November 22, 2025

Mening shaxsiy qondiruvchim

Muallif Milana Kastel

Ehtiros-bu oddiy soʻz boʻlishi mumkin,ammo unda butun bir sevgini tushunib boʻlmas ammo oshiqlargagina maʼlum boʻlgan tili mujassam...mana shu ehtiros ogʻushida taftingda erib ketishni xohlayman... sevgilim...

17-qism

17-bob:Ehtiros

Taehyung/pov

Men hammaga azob berdim.
Faqat azob… Ammo eng ko‘p azob berganim — bu sevganim edi. Maya — mening borlig‘im, yuragimning tubida yashovchi yagona nurim. U men uchun hamma narsa edi, ammo men uni hech qachon bunga loyiqdek tutmadim. Doimo uni qiynadim, doimo o‘zimni oqlash uchun sabablar izladim. Endi esa bu sabablardan charchadim. Endi men hammasini to‘g‘rilashni istayman — avvalgiday sovuq, befarq Taehyung bo‘lib emas, balki uni chin dildan sevgan, uni qadrlagan Taehyung bo‘lib.

Men o‘tmishimni, xatolarimni, hatto o‘sha so‘nmagan og‘riqlarimni ham endi yuragimda olib yurmoqchi emasman. Milanani… ha, men uni yaxshi bilaman, lekin endi uni o‘tmishim sifatida eslamoqchiman, o‘tmishim sifatida qo‘yib yubormoqchiman. Chunki endi men bir narsani angladim — haqiqiy sevgi bu o‘tmishga qarab yig‘lash emas, balki hozirgi borini asrash. Maya — mening hozirim, mening ertam. Men u bilan baxtli bo‘lishni xohlayman. Bizning baxtimiz, hatar va sinovlarga boy hayotimiz endi endigina boshlanmoqda, men buni yuragimda sezaman.

— Taehyung, nimani buncha o‘ylab qolding? — dedi Jungkook, stulini biroz orqaga surarkan.

Men unga qarab jilmaydim, lekin nigohim hali ham uzoqqa — o‘tmishim tomonga qadalgandi.
— Hech nimani. Faqat... ha, men Milanani juda yaxshi bilaman.

— Yo‘g‘-e, qanday qilib? — dedi Jk hayron ohangda.

Men chuqur nafas oldim, ovozimda yengil bir xotira ohangi paydo bo‘ldi:
— U meni himoya qilib yurgan qiz edi. Bizning oilada katta bo‘lgan, o‘zini hech kimga o‘xshatmas, lekin hammani tushunar edi. Xullas... bizning eng zo‘r josusimiz, eng kuchli ayolimiz u.

Jungkook kulib qo‘ydi:
— Voy, men nega uni oldinroq bilmaganman-a?

— Chunki e’tibor bermasding, — dedim men sokin, ammo jiddiy ohangda. — U doim ish bilan band bo‘lgan. Uning hayoti kurash edi.

Jungkook jim bo‘lib qoldi. So‘ng asta gap boshladi:
— Uni sevib qoldim, Taehyung... endi qanday qilib uni o‘zimniki qilsam ekan?

Men unga tikildim. Uning nigohida chin, ammo yangi paydo bo‘lgan hislar yaltirardi. Men bunday holatni juda yaxshi tanirdim — bu sevgining emas, sevgiga o‘xshash ehtirosning boshlanishi edi.
— Tingla, — dedim sokin, ammo og‘ir so‘zlar bilan. — Ba’zida sen sevgi deb o‘ylagan narsa, aslida sevgi bo‘lmaydi. Va ba’zida sen sevgi emas deb o‘ylagan tuyg‘u — bu haqiqiy sevgi bo‘lishi mumkin. Buni unutma. Agar o‘sha qizni baxtim deb bilsang — harakat qil. Lekin bil: Milana oddiy qiz emas. Unga oʻziga o‘xshagan yigitlar yoqadi — o‘ziga ishongan, kuchli, sabrli, va... ayyor. U oson yengiladigan ayol emas.

Men jilmaydim, ammo bu jilmayish ich-ichimdan og‘riqli edi.
— Milana hammani ham sevib qolmaydi, Jungkook. Shuning uchun agar u senga bir qarashda sovuq ko‘rinsa ham, bu — uning himoyasi. U o‘tmishida ko‘p narsa ko‘rgan. Uni sevmoqchi bo‘lsang, avvalo u kabi bo‘l. U kabi mustahkam tur.

