshli mittivoy dadasining gapini tushunmasa-da, qiqirlab yubordi. Uning kulgusi tonggi quyosh nurlaridek iliq edi. Jungkook yuragi erib, uning lo‘ppi yuzlaridan o‘pib, boladay quvonch bilan:
— Kimni o‘g‘li bu? Mening o‘g‘lim bu! Dadasining o‘g‘li bu! — deb erkaladi.
So‘ng, shirin pichirlab:
— Qani, o‘g‘lim, onangni bir turg‘azib yuboramizmi? — dedi va kichkintoyni ehtiyot bilan Sevaga yaqinlashtirib, uning bag‘riga yotqizdi.
Kangsu onasining yuziga qaradi, qiqirlab kuldi va mayin qo‘llari bilan sochlarini torta boshladi.
Seva yostiqqa yuzini bosgancha yarim uxlab g‘ingshidi:
— Kangsu, o‘g‘lim, bas qil…
Ammo kichkintoy buni tushunmas, faqat o‘ziga yoqqan sho‘xlikni davom ettirardi. Onasining jig‘iga tegish unga g‘alati zavq berayotgandek edi. Oxiri Seva sekin ko‘zlarini ochdi, uning yuzida uyqudan uyg‘onganlikning mayin holati, lablarida yengil tabassum. U o‘g‘liga mehr bilan egilib, lo‘ppi yuzlarini bir necha bor o‘pdi, yana o‘pdi…
— Senimiyey shumtaka, — dedi kulimsirab, uni bag‘riga bosib. So‘ng kichkintoyni quchog‘idan ko‘tarib, Jungkookka qaradi:
— Bolani ushlab tur, men vannaga kirib chiqaman.
Jungkook yumshoq kuldi, ovozida erkalik ohangi:
— Voy, meni erkatoy xotinim-ey! Ber bolani menga… — dedi va Kangsuni mehr bilan ko‘tarib, ehtiyotkorlik bilan xonadan olib chiqib ketdi.
Seva ularni ortidan qarab jilmaydi. Yuragidan iliq bir issiqlik toshib chiqdi, ko‘zlarida muhabbat va minnatdorlikning mayin porlashi paydo bo‘ldi. Oila, mehr, tinchlik — mana shu uch so‘z hozirgi lahzada uning hayotining butun ma’nosiga aylandi.
Seva yuzida eng sokin va eng baxtli tabassum bilan vannaga kirib ketdi. Uning ortida esa yangi kunning quyosh nurlari, chaqnagan bolakay kulgusi va ikki qalbning uyg‘un muhabbati qolib ketdi.
Seva iliq suvda yuzlarini yuvib, sochlarini yengil tarab, nozik ipak xalatini yelkasiga tashladi. Tongning yangi nafasidan uyning har burchagi iliq va sokin edi. Zinapoyadan pastga tushar ekan, oynalardan kirib kelayotgan quyosh nurlari gilam ustida oltin ipak to‘rdek to‘shalib yotar, havoda esa yangi tongning mayin hidi — bir oz non hidi, bir oz yangi gullarning hidi aralashib, o‘zgacha huzur bag‘ishlar edi.
Mehmonxona tomon yurganida, uzoqdan mayin bolakayning qiqirlashi eshitildi. Bu qiqir, bu beg‘ubor tovush, xuddi hayotning eng sof kuyiday eshitilardi. U kirib kelganida, ko‘zi birinchi bo‘lib kresloda o‘tirgan Jungkookka tushdi. U qo‘lida Kangsuni quchoqlab, o‘g‘lining mayin sochlarini silab, peshonasidan o‘pib, bir narsalarni pichirlab turardi.
Jungkook rafiqasini ko‘rib jilmaydi:
— Ana, onasi ham keldi. Olaqol endi, bolamiz och qolib ketdi, — dedi erkalik bilan.
Seva yengil qadam tashlab, o‘g‘lini bag‘riga oldi. Go‘dak onasining tanish hidini sezgan zahoti tinchlanib, yuzini uning ko‘ksiga bosdi. Seva kresloga cho‘kdi, ipak tungi libosining yoqasini asta ochib, ko‘kraklarini ozod qildi. Mittivoy ona ko‘ksiga yuzini qo‘yib, sutning iliq va tanish ta’mini totib, tinchlanib qoldi. Uning mayin nafaslari, kichkina qo‘llarining bexos harakati — hammasi shu lahzani yanada tirik, yanada mehrli qilardi.
Jungkook bu manzarani sukut bilan, lekin yuragi to‘lib kuzatar edi. Uning ko‘zlarida charchoq ham, tashvish ham yo‘q edi — faqatgina hayotining eng katta baxti mujassam edi. Shu lahza u uchun dunyoning barcha muvaffaqiyati, shon-shuhrati, ishlari bir tomonda, bu ikki joni bir tomonda edi.
Seva jilmayib unga qaradi:
— Men ham och bo‘ldim. Xizmatkorlar nonushta tayyorlab qo‘yishdimi?
Jungkook kuldi, ovozida yumshoq hazil ohangi bor edi:
— Ha-da, mehmonxonada nonushta bizni kutmoqda, Jeon xonim.
