September 30, 2024

Ep5

Avtor/pov

Hayot-shavqatsiz

Hayotda hamma narsa boʻlishi mumkin,sevganim deganing maxluq boʻlib chiqishi mumkin,lekin sen buni kech tushunishing mumkin,hayot sinovlari davom etar ekan,oyoqda tik qolishni oʻrganish kerak

Minji uning surʼatlarini tomosha qilar ekan koʻzlarida muhabbat uchqunlari chaqnardi,ammo birdan bu yigitni oʻldirish kerakligi esiga tushib,maʼyus tortdi

Hari uni kuzatib turar ekan, dugonasidagi oʻzgarishlardan taajjubga tushdi

Hari:senga nima boʻldi,Minji

Minji:nim..nimaa

Hari:senga nima boʻldi deyman,tinchlikmi

Minji:ha,ha yaxshi,yaxshiman

Hari:ahvoling yaxshiga oʻxshamaydiku

Minji:qoʻysangchi Hari,men yaxshiman

Hari: oʻqishga borasanmi

Minji:bugun boshqa ishlarim bor edi, oʻzing boraver

Hari:yanami,mayli

Hari oʻqishga ketdi,Minji yolgʻiz qoldi va u yoqdan,bu yoqqa yurib nima qilish kerakligini oʻylardi

Minji:oʻyla Minji,oʻyla,uni oʻldira olmaysan,ammo oʻldirishing kerak,endi nima qilaman,Minji sen aqllisan,sen juda ham aqllisan,buni oʻzim hal qilaman,uni oldin qoʻlga olishim kerak,uni asir olishim kerak,ha shunday qilaman,uni qoʻlga tushuraman

Minji Minaga qoʻngʻiroq qildi

Minji:jamoani yigʻ Mina,maxfiy joyimizga yigʻ,xoʻjayinlar ham bilmaydigan yerga,menga Jeon Jungkook ismli yigitni surʼatlari kerak,u haqida maʼlumot ham top

Mina:hoʻp boʻladi xonim, bajaramiz

Minji

Jk kresloga oʻtirgancha,qoʻlidagi xanjarni u yoqdan bu yoqqa aylantirardi

Suga:salomlarim, qalaysan

Jk:ahvolim qanday deb oʻylaysan

Suga:unchalik yomonmas shekilli😁

Jk:Suga,meni asabimni buzgani keldingmi

Suga:albatta yoʻq,xullas sen haqingdagi maʼlumotlarni oʻsha qiz qidirmoqda

Jk: ajoyib,demak menga qiziqib qolibdida

Suga:ha oʻldirish niyatida

Jk:hahahhaa😂

Suga:nimasi kulgili buni,sen xohlayotgan qiz,seni oʻldirishni xohlayapti deyapman

Jk:bu zoʻrku,mening qaysarcham,meni sevganim kuchli chiqdi

Suga:ha juda zoʻr josus chiqdi

Jk:unga men haqimdagi maʼlumot yetib borishini taʼminla,agar men haqimdagi maʼlumot sen sabab yetib bormasa,men haqimda hech kim maʼlumot ololmasligini bilasan

Suga:esingni yeb qoʻyibsan,sen haqingda maʼlumot seni oʻldirmoqchi boʻlgan odamga yetib borsinmi

Jk:hamma maʼlumot ham emas,faqat meni zoʻr biznesmen ekanim,boshqa hamma maʼlumot sir tutiladi,hatto uy manzilim sir saqlansin

Suga:ha endi tushunarli,bajariladi

Jk:iloji boricha meni yaxshi inson deb bilsin,har holda soddaroq deb bilsin

Suga:hoʻp boʻladi boss

Jk:uy manzilimni keyinchalik maʼlum qilasan

Suga:nima nega

Jk:uni yoʻli faqat meni jahannamimga,u oʻz oyoqlari bilan meni qidirib kelishi kerak,yolgʻondakam qoʻlga tushish senariysi,hammasi meni rejam boʻyicha ketadi,men ajoyib senariy tuzdim,shu senariy asosida ish koʻramiz,mening oldimga yoʻl ochib beramiz😈

Suga:odam boʻlmasligingni aytganmidim

Jk:nima deding

Suga:yoʻq hech nima iblis odam boʻlolmaydiku toʻgʻrimi unutibman,uzr

Jk:Suga ana eshik hozir ketmasang nimadir qilib qoʻyishim mumkin

Suga:mayli asabiylashma men ketyapman

Suga shunday deya xonadan chiqib ketdi

Jk:yaramas doim meni asabimni buzishi kerak

Suga qaytib kirdi:uzr kostyumim qolibdi olsam maylimi

Jk:hozir seni Jk shunday deya Sugani kostyumini olib unga otdi

Suga:yaxshilik uchun rahmat

Jk:qanaqa yaxshilik,mana senga

Jk shunday deya qoʻlidagi xanjarni Sugaga qarab otdi,Suga zoʻrgʻa eshikni yopishga ulgurdi,nishon toʻgʻri olingan edi,xanjar toʻgʻri eshikka sanchilib qoldi