Men stuldan turdim, qo‘limni Jungkookning yelkasiga qo‘ydim.
— Senga omad, do‘stim. Men esa allaqachon o‘z baxtimni topganman. Faqat kech anglab yetdim, lekin endi yo‘qotgan har bir onimni uni baxtli qilib to‘ldirmoqchiman. Endi men uchun faqat Mayam bor, xolos.

Shunday deb men orqamga burildim va chiqib ketdim. Orqamda esa Jungkookning sokin, ammo chuqur ohangdagi gaplari qoldi:
— Eh, endi men nima qilsam ekan... o‘zi bilgancha zo‘r maslahat berdi-da, bu Taehyung...

U jilmaydi, lekin o‘sha jilmayish ortida bir donishmandning og‘ir so‘zlarini yodlab olgan inson turardi.

Taehyung esa yuragida Mayaning ismini yana bir bor takrorladi — bu safar u sevgan yigit sifatida, chin yurakdan.

Jk

Auditoriyada og‘ir sukunat cho‘kkan edi. Domlaning ovozi xuddi tosh devorga urilayotgandek qattiq yangrar, talabalar esa charchagan nigoh bilan eshitayotgandek ko‘rinardi. Shunda birdan eshik qattiq, qat’iy ohangda taqilladi. Hamma bir-biriga qarab qoldi — bu taqillatishda odatiy sabrsizlik emas, balki buyruq bor edi.

— Kiring, — dedi domla, ozgina asab bilan.

Eshik ochildi. Eshik ostonasida Taehyung turardi. U sekin ichkariga qadam qo‘ydi. Uning qadam tovushi auditoriyaning yuragini urishdan to‘xtatgandek jimlikni yorib o‘tdi. Ko‘zlari sokin, ammo tahdidli edi. Qaddi tik, nigohi — buyruqning o‘zi.

— Yaxshimisiz, domla, — dedi u xotirjam, lekin sovuq ohangda. — Menga Mayani chaqirib bera olasizmi?

Domla bir muddat sukut saqladi, so‘ng stol ustidagi ko‘zoynagini olib, yuziga qaradi.
— Yosh janob Kim, — dedi u keskin, ammo muvozanatni saqlab. — To‘g‘ri, siz qudratli shaxslarning merosxo‘r farzandisiz. Ammo bu darsga hurmatsizlik qilish, butun auditoriya diqqatini chalg‘itish degani emas. Agar Mayada ishingiz bo‘lsa, darsdan keyin so‘rashingiz mumkin edi.

Taehyung bir lahzaga jim qoldi. Nafas oldi — chuqur, og‘ir nafas.
— Janob, — dedi u sekin, ovozini pasaytirib. — Keling, gapni cho‘zmaylik. Mayani chaqirib bera qoling. Bo‘lmasa, hozir bu yerda nizo chiqadi. Ko‘ngilsizlikni siz ham, men ham xohlamaymiz, to‘g‘rimi?

Auditoriya muzlab qolgandek bo‘ldi. Havoda taranglik sezildi.
Domla yutundi, nigohida xavotir aralash g‘azab paydo bo‘ldi.
— Bu bilan menga tahdid qilyapsizmi, janob Kim? — dedi u past, ammo titroq ovozda.

Taehyungning lablari kulimsiradi.
— Qanday tushunsangiz, shunday tushuning, — dedi u, loqayd ohangda.

Bu so‘z domlaning sabrini butunlay yo‘qotdi.
— Endi haddan oshdingiz! — deya o‘rnidan turib, qattiq baqirdi u. — Dekan xonasiga borasiz! Ota-onangizni chaqirtiring! Sizga hayfsan beriladi, bu — o‘qituvchiga ochiqchasiga hurmatsizlik!

Taehyung sekin boshini qimirlatdi, labida bepisand tabassum paydo bo‘ldi.
— Bo‘ldimi? Gapingiz tugadimi? Juda soz, — dedi u va keyin butun zalni o‘ziga qaratgan tovushda, qat’iy ohang bilan qo‘shdi: — Maya, qani, oldimga kel, quyomcham.