Seva labida yengil tabassum bilan:
— Unda, Kangsuni to‘ydirib olay, keyin birga nonushta qilamiz. So‘ng sizni o‘zim kuzatib qo‘yaman. Yoki… ishingiz juda muhimmi? — dedi, go‘yo javobini allaqachon bilib turgandek, ammo shirin erkalik bilan so‘radi.
Jungkook unga chuqur tikildi. Nigohi iliq, ammo teran edi, xuddi aytmoqchi bo‘lgan so‘zlari yuragidan chiqayotgandek:
— Sendan muhimroq ishim yo‘q, jonim… — dedi va egilib Sevani peshonasidan muloyim o‘pdi.
Bu paytda Kangsu, kattalarning so‘zlarini tushunmasa ham, ularning ohangini his qilgandek, katta-katta ko‘zlarini ota-onasiga qadab, emishni davom ettirardi. Ba’zan u mayin tovushlar chiqarib qo‘yar, onasi va otasi esa shu sodda harakatdan ham quvonib, bir-biriga qarab kulimsirashardi.
Xona ichida tongning iliq nuri, bolaning beg‘ubor ovozi va ikki qalbning mehrga to‘la nigohi bor edi. Ularning har bir nafasida “baxt” degan so‘zning chin ma’nosi yashirin edi. Va shu oddiy, ammo bebaho lahza — hech qanday katta bayramlar, dabdabali tadbirlar, shon-shuhratlar bilan teng kelmasdi. Chunki bu yerda — bir oilaning chin yurakdan kelgan muhabbati, uyg‘unligi va hayotning eng sof go‘zalligi mujassam edi.
Seva o‘g‘lini bag‘riga bosib, uning mayin kulgilarini eshitib, yonidagi Jungkookning iliq nigohlarini his qilib, shu lahzaning huzuridan mast bo‘lib o‘tirardi. Go‘yo bu dunyoda hech qanday g‘am, hech qanday sovuq haqiqat yo‘q edi. Tongning iliq nafasi hali ham ularning ustida edi, bola esa ona ko‘ksida sokin, baxtli…
Birdan, kimdir yengilgina yelkasiga tegdi. Avvaliga buni Jungkookning erkaligi deb o‘yladi, ammo nigohini burib qarasa — butunlay boshqa manzara. Yonida bir xizmatkor qiz turardi. Uning qo‘llari mayin, ovozi esa ehtiyotkor:
— Xonim, uyg‘oning… Shomda uxlash yaxshi emas. Iltimos, uyg‘oning.
Seva beixtiyor hafsalasi buzilgan ohangda, biroz asabiy tovush bilan:
— Nima bo‘lyapti? — dedi.
Qiz muloyimlik bilan tushuntirdi:
— Xonim, shomga yaqin uyqu odamni bosadi, lekin bu vaqtdagi tushlar hosiyatsiz bo‘ladi. Sizni uyg‘otdim, chunki tush bilan haqiqatni aralashtirib yuborasiz.
Seva birdan o‘tirib oldi, ko‘zlari hali ham tushdagi shirin manzaralardan ajralolmas, yuragi esa allanechuk bo‘shashgan edi. U atrofga alanglab, qo‘rquv aralash ovozda so‘radi:
— O‘g‘lim qani?
Xizmatkor qiz hayratdan ko‘zlarini kattaroq ochdi:
— Qanaqa o‘g‘il, xonim?
Seva yuragidagi og‘riqni yashira olmay, titroq ovoz bilan dedi:
— Mening o‘g‘lim bor edi… Baxtli oilam bor edi… Ular shu yerda edi…
Qiz sekin bosh chayqadi:
— Siz, shekilli, juda chiroyli tush ko‘rgansiz. Lekin esda tuting, shom mahalidagi tushlar odamni aldab qo‘yadi. Siz hozir ham tush ta’siridasiz, xonim. Yaxshisi, yuzingizni sovuq suv bilan yuvib oling.
Seva qizning gaplarini tinglar ekan, yuragiga og‘ir sovuq tushdi. U asta o‘rnidan turib, vannaxonaga kirdi. Muzdek suvni yuzlariga sepdi. Suv tomchilari yuzidan oqib tusharkan, go‘yo ular bilan birga tushdagi shirin lahzalar ham oqib ketayotgandek edi. U oynaga qaradi — oynadagi qiyofada tushda ko‘rgan baxtli ayolning jilvasi yo‘q edi.
— Nahotki… nahotki bu faqat tush bo‘lsa… — deb pichirladi u o‘ziga. — Nahotki mening shiringina o‘g‘lim hali bu dunyoda yo‘q bo‘lsa… Nahotki, bu quvonch, bu muhabbat shunchaki orzu bo‘lsa…
Seva qo‘llarini yuziga bosdi. Yuragi og‘ir botqoqday ezildi. Chunki u tushida ko‘rgan o‘sha lahzalar — sevgilisining mehrli nigohi, o‘g‘lining beg‘ubor kulgisi — bularning barchasi unga hayotdagi eng ulug‘ orzularining timsoli bo‘lib tuyulgan edi. Ammo haqiqat… Haqiqat achchiq edi.