Jk:qaytib kelma🗣️shibal

Suga:hufff oʻlishimga oz qoldiya

Jk

Jimin:Suga Jk xonadami

Suga:ha maslahatim kirma

Jimin:ieee nega

Suga:biroz asabi chatoq

Jimin:yana asabini buzdingmi yaramas,men qanday kiraman endi

Suga:ishing muhimmi

Jimin:juda ham

Suga:unda senga omad

Jimin:Sugaaaa,seni deb men baloga qolaman doim

Suga:uzr soʻrayman

Suga

Jimin:endi uzr soʻrasang ham foydasi yoʻq,menga omad hufff

Jimin shunday deya eshikni taqqillatdi

Jk:Kir

Jimin ichkariga kirdi va Jkga taʼzim qildi,keyin bir muddat unga tikilib qoldi,nimadan gap boshlashni ham bilmasdi

Jk

Jk: gapirasanmi,yoʻqmi,nima ogʻzingga talqon solganmisan

Jimin:Jk bilasanmi nima

Jk:bilmayman

Jimin:nega buncha qoʻrs,haligi ish masalasida

Jk:qanaqa ish yana

Jimin:seni biznesing

Jk:unga nima qilibdi

Jimin:hech nima qilmagan

Jk:nega chaynalasan tez-tez gapir

Jimin:xullas bugun majlis oʻtkazishing kerak edi

Jk:shuni oldinroq aytsang oʻlasanmi

Jimin:nima qilay koʻp ish buyurib tashlading,qaysi biriga ulguray

Jk:ketdik,toʻnkaga oʻxshamay tez yur

Jk

Jimin:nima men toʻnkaga oʻxshaymanmi,nega men Suga emas,alam qilyapti

Jk:Suga sendan aqlliroq

Jimin:nima men aqlliman undan

Jk: baʼzida

Jimin:Sen...

Jk:davomini ham eshitaylik

Jimin:hech nima iblis janoblari

Jk:Jimin jim boʻlib yur

Jimin:albatta siz nima desangiz shu

Jk:seni ishdan olsam nima deysana

Jimin:faqat va faqat xursand boʻlardim,rahmat aytardim

Jk:xom hayol boʻlma,oʻlgunincha ishlaysan menga

Jimin:shu gapni kutgandim,boshqa gapni kutib ham boʻlmaydi sendan

Jk:ha bu seni aqlli ekaningdan dalolat

Jimin

Jimin:oʻzimni yerga urilgandek his qildim

*

Minji:koʻrinishim qanday

Minjini libosi

Hari:hoy qiz uyatni oq qildingmi

Minji:menda bormidi u😂

Hari:senda unaqa narsa nima qilsin,ilohim oʻzingga oʻxshagan er uchrasin

Minji:aytganing kelsin😁

Hari:surbet

Minji:anovi Jungkookmidi oʻsha yigit ham menga boʻlaveradi lekin

Hari: kim❓Jungkook

Minji:Jeon Jungkook eshitganmisan,men biror marta eshitmagan ekanman

Hari:Jeon familiyasi tanishdik tuyilyapti

Minji: qanaqasiga

Hari:qayerda eshitganmana,ha esladim dugonam,u Jeon korporatsiyasida ishlayman degandi

Minji:Jeon korporatsiyasi❓🤨

Hari:ha eshitmaganmisan,nahotki,bu korporatsiya juda ulkan korporatsiya ekanini bilmasang,dunyo tan olgan,doim reytinggi birinchi oʻrinda turadigan korporatsiya,rahbari Jeon Jungkook shunday deyishgandi shekilli,ammo uni koʻpchilik koʻrmagan, baʼzilar juda kelishgan deydi,baʼzilar xunuk boʻlsa kerak deydi,shu sabab oʻzini hech kimga koʻrsatmaydi deydi

Minji:men koʻrgan Jungkook juda kelishgan edi

Hari:uni kamchilik koʻrgan,koʻrganlar juda koʻrkam va yosh degan,koʻrmaganlar qari chol boʻlsa kerak deydi😂

Minji:bas qil,meni Jungkookim juda koʻrkam va yosh,eee ketdim men

Hari:ishingga omad

Minji 6ta sherigi bilan maxfiy xonaga yigʻilishdi

Minji: xoʻsh u haqida maʼlumot topdingizmi

Mina:u Jeon korporatsiyasi egasi ekan,juda boy va kelishgan,qarang rasmlarini sevishga arzigulik yigit ekan lekin