Bu so‘zlardan keyin auditoriya qotib qoldi. Hamma nigohlar Mayaga qadaldi.
Maya o‘tirgan joyida bir necha soniya qimir etolmadi. Yuragi qattiq urar, qo‘llari titrardi. U bilardi — Taehyungning sabri bilan o‘ynash mumkin emas. Darslar o‘tadi, ammo Taehyungning g‘azabi oson so‘nmaydi.

Shu o‘y bilan u titroq ovozda dedi:
— Uzr, ustoz, menga ruxsat bering, iltimos.

Domla g‘azab bilan stol ustiga musht soldi.
— Bu qanday hurmatsizlik?! — dedi u. — Hoy, yigitcha, senga nima, universitet o‘yinchoqmi? O‘zingni bos, bu yer ota uying emas! Maya, joyingga o‘tir, dedim!

Taehyung birdan kulib yubordi. Bu kulgi sovuq, hatto domlaning yuragini muzlatgandek edi.
— Xo‘sh, kim meni Mayani olib ketishdan to‘xtata oladi? Sizmi? — dedi u ohista, ammo har bir so‘zi pichoqday keskin edi. — Maya men nima desam, shuni qiladi. Mendan boshqa unga buyruq berishga hech kim haqli emas. Endi yur, Mayashim.

Maya iloji yo‘q, sekin o‘rnidan turdi. Har bir qadami unga og‘ir tuyulardi. Nigohlar, pichir-pichirlar, ularning orasida Taehyungning sovuq ko‘zlari — hammasi unga bosim edi. U yurib, Taehyung yoniga bordi.

Domla esa qichqirib yubordi:
— Uyatsiz! Yuzsiz! Sharmanda! Talabalar shunaqami endi? Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan, hukmdormi?

Taehyung bir qadam oldinga yurdi. Uning ko‘zlari o‘tkir, ohangi past, ammo so‘zlarida sovuq kuch bor edi.
— Menmi? — dedi u sokin. — Men o‘zimni sizdek pastda deb hisoblamayman, domlajon. Yaxshi qoling.

Shunday dedi-da, Mayaning qo‘lidan ushlab, hech narsani eshitmagandek chiqib ketdi.

Domlaning ovozi yo‘lakda uzoqlashib eshitildi:
— Shu qilganing uchun endi rektor huzurida ko‘rishamiz!

Taehyung esa shunchaki yengil kuldi. Uning yurishi sokin, ammo kuchli edi — go‘yo bu dunyo unga tegishli.

Maya yonida yurarkan, yutundi. Nigohini yerdan uzolmay, sekin so‘radi:
— Taehyung… jahlingiz chiqdimi?

Taehyung

Taehyung to‘xtadi. Jim. So‘ng qiz tomon o‘girilib, uning sochlarini barmoqlari orasidan ohista o‘tkazdi.
— Qo‘rqib ketdingmi, jonim? — dedi u past ovozda. — Bilasan-ku, ba’zan jahlim tez. Uni jilovlashim qiyin. Lekin o‘sha domlajon… hali tovbasiga tayanadi.

Shunday deb, u qizning yuzini ohista ushlab, nigohiga termildi. Maya yuragi bilan uning sovuq mehrini his qildi. Bu mehr o‘ziga xos edi — u egallovchi, buyruq ohangidagi muhabbat edi.

Taehyung qizning lablariga engashdi va uni o‘pdi. Bu o‘pichda kechirim yo‘q edi, bu hukm edi — “meniki” degan so‘zsiz bayonot.

Auditoriyadagi olomon, domlaning g‘azabi, rektorning tahdidi — barchasi orqada qolgan.
Bu ondan boshlab faqat ikkalasi bor edi: Taehyung va Maya.
Va bu lahzada dunyo ham ularga bo‘ysunayotgandek tuyuldi.

Maya

Taehyung qizning lablaridan labini olib, bir zum jim qoldi. Uning ko‘zlarida sovuq hukmdorona jiddiyat o‘rnini nimadir yumshoqroq, ehtimol, charchoq va yashirin mehr egallagan edi. So‘ng u yengil kulib qo‘ydi — bu kulgi ichida ham ozgina dard, ozgina mehr, ozgina charchoq aralashgan edi.

— Endi kayfiyatni ko‘taramiz, — dedi u ohista, lekin odatdagidek buyruq ohangida. — Ertaga nima bo‘lsa bo‘lar, hammasini o‘zim hal qilaman. Qani, jonim, yur. Birga vaqtimizni maroqli o‘tkazaylik. To‘g‘risi, charchadim...