Haqiqiy hayotda Jungkook — tushidagi mehribon er emasdi. U shafqatsiz, sovuq, vaqti-vaqti bilan hatto beshavqat edi. Seva bilardi — bu tush uning yuragining eng nozik joylariga tegib, yana eski yaralarini qonatdi. Uning yuragi yana bir bor parchalanib, ko‘zlaridan issiq yoshlar yumalab tushdi.
U deraza yoniga borib, tashqaridagi qorong‘ilashib borayotgan osmon sari tikildi. Quyosh botib borar, osmon esa qirmizi va binafsha rangga burkanib, xuddi o‘zi singari alamli sokinlikka cho‘mgan edi.
Seva ichida shunday deb o‘yladi:
"Bir kun kelib… Balki bir kun kelib, men ham o‘sha tushingdagi kabi baxtli oila qurarman. Balki o‘g‘lim bo‘lar… Balki o‘sha iliq quchoq haqiqatga aylanar. Ammo hozircha… Men faqat orzu qilish bilan kifoyalanaman."
Shunday qilib, u yana yolg‘iz qoldi — qo‘lida esa hech narsa yo‘q, faqatgina yuragida og‘riq va umid aralash shirin, ammo qaytarilmas tush.
Quyosh ufqqa asta choʻkib, osmonni olovrang va binafsha tuslarga boʻyarkan, Seva derazaga tikilib oʻtirardi. Shamol uning soch tolalarini mayin o‘ynar, atrofda esa tushayotgan kechaning osoyishtaligi hukm surardi. Qizning ko‘zlari quyosh botayotgan manzaraga qadalgandi, ammo uning nigohi olisda, qalbi esa oʻylar girdobida edi.
Birdan ortidan iliq bir harorat kelib, nozik beliga yumshoq, ammo ishonchli qo‘llar o‘raldi. Jungkook uning yelkasiga iyagini qo‘yib, asta pichirladi:
Seva chuqur nafas olib, go‘yo yuragidagi barcha og‘irlikni shu nafas bilan tashlab yubormoqchi bo‘lgandek, sekin javob berdi:
— Baxt haqida… Orzu qilayapman.
Jungkook uning so‘zlarini bir lahza sukut bilan qabul qildi, so‘ng mayin, ammo biroz kinoyali ohangda so‘radi:
— Baxt? Baxt deysanmi? Nahotki hayotning aslida qanchalik beshafqat ekanini hali ham tushunib yetmading? Baxt degan narsa bu yerda yo‘q aslida.
Seva nigohini quyosh botayotgan ufqdan uzmadi, faqat past ovozda so‘zladi:
— Nahotki insonning baxtli bo‘lishi shunchalar qiyin bo‘lsa…
Jungkook biroz jilmaydi, ammo bu jilmayishda mayuslik va bir oz istehzo aralash edi:
— Baxt osonlikcha kelmasligini bilasan. Ha, unga erishish juda qiyin.
Seva unga burilib, nigohlarini yigitning yuziga qadadi:
— Biz uchun hammi? Axir insonning baxti o‘z qo‘lida-ku. Nahotki biz baxtli yashay olmasak, Jungkook? Agar siz xohlasangiz, baxtli bo‘lishingiz mumkin-ku… Ammo nega xohlamaysiz?
Jungkookning yuzida qattiqlik paydo bo‘ldi, qoshlarini chimirib, keskin ohangda javob berdi:
— Baxt… bu shunchaki so‘z xolos. Men buni bema’nilik deb bilaman. Nega odamlar bu axmoqona narsaga ishonishini tushunmayman. Bilasanmi, baxt nima? Baxt — egalikda, qudratda, hokimiyatda, pulda. Agar senda kuch bo‘lsa, baxt o‘zi seni topadi. Istagan narsangga istagan payting erishasan. Mana, seni xohladim va bir zumda erishdim. Ehh, Sevosh… sen hali ham juda sayoz fikrlaysan. Qachon tushdan uyg‘onishingni bilmayman.
Seva yigitning so‘zlarini eshitarkan, ko‘zlarida g‘am va hafsalasizlik uyg‘ondi. U boshini egib, sokin ovozda dedi:
— Siz shunday deb o‘ylaysiz… Ammo aslida baxt oddiy narsalarda. Baxt — oddiylikda, tinch hayotda, mehrga to‘la go‘zal oilada. Men siz buni bir kuni tushunishingizni juda xohlar edim…
U grafindan suv quydi, bir yudum ichdi va asta yotoqqa borib o‘tirdi. Jungkook esa joyidan qimirlamay, unga qarab turardi. Seva bir oz sukutdan so‘ng, yigitning ko‘zlariga qarab, iltijo aralash so‘zladi:
— Meni mahkam bag‘ringizga bosib, sochlarimni silab, shunchaki “Seni sevaman” deya olasizmi? Iltimos… hozir shu so‘zlarga juda muhtojman. “Yo‘q” demang…
Jungkook asta yoniga keldi, yotoqqa o‘tirdi va Sevani bag‘riga mahkam bosdi. Uning qo‘llari qizning yelkasidan pastga sirg‘anib, soch tolalarini sekin siladi.
— Seni sevaman, arxideyam, — dedi u pichirlab.
