May 3, 2025

Mening shaxsiy qondiruvchim

Muallif Milana Kastel

Men baxtli boʻlmoq istagan edim,ammo saroblardan istabman baxtni..Zulmat sevgidan koʻra ustun kelmoqda...lekin sevgi mening qalbimda hamon tirik!

qism

6-bob:Zulmatdagi hukmronlik!

Zulmat hamma narsani yutadi. Haqiqatni ham, insonni ham, hatto yurak tubidagi eng beg‘ubor tuyg‘ularni ham. U yovuzlikni o‘z bag‘riga singdirib, ko‘zlardan panalab yashiradi. Uning ichida hissiyotlar so‘nadi, yuraklar muzlaydi, insonlik yo‘qoladi. Ammo shunga qaramay, zulmat tubida yashiringan bir narsa bor — sevgi. U yengilgan bo‘lsa-da, halok bo‘lmaydi. O‘chgan bo‘lsa-da, butkul yo‘qolmaydi. Chunki sevgi ham zulmat kabi taslim bo‘lishni o‘ziga ep ko‘rmaydi.

Yosh yuraklar nega azobga duchor bo‘lishi kerak? Ehtimol, bu shunchaki shafqatsiz taqdirning hukmidir. Ehtimol, bu yashashga majbur bo‘lgan haqiqatdir…

…

Tong zarrin nurlari deraza ortida jilvalanarkan, tunning zulmati asta-sekin chekindi. Ammo xona ichida hukmron bo‘lgan muzdek sovuq hali erib ulgurmagan edi. Maya odatdagidek erta uyg‘ondi. U shoshilmasdan joyidan turmoqchi bo‘ldi, biroq Taehyungning allaqachon uyg‘onib, kiyinish bilan band ekanini ko‘rib, beixtiyor hayratlandi.

Qiz beixtiyor yigitning harakatlarini kuzatdi. U har safargidek xotirjam va mutlaq sovuqqonlik bilan ko‘ylagining tugmalarini qadardi. Kechagi iliqlik, mehr, muloyimlik— barchasi yo‘qolgandi. Kechagina u Maya uchun mehribonlik ko‘rsatgan edi-ku… Bugun esa bu yigit unga butkul begona bo‘lib ko‘rindi.

Maya bo‘g‘zi qurib, yutunib oldi. So‘zlashga jur’at topish unga oson kechmadi.
— Xayrli tong… — dedi u ohangdor ovozda, so‘ng tortinib qo‘shib qo‘ydi: — Qayergadir shoshyapsizmi?

Taehyung uning ovoziga javoban atay nazar tashlamadi. Xuddi qizning borligi unga umuman ahamiyatsizdek edi. Tugmalarni qadashda davom etarkan, ovozida vaxshiyona beparvolik bilan gapirdi:

— Senga nima? Meni so‘roq qilish huquqini kim berdi? Yoki yoningda kim turganini unutdingmi?

Maya darhol tilidan chiqib ketgan so‘zlari uchun afsuslandi. Uning ehtiyotkor bo‘lishi kerakligini bilardi. Ammo so‘rashga haqli emasdimi? Kecha u bilan birga bo‘lgan, bugun esa sovuq va begona yigitning harakatlarini tushunolmadi.

Maya lablarini tishladi va bo‘ynini egdi:

— Kechirasiz… Men bunday demasligim kerak edi.

Taehyung kulimsiradi. Sovuq, zaharxanda kulgi.

— Hah… Ertalabdan asabimga tegishni uddalading. Hech bo‘lmasa sen kayfiyatimni ko‘tarishing mumkin edi-ku…

Maya qattiq ichikdi. Axir ortiqcha hech narsa demadiku! Faqat qayerga ketayotganini so‘radi, xolos. Demak, Taehyung bugun yomon kayfiyatda. Ammo nima sababdan?

Qiz o‘ylar og‘ushida qolganda, yigitning keskin so‘zlari xayollarini yirtib tashladi:

— Nega jim qolding? Gapirasanmi yoki tilingni yutdingmi?

Maya titrab ketdi va darhol sergak tortdi:

— Men… men shunchaki…

— Nima sen? — sabrsiz ohangda qattiq buyurdi Taehyung.