Maya unga qarashga yurak topolmadi. Uning yuragi tez ura boshladi. Taehyungning qo‘li qizning bilagini mahkam ushlab, hech qanday so‘zsiz uni tashqariga yetakladi. Ularning har bir qadami ostida auditoriyaning shiviri, talabalar nigohlari, hayrat va qo‘rquv oralashib qoldi.

Shu payt Jk — Taehyungning do‘sti — universitet darvozasiga yaqinlashayotgan edi. U Taehyungni ko‘rib kulimsiradi:
— Hoy, qayerga? Darsga kirmaysanmi?

Taehyung jilmaydi, lekin ko‘zlarida yengil beparvolik:
— Biroz aylanmoqchiman. Zerikdim. Sen-chi, hali darsga kirmadingmi?

Jk yelkasini qisdi:
— Eee, kirgim kelmayapti.

Taehyung kulib, boshini chayqadi:
— Unday qilma, opang senga bunaqa tarbiya bermagan-ku. Bilasan, opangning jahli yomon, bilib qolsa, sen emas, men ham tinch uxlamayman. Bolaligimda “yaxshiyam opam yo‘q”, derdim, lekin seni opangni ko‘rib...

Jk kuldi:
— Opam seni ham adabingni bergisi kelardi, ammo ukasi emas eding. Senga tegishga haqqi yo‘q edi, shuning uchun doim jim yurardi.

Taehyung yengil jilmaydi, keyin beparvo ohangda dedi:
— Ha, mayli, senga darsda omad.

Shunday deb, u Mayani mashinasiga o‘tqazdi. Ularning mashinasi mayin shovqin bilan universitet hovlisidan chiqib ketdi.


Parkda shovqin kam edi. Quyosh sekin botar, osmon pushti rangga bo‘yalgan, daraxtlar orasida shamol sokin kuylardi. Taehyung mashinani to‘xtatdi, eshikni ochib, Mayaning sochlariga sekin tegdi. So‘ng unga qarab jilmaydi:
— Xo‘sh, Maya, balandlikdan qo‘rqasanmi?

Qiz shoshmasdan, yengil jilmaydi:
— Unchalik emas.

Taehyung diqqat bilan unga qaradi, go‘yo bu javobning orqasida nimanidir izlayotgandek:
— O‘zi nimadan qo‘rqasan?

Maya lablarini qattiq qisdi, yuragi o‘ynadi. U bexosdan shivirlagandek chiqardi:
— Sizdan...

Bu so‘z havoda og‘ir aks-sado berdi. Taehyung bir zumga toshdek jim qoldi. So‘ng o‘zini yo‘qotgandek, ko‘zlarini yerdan uzolmay dedi:
— Tushunarli... demak, sening eng katta qo‘rquving menman, shundaymi?

Maya boshini egdi, ovozi titradi:
— Qo‘ying, iltimos. Buni eslamaylik... yuring, yaxshisi, u yoqqa, anavi atraksionda uchaylik, — dedi, mavzuni burmoqchi bo‘lib.

Taehyung unga bir qaradi, so‘ng yengil kuldi:
— Mayli, yur, — dedi va uning ortidan yurdi.


Atraksion baland, osmonni kesib turgandek edi. Pastda odamlar kulishar, tepadan esa shamol yovvoyi kuylardi. Taehyung uning balandligini ko‘rib, biroz shubhalandi:
— Balki chiqmasak kerak? Agar sen balandlikda hushini yo‘qotsangchi?

Maya yengil kuldi, qo‘lini ko‘kragiga qo‘yib dedi:
— Hech nima qilmaydi, qo‘rqmayman. Xavotir olmang.

Shunda xodim ularni ogohlantirdi:
— Moslama ishga tushgach, hech kimni tushirib bo‘lmaydi. Hozir qoʻrqayotganlar, tushsin.

Taehyung yana qizga qaradi:
— Maya, balki tusharmiz? Yuragim g‘ash...

Maya tabassum qildi:
— Hech nima qilmaydi, siz bilanman-ku, — dedi shivirlagandek.

