August 13, 2025

Mening shaxsiy qondiruvchim

Muallif Milana Kastel

Yurak...nega meni qoʻrquv,sevgi va nafrat bilan azoblading...meni oʻz qamogʻingga mahkum etding...endi men u yerda faqat azobni his qilayapman..iltimos meni bu qamoqdan qutqar sevgilim...

14-qism

14-bob:Oʻtmish xotiralari!Yurak qamogʻi!

Yurak, nega bunchalar qiynaysan meni,
Qonimni sovutib, o‘zingni yondirasan?
Azoblar girdobida qolgan bu tanim,
Qachongacha, ayt, sen bilan yonasan?

Sevma, degandim, sen tinglamading,
Olovga qo‘yding sen beg‘ubor qo‘ling.
Qon ichra qolib, yarangni yashirding,
Meni ham charchatib, o‘zingni kuydirding.

Azob hech qachon tinch qo‘ymaydi, deysan,
Men esa sukutda yig‘layman ichdan.
Yurak, sen bardoshli, men esa ojiz,
Ammo biz bog‘langanmiz — bir tan, bir jonmiz.

Men charchadim, lekin yashashni xohlayman,
Bir kun kelar, ma’no topaman, deyman.
Sen urib turganingcha men ham bor bo‘laman,
Sen to‘xtasang, men ham yo‘q bo‘laman.

Shunday ekan, azob ber, ammo ketma,
Iztiroblar ichra meni tark etma.
Yolg‘izlik — o‘limdan ham og‘ir, yurak,
Hech bo‘lmasa, azobda birga qolishimiz kerak.

Yurak…
Nega bunchalar qiynaysan meni? Axir, men sen bilan bir tan, bir jonman. Sening og‘rishing — mening og‘rishim, sening yarang — mening yaram. Lekin sen meni hech qachon ayamading. Kechalarning eng jim, eng qorong‘i lahzalarida birdan urishing tezlashib, butun vujudimni qattiq siqib qo‘ygan onlaring bo‘ldi. Men u paytda yostiqqa yuzimni bosib, ovozsiz yig‘lar edim, sen esa ichimda urib, har bir zarbang bilan “hali tiriksan” deb eslatarding.

Azoblar ichida chidolmay qolgan kunlarim ko‘p bo‘ldi, yurak. Iltimos, to‘xtat endi. Axir, men ezilib bo‘ldim. Nafas olishim ham og‘riq bo‘ldi, dunyo menga tobora og‘ir tusda ko‘rinadi. Qachongacha bunday yashaymiz? Axir bu azoblar hech qachon tugamaydigandek. U meni tinch qo‘ymaydi, seni ham qo‘ymaydi. Bizning oramizda hech bo‘lmaganda bir kun bo‘lsa-da osoyishtalik bo‘lishi mumkinmi?

Esingdami, o‘sha kuni men senga aytgan edim: “Sevma, yurak. Bu yo‘l o‘zingni ham, meni ham yo‘q qiladi.” Lekin sen menga bo‘ysunmading. Sen o‘zingcha bir yorug‘lik ko‘rding, o‘sha yorug‘likka talpind­ing. Ammo u nurni qo‘llaring bilan ushlamoqchi bo‘lib, o‘zingni olov ichiga urding. Endi qaragin o‘zingga — qancha yara, qancha chandiq, qancha qon.

Yurak, sen eng ko‘p qiynalgansan. Men esa faqat ichimdan seni tinglab, dardlaringni ko‘tarib kelaman. Lekin bugun senga savol beraman: endi ham bardoshing yetadimi? Yana kimnidir sevishga, yana kuyishga kuching qolganmi? Yana o‘zingni xuddi shu olovga tashlashga tayyormisan?

Men esa… men charchadim, yurak. Butun borlig‘im bilan charchadim. Shu charchoq ichida ham yashash uchun bir sabab izlayapman. Har tong uyg‘ongan paytimda, ko‘zlarimni ochib, shiftga tikilib yotarkanman, o‘ylayman: “Nega hanuz tirikman? Qayerda o‘sha ma’no, o‘sha sabab?” Balki bir kun kelib toparman. Balki u sabab mening hayotimni butunlay o‘zgartirar. Balki yo‘q. Balki bu izlashning o‘zi umrimning oxirigacha davom etar.

Ammo bil, yurak… sen urib turganingcha, men yashashga majburman. Sen to‘xtasang — men ham yo‘q bo‘laman. Biz bir-birimizga bog‘langanmiz. Qanchalik azob bersang ham, men sendan voz kecholmayman. Chunki sen — meniki, men esa — seniki.

Shunday ekan, agar azob berishga qaror qilsang ham, yonimdan ketma. Hech bo‘lmasa, iztirob ichida birga qolaylik. Chunki yolg‘izlik bu azobdan ham og‘irroqdir.