Seva bu so‘zlarni eshitarkan, yelkalari orasidan to issiqlik yuragiga singib ketgandek bo‘ldi. Shu lahzada u bir lahzalik bo‘lsa-da, baxtni his qildi. Boshini ko‘tarib, Jungkookning chuqur, dengizday sokin va sirli ko‘zlariga qaradi. U bu ko‘zlarga ilk uchrashgan kunidan beri oshiq bo‘lib kelardi.
Seva asta yigitning lablariga o‘z lablarini bosdi. Bu o‘pich ehtiros yoki shunchaki nafs istagi emasdi — bu qalbning ichki chuqur sevgisidan kelgan, ehtiyotkor, ammo samimiy bir izhor edi. Jungkook ham unga javoban qo‘llarini mahkamroq o‘rab, uni asta o‘pa boshladi.
O‘sha kechada ular orasidagi masofa yo‘qoldi. Har ikki qalb bir zumga bo‘lsa ham hayotning shafqatsiz haqiqatidan uzilib, orzular ichida uchrashdi. Shu lahzada Seva uchun baxt haqiqiy edi — hatto ertasi kuni bu yana tushdek yo‘q bo‘lib ketsa ham.
Tongning ilk yorugʻi xona pardalaridan asta kirib, xonani mayin oltin nurlarga boʻyab borar edi. Havoda hali kechaning salqini, shiftdan esa yengil shamol esgandek osoyishtalik hukm surardi. Jungkook, hanuz uyg‘onmagan Sevani bag‘rida mahkam quchib, chuqur va sokin nafas olar, go‘yo bu lahzada butun dunyo faqat ikkovlari uchun to‘xtab qolgandek edi.
Ammo shu sukunatni birdaniga jarangdor, bezovta qiluvchi telefon jiringi yorib o‘tdi. Bu keskin ovozdan Jungkookning qoshlarida mayda chiziqlar paydo bo‘ldi, u xuddi tushidan majburan uyg‘otilgandek, og‘irlik bilan ko‘zlarini ochdi. Asabiy ohangda qo‘llarini yon tomon cho‘zib, yostiq orasida paypaslab telefonini topdi va go‘shakka sovuq, shoshilmagan ovozda javob berdi:
Qisqa sukunatdan so‘ng, tanish va tanishdayoq sirli bir mayinlik bilan to‘lgan ovoz eshitildi — Katara edi:
— Xayrli tong, sevgilim. Uzr, juda erta bezovta qildim, uyg‘otib yuborganim uchun kechir. Faqat… bugun biznikida ziyofat borligini eslatib qo‘ymoqchi edim. Kelasiz-a?
Bu so‘zlarni eshitgan Jungkookning yuzida o‘zgarish sezildi. Bir lahza, go‘yo ichida yashirin reja tirishib uyg‘ondi. Ko‘zlarida yalt etgan uchqun, lab burchagida esa yovvoyi va bir oz shaytoniy jilmayish paydo bo‘ldi.
— Ha, boraman. Kut meni, — dedi u qisqa va qat’iy ohangda.
Katara quvonchini yashira olmadi:
— Xo‘p, kutaman, jonim, — dedi u quvnoq ohangda.
Jungkook telefonni o‘chirib qo‘ydi. Xona yana sukutga cho‘mdi, faqat Sevani tinch nafaslari va tashqaridan eshitilayotgan tong qushlarining chug‘urlashi eshitilib turardi. U bag‘rida yotgan qizga qaradi. Seva go‘yo oppoq tush ichida yurgandek, yuzida sokinlik va beozorlik ifodasi bilan uxlar edi. Jungkook asta uning soch tolalariga qo‘lini soldi, mayin siladi, so‘ng yuzini qizning sochlariga yaqin olib, ularning o‘ziga xos iliq hidini chuqur nafasga tortdi. Peshonasiga bir zum lab tekkizdi.
Ammo yuragi ichida allaqachon boshqa rejani to‘qiyotgan edi.
Jungkookning/pov:
"Bugun… bugun ikkisini ham olib boraman. Seva ham, Milana ham yonimda bo‘ladi. Men uchun bu o‘yin — kuchimning zavqi, hukmronligimning isboti…"
Bu fikr yuzida mayin jilmayish sifatida namoyon bo‘ldi. U yotoqdan turib, yuvinish xonasiga kirdi. Salqin suv yuzidagi uyquni yuvib ketdi, oynada o‘ziga qarab, go‘yo ichidagi g‘olibona kayfiyatni tasdiqladi. Qisqa vaqt ichida did bilan kiyindi, kiyimlaridagi mukammallik uning har bir qadamiga ishonch bag‘ishlardi.
So‘ng yana xonaga qaytib, Sevaning yoniga yotoqqa o‘tirdi. U hali ham uyqu bag‘rida edi. Jungkook qizning yuzini barmoqlari bilan ohista siladi, go‘yo u uyg‘onmasa ham shu mayinlik bilan uni o‘ziga bog‘lab qo‘ymoqchi edi. Pichirlab:
— Sevosh, tur, sevgilim… Tong otdi. Nonushta qilamiz, — dedi va lablarini qizning peshonasiga tekkizib, yengil o‘pdi.