Maya shivirlagandek dedi:

— Nonushta qilmaysizmi? Tayyorlayman...

Yigit hafsalasiz bosh chayqadi.

— Yaxshisi, hozir asabimni battar buzmasingdan jim bo‘l. Bugun o‘qishga bormayman. O‘zing taksida yetib olasan. Ishlarim chiqib qoldi.

U shunday deb bir zum sukut saqladi. Keyin asta qadam tashlab qizga yaqin keldi.

— Menga qara, — dedi u past va xavfli ohangda. So‘ng barmoqlari bilan qizning nozik iyagini mahkam siqdi. — Universitetda biror nojo‘ya harakatingni eshitsam, mendan yaxshilik kutma. “Shavqat qiling” deyishga ham ulgurmasingdan jazolanishingni tushunib yetasan. Tushundingmi meni?

Maya tezda bosh irg‘adi:

— Tushundim…

Taehyungning lablarida mamnunlik jilvasi ko‘rindi. U barmoqlari bilan qizning sochlarini sekin siladi.

— Shunaqada-a… Aqlligim,Taksida ham ehtiyot bo‘l. hech kimga chalgʻima,mening go‘zal qizim.

U barmoqlarini qizning yonog‘ida sekin yurg‘izdi-da, peshonasidan bo‘sa oldi. So‘ng hech qanday ortiqcha izohsiz orqaga burilib, xonadan chiqib ketdi. Oradan soniyalar o‘tib, eshik kalit bilan qulflangani eshitildi.

Maya beixtiyor lablarini tishladi.

Taehyung yana o‘z sirlariga g‘arq bo‘ldi. U qayergadir shoshayotgan edi. Ammo qayerga? Maya bu savolga hech qachon javob topolmasligini bilardi. Chunki Taehyung hech qachon harakatlariga izoh bermaydi.

Ammo unga hisob berishga boshqalar majbur.

Taehyung bugun otasi tomonidan “Kim Corporation”ga chaqirilgan edi. Yigit qora Gelik mashinasida ulkan kompaniya eshigi oldida to‘xtadi. Qo‘riqchilar undan oldin eshikni ochib, ta’zim qilishdi. U esa bir lahza ham to‘xtamay, salobat bilan mashinadan tushdi. Qarshisida turgan bino ulug‘vorligi bilan boshqa barcha kompaniyalardan ajralib turardi. “Kim Corporation” nafaqat Koreyada, balki butun dunyoda eng nufuzli kompaniyalardan biri hisoblanardi. Unga tegishli bo‘lgan ulkan, hashamatli binolar qora oynalar bilan qoplangan, atrof esa qora kiyimdagi qo‘riqchilar tomonidan qattiq himoyalanardi. Eshik oldida politsiya libosidagi ba’zi kishilar ham nazoratda turishardi. Uzoq-uzun qizil gilam korporatsiya eshigi tomon yotqizilgan edi.

Taehyung mashinasidan tushgan zahoti xodimlar saf tortib unga ta’zim qilishdi. Ammo yigit bularning hech biriga e’tibor bermay, to‘g‘ri bino ichkarisiga yo‘l oldi. Ichkarida ham xodimlar juda tartibli va jiddiy ish bilan band edilar. Ularni hech narsa chalg‘ita olmasdi. Taehyung kirishi bilan hamma bir lahza harakatdan to‘xtab, unga hurmat bajo keltirar, keyin esa yana o‘z ishlariga sho‘ng‘ib ketishardi.

Kim Korporatsiyasi

Kompaniyada eng oddiy xodimdan tortib, yuqori lavozimdagilargacha har biri o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashardi. Hatto oddiy farroshning oyligi boshqa kompaniyalardagi yuqori kasblarga teng edi. Xodimlar esa undan bir necha barobar ko‘p maosh olishardi. Yuqori lavozimli direktorlar oddiy xodimlarga nisbatan o‘n barobar ko‘p maosh olar, chunki kompaniya juda katta daromad keltirar, har oy milliardlab dollarlar aylanardi. Bu pullarning asosiy qismi, albatta, janob Kimning g‘aznasiga tushardi. Uning bir qismi esa maxsus Taehyung uchun ajratilgan edi. Chunki janob Kim o‘g‘li uchun jonini ham berishga tayyor edi.