Bu zulmatli va dahshatli tundan so‘ng, tong xuddi jur’atsiz boladek sekin-asta, ehtiyotkor qadamlar bilan kirib keldi. Deraza ortidan kirib kelayotgan xira nur xonadagi sovuq havoga ham, qizning muzdek holiga ham issiqlik bera olmasdi.

Maya yotoqda qimir etmay yotar edi. Ko‘z yoshlari allaqachon qurigan, ammo kipriklari ostidagi qizarish va shish — kechasi qanday o‘tganining ayanchli guvohi edi. U ko‘zlarini yumsa ham, ochsa ham ko‘rgan narsa bir xil — zulmat ichida yirtiq-yirtiq bo‘lib ketgan qalbi, so‘nib qolgan orzulari. Uyqu esa butunlay uni tark etgandi.

Yonida esa Taehyung… sokin, beparvo, hatto huzur bilan nafas olardi. Uning qo‘llari Mayaning belini mahkam o‘rab olgan, xuddi bu qiz uning umri davomida izlagan eng qimmatli boyligidek. Ammo Maya uchun bu quchoq — panoh emas, temir qafas edi. Har bir nafasida bo‘g‘ilayotgandek, ichidagi hayot asta-asta siqilib chiqib ketayotgandek his qilardi.

Kechagi kechadagi shafqatsiz, rahmsiz yaqinlik uni jismoniy ham, ruhiy ham holdan toydirgan edi. Uning tanasi tirik, ammo qalbi — allaqachon o‘sha kecha o‘lib bo‘lgandi. Yuragidagi barcha iliqlik, barcha ishonch o‘sha zulmat ichida so‘nib, izsiz yo‘q bo‘ldi.

Maya yigitni uyg‘otib yuborishdan qo‘rqib, hatto chuqur nafas olishga ham jur’at eta olmasdi. Tashqarida tong yorishdi, hayot asta harakatga keldi, ammo uning ichida faqat bo‘shliq hukmron edi. U tun bo‘yi uxlamay chiqdi, ko‘zlari qizarib, badanida charchoqning og‘irligi sezilib turardi.

Nihoyat, og‘ir fikrlar va ruhini ezib turgan alam ichida ham charchoq ustun keldi. Ko‘z qovoqlari sekin-asta og‘irlashdi, fikrlar xiralashdi… va u hech narsani his qilmay, zo‘rg‘a, sokin uyqu qa’riga cho‘kib ketdi.

Soat millari 12:47 ni ko‘rsatmoqda edi. Xona ichida og‘ir jimjitlik hukm surar, deraza ortidan tushayotgan quyosh nuri choyshab ustiga xira oltin sochlar kabi sochilib, havo ichida mayin chang zarrachalarini yoritardi. Shu sokin manzara ichida Maya hali ham chuqur uyqu og‘ushida, yuzida tun bo‘yi yig‘idan qolgan izlar, lablari esa biroz shishgan holda yotar edi. Uning tinch uyqusini esa yonida yotgan yigitning og‘ir, o‘ziniki bo‘lib qolgan qo‘llari buzdi.

Taehyung asta uyg‘onib, go‘yo yangi kunni emas, balki o‘zining yangi o‘ljasini ko‘rib turgandek, qizga tikildi. U barmoqlarini qizning yalang‘och yelkalarida yurgizib, bir qarasa yuzlarini lablari bilan muloyim o‘pib qo‘yar, keyin birdan tishlari bilan mayin, ammo iz qoldiradigan darajada qattiq tishlardi. Ba’zida lablarini uning ko‘kragiga bosib, issiq nafasini his qildirar, qiz esa charchoqdan zo‘rg‘a g‘ingshib qo‘yardi.

Yigitning yuzida o‘ynoqi, ammo ichida hukmronlik va yovuzlik aralash jilmayish sochilib turar, u qizning bo‘shashgan yuzini go‘yo san’at asaridek tomosha qilardi. Ko‘zlarida esa “sen endi meniki” degan o‘tkir ishonch yaltirardi.

Og‘ir kipriklarini nihoyat zo‘rg‘a ochgan Maya qarshisida yotgan yigitni ko‘rdi. Taehyungning nigohi u tomon egilib kelar, lablarida shahvat va kulgu aralash jilmayish jilvalanardi.

— Hayrli tong, kapalak, — dedi u ovozidagi hukmron ohangni yashirmay. — Yaxshi dam oldingmi, qo‘g‘irchog‘im?

U barmoqlarini qizning yuzida asta yurgizdi, go‘yo uning har bir chizig‘ini yodlayotgandek. Maya esa hech narsa demasdan yuzini burib oldi.

Taehyung qizning iyagini ushlab, yuzini yana o‘ziga qaratdi.
— Nega jimsan, kapalagim? Gapirmaysanmi?