Moslama ishga tushdi. Dastlab sekin, so‘ng kuchli tebranish bilan ular osmonga ko‘tarila boshladi. Shamol qizning sochlarini uchirar, Taehyung esa uning qo‘lini ushlab, hech qo‘yib yubormasdi. U yuqoriga ko‘tarilgan sari, Mayaning yuragidagi barcha to‘planib yotgan og‘riqlar, dardlar, vahima bilan birga osmonga chiqib ketayotgandek edi.

Birdan u ko‘zlarini yumdi, yuragidan otilib chiqqan ovoz bilan baqirdi. Bu baqiriq qo‘rquv emasdi — bu ozodlik edi. Ichida yig‘lab to‘plangan hislar, yillar davomida yashirgan og‘riqlari shu bir lahzada shamolga aralashib ketdi.

Pastga tushishgach, Maya biroz boshi aylanib, lablarini tishladi. Taehyung tezda suv olib keldi, yuziga qarab dedi:
— Men senga chiqmaylik degandim-ku.

THV

Maya kulib, lekin ko‘zida yosh bilan dedi:
— Ammo zo‘r adrenalin bo‘ldi. Men ichimdagilarni baqirib chiqarib yubordim...

Taehyung bir zum jim qoldi, keyin unga yaqinlashib, yuzini qo‘llari bilan ohista ushladi:
— Endi uyga ketamizmi, go‘zal farishtam?

Maya yengil bosh irg‘adi, yuzida sokinlik:
— Ha, ketdik.

Taehyung uning qo‘lini ushlab, mashinaga tomon yurdi. Shamol asta ularning ortidan esar, quyosh esa sekin botib borardi. Ularning soyasi yerga cho‘zilib, go‘yo bir-biriga chirmashib ketgandek edi.

Bu kun shunchaki bir uchrashuv emasdi. Bu kun — bir yurakning boshqa yurak oldida yumshab, bir ayolning qo‘rquvini yenggan kuni edi.
Bu — Taehyung va Mayaning hayotidagi sokin, ammo chuqur o‘zgarishning boshlanishi edi.

Mayash

Maya va Taehyung shinam, jimjit kvartiralariga kirgan payt allaqachon kech tushgan, deraza ortida shahar chiroqlari mayin titrab turardi. Eshik sekin “chilq” etib qulflandi — go‘yo tashqi dunyo bu ikki qalbni endi qayta topa olmaydigandek.

Maya yotoqxonaga kirganida kiyimlarini yechishga ulgurmagan ham edi, ortidan sokin, ammo hukmron qadamlari bilan kirib kelgan Taehyung uning harakatini bir zumda to‘xtatdi. Qizning qo‘llari havoda muzlab qoldi. Taehyung esa hech narsa demay, uni qanday bo‘lsa, shundayligicha quchoqlab ko‘tardi. Maya beixtiyor uning bo‘ynidan mahkam quchoqlab oldi.

Yotoq haroratli, xushbo‘y edi. Taehyung Mayani ehtiyot bilan yotqizdi. Biroq uning ko‘zlarida ehtiyotdan ko‘ra ko‘proq “meniki” degan qat’iylik porlab turardi.

Qiz nimadir demoqchi bo‘ldi, ammo Taehyung allaqachon hansiragan lablarini Mayaning lablariga bosgan, uning o‘pkasi dan nafasi aralashib ketgandi. Har bir bo‘sa ortidan ichidan nimadir yorilib, ularning orasidagi masofa tobora yo‘qolib borardi.

Taehyung mayin, ammo hukmron ohangda pichirladi:

— Baxtli bo‘lish uchun kech emas-ku… shunday emasmi, gulim?

Mayaning nafasi titrab chiqdi, go‘yo aytilayotgan har bir so‘z tanasidan emas, yuragining chuquridan tarayotgandek:

— Ha… kech emas, — dedi u boshini ko‘tarmay.

Bu javob Taehyungga yetarli edi. U lablarini qayta Mayaning lablariga bosdi — bu safar yanada chuqurroq, yanada talabchanroq, go‘yo shu lahza uchun butun umr kutgandek.

U qizning yuzidan, chakkasidan, bo‘ynining mayin joyidan o‘tib, terisiga issiq nafasini qoldirar, har bir bo‘sa Mayaning yuragini izdan chiqarardi. Qizning qo‘llari Taehyungning yelkasiga ilinib, uni o‘ziga yaqinroq tortdi — qochish yo‘q edi, istamaslik yo‘q edi, faqat shu erkak, shu tun va shu bo‘shliqni to‘ldirayotgan achchiq-shirin ehtiros bor edi.