Biroq Taehyung hech qachon otasining puliga ehtiyoj sezmagan. U o‘z kuchi, qudrati va aql-zakovati bilan pul topardi. Chunki janob Kim nafaqat biznes imperiyasining hukmdori, balki butun mafiya dunyosining doni edi. Uni hech kimga taqqoslab bo‘lmasdi. Hech qaysi mafiya rahbari unga xiyonat qilolmas, hatto bu haqda o‘ylashning o‘zi ham o‘lim bilan barobar edi. Hamma bilar edi: kelajakdagi don, shubhasiz, Taehyung bo‘ladi.

Yigit tilladan ishlangan liftga chiqdi va yuqori qavatlardan birining tugmachasini bosdi. Binoning umumiy balandligi 100 qavatdan iborat bo‘lib, janob Kimning xonasi 70-qavatda joylashgan edi. Eng nufuzli va sirli qavat esa aynan shu yerda edi. Taehyungning shaxsiy kabineti esa 75-qavatda edi. Lift asta to‘xtadi. Yigit tashqariga chiqqanida, atrof jimgina edi. Chunki bu hududga faqat maxsus shaxslar kiritilardi. Oddiy ishchilar bu yerga hatto yo‘lay ham olishmasdi.

Tilladan boʻlgan lift

Uni janob Kimning eng sodiq odami – janob Chan kutib oldi.

— Janob, xush kelibsiz, — dedi u ta’zim qilib.

Taehyung sovuq va asabiy ohangda:

— Yana nima bo‘ldi, Chan? Nega mening oromimni buzdingiz?

Chan bir lahza ikkilanib turdi.

— Bilasizmi, janob… Otangiz hozir o‘zlarini yaxshi his qilmayaptilar…

Taehyungning qoshlarida jiddiylik ifodasi paydo bo‘ldi.

— Bu bilan nima demoqchisan? Betobmilar?

— Yo‘q, janob. Boshqa muammo bor. Xavotir olmang, otangiz sog‘lomlar.

— Unda chaynalmasdan maqsadga o‘t! — yigitning sovuq ovozi havoda aks sado berdi.

Chan yutinib oldi:

— Ular hozir juda tashvishda. Yaxshisi, bu haqda otangizning o‘zlaridan eshitganingiz ma’qul, janob.

Shu payt kotiba ularga yaqinlashib, ta’zim qildi. Lekin Taehyung unga bir qarash ham tashlamay, xonaga xabar berilishiga imkon qoldirmasdan eshikni ochib, ichkariga yurib ketdi.

Orqa tarafdagi deraza yonida turgan janob Kim kim kelganini darhol fahmladi. Chunki butun kompaniyada faqat bitta inson shunday ogohlantirishsiz xonaga kirib kelishi mumkin edi — bu uning erka o‘g‘li Taehyung edi.

Janob Kimning ish kabineti

Yigit hech narsa demay kresloga borib o‘zini tashladi, boshini suyanchiqqa qo‘yib, sokin ovozda so‘radi:

— Xo‘sh?

Janob Kim yuzini unga o‘girdi.

— Senga ham salom, — dedi istehzo bilan.

Taehyung asabiy ohangda javob qaytardi:

— Rahmat, sizga ham. Endi aytarsiz, nima bo‘ldi?

Janob Kim bir necha lahza sukut saqladi, so‘ng chuqur nafas olib, ohista gap boshladi:

— Katta balo boshimizga tushdi.

Taehyung qiziqsinib, qoshlarini bir oz ko‘tardi:

— Nima ekan?
— "V Corporation" aksiyalari jahon bozorida bizniki bilan tenglashibdi!

Yigit beparvo yelka qisdi:

— Bu bo‘lishi kerak edi. Nima qilibdi?

Janob Kim asabiy bosh chayqadi:

— Sen tushunmayapsanmi? Agar ortda qolsak-chi? Ular juda tez kuchga kirmoqda. Barcha raqiblarini yer bilan bitta qilishdi va hozir birinchilikni egallashdi. Biz esa bu ketishda ikkinchilikka tushamiz. Eng yomoni, bu kompaniya atigi ikki yil oldin paydo bo‘lgan. Shu qisqa vaqt ichida shunchalik qudratga ega bo‘lish — hayratlanarli!

