August 20, 2025

Road to hell

Muallif Milana Kastel

Yorim sendan bitta iltimosim bor Sevaman dema, iltimos haqiqatdan sev!

15-qism

Men seni sevaman, sevgilim... Ammo bu soʻzni sening oʻzingning lablaringdan eshitish uchun yana qancha azob chekishim kerak, ayt? Necha tunlarni bedor kutishim, nechta kunlarni umid bilan o‘tkazishim kerak? Men bunga tayyorman. Chunki sen bir kun kelib, qalbingni menga ochib, shu soʻzni aytishingni his qilaman: “Men seni sevaman.”

Sening shu e’tirofing men uchun olamdagi eng buyuk mukofot, eng ulug‘ baxt bo‘ladi. Chunki men seni sevishni tanlagan kunimda azoblarni ham tanlagan edim. Senga eltuvchi yo‘l mashaqqatli bo‘lsa ham, har bir iztirobdan o‘tishga roziman. Chunki bu yo‘lning oxirida mening umrimdagi eng yorqin tong kutmoqda — sening muhabbating.

Men har kuni o‘zimni qiynaydigan savollardan qochmayman: “Qachon? Qachon sen ham sevaman deysan? Qachon sening qalbing menga qarab ochiladi?” Bu savollarning og‘irligini yelkamda ko‘taraman, lekin yiqilmayman. Chunki bilaman, yakunda bu savollarga javob bo‘ladigan lahza keladi. Va o‘sha lahzada sen aytasan: “Men seni sevaman.”

Sabr mening taqdirim, sevgilim. Men sabrni ham, iztirobni ham sevgi uchun qabul qildim. Sen uchun yig‘lagan kechalarimning ham, sening mehringga zor o‘tgan kunlarimning ham bejiz emasligini bilaman. Ularning barchasi kelajakdagi baxtimizga yo‘l solmoqda.

Sevgilim, men uchun azobning o‘zi qo‘rqinchli emas. Azobni baxtga eltuvchi yo‘l sifatida qabul qilganman. Menga faqat yakun chiroyli bo‘lsin, oxiri go‘zal bo‘lsin. Oxirida sening ko‘zlaringda ishonchni, qalbingda muhabbatni ko‘ray. Oxirida sen mening yonimda qolishga, meni o‘zingning yagona baxting deb tan olishga qaror qil.

Men seni kutaman, sevgilim. Men seni kutishda charchamayman. Chunki sening muhabbating men uchun umrning mazmuni. Mening eng katta orzum — bir kun kelib sening lablaringdan chiqadigan o‘sha so‘zlarni eshitish: “Men seni sevaman. Men senga baxt bo‘laman.”

Shunda barcha azoblarim shamolga uchadi, barcha mashaqqatlarim ko‘zdan yo‘qoladi. Shunda mening ruhim ham, tanim ham orom topadi. Chunki mening butun sabrim, butun chidamim va butun kurashim o‘sha lahza uchun edi.

Sevgilim, men seni sevaman. Men seni kutaman. Men azoblarga tayyorman. Faqat yakun go‘zal bo‘lsin.

Ziyofat boʻlib oʻtadigan uy — janob Hanning ulkan qoʻrgʻoni bugun chiroy va dabdabaning timsoliga aylangandi. Qasr atrofi minglab chiroqlar bilan yoritilgan, ulardan taralayotgan yorugʻlik osmon yulduzlari bilan musobaqaga tushayotgandek edi. Yoʻlaklar boʻylab qizil gilamlar toʻshalib, kelayotgan har bir mehmonni shohona tarzda kutib olish uchun tayyorlangan. Har bir mashina yonida xizmatkorlar tiz choʻkkan holatda jilmayib turar, qimmatbaho mashinalarda kelayotgan mehmonlarni izzat-ikrom bilan qarshi olar edilar.

Bir-biridan nafis libos kiygan mehmonlar mashinalardan tushib, hashamatli qasr sari odimlar, ularning yuzida quvonch va hayrat jilvalanardi. Biroq bu kechaning haqiqiy boshlanishi hali kutilyotgandi.

Shu payt maydon chetidan qora rangli, salobatli lumizin ko‘rindi. U qizil gilam to‘shalgan yo‘lga burilib kirishi bilan butun olomon birdan sukunatga cho‘kdi. Avvalgi shovqin, qiy-chuv, kulgi — barchasi to‘xtadi. Hamma nigoh bir nuqtaga qadaldi. Hamma nafasini ichiga yutdi.

Lumizin sekin to‘xtadi. Eshik asta ochildi. Avval undan nafis va go‘zal qiyofasi bilan Seva tushdi. Uning ortidan esa sokin va jozibali qadamlar bilan Milana mashinadan chiqdi. Ikki qizning paydo boʻlishi bilan jurnalistlar hayratda qoldilar. Ular so‘zsiz ham tushunishardi: bu ikki qiz oddiy emas, balki kimningdir e’tibor markazida edi. Kameralar porlay boshladi, chiroqlarning chaqnashi atrofni yoritib yubordi.

Shundan so‘ng, asta-sekin mashina eshigidan uchinchi qadam ko‘rindi. Nigohlar chuqurlashdi. Yuraklar tez ura boshladi. Mashina ichidan tushayotgan yigitni ko‘rgan lahzada maydonni yana shovqin qopladi. Bu — Jeon Jungkook edi.

U mashinadan tushar ekan, havodagi kayfiyat butunlay o‘zgardi. Jurnalistlar bir-birini bosib, qo‘riqchilarni yorib o‘tishga urinardi. Ularning ovozlari havoni teshib, bir-biriga qo‘shilib ketdi:

— Janob Jeon, yoningizdagi ikki goʻzal kim?
— Janob Jungkook, boyligingiz sirini ayta olasizmi?
— Bu darajada mashhur bo‘lishning sababi nimada?
— Janob Jungkook, bu darajada koʻrkam bo‘lish uchun nima qilish kerak?
— Iltimos, savollarimizga javob bering!

Biroq Jungkookning yonida hushyor turgan qoʻriqchilar darhol saf tortib, bir qarich ham yaqinlashtirmadilar. Jurnalistlarning hayajonli so‘zlari havoda qoldi.