Seva og‘ir uyqudan majburan ko‘zlarini ochdi. Ko‘zlarida hanuz uyquning namligi, yuzida esa biroz charchoq bor edi. Hech nima demay, asta o‘rnidan turdi va vannaxonaga kirib ketdi.
Jungkook esa xonadan chiqarkan, xuddi hech nima bo‘lmagandek, mehmonxona tomon yo‘l oldi. Yo‘l-yo‘lakay xizmatkorlarga buyruq berdi:
Uning ovozi bu buyruqda na izoh, na tushuntirish talab qilardi — faqat shubhasiz itoat kutardi.
Tong esa, xuddi hech qanday sirlar, hech qanday yashirin rejalar yo‘qdek, o‘zining sokin nurlarini to‘kib borardi…
Mehmonxonaning keng zalida nonushta odatdagidek sokin va osoyishta kechardi. Oppoq chinni idishlarda bug‘lanib turgan issiq taomlar, nozik hid taratib turgan yangi damlangan qahva, kumush qoshiq-tovoqlarning yengil jarangi… Har bir narsa go‘yo mukammal uyg‘unlikda edi. Faqat o‘tirganlarning yuzida sukut va fikrchanlik bor edi.
Jungkook stol boshida o‘tirib, sekinlik bilan pichog‘ini non ustida yuritar, ammo nigohi oldida turgan taomlarda emas, yonida o‘tirgan ikki qizda edi. Nihoyat, u shu tinchlikni buzishga qaror qildi. Pichoqni likopchaga qo‘yib, sal oldinga egildi va jiddiy ohangda gap boshladi:
— Ikkalangizga ham bir yangiligim bor.
Milana ham, Seva ham unga hayrat aralash nigoh tashlashdi. Stol ustidagi jimjitlik bir zumda kuchaydi, hatto qahva hidining o‘zi ham go‘yo havoda osilib qolgandek edi.
Jungkook ohista jilmaydi, ammo bu jilmayishda iliqlikdan ko‘ra qat’iyat va nazorat sezilardi:
— Bugun katta bazm bor. Ikkalangizni ham o‘zim bilan olib bormoqchiman. Seva — sen menga rafiqam sifatida hamrohlik qilasan. Milana esa xolavachcham sifatida boradi, biroz ko‘ngli yozilib keladi. Xo‘sh… rozimisiz?
Seva bu gapni eshitib, ichida birdaniga iliq his uyg‘ondi. U necha kundan beri qasr devorlari ichida, go‘yo qafasdagi qush kabi o‘zini tutqun his qilayotgan edi. Tashqariga chiqish, odamlarga aralashish, havoni erkin his qilish fikri unga hayot bag‘ishlagandek bo‘ldi. Lablariga beixtiyor tabassum yugurdi:
— Albatta, men roziman, — dedi u, ovozida hayajon sezilib.
Milana esa Koreyaga kelganidan beri bunday yig‘inlarga qatnashmagan edi. Uning ko‘z oldida nafis liboslar, yorqin chiroqlar ostida kechadigan suhbatlar, yangi tanishuvlar jonlandi. U ham xuddi o‘zicha orzuga cho‘mgandek jilmaydi:
— Men ham roziman, — dedi u samimiy ohangda.
Jungkookning lab burchaklarida mamnun jilmayish paydo bo‘ldi. U hech narsa demay, nonushtani davom ettirdi, ammo nigohlaridagi yengil mamnunlik hammasidan aniqroq gapirardi.
Nonushta tugagach, u yana ularga yuzlandi:
— Milana, senga ham… ha, Sevoshim, senga ham maxsus ko‘ylak buyurtma qilganman. Ularni kiyib soat 19⁰⁰da tayyor bo‘lasizlar. Yana bir narsa… hech qanday pardoz vositalaridan foydalanmang. Agar asabimni buzsangiz yoki jahlimni chiqarsangiz, mendan yaxshilik kutmang. Ayniqsa sen, Sevoshim… — dedi u va stolni ohista tark etdi.
Bu so‘zlardan keyin xona bir necha soniya sukutga cho‘mdi. Jungkookning oyoq tovushlari eshitilmay ketgach, ikki qiz ham yengil nafas olishdi.
Milana birinchi bo‘lib so‘z ochdi:
— Seva, bazmga tayyorlanishda sizga yordam beraymi? Xizmatkorlardan ko‘ra men yordam bersam yaxshi bo‘lardi. Shu bahonada yaxshiroq tanishib olardik.
— Ammo o‘zingiz ham tayyorlanishingiz kerak-ku, — dedi u.
Milana ko‘zlarini yumib, o‘ziga xos sho‘x ohangda javob berdi:
— Menga siz yordam berasiz. Yo‘q demang, maylimi?
— Mayli, — dedi u qisqa, ammo samimiy ohangda.
Shundan so‘ng, ular ikkovi birga yuqoriga, xonalari tomon yo‘l olishdi. Zinalardan ko‘tarilar ekan, Milana ichida buyurtma qilingan liboslarni ko‘rishga bo‘lgan hayajon tobora ortib borardi. Seva esa borgan sari o‘zini qiziq bir his ichida sezardi — bu safar tashqariga chiqish, ko‘pchilik orasida bo‘lish va, ehtimol, yangi hislar kechirish kuni bo‘lishi mumkin edi.