Janob Kim yuziga tashvishli nigoh bilan qaradi:

— Eng alam qiladigani esa… Hech kim bu kompaniyaning prezidentini aniqlay olgani yo‘q. Shuncha qudrat bilan hatto men ham! Kimligini bilolmadim… Qachon o‘zini oshkor qiladi? U nimani kutmoqda? Va eng muhimi, kompaniya nomidagi "V" nimani anglatadi?

Taehyung yengil kulimsiradi.

Yigit ensasini uqalab, kotibaga dag‘al ohangda buyruq berdi:

— Menga qahva olib kel, tez!

Janob Kim esa o‘g‘lining bunday befarqligidan hayratda edi. U nima uchun shunchalik asabiylashayotganini tushunolmay, beixtiyor sapchib tushdi.

Janob Kim o‘g‘lining beparvoligini ko‘rib, g‘azab bilan stoldagi qog‘ozlarni oldinga surdi.

— Taehyung, sen shunchalik befarq bo‘la olmaysan! Bu kompaniya biz uchun real tahdid! Agar birinchilikdan yiqilsak, barcha nufuzimiz barbod bo‘ladi!

Taehyung yelka qisdi.

— Dada, biz allaqachon yillar davomida eng qudratli kompaniya bo‘lib kelganmiz. Birinchi yoki ikkinchi o‘rinda bo‘lishimiz muhim emas. Asosiysi — nazoratni saqlab qolish.

— Sen tushunmading, — janob Kim ohangini pasaytirdi. — Men bu yerda oddiy biznes haqida gapirmayapman. Bu raqib — biz uchun sir. Biz kim bilan raqobatlashayotganimizni bilmaymiz. Hatto shuncha qudratimiz bilan uning orqasida kim turganini ham bilolmadik.

Taehyung stul suyanchig‘ida orqaga suyanib, yana kulimsiradi.

— Balki bu shunchaki o‘yin? Bizni qiziqtirish uchun qilingan nayrang?

— Yo‘q, o‘g‘lim. Bu kompaniyaning ortida kuch bor. Uning biznes yuritish uslubi biznikidan farq qilmaydi. Barcha raqiblarini yer bilan bitta qildi. U bilan raqobat qilgan kompaniyalarning aksiyalari g‘oyib bo‘lib, rahbarlari esa sirli tarzda yo‘qolmoqda…

Taehyungning yuzidan kulgi g‘oyib bo‘ldi. Ko‘zlari qorayib ketdi.

Janob Kim esa gapida davom etdi:

— Buni hazilga olmay qo‘yganing yaxshi. Chunki bu kompaniyaning uslubi… juda tanish.

Taehyung jiddiy ohangda so‘radi:

— Demak, bizdan o‘rnak olganlar…

— Yoki biz bilan bir xil bo‘lganlar, — dedi janob Kim ohangini pasaytirib. — Biz raqiblarni yo‘q qilishning eng yuqori usullaridan foydalanamiz. Lekin hozir bizning uslubimiz bizga qarshi ishlatilmoqda.

Taehyung

Yigit o‘ziga qahva olib kelgan kotibaga ko‘z qiri bilan qaradi va unga minnatdorchilik bildirmasdan chashkadan bir qultum ichdi.

— Xo‘sh, siz qanday reja tuzdingiz?

— Birinchi navbatda, bu kompaniyaning rahbari kim ekanligini bilishimiz kerak. Chunki u shuncha vaqt o‘zini yashirib kelgan bo‘lsa, endi biz uni majburan oshkor qilishimiz lozim.

— Qanday qilib? — Taehyung barmog‘ini stolga ohista taqillatib, otasiga qaradi.

Janob Kim barmoqlarini bir-biriga chalishtirib, qattiqroq gapirdi:

— "V Corporation" boshqaruv kengashi kelasi hafta shaxsiy yig‘ilish o‘tkazadi. Biz ularning ichiga odam joylashtiramiz.

Taehyung jilmaydi.

— O‘g‘lim, — janob Kim yuziga sirli tabassum bilan boqdi, — men bu yerda oddiy odam haqida gapirmayapman. Men sendan buni amalga oshirishingni so‘rayapman.
— Dada, men shunchaki josus emasman, men bu kompaniyaning vorisiman!