Maya bo‘g‘iq, titroq ovozda:
— Nima deyman? “Nega bunday qildingiz” deymi? Ikkalamiz ham bilamiz-ku, bu faqat nafsingizni qondirish edi.

Taehyungning lablarida shaytoniy jilmayish paydo bo‘ldi.
— Aqlli qizaloqsan. Mayam… aslida meni senga taklifim bor edi. Shuning uchun uyg‘onishingni kutdim.

— Taklif? — dedi Maya, ovozida alam va ichki titroq bilan. — Siz meni nomusimdan ayirdingiz, endi taklif deysizmi? Sizga bu oddiy tuyilyaptimi? Siz mening hayotimni vayron qildingiz, meni badnom qildingiz!

Taehyung sokin kulib qo‘ydi, go‘yo uning alamli so‘zlari hech qanday og‘irlik qilmagandek.
— Qo‘ysangchi, bo‘lishi kerak bo‘lgan ish bo‘ldi. Sen endi menikisan. Mutlaqo meniki. Taklifim shuki: bundan buyon faqat men uchun yashaysan. Men olib bergan uyda yashaysan. Mening shaxsiy qondiruvchim bo‘lasan. Evaziga senga tinch, hashamatli hayot beraman. Hamma narsang bo‘ladi.

Maya ko‘zlarida alam uchqunlari bilan, asabiy ohangda dedi:
— Siz naqadar yuraksizsiz! Qaysi yuz bilan bunday deysiz? Ha, balki badnom bo‘lgandirman, lekin g‘ururimni oyoqosti qildirmayman! Menga boylik kerak emas! Hayotimdan daf bo‘ling, boshqa yo‘limdan chiqmang — shuni o‘zi yetarli!

Taehyungning yuzida sovuq kulgi paydo bo‘ldi. U birdan qizning yalang‘och tanasini o‘zining issiq va kuchli tanasiga qattiqroq tortdi.
— Azizam, sen menikisan. Mendan aslo qutila olmaysan. Butun dunyo qarshi bo‘lsa ham, sen faqat menga tegishlisan. “G‘ururimni sindira olmaysiz” deysanmi? Tez orada o‘sha g‘ururdan ham urvoq qolmaydi, — dedi u hukmron ohangda va yana shaytoniy kuldi.

Uning qo‘llari qizning belidan mahkam quchoqlab, uni ostiga bosdi. Taehyungning nafaslari tobora tezlashar, lablari Mayaning lablarini qo‘pol, ammo o‘ziga bog‘laydigan tarzda egalladi. Maya ichida bo‘g‘ilib, nafrat va qo‘rquv aralash titrardi. Yigit esa uni asta-sekin o‘z dunyosiga tortib, qarshilikning har bir uchqunini so‘ndirishga intilardi.

Xonada endi faqat ikki xil ovoz bor edi — qizning bo‘g‘iq nafaslari va yigitning sovuq, hukmron kulgusi.

Taehyung qiz bilan biroz o‘ynashib, qoniqqan ohangda yana yotoqqa cho‘zildi. Choyshabni tortib, Mayani va o‘zini birga yopdi. Uning qo‘llari hali ham qizning belida, ko‘zlari esa yarim yumilgan, ammo nigohi hushyor edi. Yonida, o‘rnatilgan kichik oltin tugmachani sekin bosdi. Xonaga mayin qo‘ng‘iroq sadosi taraldi — qisqa, ammo aniq chaqiriq.

Oradan bir necha soniya o‘tmasdan, baland eshikning og‘ir tutqichi sekin burildi va ichkariga bir nechta xizmatkor qizlar kirib kelishdi. Ularning har biri boshlarini chuqur egib, xo‘jayinlariga ta’zim qilishdi. Biror birining ham nigohi yer chizig‘idan yuqoriga ko‘tarilmadi.

Taehyung erinchoq, ammo hukmron ohangda gap qildi:
— Iforli vanna tayyorlang. Nonushta shu yerga keltiriladi.

Xizmatkorlar birdan pastroq egildilar, ovozlari yengil, ammo shoshqaloq edi:
— Ho‘p bo‘ladi, xojam.

Ular tezlik bilan chiqib ketishdi va ulkan vannaxonada ish boshlashdi. Oq marmar devorlarga iliq suv shovqini taralgan, katta vannaga tiniq suv to‘ldirildi. Suv yuziga pushti va oq atirgul yaproqlari sepildi. Nilufar barglari mayin tebranib suvda suzar, nozik guldastalar kabi joylashar edi. Suvga sharq attorlaridan olib kelingan qimmatbaho moylar tomizildi, havo ichida esa gullar, ziravorlar va asalning mast qiluvchi hidi aralashib ketdi.