Jungkook esa hech kimning gapiga quloq solmasdan, odimlarini osoyishta tashlab, ichkariga yo‘naldi. Ammo u ikki og‘iz so‘z aytishni ulardan qizg‘onmadi. Bir lahza to‘xtab, nigohini jurnalistlarga qaratdi. Ko‘zlarida o‘ziga xos kibr, labida esa mayin kulimsirash paydo bo‘ldi.

— Shunchalik bilishni xohlaysizlarmi? — dedi u, ovozida hukmronlik aks-sadosi bor edi. — Buning siri oddiy.

Jurnalistlar bir lahzada sukutga cho‘kib, bir ovozdan so‘radilar:

— Qanday ekan?

Jungkook jilmaydi. Nigohlarini biroz chetga burib, yana ularga tikildi. So‘zlari maydonni titratgandek jarangladi:

— Siz bu martabaga erishishingiz uchun qayta tug‘ilishingiz kerak.

Bir lahza sukunat cho‘kdi. Jurnalistlar hayrat bilan bir-birlariga qarashdi. Ammo Jungkook to‘xtamadi, labidagi tabassum chuqurlashdi:

—Oʻoʻoʻ Yo‘q, buning ham foydasi yo‘q. Siz shunchaki Jeon Jungkook boʻlib tug‘ilishingiz kerak.

Bu so‘zlar hammani lol qoldirdi. Uning gaplari kibr aralash istehzoday eshitildi, ammo aynan shu kibr, shu qudrat unga yarashar edi.

— Yaxshi oqshomlar tilayman, — dedi u nihoyat, so‘zlariga qat’iy nuqta qo‘yib. So‘ng yonidagi Sevaga qarab, uning nozik qo‘lidan ushladi. Qiz jilmayib unga ergashdi. Milana esa sokin, ammo g‘ururli qadamlar bilan ularning ortidan bordi.

Jurnalistlar bir lahza jim qoldilar. So‘ng birdan kulib yuborishdi. Ba’zilarining ko‘zida qoyil qolish, ba’zilarining yuzida hasad, ammo hammaning qalbida bitta e’tirof bor edi.

— O‘ho‘, — dedi ulardan biri hayajon bilan. — Janob Jeon juda ham yoqimli. U... bebaho.

U kechaning markaziy yulduzi edi. U ko‘rinishi bilan hammani lol qoldirgan, so‘zlari bilan esa ulardan yuqorida turganini yana bir bor isbotlagan edi.

Jungkook

Darvoza og‘irlik bilan ochilishi bilan zalda allaqachon hukmron bo‘lib turgan shovqin-suron, kulgu va qadahlar jarangi bir lahza jimib qolgandek bo‘ldi. Barcha nigohlar birdaniga kirib kelayotgan uch shaxsga — Jeon Jungkook, uning yonidagi Seva va Milana tomon burildi.

Bu yerda yig‘ilganlarning deyarli barchasi Jungkookni yaxshi tanirdi. U shunchaki mashhur emasdi, balki jamiyatning timsoli, o‘z nomi bilan butun boshli bir kuch edi. Ziyofatlarda ko‘rinishi esa mo‘’jizaga teng hodisa edi. Uning ishtiroki, uning biron bir tadbirga kelishi, o‘sha uy egasi uchun sharafdan ham balandroq — taqdirning ulug‘ inoyatidek qaralardi. Shu sabab, qachon Jungkook kimningdir mehmoni bo‘lsa, o‘sha insonning obro‘-e’tibori osmonga ko‘tarilib, atrofidagilar havas va hasad bilan qarashar edi.

Bugun ham shunday bo‘ldi. Barcha nigohlar ularning ortidan ergashdi. Zalda xuddi pichirlashgandek tovushlar eshitildi: “Jeon Jungkook kelibdi...” “Janob Han qanday qilib uni ko‘ndirdi?” “Bu rostakam bayramga aylandi-ku!”

To‘g‘ri, Janob Han mamlakatning eng kuchli odamlardan biri edi.U mamlakat bosh vaziri edi.Bosh vazir Han juda nufuzli odam edi biroq baribir Jungkookning qarashlari uning mavqeini ham soyada qoldirishi mumkin edi. Shu sabab bugun zalda yig‘ilgan har kim Janob Hanning g‘alabasini tan oldi — u odamni shaxsan kelishga rozi qilgan edi.

Bosh vazir Han hamma nigohlar Jungkook tomon burilganini ko‘rib, jilmaydi. Bir zumda barcha mehmonlarni ziyofatdan zavqlanishga chaqirdi, biroq o‘zi shaxsan Jungkook tomonga yurdi. Bu hamma uchun ajablanarli holat edi, chunki u hech qachon mehmonni o‘zi qarshi olmagan, odatda mas’ullar orqali kutib olar edi. Ammo Jungkook — bundan mustasno.

Janob Han yuzida samimiy, ammo o‘ziga yarasha rasmiy tabassum bilan unga yaqinlashdi:

— O‘-o‘-o‘, kimlarni ko‘rib turibman! — dedi u baland ovozda. — Mening aziz hamkorim, janob Jeon Jungkook-ku! Xush kelibsiz. Men uyushtirgan bu kamtarona ziyofatda sizni ko‘rib turganimdan benihoya xursandman. To‘g‘risi, bu tashrifingiz meni chin dildan quvontirdi.

Zalga tarqalgan sukunat ichida Jungkookning shaytoniy jilmayishi ko‘zga yanada ravshanroq ko‘rindi.

— Xush ko‘rdik, janob Han. Sizdek nufuzli inson ziyofat o‘tkazib, men kelmasam, bu men uchun uyat bo‘lardi. Shu bois kelaverdim, — dedi u lo‘nda va ozgina hazilomuz ohangda.

Zalda mayin kulgilar yangradi.

— Yaxshi qilibsiz, — dedi Han jilmayib, keyin diqqatini yonidagilarga qaratdi. — Haligi yoningizdagi xonimlar kim bo‘lsalar kerak?

Jungkook ularning yoniga qarab:

— Bu Seva. To‘g‘rirog‘i, Jeon Seva. Mening rafiqam, — dedi.

Janob Hanning yuzida bir lahza hayrat uchquni chaqnadi. U nigohini Sevadagi sokin va iforli go‘zallikka qaratib, biroz to‘xtab qoldi. So‘ng tezda o‘zini qo‘lga olib, muloyim jilmaydi:

— Tanishganimdan mamnunman, xonim, — dedi salomlashib.