— Aynan shuning uchun ham men bu vazifani sening zimmangga yuklayapman. Agar bu kompaniya haqiqatan ham tahdid bo‘lsa, uni birinchi bo‘lib o‘rganib, yo‘q qilishi kerak bo‘lgan odam ham sensan.

Taehyung sukutga cho‘mdi. Miyasi yashin tezligida ishlay boshladi. Sirli raqib, noma’lum dushman, yashirin tahdid… Va eng qiziq tomoni – ularning yo‘q qilish uslubi aynan Kimlar sulolasinikiga o‘xshardi.

Taehyung yuzida sovuq tabassum bilan qahvasidan yana bir qultum ichdi. So‘ng o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘kragiga qo‘ygancha past ohangda shunday dedi:

— Men buni o‘rganaman.

Janob Kim unga shubha bilan qaradi, lekin og‘zidan hech qanday savol chiqmadi.

Axir u kimnidir qidirmasdi.
Taehyung otasiga ohista kulimsirab qaradi. Uning nigohida yengil istehzo aks etardi.

— Ehh, dadajon… Bir gap aytaymi? Bugun meni asabiylashtirishni uddaladingiz. Agar hozir meni bezovta qilmaganingizda, men hali ham Mayamning quchog‘ida shirin uyquda bo‘lardim. Ehtimol, allaqachon nonushta qilib, kayfiyatimni ko‘targan bo‘lardim. Oddiy bir masala uchun meni chaqirib, shuncha ortiqcha tashvishga solish zaril edimi?

Janob Kim chuqur nafas olib, peshonasini uqaladi. Uning chehrasida charchoq va hafsalasizlik zohir edi.

— O‘g‘lim… — uning ovozi qat’iy, biroq mungli edi. — Sen hali ham o‘zingni o‘ylayapsanmi? Axir men seni kelajaging haqida qayg‘uryapman! Mendan keyin bu kompaniyaning butun qudrati senga qoladi. Shuning uchun ham, kuchni qo‘ldan boy bermaslik muhim! Buni tushun, sen men uchun hamma narsadan azizsan!

Taehyungning lablari keskin tabassumga burkandi.

— Dada, men uchun hozir biznes emas, Mayaning iliq bag‘ri muhimroq, — deya sovuqqina javob qaytardi u. — Sizning bu asossiz xavotiringiz sabab, men uni yolg‘iz qoldirdim. Bundan tashqari, qornim och… Bilasiz-ku, menga och qolish yoqmaydi.

U shunday deya qo‘l siltab, kotibaga o‘shqirdi:

Kotiba shoshilinch ta’zim qilgancha xonadan chiqib ketdi.

Janob Kim esa o‘g‘liga sinchkovlik bilan tikildi.

— O‘g‘lim… Axir u sirli raqib kim? Hatto sen ham uni aniqlay olmadingmi? Holbuki, senga har qanday jumboqni yechish hech qiyinchilik tug‘dirmasdi.

Taehyung kulimsirab stul suyanchig‘iga suyandi.

— Dada, men uning kimligini bilaman.

Janob Kimning nigohi birdan keskinlashdi.

— Xo‘sh? U kim? Nega shu paytgacha aytmading?

Taehyung yengil jilmaydi.

— Chunki siz hech so‘ramadingiz. Menga qiziq ham emas edi aytish…
Janob Kimning qoshlarida g‘azab soyasi yugurdi.

— Gapni cho‘zma, u kim?!

Taehyungning jilmayishi yanada kengaydi.

— Uni siz ham juda yaxshi taniysiz…

— Men ham taniyman? — Janob Kim hayron qotdi.

— Ha, juda ham yaxshi taniysiz, — dedi Taehyung bo‘shang ohangda.

Janob Kim bezovtalanib, o‘rnidan biroz egildi.

— Kimni nazarda tutyapsan? Ochig‘ini ayt!

Taehyung oyoqlarini chalishtirib, yengil ohangda pichirladi:

— Chunki u sirli shaxs menman.

Janob Kim go‘yo og‘ir zarba yegan odamdek qotib qoldi. Uning qo‘llari bo‘shashdi, nigohidagi shubha esa g‘azab va hayratga yo‘g‘rildi.

— Nima?! Bu senmisan?! Ammo… qanday qilib?!