Taehyung bo‘ynidan pastga qarab yo‘l oldi, uning har bir harakati Mayani bir zumda titratib yuborardi. Taehyung qizning terisiga lablari bilan iz qoldirar ekan, bu izlar bo‘sa emas, go‘yo “meniki” degan jim, ammo qat’iy so‘zlar kabi tuyulardi.

Maya esa ko‘zlarini yumgancha, hansirab, hech narsa demasdan, faqat yuragining tekis bo‘lmay qolgan urishlari bilan unga javob berardi.

Ularning atrofida hech kim yo‘q edi. Hech qanday dunyo yo‘q edi. Faqat shu xona, shu issiqlik, shu ikki qalb — va ulardan taralayotgan cheksiz ishonch va ehtiros.

Taehyung qizni har bir chizgisiga lablarini bosib,undan chuqur boʻsa olishni davom ettirar ekan,Maya yengil titrab qoʻyardi
Taehyung qizni koʻkraklarini ogʻziga olgan onda,barmoqlari bilan qizning kindik atrofini silab erkalardi,ehtiros sevgi,armon,alam bor edi bu boʻsalarda...shu darajada shirin boʻsalar yomgʻiri...Maya bu onlari qancha kutdi,qancha qiynaldi,mana nihoyat u sevgani uni erkalab,ozor bermay yana qayta uni ehtiros olamiga olib kirganidan shod edi.
Taehyung qizni kindik atrofini tili bilan erkalab,Mayaning bejirimgina ichki kiyimini yechib tashladi va oʻzining ham kamarini yecha boshladi,bir qoʻli kamarida boʻlsa bir qoʻli qizning koʻkraklarini gʻijimlardi.

Ehtiros — bu shunchaki tuygʻu emas, u insonning tanida uyg‘ongan yashirin kuch, yurakdan ko‘tarilgan issiq shamol, ichkarida qaynab, toshib kelayotgan olovdir. Sevgi bilan qorishganida esa, tunning o‘zi ham ularga yon bosadi — qorong‘ulik muloyimlashadi, osmon jimlikda nafasini tiyadi, go‘yo butun olam ikki tananing birlashishini sukutda kuzatar edi.

Bunday oqshomda ehtiros odamni butkul o‘zgartirib yuboradi.
Qon tomirlarda shiddat bilan oqadi, yurak bir zum to‘xtab, yana yigirma barobar kuch bilan uradi. Har bir teginish ildiz otadi, har bir quchoq yonib turgan o‘tga aylanadi.

Ehtiros tanni larzaga soladi…
U ko‘krakda mavjlanadi, qornida titroq uyg‘otadi, teri ostiga kirib, barcha fikrlarni o‘chirib, faqat bir narsani — birlashishni, yaqinlashishni, yonishni talab qiladi.

Tun og‘ushida tug‘ilgan bu onlar — lazzatning eng nozik, eng chiroyli, eng begona qiyofasi.
Havo ham issiqlashadi, nafaslar bir-biriga uriladi, lablar ko‘chib, yana qayta topiladi. So‘zlar keraksiz, har bir teginishning o‘zi gapiradi.

Ehtiros — ikki tananing birlashuvi emas, ikki ruhning yonib ketishidir.
Shu lahzalarda odam o‘zini yo‘qotadi, lekin aynan shu yo‘qotishda o‘zining eng asl qiyofasini topadi.

Va o‘sha kechadagi hislar…
Ular unutilmaydi.
Ular tunning qorong‘usida yorug‘likday yonib qoladi.

Ular mana shu ehtiros domiga gʻarq boʻlishdan edi... allaqachon tanalar birlashgan va butun vujudlari boʻylab ehtiros toʻlqini yoyilgan edi.

Taehyung asbob*ini moʻljallab Mayani ichiga kirib bordi,avval sekinlik bilan boshlangan jinsiy aloqa*keyin tezlasha bordi

Har bir poza avvalgisidan kuchliroq va zavqliroq edi,qiz yigitning tagida tovlanib,beli tepadan pastga tinimsiz koʻtarilib ketardi,nafasi tez va notekis,koʻkragi pastdan yuqoriga harakatlanardi.

Bu aloqa 3 soat davom etdi, Taehyung qizga ikkinchi marta boʻshanib aloqani tugatdi va Mayani oʻzi bilan hammomga olib kirib ketdi...