Ammo yotoqda hamon tinchlik yo‘q edi. Taehyung choyshab ostida Mayani qo‘yib yubormas, tanasini qo‘llari bilan asta o‘rab, lablari bo‘ylab siljirdi. Qiz uyatdan yuzini choyshab ichiga yashirib, qaltirab yotar edi. Nafasi tezlashgan, yuragi esa tomirlarini urib chiqayotgandek edi.

Oradan ko‘p o‘tmay, xizmatkorlar vannaning tayyor bo‘lganini xabar berish uchun ehtiyotkorlik bilan yana yotoqxona eshigini ochishdi. Ammo ular kirar-kirmas, ko‘zlari oldidagi manzara ularni muzlab qolgan haykalga aylantirdi: choyshab yarim ochilgan, Taehyung qizning oppoq ko‘kraklarini qo‘pol, ammo ehtiros bilan og‘ziga olib, shimayotgan, Maya esa qizarib ketgan yuzini choyshab bilan berkitishga urinayotgan edi.

Xizmatkorlar bir zumda boshlarini egishdi, ammo ularning titroq yelkalari, qo‘llaridagi qaltirash hammasini oshkor qilib turardi.

Taehyung buni darrov payqab qoldi. Uning nigohi sovuq pichoq kabi ularning ustiga qadaldiki, bu qarash har qanday odamni titratardi.
— Kirishga kim ruxsat berdi? — dedi u ovozini past, ammo tahdidli qilib. — Nega jimsan? Gapir!

Xizmatkorlardan biri qo‘rquvdan ovozini arang chiqarib dedi:
— Avf eting… bi… biz bilmagan… edik.

Taehyungning lablarida shaytoniy jilmayish paydo bo‘ldi.
— Shundaymi? — dedi u sekin, so‘ng yonidagi stol ustidan telefonini olib raqam terdi. — Mening xonamdagi ikki xizmatkorni olib chiqib, itlarimga yem qiling. Besh daqiqadan keyin kirishingiz mumkin.

U telefonni o‘chirgan zahoti xizmatkorlar tiz cho‘kib, hayotlarini so‘rab yolvora boshlashdi. Qo‘llari bir-biriga chirmashgan, ovozlarida iltijo, ko‘zlarida esa faqat umidsizlik bor edi. Ammo Taehyung ularning so‘zlariga quloq solmadi. U choyshabni tortib, Mayani o‘rab oldi va vannaxonaga tomon yo‘l oldi. Og‘ir eshik ortidan yopildi.

Shu payt xonaga ikki bo‘ydor barzangi kirib keldi. Hech bir so‘z aytmay, xizmatkor qizlarning bilaklaridan qo‘pol tortib, sudray boshlashdi. Qizlarning chinqiriqlari yo‘lak bo‘ylab taraldi, ammo bu saroy devorlari ichida hech kim bunday ovozlarga javob bermasdi.

Hovliga olib chiqilgan xizmatkorlar ulkan temir qafas oldida to‘xtatildi. Ichkarida och, o‘ldirishga o‘rgatilgan itlar tishlarini g‘ijirlatib, yovvoyi g‘uvillashar edi. Barzangilar ularni hech ikkilanmasdan qafas ichiga uloqtirdi. Itlar yirtqichdek tashlanib, bir necha soniya ichida bo‘g‘iq chinqiriqlar qon hidi bilan aralashib, so‘ng mutlaq jimlikka aylandi. Atrofdagi boshqa xizmatkorlar va qo‘riqchilar bu manzarani beparvo tomosha qilgancha, o‘z ishlarini davom ettirishardi.

Vannaxonada esa Taehyung Mayani sekin suvga tushirdi. Iliq suv teriga mayin tegdi, atirgul yaproqlari esa suv yuzida asta suzar edi. Taehyung ham sekin vannaga tushib, qizni mahkam quchoqladi. Uning quchog‘i issiq, ammo shu issiqlik ichida sovuq tahdid yashirinardi.

Maya esa nafas olishga ham jur’at qilolmasdi — hammasi go‘yo tush kabi, ammo bu tushdan uyg‘onishning iloji yo‘q edi.

Vanna xonasi iliq bug‘ va yengil atirgul iforiga to‘lgan edi. Suv yuzasida titrab turgan shamyor nurida hamma narsa xuddi sokin va tinch ko‘rinar, lekin Mayaning ichida bo‘ron ko‘tarilgan. U shunchaki qo‘lini suv ostiga yashirib, tirnoqlarini kaftiga botirib, yuragida yig‘lab o‘tirardi. Taehyungning yaqinligi, uning ko‘zidagi bepisand hukmronlik — hammasi bu sokin manzarani qo‘rqinchli qilib qo‘yardi.