— Men ham, — dedi Seva muloyim ovozda.

Jungkook davom etdi:

— Bu esa Milana, mening xolavachcham.

Janob Han bu safar Milanaga qarab, samimiy jilmaydi. Uning qo‘lini siqib qo‘yar ekan, nigohida yoqimtoy mehr aralash sinovchanlik ham bor edi. Shu on Jungkookning ko‘ngli allaqachon g‘ash tortgan edi. Unga yoqmaganini bildirmadi, biroq ichida allaqanday muzdek to‘lqin yugurib o‘tdi.

— Darvoqe, — dedi Han qiziqish bilan, — qachon uylanishga ulgurdingiz-u biz sezmay qoldik?

Jungkook jilmayib, ammo ko‘zlari sovuqroq tovlanib:

— Biz nikoh o‘qitdik. Hali hammaga oshkor qilmaganmiz. Shu sabab hech kim bilmaydi, — dedi.

— Ha, tushunarli, tushunarli, — dedi Han jilmayib, bir qadam orqaga chekinib. — Qani, endi marhamat, ziyofatdan zavqlaning, janob Jeon.

Shu payt zal bo‘ylab qadam tovushi yangradi. Zinalardan bir qiz tushib kelardi. Unga qaraganlarning nigohi beixtiyor to‘xtab qoldi. Qizning egnida ochiq kumushrang libos porlab, yorug‘likka qo‘shilib ketayotgandek jilvalanardi. Sochlari yelkasiga mayin to‘kilgan, nigohi esa yovqur va isyonkor edi. Bu Katara edi.

Katara

Ko‘plar nigohini uzolmay qoldi. Katara esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jungkookni ko‘rib qoldi. Uning yuzida birdan o‘zgacha tabassum paydo bo‘ldi. Qiz shoshqin qadamlar bilan Jungkook tomon yurib, quchib olishni xohladi. Ammo odamlar ko‘pligi, yuzlab nigohlar sabab u o‘zini to‘xtatdi. Uning yuragi bo‘g‘ziga tiqilayotgandek bo‘ldi, biroq buni sir tutib, yo‘lini o‘zgartirdi-da, barmen yoniga borib, o‘ziga sharbat buyurdi. Ammo nigohini Jungkookdan uzmadi. U xuddi ko‘zlari bilan yigitni chaqirayotgandek edi.

Jungkook esa sovuqqina, ammo qat’iyatli ovozda yonidagi ikki qizga murojaat qildi:

— Meni bu yerda muhim ishlarim kutmoqda. Siz ikkingiz bir-biringizdan uzoqlashmang. Erkaklar bilan gaplashmang, ularga yaqinlashmang. Agar sizlarni shu zalda topa olmay qolsam, oqibatiga javob bermayman. Ayniqsa sen, Sevosh... bu gap senga yanada ko‘proq tegishli.

Qizlar jiddiy bosh irg‘ashdi. Jungkook ularga ortiq bir og‘iz gap aytmadi. Orqasiga burilib, og‘ir qadamlar bilan barmen tomon yo‘l oldi.Qizlar esa oʻzaro suhbatga berilib ketdi

Barmen oldiga borib, qisqa va keskin ohangda:

— Bitta o‘tkiridan, — dedi.

So‘ng nigohini asta Katara tomon burdi.

Katara ko‘zlarini ko‘tarib unga qaradi. Shu on sabr kosasi to‘lib, u o‘rnidan turdi. Yugurib kelib, Jungkookni mahkam quchdi. Qizning yuragi qattiq ura boshlagan, u mehrini yashira olmasdi.

— Juda sog‘ingan edim... — dedi Katara jilmayib,soʻng hech kim ularni sezib qolmasidan asta qo‘yib yuborar ekan.

Jungkookning lablari ham jilmayib qo‘ydi, ammo nigohi o‘ziga xos chuqurlik bilan yonib turardi.

— Men ham, Katara, — dedi u past ovozda, ammo har bir so‘zida ehtiros va og‘irlik sezilardi.

Katara jilmayib, koʻzlarini chaqnatib dedi:

— Sogʻingan odam sogʻinchini chiqarib olmaydimi?

Jungkook lab burchagini shaytoniy jilmayishga burib, ohista javob berdi:

— Agar sen meni xonangga taklif qilsang, bu sogʻinchni chiqarib olishga ham ulguramiz.

Katara kulib, sochlarini orqaga tashladi:

— Bajonidil taklif qilaman. Axir ziyofatga kelgansiz, meni yolgʻiz qoldirishga haqqingiz yoʻq.

Jungkook kulib, koʻzlarini toraytirdi:

— Kelaman degandim-ku. Men vaʼdamdan qaytmayman.

Katara bir lahza unga tikilib, soʻng ovozini pasaytirdi:

— Endi nima qilamiz? Sizning dushmanlaringiz bilan otam hamkorlik qilayotganini koʻrib jim turasizmi?

Jungkook iblisona jilmaydi, koʻzlari chaqnab ketdi:

— Yoʻq. Menda bir reja bor. Ammo bunda menga sening yordaming kerak boʻladi.

Katara shiddat bilan oʻzini unga yaqinroq olib, koʻzlarida sadoqat uchqunlarini chaqnatib javob berdi:

— Bajonidil. Hattoki siz bilan jahannamning tubiga tushishga ham roziman.

Jungkook mamnun jilmaydi, ovozi yumshoq, ammo hukmronlik bilan jarangladi:

— Juda soz. Rejamni senga xonangda aytaman. Meni xonangda kut.

Katara jilmayib bosh irgʻadi:

— Hoʻp boʻladi. Ha, aytgancha… men hali ham oʻsha maxfiy hujjatlarni topa olmadim. Ularni faqat otam va opam bilishadi. Menga ishonishmaydi.

Jungkook koʻzlarini toraytirib, oʻziga xos ohangda dedi:

— Unda, jonginam, opangni oʻzim bir oʻzimga ogʻdirib olishim kerak boʻladi.

Katara darrov qoʻllarini koʻksiga qovushtirib, jiddiy ohangda dedi:

— Yoʻq, opam siz oʻylagandek oson oʻlja emas. U hech qachon hech narsa aytmaydi. Sizni hech qachon qabul qilmaydi.