Taehyungning ko‘zlari yalt etdi.

— Shunday qilib. Siz mendan donoroq kimdir bor deb o‘yladingizmi, dada?

Taehyung

Janob Kim bir necha lahza sukut saqladi. Nihoyat, og‘ir xo‘rsinib, pichirladi:

— Demak, bu vaqt davomida butun dunyoni hayratga solgan “V Corporation” orqasida sen turgan ekansan…

Taehyung kulimsirab, otasining yuziga tikildi.

— Ha, men turganman. Meni tabriklang, dada. Men bu natijaga o‘z kuchim bilan erishdim. Endi esa… nafaqat “Kim Corporation”, balki “V Corporation” ham meniki.

Janob Kim o‘g‘lining yuziga uzoq tikilib qoldi. U bir lahza shubha bilan og‘iz juftladi, biroq so‘z topolmadi.

Keyin bosh irg‘ab, sekin ohangda dedi:

— Barakalla. Men eng zukko o‘g‘ilga egaman…

Taehyung beparvo bosh silkidi.

— Albatta.

U qo‘llarini orqaga tashlab, xonadan chiqishga hozirlandi. Ammo birdan to‘xtab, istehzoli jilmaydi:

— Faqat shuncha oddiy narsa uchun meni bezovta qilish shart edimi? Axir men Mayam bilan hali to‘yinib ulgurmabman…

Janob Kim bir sapchib tushdi.

— O‘g‘lim, bu mavzuni bu yerda ko‘tarish shart emas edi!
Taehyung bemalol yelka qisdi.
— Chunki bu mening laqabim. Chiroyli eshitiladi. Ismimni bera olmasdim, aks holda hamma meni bilib olardi… Men esa hamma narsani soyada turib boshqarishni xohlayman.

Uning ovozi xonaga vahm soluvchi jarang bilan taraldi. Janob Kim esa sukut saqlagancha o‘g‘liga tikilib qoldi. O‘z o‘g‘lining qancha yillar davomida shunday qudratli niqob ostida yashaganini endi anglab yetayotgandi....
Xonada og‘ir sukunat hukm surardi. Janob Kim hali ham hayratdan o‘ziga kelolmasdi. O‘g‘lining yillar davomida soyada turib, butun dunyoni shov-shuvga solgan kompaniyani boshqarganini tasavvur qilish ham qiyin edi.

Taehyung esa xotirjamlik bilan orqaga suyanib, otasining yuz ifodasidan zavq olayotgandek ko‘rindi. Nihoyat, Janob Kim ohangida biroz ishonchsizlik bilan so‘radi:

— Lekin qanday qilib? Men seni doim nazorat ostida ushlab keldim. Har bir qadamingni bilardim… deb o‘ylardim.

Taehyungning ko‘zlari yalt etib porladi.

— Aynan shuning uchun siz buni hech qachon bilolmadingiz. Chunki men sizga hamma narsani ko‘rsatib turishim kerak edi. Aslida esa men soyada edim…
— Sen buni qachondan beri rejalagan eding?

— Juda anchadan beri, — Taehyung barmoqlarini bir-biriga chalishtirib, jim qarab turdi. — Lekin bu muhim emas. Muhimi shundaki, men o‘zimni isbotladim. Endi hech kim meni boy oilaning erkatoy o‘g‘li deb atay olmaydi. Men o‘zimga tegishli bo‘lgan narsani oldim.

Janob Kim unga diqqat bilan qaradi.

Taehyung kulimsirab bosh qimirlatdi.

— Albatta. “V” — mening laqabim. Qachonlardir oddiy laqab edi, hozir esa butun dunyoni hayratga soladigan nom.

Janob Kim og‘ir nafas oldi. Uning o‘g‘liga bo‘lgan qarashi asta-sekin o‘zgarib borardi.

— Shunday bo‘lsa ham… Axir men sening otangman, Taehyung. Nega buni mendan yashirding?

Taehyungning jilmayishi so‘ndi.

— Chunki men faqat o‘zimga ishonaman, dada.

Xonani yana sukunat qopladi. Taehyung nigohini shiftga tikkancha bir lahza jim qoldi, keyin yengil o‘rnidan turdi.