U vanna marosimini sekin, o‘ziga xos ishonch bilan yakunladi. Maya o‘zini bo‘sh, kuchsiz his qilib, ichki qarshiliklarini faqat yuragida saqlardi. Taehyung esa hech qayoqqa shoshmasdan, uni yotoqqa olib borib, ohista yotqizdi. So‘ng o‘zi garderob tomon yo‘naldi.

Garderob eshigi ortida kiyimlarning shitirlashi eshitilar ekan, Maya ichida iztirobli ovoz yangradi:

— U haqiqiy vaxshiy! Boya bechora xizmatkorlarga qilganini ko‘rdim… Biror marhamat degan tuyg‘u yo‘q unda. Yuraksiz maxluq! Bu joydan qochishim kerak… Qanchalik tezroq bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Ammo qanday? Qanday qilib bu devordan chiqaman?

Uning ko‘zlari xona devorlarini, oynalarni, eshik tutqichini kuzatar, har bir mayda detaldan yo‘l qidirardi. Lekin hamma narsa mustahkam, qat’iy nazorat ostida edi. Yurak ura boshladi — kuchliroq va tezroq.

Bir payt garderob eshigi ochildi. Taehyung qaytib keldi. U xuddi kechagi kunni davom ettirayotgandek, sokin yurib, yotoqqa o‘tirdi va Mayaning soch tolalarini ohista barmog‘iga o‘radi.

— Ovunchog‘im, — dedi u shirin, ammo ichida hukm o‘qiyotgandek ohangda, — men hozir bir oz ishlarim bilan chiqib ketaman. Sen shu xonada jimgina, aqlli qiz bo‘lib o‘tir, xo‘pmi? Ishlarimni bitirib tez qaytaman. Kechqurun yana birga… vaqt o‘tkazamiz.

Shu so‘zlardan so‘ng u boshini ko‘tarib, eshik tomon qattiq ovozda baqirdi:

— Ovqat qani? Nima, bugun meni och qoldirmoqchimisiz?

Xona eshigi zudlik bilan ochildi. Bir necha xizmatkor shoshib kirib keldi. Ular tezlik bilan maxsus stol va stul o‘rnatib, ustiga taomlarni joylashtira boshlashdi. Har bir harakatida shoshilish, ko‘zlarida esa qo‘rquv sezilardi. Stol atrofida hammasi tayyor bo‘lgach, xizmatkorlar jim, bosh egib chekkada turishdi.

Taehyung sekin Mayani ko‘tarib, stulga o‘tqazdi. So‘ng uni o‘z tizzasiga oldi.

— Avval ovqatlanamiz. Men och qolishni yomon ko‘raman, — dedi u, so‘ng xizmatkorlardan biriga qaradi. — Sharbatdan quy.

Qizlardan biri tezda sharbat quydi. Taehyung stakanni olib, Mayaning qo‘liga bermay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri labiga tutdi.

— Ich. Biroz yengil tortasan, — dedi u.

Maya istamaygina bir yudum ichdi. Uning ichida jur’at yo‘q edi, faqat yigitning jahlidan qo‘rqib, oldidagi ovqatdan ikki-uch luqma yedi, xolos. Taehyung esa xotirjamlik bilan, odatdagidek ovqatlanishda davom etardi.

Bir necha lahza o‘tib, Maya ehtiyotkorlik bilan so‘z boshladi:

— Men… o‘qishga bora olamanmi?

Taehyung qoshiqni sekin og‘zidan chiqarib, ovqatni yutdi va qisqa javob berdi:

— Ha. Bo‘lmasa, shubhalanishlari mumkin.

— Qachondan? — dedi Maya umid aralash.

— Bir hafta hech qayerga bormaysan. Balki o‘n kundan keyin. — dedi u xotirjam ohangda va yana ovqatlanishga tutindi.

Mayaning yuragi siqildi. U birdan boshini ko‘tarib, so‘radi:

— Onam bilan gaplashishim kerak… Telefonimni berasizmi?

Taehyungning yuzida bir zumda sovuqlik paydo bo‘ldi. U stakanni qo‘yib, sekin, ammo keskin ohangda dedi:

— Men ovqatlanayotganda suhbatlashishni yoqtirmayman. Buni yodingda saqla.

So‘ng yana sharbatidan ichib davom etdi:

— Onangga hammasi yaxshi deysan. Dam olish kunlari uyga borishingni xohlamayman. O‘sha paytda ko‘proq men bilan bo‘lasan. Uyidagilarga darslarim ko‘p deb ayt. Telefoningni uch kundan keyin olasan. Ungacha aqlli qiz bo‘l.

So‘zlarini tugatar ekan, u Mayaning yuzidan ohista siladi, ammo bu mehrli tegish emas — ogohlantirish edi. Keyin labidan uzoq bo‘sa olib, uni stulga o‘tqazib qo‘ydi.

U xonadan chiqib ketar ekan, yo‘lakda xizmatkorlarga sovuq ovoz bilan buyurdi:

— Xonadan chiqmasin.