Jungkook kulib, magʻrur ohangda javob berdi:

— Mendek yigitga hech kim yoʻq deya olmaydi. Sen tomosha qil.

Shu soʻzlarni aytarkan, u barmen yonidan oʻrnidan turib, sal yengilgina ohangda soʻradi:

— Yuvinish xonasi qayerda?

Katara biroz tushunqiramay unga qaradi, soʻng qoʻli bilan yoʻlak tomon ishora qildi:

— U yerda, yoʻlakning oxirida.

Jungkook odimlarini ohista tashlab, zalni tark etdi. Yoʻlak qorongʻiroq edi, devorlardan tushayotgan chiroqlar xira, ammo sovuq jilvalar taratardi. U yuvinish xonasiga kirib, eshikni orqasidan yopdi va koʻzguga qaradi. Koʻzguda oʻzining shaytoniy jilmayishini koʻrib, goʻyo oʻzidan ham rohat topdi. Soʻng choʻntagidan telefonini olib, Hyunjinga qoʻngʻiroq qildi.

— Hyunjin, esingdami reja? — dedi u, ovozi past, ammo buyrugʻi qatʼiy edi. — Sen oʻsha qizni oʻzingga sevdirishing kerak. Hozir men u bilan raqsga tushaman. Agar u menga roʻshnolik bermasa, senga berishi mumkin. Ayyorlikni ishga sol. U qoʻrgʻondan chiqqanda goʻyoki tasodifan yoʻlini toʻsib qol.

Hyunjin ovozini past ovozda kulib javob berdi, iblisona jilmayishi ohangida eshitildi:

— Hammasi siz aytgandek boʻladi, boss.

Jungkookning labida xavfli jilmayish qotdi.

— Kataraning opasi juda goʻzal. Agar sen uning ishonchini qozonsang va men istagimga erishsam, oʻsha qiz senga mendan sovgʻa boʻladi.

Hyunjinning ovozida hayajon va sadoqat titrab chiqdi:

— Bu iltifot uchun hamma narsaga tayyorman.

Jungkook goʻshakni qoʻyib, yana koʻzguga qaradi. Sochini tartibga soldi, libosining tugmalarini tekisladi. Koʻzlarida oʻziga ishonch va oʻsha iblisona chaqnash namoyon boʻldi. Soʻng yuvinish xonasidan chiqib, qaytadan zalga yoʻl oldi.

Zalga kirishi bilan nigohlari mehmonlar ustidan sirtdan sirgʻalib oʻtdi. Koʻzlari bir zumda Kataraning opasini topdi. U baland qomatli, sokin, ammo gʻururli qiyofada turardi. Goʻyo oʻzi bilan raqobat qiluvchi qadar goʻzal edi. Jungkook nigohini u qizdan uzmay, qadamlarini sekin-sekin oʻsha tomonga yoʻnaltirdi.

Zalda esa musiqa kuchayib, raqsga tushayotganlar tobora koʻpayar, ammo hech kim Jungkookning koʻzlaridagi oʻsha xavfli niyatni ilgʻamagan edi.

Hyunjin

Kyuri qomatiga yopishib tushgan, ammo oddiyroq bo‘lsa-da unga nihoyatda yarashib turgan yopiq, mayda gullar bilan bezatilgan libosda edi. Uning tabiiy go‘zalligi hech qanday pardozsiz ham ko‘zga yaqqol tashlanardi. Shu sodda libosi, soddadil nigohlari, tabassumida aks etgan samimiyati bilan u atrofdagilarni o‘ziga rom etib qo‘yardi. Katara va Kyuri bir ona, bir otadan tug‘ilgan bo‘lsalar-da, xuddi ikki turli olamning farzandlaridek edi: biri tashqaridan yorqin, g‘ururli, shaddod, ichida bo‘lsa olovday yonar; ikkinchisi esa sokin, ko‘ngli ochiq, mehribon, hech kimni ranjitishni bilmaydigan samimiy qalb egasi.

Jungkook qizlar orasidan Kyurini ko‘rib qoldi. U yoniga sekin yurib bordi-da, qarshisida to‘xtadi. Yuzida sirli jilmayish paydo bo‘lib, muloyim, ammo ichida ma’nolar yashiringan ohangda gap boshladi:

— Salom, miss Kyuri. Bu siz bo‘lsangiz kerak, janob Hanning katta qizi, to‘g‘rimi?

Kyuri unga qarab biroz hayron bo‘ldi, ammo iltifotli jilmayishi bilan javob qaytardi:

— Shunday, men Kyuri. Siz esa... menimcha, janob Jungkooksiz, shunday emasmi?

— Juda ham donosiz, — dedi Jungkook yengil kulib. — Ruhsatingiz bo‘lsa, sizni raqsga taklif qilmoqchiman. O‘ylaymanki, menga yo‘q demasangiz kerak. Bahonada yaqindan tanishib ham olardik, miss Kyuri.

Kyuri jilmayib, muloyim ohangda, ammo qat’iy gapirdi:

— Ammo sizning yoningizda sheriklaringiz borga o‘xshaydi. Ularni xafa qilishingiz mumkin.

Jungkook jilmayishi yanada sirli tus oldi:

— Demak, meni rad qilasizmi?

— Afsuski, rad qilishga majburman, janob Jeon, — dedi Kyuri sokin ohangda.

Jungkookning qoshlarida g‘ashlik ko‘rindi, u biroz asabiy ohangda shivirladi:

— Qiziq... Meni shu paytgacha hech bir qiz rad etmagan edi. Siz birinchisisiz.

Kyuri jilmayib, ammo qat’iy qaror bilan javob berdi:

— Mayli, birinchi va oxirgisi bo‘lib qolay. Sizga omad tilayman, janob Jeon.

Bu so‘zlardan so‘ng Kyuri jilmayishini yo‘qotmadi, ammo yuzidagi sovuqqina sokinlik bilan orqaga chekinmoqchi bo‘ldi. Shu payt esa zal bo‘ylab raqsbop, ohangdor musiqa yangradi. Jungkook birdan qizning qo‘lidan tutdi va odamlarning diqqatini o‘ziga qaratgancha uni o‘rtaga tortib chiqdi. Qiz qochishga uringan bo‘lsa ham, yigit uning belidan qo‘llarini o‘rab, majburlab raqsga boshladi. Zalda pichir-pichir ko‘paydi. Hamma ko‘zlar endi ularda edi.