Taehyung va Maya

Oradan bir necha kun sekin o‘tib, hayot tashqi tomondan tinch tuyulsa-da, ichkarida bo‘ronlar yetilib borar edi.

Taehyung odatdagidek sokin, hatto biroz beparvo qadamlar bilan universitet binosiga kirib kelayotganida, birdan uning yo‘lini bir guruh politsiya xodimlari to‘sib qoldi. Yo‘lakda shivir-shivir, cho‘chigan qarashlar, studentlarning o‘zaro hayratli nigohlari ko‘paydi.

Taehyung yengil jilmayib, xodimlarga tikildi:

— Nima gap, yigitlar?

Shu mahal saf oldidan qora kostyumli, tartibli, o‘tkir nigohli yosh yigit chiqdi. U hujjatini ko‘rsatib, g‘urur bilan gap boshladi:

— Jinoiy qidiruv ishlari bo‘limidan detektiv Park Jimin. Siz yuz bergan qotillik bo‘yicha gumondor deb topildingiz. Vaqtinchalik tergov uchun hibsga olinishingiz haqida qaror chiqarilgan. Olib keting, — dedi qat’iy buyruq ohangida.

Jamiyat ichra shovqin jim bo‘ldi. Barcha nigohlar Taehyungga qadaldi.

Taehyung labining bir chetini ko‘tarib kuldi — bu kulgi mazax, bepisandlik va keskin dadillikdan iborat edi.

— O‘-o‘-o‘… demak, yana bir qahramonimiz paydo bo‘libdi-da. Ha mayli, ko‘ramiz, nima qila olarkansiz, janob Park, — dedi u beparvo ohangda.

Shu onda u yonida xavotirdan qaltirayotgan Mayaga qaradi. Qizning ko‘zlari xavf va hayajondan yoshlanib ketgandek edi.

Taehyung unga yaqinlashib, mayin, lekin buyruq ohangiga ega ovozda dedi:

— Xavotir olma, go‘zalim. Bir necha soatda qaytaman. Aqlli qiz bo‘l, xo‘pmi, jonim?

Maya faqat bosh irg‘adi, ovozi chiqmay qoldi, lekin ko‘zlaridagi ishonch Taehyungning ko‘ksiga issiq tegdi. Shunda Taehyung hech kimning qarashini inobatga olmay, qizni o‘ziga tortib, labidan chuqur bo‘sa oldi. Atrofdagi talabalar nafasini yutib turdi, ba’zilar shokdan hatto qimirlay olmadi.

Taehyung tik turib dedi:

— Nimani kutyapsizlar? Ketdik.

Shu bilan politsiya uni mashinaga o‘tqazib, darhol mahkamaga olib ketdi.


Mahkamaga yetib kelishgach, Taehyungni qo‘llaridan ushlab, tergov xonasiga olib kirishdi. Xonada sovuq, rasmiy havo hukmron edi. Park Jimin esa stolga yoyilgan hisobotlarni, fayllarni birma-bir ko‘zdan kechirar, butun ongini ishga jamlagandi.

Shunda orqa tomondan asta-sekin, mayin, ammo o‘zida kuch yashirgan ayol ovozi eshitildi:

— Xato qilyapsiz, janob Park.

Jimin boshini ko‘tardi va jilmaydi. Bu jilmayishda ham istehzo, ham qiziqish, ham ehtiyot bo‘lmaslik sezilardi.

— Men eng to‘g‘ri bo‘lgan ishni qilyapman, miss Milana.

Milana uning qarshisida turar, nigohi o‘tkir, jim turishi esa qo‘rquv emas — tahdid edi.

— Men unday deb o‘ylamayman, — dedi u sokin, ammo qat’iy ohangda.

Jimin unga bir qadam yaqinlashib, tovushini pasaytirdi:

— Siz nima deb o‘ylashingiz… ahamiyatsiz. U ashaddiy qotil. Hamma bo‘lib o‘tgan qotilliklarda aynan uning qo‘li borligini isbotlayman. Hamma biladi, hamma ko‘radi — u jinoyatchi!

Milana labini mayin qimirlatib kuldi:

— Xo‘sh, qanday qilib?