— Mayam meni kutyapti… — dedi u beparvo ohangda. — Endi bu yerda ortiq qolishimga hojat yo‘q.

— Endi esa… men o‘zim xohlagan hamma narsaga egaman. Shu jumladan, butun dunyoga.

Shu so‘zlar bilan u eshikdan chiqib ketdi, uning ortidan esa sokin, ammo qudratli aura qoldi. Janob Kim esa o‘rnidan turmay, uzoq vaqt o‘g‘lining so‘zlari haqida o‘ylab qoldi…

Shu so‘zlar bilan u eshikdan chiqib ketdi, uning ortidan esa sokin, ammo qudratli aura qoldi. Janob Kim esa o‘rnidan turmay, uzoq vaqt o‘g‘lining so‘zlari haqida o‘ylab qoldi…

Janob Kim og‘ir xo‘rsinib, kresloga cho‘kdi. Taehyungning so‘nggi so‘zlari xonasida aks-sado berayotgandek edi:

“Endi esa… men o‘zim xohlagan hamma narsaga egaman. Shu jumladan, butun dunyoga.”

U o‘z o‘g‘lini yaxshi bilardi. Taehyung hech qachon bo‘sh gapirmaydi. Uning ortida turgan aql va strategiya butun bir imperiyani ag‘darishga qodir edi. Bu esa hayajondan ko‘ra, ko‘proq qo‘rquv uyg‘otardi.

— Sen o‘ylaganingdek oddiy emas, o‘g‘lim… — deb pichirladi Janob Kim o‘ziga-o‘zi.

Lekin ayni damda boshqa narsa haqida o‘ylash lozim edi. Bu sirning ortida yana qanday haqiqatlar yashirin? Taehyungning bu harakati shunchaki o‘z kuchini isbotlashmi yoki bundan ham kattaroq narsa bormi?


"V Corporatsion"

Taehyungning qadam tovushlari xonadosh koridor bo‘ylab jarangladi. U beparvo ko‘rinishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, ich-ichidan hayajonlangan edi. Yo‘q, bu hayajon emas, shunchaki… g‘alaba shirinligi.

U shaxmat taxtasida to‘g‘ri harakat qilgan edi. Hamma narsa reja bo‘yicha ketayotganidan mamnun edi. O‘zi xohlagan kuchga erishdi. Lekin hali oldinda yanada kattaroq qadamlar bor edi.

Telefonini cho‘ntagidan chiqardi va tezda kimningdir raqamini terdi.

— Hozircha hammasi rejadagidek ketayapti, — dedi u ovozining past ohangda. — Ammo hali yakuniy harakatni qilishim kerak…

Tinglayotgan inson javob qaytarganida, Taehyungning lablarida qoniqish ifodasi paydo bo‘ldi.

— Ha, siz to‘g‘ri tushundingiz. Keyingi nishon… Janob Kimning o‘zi.

U qo‘ng‘iroqni o‘chirarkan, yengil kulib qo‘ydi. Qudratni olish oson bo‘ldi, endi esa uni mustahkamlash kerak edi.

Taehyung asta zinadan pastga tushib, mashinasiga o‘tirdi. Oldinda hali ko‘p rejalari bor edi, lekin hozir… hozir Mayaning bag‘riga qaytishi kerak. Chunki hamma narsaga ega bo‘lsa ham, u holda tunlar yetim edi.

Maya butun universitetda dugonalaridan uzoqlashmay,erkin nafas oldi,bugun chindan Taehyung universitetga kelmadi,Maya oʻqishlarini tugatib uyga qaytdi,ovqat qilib yedi, Taehyungni kutdi,kelvermagach uxlab qoldi
Taehyung otasi huzuridan chiqib,komponiyasiga bordi,baʼzi ishlarini bitirib keldi..

Yarim tun.

Mayani shirin uyqudan ortiqcha shovqin uyg‘otdi. Yostig‘iga boshini qayta qo‘yib, ko‘zlarini yumishga urindi, lekin yuragi allaqanday notinchlikni his qilayotganday edi. Xona qorong‘u, faqat derazadan tushayotgan oy nuri jimjitlikni bezab turardi.

Shu payt eshik ohista ochildi. Og‘ir qadam tovushlari qulog‘iga chalinib, tanasi beixtiyor tarang tortildi. Yuragi tez urardi, ammo kimligini bilmasdan turib ham, ichki sezgisi unga shivirlagandek edi: “Bu u.”