Kyuri ko‘zlarini kattaroq ochib, beixtiyor yigitga qaradi, asabiy pichirladi:

— Bu nima qilganingiz, janob Jeon?

Jungkook uning yuziga qarab, iblisona jilmaydi:

— Menga rad javobi yoqmaydi, miss Kyuri. Shu sabab sizni o‘zimcha “to‘g‘rilab qo‘yishim” kerak.

Kyurining ko‘zlarida g‘azab chaqnadi. Ammo odamlar nigohi oldida o‘zini erkin tortib chiqib keta olmadi. Shu holatda majburan raqs tushishga majbur bo‘ldi.

Zaldagi boshqa qahramonlarning ham ichida bo‘ron ko‘tarildi. Katara ularni ko‘rib, jonidan ortiq sevgan insonini opasi bilan raqsga tushayotganini ko‘rib, ich-ichidan yonib ketdi. O‘zining emas, boshqa birovning qo‘lida Jungkookni ko‘rishi uning yuragiga qilichdek botdi. Qon bosimi oshganday bo‘ldi, lablari titradi, ko‘zlari alamdan to‘lib chiqdi. U ichayotgan sharbatiga tiqilib qoldi, ichida esa rashk olovi alangalanib yonardi.

Seva ham haykalday qotib qolgan edi. U bilardi — Jungkook ayollarga suyagi yo‘q, ko‘plar bilan ermak qilishi mumkin. Lekin baribir, bu safar uning rafiqasi borligiga qaramay, hamma ko‘z o‘ngida boshqa qiz bilan raqsga tushishi Sevani ichidan yeb qo‘yar, rashkdan ado qilardi. “Nega men emas, nega u?” degan savol yuragini teshib o‘tar edi.

Yonida turgan Milana esa hayratda edi. U hali bunday manzarani ko‘rmagan, Jkning qilmishiga ishonolmay turgandek, ko‘zlarini kattaroq ochib, beozor nigohlari bilan bo‘layotganlarga tikilib qoldi.

Seva alamdan yuzini yashirib barmen tomonga yurib bordi. Shu payt Katara ham chiday olmadi, yoniga borib, ovozida jahl va iztirob aks etib:

— Menga eng o‘tkiridan ber! — dedi.

Barmen qizning qahrli ko‘zlariga qarab, ikkilanib bo‘lsa-da, kuchliroq ichimlikdan quyib berdi.

Seva ham yoniga yetib keldi, lablari titrab, tovushi charchoq va rashk bilan to‘lib:

— Menga ham... iltimos, — dedi.

Kyuri

Barmen hayrat bilan qarab qo‘ydi, ammo ularga ham quydi. Katara stakanni bir ko‘tarishda ichib yubordi. Ichida yonayotgan rashk alangasini shu achchiqlik bilan bostirmoqchi bo‘lgandek edi. Seva ham ko‘zlarini yumib, tomog‘idan achchiqlik o‘tkazib, ichimlikni ichib yubordi.

Milana esa yugurib kelib, hayrat bilan Sevaga qaradi:

— Nimalar qilyapsiz? Ichyapsizmi? Bu sizga zarar! Qo‘ying!

Ammo Seva ko‘zlarida yosh, yuzida iztirob bilan:

— Qo‘yaver, Milana... ichim yonayapti... ichmasam bo‘lmaydi! — dedi va yana stakanini ko‘tardi.

Milana endi yuragi ezilib, ko‘zlari ham namlanib, sekin pichirladi:

— Men bunday ichimlikni hech qachon tatib ko‘rmaganman... Lekin siz uchun... Men ham... Yuragim ezildi... Menga eng yengilidan bering.

Barmen unga ham quydi. Ular uchalasi — Seva, Katara va Milana — birga icha boshlashdi. Katara iztirobini ichida bo‘g‘ib, yana ichdi. Seva rashk va alamni ichiga sig‘dirolmay ichdi. Milana esa ular yonida bo‘lib, o‘zi ham ta’sirlanib ichib yubordi.

Jungkook esa Kyurini belidan quchoqlagancha majburan raqsga tushar ekan, nigohi to‘satdan barmen yonida ichayotgan uch qizga tushdi. Qoshlarini chimirdi, yuzida g‘azab paydo bo‘ldi. U bir zumda Kyurini qo‘yib yubordi.

Kyuri ko‘zlari olovlanib, og‘zidan so‘zlarini to‘xtatolmay chiqardi:

— Ablah!

Shu so‘zlarni tashladi-da, ortiga qaramay, g‘azab va izzatni birga olib, raqs maydonidan chekinib, tashqari tomon yurib ketdi.

Zalda jimjitlik cho‘kdi. Hamma hayratda. Jungkook esa qadamlarini keskin tashlab, yuzida qahrli ifoda bilan barmen oldiga yo‘l oldi...

Ziyofat tobora qizib borar, zalning har bir burchagida turfa ohanglar, kulgi va shivir-shivirlar yangrar edi. Shovqin-suronga qaramay, ba’zi odamlar jim kuzatardi, ba’zilari esa o‘z olamida zavqlanardi. Ana shundaylardan biri — Suga va Hari edi. Ular ziyofatga xuddi boshqalardan farqli, hech kimning e’tiborini jalb qilmay, sokin va beparvo ohangda kirib kelgan edilar. Suga har doimgidek sovuqqon, sirli, yuzida ifodasiz ko‘rinardi. Hari esa yengil jilmayib, ammo ichidan ziyofatdan zavq olib, o‘zini qulay his etardi.

Ammo birdan Jungkook bilan Kyurining raqsi zalning butun muhitini buzdi. Hamma nigoh bir joyga qadaldi. Bu manzara Hari va Sugani ham hayratda qoldirdi. Hari bir zum ichida ko‘zlarini kattaroq ochib, so‘ngra jahldan qizarib, Suga tomon burildi. Uning tovushida iztirob va keskinlik aralashib ketgan edi:

— Nima balo, do‘stingiz xotinbozmi? Dugonam bilan emas, qayerdagi bir qiz bilan raqsga tushishga uyalmaydimi?