Mashina ovozi uzoqlashar ekan, Maya xona ichida yolg‘iz qoldi. Devorlar unga tobora balandroq, oynalar esa qalinroq tuyuldi. Yuragi ichidan bir ovoz tinmay pichirlardi:

— Qochish kerak… Qanday bo‘lsa ham…

Maya

Maya yotgan yotoqda sokin o‘tirishga kuchi yetmasdi. Yuragi bezovta urar, tomirlari bo‘g‘ilib ketayotgandek, qo‘llari esa sovuq terga botgancha titrardi. Bu yerda qololmayman… bu devorlar menga tobora yaqinlashayapti, nafasim siqilyapti… Ichki ovozi uni tinch qo‘ymay, qadam tashlashga, biror chorani izlashga majbur qilar edi.

U xonaning bir boshidan bir boshiga yurdi. Ko‘zlari oynaga, eshikka, shiftga – hamma joyga bir-bir tikilar, ammo hech birida najot topmasdi. Nihoyat, boshiga bir fikr keldi.

Tezda eshik yoniga borib, uni ikki bor qattiq taqillatdi. Eshik ohista ochildi va ichkariga yoshi yigirmalardan oshmagan, sodda yuzli, mayin ovozli xizmatkor qiz kirib keldi.

— Xonim, chaqirdingizmi? — dedi u odob bilan egilib.

Maya ataycha ko‘zlarini biroz kattaroq ochib, xavotir bilan gap boshladi:
— Haligi… men vannaxonaga kirmoqchi edim, lekin ichkarida nimadir yuribdi. Yordam bera olasizmi? Men… qo‘rqyapman.

Qiz hayron bo‘lib so‘radi:
— Nima yuribdi, xonim?

— Balki kaltakesakdir… — dedi Maya tovushiga titroq aralashtirib.

Xizmatkor yengil kulimsirab, boshini chayqadi:
— Bu imkonsiz. Bu yerga bunday narsalar kira olmaydi. Har kuni barcha xonalar muntazam dizenfeksiya qilinadi, — dedi-da, hech shubhalanmay, vannaxonaga qarab yurdi.

Qiz ichkariga kirib, polga va burchaklarga qarab, sochiq taglarini ham ko‘zdan kechira boshladi. Shu onda Maya ko‘zlari keskin sovuqlashdi — bu yagona imkon edi. Yaqin stol ustidagi sopol ko‘zani ehtiyot bilan, ammo qat’iy niyat bilan qo‘liga oldi. Nafasi tezlashdi. Kechirasan, lekin men yashashim kerak…

Ko‘za og‘ir ovoz bilan qizning boshiga urildi. Qizning lablari orasidan mayin ingray eshitildi va tanasi yumshoq gilam ustiga quladi.

Maya bir lahza qotib qoldi. So‘ng tiz cho‘kib, uning nafas olayotganini tekshirdi. Xizmatkor tinch, ammo hushsiz yotardi.

— Kechir meni… men majbur edim… — dedi Maya ovozi titrab.

U shoshilinch harakatlar bilan qizning formasini yechib, o‘zining kiyimlari bilan almashtirdi. Sochlarini ham xizmatkorlarnikiga o‘xshatib yig‘di, yuziga esa xotirjamlik niqobini taqdi. Qizni gilam ustida yonbosh qilib yotqizdi va eshikni sekin ochdi.

Yo‘lak bo‘sh edi. Maya ataycha sekin yurib, zinapoyadan pastga tushdi. Xizmatkorlar hovli tarafda ish bilan ovora edi, hech kim unga e’tibor qilmasdi.

Hovliga chiqqanida, ko‘zlari atrofni tez skanerladi. Ulkan hudud. Baland devorlar, tosh yo‘laklar, uzoqda gulzor, bir tomonda esa baland daraxtlar bilan o‘ralgan o‘rmon. Shu yo‘l…

Orqa eshik tomonga yurdi. Uni hech kim to‘xtatmadi. Darvozachasi biroz ochiq edi. U bo‘shliqdan sirg‘alib o‘tib, o‘rmon ichiga kirib ketdi. Barglar shitirladi, qushlar cho‘chib uchib ketdi. Yuragi haligacha bo‘g‘zida urar, oyoqlari esa o‘z-o‘zidan tezlashar edi.

Ammo shu paytda, hovlida allaqachon uning yo‘qligi sezildi. Avvaliga bu oddiy tekshiruvdek tuyuldi, ammo xizmatkorlar bir-biriga qarab vahimaga tushdi. Ularning yuzida bir xil qo‘rquv — Taehyung qaytib kelganda bu xato uchun ularni tirik qoldirmasligi haqidagi aniq ishonch.