Ular xonaga kirganida, allaqachon oppoq ipak matoga o‘ralgan, maxsus qutiga joylangan nafis liboslar ularni kutib turardi. Shu lahza, havoda ziyofat oldi hayajoni va kutilayotgan sirli kecha nafasi sezildi…
Jungkook kompaniyasining yuqori qavatidagi keng ofisida o‘tirardi. Derazadan tushayotgan quyosh nuri uning stol ustidagi hujjatlar, kompyuter va yarim ichilgan qahva piyolasini yoritib turardi. U qog‘ozlarni varaqlayotgan bo‘lsa-da, xayoli boshqa yerda edi — bugungi kunda hal qilinishi kerak bo‘lgan nozik bir masala bor edi.
U asta qo‘lini telefon apparatiga cho‘zdi, tanish raqamni terdi. Bir necha chaqiriqdan so‘ng tanish ovoz eshitildi:
— Ha, Jungkook? — dedi Suga, sal jiddiy ohangda.
Jungkook orqasiga suyanib, sokin, ammo qat’iy ohangda gap boshladi:
— Suga, tingla. Bugun Kataraning uyida katta ziyofat bo‘ladi. Men kutgan ayrim javoblar o‘sha yerda bo‘lishi mumkin. Eng muhimi, mening dushmanlarim ham asosiy mehmon sifatida taklif qilingan. Sen mehmon sifatida borasan. O‘zing bilan bir ishonchli sherik olib bor. Bu safar hech qanday xato bo‘lishi mumkin emas.
Suga bir lahza sukut saqladi, so‘ng qat’iy javob berdi:
— Xo‘p bo‘ladi, Jungkook. Ishni bajaraman.
— Yaxshi, — dedi Jungkook qisqa, ammo ishonchli ohangda va go‘shakni qo‘ydi. U yana ish hujjatlariga sho‘ng‘idi, biroq ko‘zlarida sovuq va hisob-kitobli yaltirash paydo bo‘lgandi.
Telefon qo‘yilgach, stulimda orqamga suyanib, chuqur nafas oldim. Ziyofatga yolg‘iz borish mantiqan to‘g‘ri emas — yonimda ishonchli odam bo‘lishi shart. Va bu safar tanlovimni uzoq o‘ylashimga hojat yo‘q edi. Hari.
U nafaqat ishonchli, balki… men bilan bo‘lishini istaydigan yagona inson. So‘nggi vaqtlarda uni kam ko‘rib qoldim. Har safar yuzini eslasam, ko‘zlarida paydo bo‘ladigan o‘sha mayin jilmayish yodimga tushadi. Bu safar vazifani bahona qilib, uni yonimda bo‘lishga chaqiraman.
Labimda beixtiyor kulimsirash paydo bo‘ldi. Telefonimni olib, uning raqamini terdim.
Men o‘sha paytda deraza yonida choy ichib, o‘yga tolib o‘tirardim. So‘nggi kunlarda Sugani juda sog‘indim. Uning ovozini eshitish ham yetarlicha bo‘lmay qoldi — yonida bo‘lishni xohlayman.
Birdan telefonim jiringladi. Ekranga qaradim — Suga. Yuragim hapriqib ketdi. Nahotki u menga o‘zi qo‘ng‘iroq qilsa?
— Salom, — dedim shoshilganimdan, ovozim hayajonli chiqdi.
— Salom, Hari, — dedi u odatdagidek sokin, lekin ich-ichidan ishonch taralayotgan ohangda. — Bugun katta ziyofat bo‘ladi. Menga yonimda bo‘ladigan ishonchli sherik kerak. Sen bilan borishni istayman. Bu juda muhim ish.
Uning so‘zlarini eshitgach, yuragim ichida issiq to‘lqin yugurdi. Demak, u meni tanladi.
— Albatta boraman. Hozir tayyorlanaman, — dedim jilmayib.
— Yaxshi. Tez bo‘l, — dedi u kulimsirab, so‘ng go‘shakni qo‘ydi.
Telefonni qo‘yib, yuragimga qo‘limni qo‘ydim va sekin pichirlab qo‘ydim:
Xonada yolg‘iz bo‘lsam ham, sakrab yubordim. Ko‘zlarimda porloq quvonch, yuzimda keng tabassum bilan shivirlab qo‘ydim:
Bu safar ziyofat faqat vazifa emas, balki taqdir menga bergan juda noyob bir imkoniyat edi.
Seva stol ustiga qo‘yilgan oppoq qutini asta tortib oldi. Yuragi beixtiyor tez ura boshladi. Qutining ustidagi oltin rangli nozik lentalarini sekin yechdi, qog‘oz qopqoqni ochishi bilan ichkaridan mayin, ipakday yumshoq matodan tikilgan qizil libos jilva qila boshladi. Yelkasi biroz ochiq, qomatni nafis ko‘rsatadigan tarzda tikilgan, matosining ustida mayda naqshlar nozik ishlov bilan yaltirab turardi. Uni qo‘liga olib, barmoqlari matoning ustidan sirg‘alarkan, Sevaga shu zahoti bu libos o‘ziga atalganidek tuyuldi.