Hari shunday der ekan, nigohida alam ham, rashk ham, do‘stiga bo‘lgan sadoqat ham qorishib ketdi. U buni aytmaslikka tirishgan edi, ammo bo‘g‘zida yig‘ilib qolgan so‘zlar tilidan sirg‘alib chiqdi.

Suga esa odatdagidek xotirjam qoldi. U yelkasini sekin qisdi, so‘zlarini og‘ir, ammo ishonch bilan aytdi:

— Jkni aybini yashirmayman, Hari. U doim shunday bo‘lgan. Men ham boshida hayron qolardim, ammo vaqt o‘tib bildim — u hech qachon befoyda qadam bosmaydi. Bu safar ham shunchaki qiz ortidan yurgani yo‘q. Axir u janob Hanning katta qizi bilan raqs tushdi. Demak, biror rejasi bor. Biz esa... faqat Jkning rejasi bilan harakat qilamiz.

Hari yuzini chetga burdi, ammo ichidagi norozilik hali so‘nmagan edi. U so‘zlarini asabiy ohangda davom ettirdi:

— Shu do‘stingiz rosa bir asabimni yeb bitiradi. Har safar o‘ylab bo‘lmas ish qiladi, bunga esa chidab bo‘lmaydi.

So‘ngra ko‘zlarida g‘alati yaltirash paydo bo‘ldi. Bir zumlik jimlikdan so‘ng jilmayishga o‘xshash, ammo baribir ichida iztirob yashiringan ifoda bilan Suga tomon qaradi:

— Yaxshisi, biz ham raqsga tushaylik. Balki shu asabni bosib olar.

Suga labining bir chetini ko‘tarib, sekin kulimsiradi. Odatda kamdan-kam kuladigan, his-tuyg‘ularini yashiradigan bu yigitning jilmayishi qizni hayratga soldi. U sokin ovozda dedi:

— Yo‘q demasdim.

So‘ngra muloyim, ammo izzat bilan qo‘lini cho‘zib, Harini raqsga taklif qildi. Hari biroz ikkilanib bo‘lsa-da, uning qo‘lidan ushladi. Shu lahzada ular ham raqs maydoniga qo‘shilib, shovqin-suronga singib ketishdi. Ularning raqsi boshqalarnikidan soddaroq edi, ammo nigohlarda nimadir yashirin, ichki yaqinlik sezilib turardi.

Zalda esa yana boshqa voqealar pishib yotgan edi. Ziyofatga kechroq kirib kelgan Jimin odamlar orasida deyarli ko‘zga tashlanmasdan yurar, biroq uning nigohi doimiy ravishda bir nuqtada — Milanada edi. U kelgandan beri qizni zimdan kuzatar, ammo unga yaqin bora olmas edi. Jiminning yuragi tez urar, lablari quruqlashar, ammo u o‘zini tuta bilardi.

Jimin o‘zicha: “Bugun emas... Hali vaqtim keladi. Ammo biror yomon ish sodir bo‘lsa, men albatta uni himoya qilaman.” — deb ichida qasam ichardi.

Milana esa buni sezmasdi. U Sevaga yonboshlab, ba’zan barmen tomonga qarar, ba’zan raqs tushayotganlarga tikilardi. Ammo uning zimdan kuzatilayotganidan xabari yo‘q edi. Jimin esa soyadek ortidan ergashar, nigohi hech qachon undan uzilmasdi.

Zalda raqs davom etar, odamlarning kulgisi, pichir-pichiri quloqqa chalinardi. Ammo yuzlar ortida yashirin hislar — rashk, alam, sevgining o‘tkir iztirobi, sirli rejalar — bir-biriga qorishib ketgan edi. Shu ziyofat — bir tomondan quvonch, bir tomondan esa ko‘zga ko‘rinmas jang maydoniga aylanayotganini faqat qalblar bilardi.

Milana

Katara g‘amgin kayfiyatda boshqa tarafga o‘tirib, ichimlikni asta yutib o‘tirardi. Seva va Milana esa boshqa burchakda, bir-biriga sherik bo‘lib, og‘ir dardlarni ichimlik bilan yuvishga urinishardi. Ularning orasidagi masofa ham, ko‘ngildagi masofa ham uzoq edi. Shu payt Jkning g‘azab aralash keskin nigohlari Katara tomon burildi. U qat’iy qadamlar bilan qiz oldiga keldi-da, uning qo‘lidagi stakanni tortib olib, stolga qo‘ydi.

— Nima qilyapsan, imm? — dedi u ovozini pasaytirib, ammo hukm ohangida.

Katara alamdan larzaga kelgan ko‘zlarini unga tikib:
— Boring, opamning oldiga. Nega mening yonimga keldingiz? — dedi achchiq ohangda.

Jkning qoshlarida g‘azab soya solib, u keskin:
— Bor xonangga. Men ham hozir boraman, — dedi va birdan qizning yuziga yaqinlashib, uning nozik sochlarini muloyimlik bilan quloqlari ortiga soldi. So‘ng esa jilmayib, past ovozda pichirladi:
— Meni kut. Chiroyli tungi libosda hozir oldingga chiqaman, jonginam.

Bu so‘zlar Katara yuragidagi alamni bir zumda eritib yuborganday bo‘ldi. Ko‘zlari chaqnadi, yuzida quvonch jilvasi paydo bo‘ldi. U shivirlab, ishonchsiz ohangda so‘radi:
— Rostanmi?..

Jkning lablarida yengil tabassum o‘ynadi:
— Rostan. Endi bor.

Katara qizg‘in yurak urishini yashira olmay, zinalar tomon shoshdi va tezda tepaga chiqib ketdi.

Jk esa endi qahrli nigohlarini Seva va Milana tomon qaratdi. Ularning qo‘lida ichimlik qadahi hali bo‘shamagan edi. Jk ularning oldiga borib, keskin ovozda:
— Ikkalangiz nima qilyapsiz?! — dedi.

U Milananing qo‘lidagi qadahni tortib olib, stolga urib qo‘ydi.
— Sen, kichkina... aqldan ozdingmi?! Nega ichding?!

Milana qo‘rquvdan dovdirab, o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi:
— Men... Seva opamga sherik bo‘ldim, xolos...