Baxtsizlik shundaki, Taehyung kutilmaganda ortga qaytdi. Mashinasini hovliga burib kirar ekan, ko‘zlari darrov tartibsizlikni ilg‘adi. Xizmatkorlar yugurib, bir-birlariga buyruq berar, kimdir hatto yerga qarab iz qidirar edi.

U mashinani keskin to‘xtatdi va o‘qday tushib keldi.
— Nima bo‘ldi bu yerda?! — ovozi sovuq, ammo ichida bo‘ron bor edi.

Bir xizmatkor qaltirab javob berdi:
— Xonim… Maya… u qochib ketdi…

Taehyungning yuzida g‘azab soyalari paydo bo‘ldi. Ko‘zlari olovdek chaqnadi.
— SENLAR QAYERGA QARAYOTGAN EDINGLAR, YALVARSLAR?! — ovozi devorlarga urilib, qayta eshitildi. — ENDI MENDAN YAXSHILIK KUTMANG!

U ortga burilib, mashinasiga o‘tirdi. Qattiq burilish bilan binoning xavfsizlik tizimiga kirdi va kameralarni tekshirdi. Monitorlardan birida Mayaning daraxtzor oralab ketayotganini ko‘rdi.

Labining bir chetida sekin, ammo sovuq tabassum paydo bo‘ldi.
— Qochoq kiyikcham… qochishga urinayapsanmi? — dedi u past ovozda. — Afsuski, bu faqat bo‘sh urinish.

U mashinasini o‘sha o‘rmon tomon burdi. Qushlar shitirlab uchib ketar, daraxtlar orasida esa qidiruvchi yirtqichning qadamlari yaqinlashib kelardi.

Maya o‘rmon bo‘ylab yugurar, har bir nafasida sovuq havo tomog‘ini tirnab, ko‘kragini o‘tkir og‘riq bilan teshib o‘tayotgandek tuyulardi. Poyabzali nam tuproqqa botar, barglar shitirlab oyoqlari ostida ezilardi. Qorong‘ulik ichida birdan tekis yo‘l ko‘ziga chalinib, umid uchquni qalbida yondi. Mana, qutulish yo‘li… deb o‘yladi u. Tezlikni oshirib, yo‘lga otilib chiqdi.

Ammo taqdir uni yana bir bor masxara qildi. Uzoqdan mototsikl shovqini emas, balki dvigatelning kuchli, g‘ururli gumburlashi eshitildi. Yuksak faralar qora yo‘lni yorib o‘tdi va Maya yuragining urishini to‘xtatgandek bo‘ldi. U qarshisida to‘xtagan qimmatbaho qora avtomobilni ko‘rdi.

Mashinadan Taehyung tushdi — uning yuzida sovuq tabassum, ko‘zlarida esa o‘lja ustiga tashlanayotgan yirtqichning yaltirashi bor edi. Qarsak chaldi.
— Oh, mening ovunchog‘im… — ovozida mazax ohangi, — Mendan qochmoqchi bo‘ldingmi? Tan olishim kerak, yaxshi urinish bo‘ldi. Xizmatkorni ham juda mohirlik bilan yiqitibsan. Ammo endi sayr tugadi. Qani, kel endi, mushukcham.

Uning har bir qadamida tuproq mayin g‘ijimlandi. Maya ortga tisarildi, lekin oyoqlari xuddi yerga mixlangandek qotib qolgan edi. Taehyung yashin tezligida uni bilagidan ushlab, hech qanday qarshilikni pisand qilmay, birdan ko‘tarib oldi. Qiz tipirchilashga, tepishga, hatto tishlashga ham urinardi, ammo yigitning po‘latdek panjalari uni qamrab, qimirlatmasdi.

U Mayani xuddi o‘lja tutgan ovchi kabi mashinaga tashlagudek o‘tkazib, eshikni qarsillatib yopdi va qulfladi. So‘ng o‘zi rulga o‘tirdi, dvigatel gumburlab, mashina shiddat bilan hovli tomon uchdi.

Hovliga kirishlari bilan havodagi kayfiyat birdan muzlab qoldi. Xizmatkorlar qo‘rquvdan qotib, nafas olishga ham jur’at etmasdi. Taehyung qizni yelkasiga ortib, qasr tomon qadam tashladi. Yo‘lda o‘tkir buyruq berdi:
— Hovliga va uy ichidagi barcha xizmatkorlarni yig‘ing! Hech ikkilanmay — otib tashlang va yo‘q qiling! Xizmatkorlarni yangilash vaqti keldi.

Uning ovozida shafqatning soyasi ham yo‘q edi. Bu so‘zlarni qasrning ichida, baland qavatda turgan onasi ham eshitdi. Ayolning yuzlari oqarib, qo‘llari qaltiradi. U jimlikda xonasiga kirib, eshikni qulfladi — bu qirg‘indan o‘zini hech bo‘lmaganda ko‘zdan yashirish uchun.