Bu orada, qasrning boshqa tomonida, Milana ham o‘z xonasida buyurtma qutisini ochdi. Ichkaridan ko‘k osmon rangidagi libos chiqdi — yengil, ammo o‘ziga xos salobatga ega edi. Bo‘ynidan pastga tushgan yoqasi mayda bezak toshlari bilan bezatilgan bo‘lib, ular chiroq nurlarida yaltirab, libosga sehrli bir ko‘rinish berardi. Milananing ko‘zlari chaqnab ketdi, lablarida beixtiyor samimiy tabassum paydo bo‘ldi.
U shoshilinch Sevaning xonasiga kirdi. Qo‘lida libos, yuzida hayajon — u shu lahzada o‘z quvonchini u bilan bo‘lishgisi kelardi.
— Seva! — dedi u, qizil libosni ko‘rib. — Xuddi siz uchun yaratilgandek! Juda ham chiroyli!
Seva ham jilmaydi, ko‘zlarida minnatdorlik yaltiradi.
— Rahmat, Milana. Seniki ham ajoyib, haqiqiy malikalarga yarashadigan libos.
Ular birga oynaga qarab, bir-birlariga liboslarni kiydirishga yordam berishdi. Seva yelkalariga tushayotgan matoni tekislab qo‘yar ekan, Milana unga havas bilan boqdi.
— Juda ham go‘zalsiz, Seva, — dedi u samimiy ohangda. — Buni hamma tan oladi.
Seva esa o‘z navbatida kulimsirab, Milananing ko‘zlariga tikildi:
— Sen esa naqadar go‘zal hurliqo… Ishon, ko‘rganlarning bari hayratda qoladi.
Milana biroz uyalgandek jilmaydi:
Ularning suhbatlari sokin, ammo iliq edi. Bir-birlariga yordam berar ekan, oralaridagi yaqinlik yanada mustahkamlanib borardi. Milana o‘z xonasida qolib, sochlarini tartibga keltira boshladi, Seva esa asta o‘z xonasiga qaytdi.
Qasrning katta zaliga qora kostyum-shim kiygan, yelkasi keng, ko‘rinishi salobatli Jungkook allaqachon qaytib kelgan edi. U o‘zini ziyofatga tayyorlash bilan band edi. Oq ko‘ylagi bezaksiz, ammo mukammal dazmollangan, bo‘ynidagi ingichka qora galstuk esa unga qat’iy va shu bilan birga zamonaviy ko‘rinish berardi. Sochlari tartibli, yuziga eng sevimli atiridan sepgan, bilagiga esa eng qimmat soatlaridan birini taqib olgan. Ko‘zgu qarshisida o‘zini sinchiklab kuzatar ekan, yon tomondan qadam tovushi eshitildi.
Jungkook ko‘zlarini oynadan olib, o‘sha yoqqa qaradi… va bir lahzaga qotib qoldi. Seva eshik oldida turardi. Uning yelkasi biroz ochiq qizil libosi yorug‘likda yonib, naqshlari mayin jilvalar taratardi. Sochlari yelkalariga to‘kilib tushgan, lablarida yengil jilmayish, ko‘zlarida esa hayajon aralash ishonch bor edi.
Jungkook bir so‘z demasdan unga yaqinlashdi. Ularning oralig‘idagi masofa qisqara borarkan, Seva yuragi qanchalik tez urayotganini his qildi. Jungkook qo‘lini uning beliga qo‘yib, muloyim, ammo qat’iy harakat bilan uni o‘ziga tortdi. Yuzlari bir-biriga juda yaqinlashdi… va u Sevaning lablariga chuqur bo‘sa qo‘ydi.
— Naqadar go‘zalsan… — dedi u, pichirlab. — Juda ham latofatlisan.
So‘ng yana uning lablarini o‘ziga qaratdi, bu safar bo‘sa yanada hissiyotliroq, uzunroq bo‘ldi. Qasrning devorlari ham go‘yo bu lahzani sukut bilan tinglayotgandek edi.
Seva sekin Jkdan uzoqlashib,pardoz stoli qarshisida yengilgina o‘tirib, oynaga tikildi. Yorug‘lik uning yuziga mayin tushib, ko‘zlaridagi jiloni yanada ochib ko‘rsatardi. U sekin-asta sochlarini turmaklay boshladi — har bir tolani barmoqlari bilan ehtiyotkorlik bilan tarab, yelkalari ustiga yumshoq to‘kib qo‘yar edi. Shu payt orqadan yaqinlashayotgan qadam tovushlari eshitildi. Qadamlar og‘ir, lekin odatdagidek qat’iyatli edi.
Jungkook uning ortiga kelib, yelkalaridan iliq quchoqladi. Ovozida yengil kinoya va samimiy qiziqish aralashgan ohang bilan so‘radi:
— Lablaringni bo‘yamagansanmi, Sevosh?
Seva jilmaymasdan, ammo xotirjam ovozda javob berdi:
— Yo‘q. Axir siz pardoz qilma degandingiz-ku.
Jungkook bir oz jim qoldi, so‘ng nigohini uning yuziga qadab, jiddiy so‘radi:
— Unda nega lablaring bunchalik qizil?