Jkning sabri chidamadi, u endi Sevaga yuzlandi. Qizning qo‘lidagi stakanni qo‘pol ravishda tortib olib, uni oldiga qarab turishga majbur qildi.
— Aqldan ozdingmi, Sevosh?! Nega ichding? Nima haqida o‘ylading, hmm? Javob ber!

Seva lablari titrab, alam bilan dedi:
— Anovi qiz bilan raqsga tushishni davom eting. Axir men sizga zarracha qiziq emasman-ku!

Jkning nigohlari o‘tkirlandi, lablarida o‘ynoqi kulgi paydo bo‘ldi.
— Nima?.. Meni rashk qildingmi? Sevosh, javob bergin.

Seva labini burib, kinoya bilan dedi:
— Sizni rashk qilib o‘libmanmi

Jk kulib yubordi. Lablarida o‘ynoqi tabassum yanada kengaydi:
— Demak, rashk qilgansan... — deya qizning nozik qo‘lidan ushlab, beliga qo‘llarini o‘rab, uni raqs maydoniga tortdi.

Zal jim bo‘lib qoldi. Endi hammaning nigohi Jk va Sevaga qaratilgan edi. Ularning har bir harakati, ularning bir-biriga yaqinligi barchaning ko‘zida qiziqish uyg‘otardi.

Zinalardan tepaga chiqayotgan Katara esa tasodifan qarab qoldi. U to‘xtab qoldi. Ko‘zlari yonib ketdi — Jk boshqa qiz, Sevani quchoqlab raqsga tushayotgan edi. Yuragini alangaga solgan rashk uni ich-ichidan yondirdi. Alamdan ko‘zlariga yosh qalqdi. U shoshib, hech kimga sezdirmay yuzini burdi va xonasiga kirib ketdi.

Pastda esa Jk raqsni davom ettirardi. U Sevani mahkam quchib, unga yanada yaqinlashdi. Seva og‘ir nafas olar, ammo uni yanada qattiqroq quchib olgan edi.

Jk qizning qulog‘iga muloyim, ammo o‘ziga xos da’vo bilan pichirladi:
— Bugun sendan o‘tadigani yo‘q. Menga ishonaver, Sevoshim...

Seva qizarib ketdi, ko‘zlarini pastga soldi.
— Aldayapsiz... — dedi u uyalib.

— Yo‘q, go‘zalim, — dedi Jk qat’iyat bilan. So‘ng qizni aylantirib, yana o‘ziga tortdi, tepaga ko‘tardi va pastga tushirdi. Harakatlari hammaning e’tiborini yanada jalb qildi.

Raqs nihoyasiga yetgach, Jk sekin qo‘llarini yechdi. U Milana va Sevani birga qoldirib, chetga chiqdi. Telefonini oldi va Sugaga xabar yozdi:
"Tayyor tur. Asosiy tomosha endi boshlanadi. Nima qilishni bilasan. Snayperlar tayyor tursin. Men Katarani oldiga chiqyapman."

Jk/pov
"Avval Katarani xursand qilaman. Keyin unga asosiy topshiriqni beraman. U bunday qaynoq lahzalardan keyin menga yo‘q deb ayta olmaydi."

Katara esa xonasida asabiylik bilan vannaga kirib ketgan edi. Jk xonani topib bordi. U eshikni qulfladi, keyin yotoqqa chiqib yotdi. Qizning vannadan chiqishini sabrsizlik bilan kutar edi.

Seva

Bu paytda esa Kyuri tashqariga chiqqan edi. Hovliga toza havodan nafas olish uchun chiqdi, ammo yuragidagi og‘irlik, ichidagi azob uni qiynardi. Ustiga-ustak, ko‘zlaridan yosh oqib chiqib, yuzini yuvib yubordi. U hiqqillab yig‘lab turardi.

Shu payt qorong‘ulikdan muloyim ovoz eshitildi:
— Bunday go‘zal qizga yig‘lash yarashmas ekan...

Kyuri cho‘chib ketdi, tevarakka alangladi.
— Kimsiz? — dedi hayrat va biroz qo‘rquv bilan.

Qorong‘ulikdan kelbatli bir yigit chiqib keldi. Uning nigohlari muloyim, ovozi sokin edi.
— Menmi?.. Mening ismim Hyunjin. Ichkarida diqqinafas bo‘lib ketib, tashqariga chiqqandim. Lekin... bunday go‘zal xonimni kim xafa qilgan bo‘lishi mumkin, deb hayron bo‘ldim.

Kyuri yigitning so‘zlariga ishonishga majbur bo‘ldi. Uning ovozidagi samimiylik, ko‘zlaridagi yaltirash qizni o‘ziga rom qildi. U asta jilmayishga urindi, ammo yig‘idan ko‘zlari qizarib turgan edi.
— Hech kim... — dedi u ovozini zo‘rg‘a chiqarib. So‘ng yigitning ko‘rkam qiyofasiga, jozibali ko‘zlariga qarab qoldi.

Ziyofat esa davom etardi. Musiqa, kulgi, shovqin ichida hech kim bu lahzalarni sezmasdi. Ammo ko‘zga ko‘rinmas qo‘llar bilan chizilgan taqdir sahnasi tobora qizib borardi. Eng xavfli tomosha esa hali oldinda edi...

Kyuri

Vannadan endigina chiqqan qizning ustidan dush halati sirgʻalib tushgandek yelkasidan silkinib borar, ammo koʻzlari tinmay yigʻlashdan qizarib, goʻyo ichida toʻplanib qolgan iztirobini aytib berayotgandek chaqnardi. U yotoqqa yaqinlashar ekan, birdan koʻzi yostiqqa yonboshlab yotgan yigitga tushdi va beixtiyor sapchib tushdi. Nafasi qisilgandek boʻldi. Bir zumda qoʻrquv bilan oʻzini yoʻqotib, koʻkragini qisib, titrab chiqardi:

— Sizmidingiz? — dedi u hiqillab. — Men… qoʻrqib ketdim. Xonamda begona erkak nima qilyapti ekan deb oʻyladim.

Jk qoshlarini chimirib, sovuq ohangda qaradi:

— Begona erkak xonangga kiradimi?