Taehyung jim, lekin dadil harakatlar bilan xonaga kirdi. Ko‘rinishidan sokin, ammo harakatlarida hukmronlik bor edi. U so‘nggi paytlarda shunday qadam tashlaydiki, xuddi atrofdagi hamma narsa unga bo‘ysunishi shartdek.

Maya

Maya ko‘rpaga mahkam o‘ralib, yelkasiga iliq barmoqlar tegishini kutdi. Nihoyat, Taehyung unga yaqinlashib, yostiqqa tirsagini qo‘ydi va past ohangda shivirlagancha kulimsiradi:

— Men seni sog‘indim, Mayam.

Maya bir lahzaga ovozini yo‘qotdi. Taehyungning ovozi chuqur va sirli edi, u yuragini chulg‘ab, ongiga singib borardi.

— Siz… kech keldingiz, Taehyung… — deya mayin shivirladi Maya, ko‘zlarini asta ochib.

Taehyung barmoqlari bilan uning yuzini siladi.

— Men seni yolg‘iz qoldirishni xohlamagan edim, lekin… ba’zi narsalar muhimroq edi. Endi esa faqat sen bor, — u Mayaning lablarini barmoqlari bilan sekin bosib qo‘ydi. — Xayolimni band qilgan yagona narsa.

Taehyung

Maya ta’sirlanib, chuqur yutindi. Uning ko‘zlarida qo‘rquv ham, ishonch ham mujassam edi. Taehyung uni har doim o‘ziga mahkum etadi, biroq bugun… bugun undan yanada sovuqroq va qudratliroq shamol esayotgandi.

— Siz… nimanidir o‘zgartirdingiz… — dedi Maya shivirlagancha.

Taehyung yengil kuldi va uning bo‘yniga lablarini yaqinlashtirdi.

— Ha, men ishlarimni hal qilib keldim...

Maya yuragi qattiq urib ketdi.

— Va men… sizga kerakmi?

Taehyung uning ko‘zlariga tik qaradi. Qorong‘ulik ichida ham uning nigohlari yaltirab turardi. Barmoqlari Mayaning sochlariga kirib borib, uni o‘ziga tortdi.

— Sen esa… meniki bo‘lishga mahkum eding.

U Mayaning lablariga labini bosdi. Bu shunchaki o‘pich emas edi. Bu talab, egalik, da’vo edi. Tungi yovvoyi istaklar qoro
ng‘ilik ostida uyg‘onardi.

Endi nimalar boʻlishi nomaʼlum...

Maya

Salom hammaga asallarim mana ffning yangi qismini olib keldim

Ffni oʻqing ammo heyt qilmang!
Menga heyt kerak emas,shu ffga heyt aytishdi xuddi ffni oʻzlari yoza oladigandek

Nima emish nega Lia va Taehyung emas Maya deydi, detskiylik bu chunki bitta ff qahramoni boshqa ffda nima qiladi,ffni yozayotgan odam qanday ism qoʻyishni oʻzi hal qiladi,bu yosh bolani gapi boʻldi

Buni ustiga kim gapirayotganini bilmayapman degan qarangda shuncha hissiyot bilan kim gapirganini bilib boʻlmaydimi
Yana sarlavhaga ism berish bu yozuvchini oʻz xohishi!

Menga bunday boʻlmagʻur heyt kerakmas! normalniy heyt ham emasda bu!

Shunday ekan bunga heyt yozgandan koʻra qancha vaqt sarflagan ekan,bunday gʻoyani topish qiyin boʻlgandir deb oʻylang!

Chunki men bu ffga ozgina vaqt ajratmayman yana talaba yakuniylarim yaqin paytda,shunday ekan heyt qilishdan oldin oʻylang!

Buni ustiga reaksiya bosib keting,uzun fikr yozing,fikringiz juda oz biz fikrdan ilhom olamiz!

Kanalni yopilishini xohlamasangiz reak va fikr yozib,bosish esdan chiqmasin!

Kanal aktivi uchun bu zarur!

Yoqimli mutolaa va xatolar uchun oldindan uzr soʻrayman

Yoqimli hordiq Amorʼslarim🙃