Barzangiday yirik qo‘riqchilar xizmatkorlarni hovliga sudrab olib chiqishdi. Ba’zilari yig‘lar, ba’zilari duo o‘qir, ba’zilari esa dahshatdan hatto so‘z aytolmasdi.

Taehyung Mayani yotoqxonaga olib kirib, xuddi keraksiz narsadek to‘shakka tashladi. So‘ng balkon eshigini keng ochdi va qizni sochlaridan tortib, balkonga sudradi.

Pastda — hovli markazida — yuzdan ortiq xizmatkor tiz cho‘ktirilgancha, qo‘riqchilarning qurol o‘qlarini yuzlariga tikka tutib turishardi. Taehyungning ovozi havo orasida muzday taraldi:
— Qara! Ular seni deb o‘lib ketishadi. Ularning o‘limiga yolg‘iz sen aybdorsan. Ular o‘lsa, jasadlari yo‘q qilinadi va o‘rniga yangi xizmatkorlar keladi. Hech kim bu yerda nima bo‘lganini bilmaydi.

U pastga yana bir nazar tashladi va kulimsirab qo‘shib qo‘ydi:
— Ha, aytgancha, bitta xizmatkorni tirik qoldirdim. O‘sha boshiga urib yiqitganing. Bilasanmi, nega? Chunki u senga bundan keyin xizmat qiladi. Uni har ko‘rganingda vijdoning seni qiynasin.

Taehyung vahshiyona kuldi. Mayaning yonoqlari bo‘ylab issiq yoshlar oqar, lablari titrab, ichida o‘zini ming marta qarg‘ar edi. Qochishga uringani befoyda ketdi, ammo buning ortida yuzdan ortiq begunoh odamning qoni to‘kiladi.

Buyruq berildi. Har bir xizmatkor qarshisida bir soqchi turib, qurolni bevosita yurakka yo‘naltirdi. Qorong‘u havoda o‘q ovozi ketma-ket yangradi. Qichqiriqlar, yig‘ilar bir lahzada jimlikka cho‘mib, hovli qizil qon ichida qoldi.

Taehyung esa bu manzaradan lazzat olayotgandek, labining chetida tabassum bilan turardi. Maya esa dahshatdan na qimirlay olar, na ovoz chiqara olar edi.

Bir necha daqiqada maydon jasadlarga to‘ldi. Qo‘riqchilar ularni sudrab olib chiqib, tozalash ishlariga kirishdi. Taehyung Mayaning qo‘lidan tutib, uni yana ichkariga sudradi.

Maya and Taehyung

U Mayani yo‘lak oxiridagi qorong‘i xonaga olib keldi. Ichkariga kirgach, uni polga otdi.
— Ko‘rdingmi, axmoqliging nimalarga olib keldi? — dedi u sovuq va keskin ohangda. — Endi bir necha kun shu yerda qolasan. Aqling kiradi.

Eshik qarsillab yopildi, temir qulflar shovqini yangradi. Maya atrofga alangladi. Qorong‘ulik ichida asta-sekin ko‘zlari moslashganda, u yuragiga muz yugurtirgan narsani ko‘rdi — qizil rangda yaltirab turgan ikkita ko‘z juftligi.

Zanjirlarning jarangi eshitildi. Qorong‘ulik ichidan ulkan, qora, mushaklari tarang it oldinga tashlanmoqchi bo‘ldi, ammo qisqa zanjir uni ushlab turardi. Uning bo‘kirishi devorlarni larzaga keltirdi.

Maya vahimadan burchak tomon sudraldi, tanasi titrab, ko‘zlari yoshga to‘ldi.
— Yolvoraman… iltimos… meni chiqarib yuboring! — uning ovozi xonaning qalin devorlariga urilib, bo‘g‘ilib qoldi.

Ammo hech kim uni eshitmasdi.

Qasrning boshqa qismida Taehyung xonasiga qaytib, katta ekranli monitor oldiga o‘tirdi. Kameralar orqali Mayaning vahimali ko‘zlarini, burchakda qaltirayotgan gavdasini kuzatdi. Uning lablari sekin pichirladi:
— Bu hali boshlanishi, kapalak… Menga bo‘yin egmaysanmi? Bo‘ysundirish uchun boshdan kechiradigan kunlaring endi boshlanadi.

So‘ng u vahshiyona kulib yubordi.

«14-qism»

Salom hammaga mana asallarim sizlarga yangi qismini olib keldim,vaqtim yoʻq shu sabab kamroq yozdim xafa boʻlmaysizlar

Davomi uchun 300+reaksiya va uzundan uzun 50ta fikr boʻlmasa ff shu yerda yakunlanadi

Xatolar uchun oldindan uzr

Yoqimli hordiq tilayman