Katara yutqinib, alamli koʻzlarini unga tikdi:

— Yoʻq-da… Men sizga kimman? Foxishami, begona erkakni xonamga kiritadigan? Men shu uy qiziman. Shu uyda ziyofat boʻlyapti, odam koʻp, erkaklar ham serob. Ulardan har narsani kutsa boʻladi, men esa o‘zimni ehtiyot qilaman.

Jk labining bir chetini keskin tortib qoʻydi:

— Unday boʻlsa, nega xonangni eshigini qulflamading?

Katara koʻzlarini yonib chiqdi:

— Siz kelaman, degandingiz! — dedi alam bilan. — Aslida sizga men kerak emasman. Siz doim meni qiynaysiz, meni sevmaysiz. Men sizdan sevgi soʻramadim, lekin hech boʻlmasa koʻz oʻngimda boshqa birini quchib raqsga tushmasligingiz kerak edi. Menda ham yurak bor… — deya sochiqni olib sochini qurita boshladi

Jk bir muddat jim unga tikildi. Soʻng keskin ovozda dedi:

— Qoʻy oʻsha lanati sochiqni! Sochlaringni keyin ham quritaverasan. Yonimga kel!

Katara titrab:

— Xohlamayman, — dedi ovozi uzilib. — Men sizga qoʻgʻirchoq emasman. Menda ham yurak bor, xohlamayman!

Jk uning soʻzlarini tinglab, maʼnoli kulimsirab, sekin oʻrnidan qoʻzgʻaldi:

— Shundaymi? Demak, meni xafa qilmoqchisan? Haqiqatan qilasanmi? Juda yaxshi. Unda ketaman. Yana boshqa yoningga ham kelmayman. Yalinsang ham foydasi boʻlmaydi. Mana, koʻrib turibsan, yotoqdan tushyapman…

Katara beixtiyor hushidan ketgudek boʻldi. Yuragi hapriqib, koʻkragi oʻz-oʻzidan siqildi. Jk rostdan ketib qolishidan qoʻrqib, birdan sapchib yotoqqa yugurib chiqdi va yigitni mahkam quchib oldi. Uning tanasidan oʻzini ajratib bo‘lmasdi.

Jk jilmayib, rejasining ish berganidan ichida mamnun boʻldi:

— Nima edi? Xohlamayman deganding-ku? Qani, bor endi, yoʻl och. Ketay. Agar xohlamasang, men baribir chiqib ketaman.

Katara qaltirab, koʻz yoshlariga boʻgʻildi:

— Yoʻq! Unday qilmang, ketmang! Sizsiz oʻlib qolaman! Kechiring… boshqa xohlamayman demayman. Doim aytganingizni qilaman. Faqat ketmang…

Jk uning sochlarini silab, ovozini yumshatdi:

— Aqlli qizim… Endi boʻldi. Boyadan beri yigʻlayverganing asabimni buzmoqda. Koʻzlaring shunday goʻzal edi, hozir esa qizarib, xunuk boʻlib qolyapti. Yigʻlama endi. Yaxshisi, meni xursand qil.

Katara asta koʻz yoshlarini artib, boshini yigitning koʻksidan koʻtarib dedi:

— Hoʻp…

Soʻng asta-sekin uning yuziga egilib, lablarini lablariga qoʻshdi. Atrofdagi barcha iztirob, yigʻi va alam shu lahzada gʻoyib boʻlgandek edi.


Ziyofatning boshqa chekkasida esa Milana odimlab borarkan, Sevani boshqa qizlar davrasida qoldirib, atrofni kuzatardi. Shu payt tasodifan kim bilandir toʻqnashib ketdi. Boshini koʻtarib qaradi-yu, birdan toʻxtab qoldi:

— Siz?!

Jimin jilmayib, koʻzlarida mehr bilan unga qaradi:

— Ha, men. Salom, ey nozik gulcha…

Milana qizarib, hayron koʻzlarini pirpiratdi:

— Kim? Menmi?

Jimin yonboshlab jilmaydi:

— Ha, aynan sen, mitticha.

Milana oʻzini tutolmay kulib yubordi:

— Rahmat, chiroyli taʼrif boʻldi.

Jimin unga yaqinroq egilib soʻradi:

— Yolgʻizmisan?

— Seva opa bilan edim. Endi esa yolgʻizman, — dedi Milana.

— Unda kel, raqsga tushamiz. Taklifimni qabul qil, goʻzal qiz, — dedi Jimin qoʻlini choʻzib.

Milana yengil taʼzim qilib, jilmaydi:

— Jonim bilan.

Ularning qoʻllari birlashib, musiqaga shoʻngʻib raqs maydoniga kirib ketdilar.

Shu paytda Suga rejaga muvofiq ish yuritar, Hari esa atrofni kuzatib yurardi. Birdan u Seva bilan toʻqnashib qoldi. Ikkisi ham hayratdan qotib qolib, keyin bir-biriga tashlanib, quchoqlab ketishdi.

Seva beixtiyor yigʻlab yubordi:

— Hariyim! Bu senmi? Rostan ham sensan-a?

Jungkook

Hari koʻzlari yoshga toʻlib:

— Ha, bu menman, jonginam. Men ham seni juda sogʻingan edim…


Ziyofat tobora avjiga chiqayotgan, musiqalar kuchayib, odamlarning kulgusi va shovqini havoda taralayotgan lahzalarda hech kim uning yakuni qanday tugashini bilmasdi. Bazm — tashqi koʻrinishda quvonch, ammo ichida qora bo‘ron edi. Hech kim buni sezmas, ammo bu kecha hammaning taqdirini oʻzgartirardi. Ularning taqdirlari qon, alam va kutilmagan zarba bilan tugardi.

Ammo Jk uchun bu kecha — barchaning fojiaga aylanadigan tun — aynan uning orzulari ushaladigan, quvonchli kecha boʻlishi muqarrar edi…

Suga and Hari

Salom hammaga mana asallarim sizlarga yangi qismini olib keldim,vaqtim yoʻq shu sabab kamroq yozdim xafa boʻlmaysizlar
Davomi uchun 300+reaksiya va uzundan uzun 50ta fikr boʻlmasa ff shu yerda yakunlanadi
Xatolar uchun oldindan uzr
Yoqimli hordiq tilayman

«15-qism»

THE END