Jimin qizning qulog‘i tomon engashib, tovushini shivirlash darajasigacha pasaytirdi:

— Uni qutqarishga urinib ko‘ring, Milana. Lekin uddalay olmaysiz. Buni men ta’minlayman. Qachongacha uni himoya qilmoqchi edingiz? Endi uni qutqara olmaysiz. Bu safar emas.

Bu so‘zlardan Milana bir lahza jimib qoldi, hayratdan ko‘zlari keng ochildi:

— Si… siz qayerdan bilasiz?

Jimin yengil bosh chayqadi:

— Men ko‘p narsani bilaman, Milana xonim. Siz meni yangi, tajribasiz detektiv deb o‘ylab xato qildingiz. Men xavfli detektivman. Sizning unga ishlashingizni anchadan beri bilaman. Jim turdim, kuzatdim… Chunki yovuzlikning baribir oxiri bor, shunday emasmi?

Milana kulimsiradi, ammo bu safargi kulgusi achchiqroq, tahdidliroq edi:

— Ha, aqllisiz. Ammo meni yenga olmaysiz. Janob Kim Taehyungni ham. Nima qilmoqchisiz? Uni qamamoqchimisiz? Agar buni amalga oshirsangiz — davlatlararo urush boshlanadi. Siz Amerika prezidentining nabirasini, qirollik oilasi vakilasining merosxo‘rini, mafiya boshlig‘ining yagona o‘g‘lini hibsga ola olmaysiz. Bu hatto imkonsiz! Taehyung — yagona merosxo‘r, u — voris. Siz baribir yutqazasiz.

Milana bir qadam yaqinlashib, sekin qo‘shimcha qildi:

Detektiv Jimin

— Bu xabar uning bobo va buvisiga yetib bormasdan oldin… bosdi-bosdi qilishni taklif qilaman.

Jimin esa kuldi. Bu kulgi qaysarlik, o‘ziga ishonch va hatto ozgina telbalik aralash edi.

— Meni shundan qo‘rqadi deb o‘ylaysizmi? Butun dunyo haqiqiy yovuzlikni bilib qo‘ysin! Ular toki undan ehtiyot bo‘lishadi! Men ishimga sodiqman va jinoyatchini ommaga oshkor qilaman. Siz qanchalik qarshilik qilmang — to‘xtata olmaysiz.

Milana unga tikildi:

— Ko‘ramiz, janob Park Jimin.

Jimin jilmaydi:

— Oxirida kim kulishini ko‘ramiz, Milana Kastel xonim. Ammo bir narsani unutmang… siz juda ham latofatlisiz. Men sizni o‘zimga bog‘lab olaman. Hali albatta.

Milana yuzida kinoya bilan javob berdi:

— Siz meni o‘zingizniki qilish haqida unuting. Axir, men ham jinoyatchiman.

Jimin ohista kuldi:

— Sizdek jinoyatchiga mendek politsiyachi munosib. Hali ko‘rasiz… butkul menga tegishli bo‘lasiz. Buni ustiga — bu jinoyat albatta ochiladi.

Xonada og‘ir sukut hukmron bo‘ldi.

Milana Jiminning surbetligi, o‘ta dadilligidan nafratlangancha tikilib turar edi. Ammo Jiminning ko‘zlarida butunlay boshqa narsa porlardi — u bu yovuz, takabbur, o‘ziga ishongan qizga oshiq bo‘lib ulgurgandi. Uning yovuzligi, uning sovuqligi, hatto jinoyatlarga bo‘lgan shafqatsiz munosabati ham Jimin uchun joziba edi.

Ezgulik… yovuzlik… ikkisining to‘qnashuvi keskinlashib borardi.

Endi nima bo‘ladi?

Qaysi tomon g‘alaba qiladi?

Bu — noma’lum. Va shu noma’lumlikning o‘zi bu hikoyani yanada xavfli, yanada hayajonli qilardi.

Milana Kastel

Nihoyat koʻpchilik kutgan onlar,kutgan asar...xullas kutgan boʻlsa kimdir nihoyat yozib keldim...2 oy bu kam vaqt emas....agar fikr yozmasak yana yoʻqolib ketaman va qaytmasman...chunki oʻqishim koʻpaygan
Shunda ham siz uchun fanfgini davomini yozing keldim

Uzundan uzun hech yoʻq 50+fikr keladi degan umiddaman toʻgʻrisi

Reaksiya esa 350+boʻlsin!

Yoqimli mutolaa ❤️