Seva yuzida engil ifoda o‘ynab, qat’iy va aniq ohangda javob berdi:
— Bu tabiiy. Men hech qanday lab bo‘yog‘i ishlatganim yo‘q.
Jungkook bir lahza uning so‘zlarini tekshirayotgandek nigoh tashladi, so‘ng sekin jilmayib, qo‘lini Sevaning yumshoq sochlari ustidan ohista o‘tkazdi.
— Barakalla, aqlli qizim. O‘sha bo‘yoqlarsiz ham sen juda go‘zalsan, — dedi va yana bir bor unga mehr bilan qarab, xonani tark etdi.
Seva uning ortidan qarab, chuqur nafas oldi va asta chiqarib qo‘ydi. Ich-ichida g‘alati bir iliqlik bilan aralash hayajon uyg‘ongan edi.
Jungkook pastga tusharkan, zinapoyaning pastida allaqachon tayyor bo‘lib turgan Milanani ko‘rib, bir zumga qadamini sekinlatdi. Milanaga libos shunchaki yarashmagan — u bilan bir butun bo‘lib ketgandek edi. Qora moviy rangdagi libos uning qomatini mukammal ko‘rsatib, yelka va bo‘yin chizig‘ini nafis ochib turardi. Sochlari yumshoq to‘lqin bilan yelkasiga to‘kilgan, ko‘zlari esa jilvalanib porlardi.
— O‘o‘o‘, Milana… Bugun juda ham go‘zal bo‘lib ketibsan-ku? — dedi Jungkook, ovozida samimiy hayrat sezilib.
Milana eng sodda va samimiy jilmayish bilan:
— Rahmat, — deb javob berdi.
Jungkookning lab burchagi biroz yuqoriga ko‘tarildi. U nigohida yashirinroq, issiqroq bir ifoda bilan jilmayib, yarim hazil-yarim jiddiy ohangda shunday dedi:
— Rostdan ham… bir qoshiq suv bilan yutgudek qizsan.
So‘ng nigohini zinapoya tomonga qaratdi — u Sevaning chiqishini kutayotgan edi.
Oradan ko‘p o‘tmay, zinapoyaning yuqorisida Seva ko‘rindi. Qizil libosi yorug‘lik ostida yaltirab, uning har bir qadami go‘yo sekinroq, nafisroq bo‘lib tuyulardi. Jungkook nigohini undan uzmay, lab burchagida jilmayish bilan unga qaradi. Ularning nigohlari uchrashganda, Seva beixtiyor yengil tabassum qildi.
Ular uchalasi birgalikda tashqariga yo‘l olishdi. Eshik oldida Felix allaqachon mashinani tayyorlab qo‘ygan edi. Mashinaning eshigini ocharkan, Felixning nigohlari beixtiyor Milana tomon tortildi — u bu kechada o‘ziga yarasha joziba va betakrorlik bilan hammani hayratga solayotgandek edi.
Seva, Milana va Jungkook mashinaga joylashgach, Felix rulga o‘tirdi va avtomobil sokin yurish bilan qasrdan chiqib, ziyofat tomon yo‘l oldi. Mashina faralari yo‘lni yoritar, kechki shahar chiroqlari esa oynadan ko‘zga chiroyli jilvalar solib turardi. Har birining ko‘nglida oldinda kutayotgan kechaning qanday kechishi haqidagi o‘z-o‘ziga sirli o‘ylar kezib yurardi.
Bugungi ziyofatning havosida ham ezgulikning nafasi sezilmas, har bir sham yorug‘i ostida yovuz niyatlar ko‘lankasi titrar edi. Bu ziyofat — tashqi ko‘rinishda hashamat, ich-ichida esa zulmatning o‘zi — faqat bir maqsadga, Jk’ning irodasiga xizmat qilishi taqdir yozig‘iday aniq edi. U — odamlar orasida ham, voqealar oqimida ham hukmronlik qilish san’atida tengsiz; hatto vaqtning o‘zi ham uning qo‘lidagi ipga bog‘langan o‘yinchoqqa o‘xshar, har bir nigoh, har bir so‘z, har bir jimlik uning oldindan chizgan rejasiga bo‘ysunardi.
Ziyofatdagi musiqa go‘yo jilovlangan bo‘rilar ulishi singari yurakni bezovta qilardi, oltin idishlardagi taomlar esa shirinlik emas, balki yashirin tahdiddek tuyulardi. Jk hamma narsani ko‘rib turardi — u hech qachon shoshmas, hech qachon oshkora gapirmas, ammo hammani boshqarar, hatto bu oqshomning so‘nggi nafasigacha qaysi qadam kim tomonidan tashlanishini ham oldindan bilardi.
Bu ziyofat — shunchaki bayram emas, balki zulmatning sahnaga chiqishi, Jkning esa o‘z taxtida yana bir bor qudratini namoyon etish kuni edi.
Mana nihoyat uzoq kutilgan fanfic keldi
Davomi uchun hatyabi 300+reaksiya va uzundan uzun 80+fikr boʻlmasa yozmayman!
Endi aniq yozgim yoʻq bu ffni,hech kim kutmayapti baribir,xafa qilyapsizlar