Jkni rasmi

Minji:Ouuu namuncha sexy,bu ketishda meni aqldan ozdiradi bu yigit🥰

Mina:ihhmmm,Minji xonim

Minji:ha aytgancha qanaqa yigit ekan u

Mina: yaxshi yigit ekan,yomon hislatlarini koʻrishmagan ekan,menimcha sal soddaroq,qoʻlga tushirishga oson oʻlja boʻlsa kerak

Minji:unda nega uni yoʻq qilish kerak

Mina:u yuksalyapti,shu sabab uni yoqtirishmaydi,oʻta ketgan boy ekanda

Minji:yosh va boy shundaymi

Mina:ha yosh boʻlsa ham shuncha muvaffaqiyatga erishgan

Minji:uni koʻra olishmas ekanda

Mina:shunaqa desa ham boʻladi

Minji:unda uni qoʻlga tushirish operatsiyasini boshlaymiz,uni yaxshilab kuzating,har bir harakatidan ogoh boʻlib turay,men aytishim bilan uni ushlaymiz, kerakli vaqtni kuting,keyin uni olib kelib yertoʻlaga bogʻlaymiz,uni oʻlishi yoki qolishini oʻzim hal qilaman

Mina:hoʻp boʻladi ammo u oʻlishi kerak

Minji:aytdimku buni oʻzim hal qilaman deb,men rahbaringizman,buyruqqa boʻysuning

Hamma:hoʻp boʻladi

Minji/pov

Sen menikisan,faqat meniki,seni yoki oʻzimniki qilaman,yoki yoʻq qilaman,quyoncham ishonaver,asabimni buzsang hech ikkilanmay oʻldiraman,seni yoʻq qilishim kerak,ammo yurak unday qilma deyapti,oʻzing ayt qaysi biriga quloq solay,aqlimga,yoki yuragimga,baʼzida majbur boʻlaman aqlga quloq solishga,bu safar ham majbur boʻlmasam boʻldi,seni naqadar sevishimni bilganingda edi, oʻzingga havasing kelardi💔

Minji shu hayollar bilan yoʻlga tushdi

Jeon korporatsiyasi

Majlislar zali

Hozir hamma Jeon Jungkookni kutmoqda

X:asabiylashib ketyapman

X2:qoʻrquv butun vujudimni egalladi,nima sababdan majlis chaqirildi oʻzi

Shu payt xonaga

Jeon Jungkook kirib keldi,ortidan Jimin,hamma oʻrnidan turib taʼzim qildi

Majlislar zali

Jk kelib stulga oʻtirdi va hammaga oʻtirishni buyurdi

Jk

X:osmondan farishta tushdimi

X2:u haligi nega buncha kelishgan

X3:sovuq ammo kelishgan,biz omadsizmiz

X2:chiroyiga yarasha muloyim boʻlsa edi

Jk:janoblar pichir-pichir tugagan boʻlsa majlisni boshlaymiz,menga hujjatlar

Jimin:mana marhamat janob

Jk hujjatlarni bir-bir koʻrib chiqar ekan,majlis davomida juda qattiqqoʻl boʻldi baʼzilarni ishdan boʻshatdi,bir direktorni mazasi qochib,tez yordam olib ketdi

Jk

Jk hammaga sovuq nigoh bilan yana bir bor qarab chiqdi,hammani boshi egik,hech kim uni sovuq nigohlari bilan toʻqnashishni xohlamaydi,bitta Jiminga farqsiz,Jk oxiri nigohlarini Jiminga tikdi

Jimin:koʻzlaring chiroyli ekanligini bilasanmi birdan gapirdi Jimin,hamma hayron qoldi

Jk Jiminga biroz tikildida nigohini olib qochdi,keyin boshini changallab,peshonasiga urib qoʻydi

Jimin:nima,hamma nega menga bunday qarayapti,nima qildim men toba, rost aytdimku

Jk:Jimin bor seni koʻrmay,yoʻqolda,bugun kuni boʻyi koʻzimga koʻrinma,agar koʻrib qolgudek boʻlsam,mendan yaxshilik kutma

Jimin:yana men aybdor

Jimin shunday deya chiqib ketar ekan,xonaga Hyunjin kirib keldi

Jk:nima gap

Hyunjin taʼzim qilib:janob mana buni koʻrishingiz kerak

Jk:nimani

Hyunjin:Minji xonim

Jk:hammaga ruhsat majlis tugadi,hamma taʼzim qilib chiqib ketdi

Jk Minjini komerada kuzatar ekan,qiz ochiq kiyingan va sexsy koʻrinardi

Jk:bu nima yurish,bu tanani mendan boshqa koʻrishi mumkin emas,meni suvpariyim,buncha ochiq kiyinibdi bugun,u tanasini faqat men manga koʻz-koʻz qilishi mumkin,hechqisi yoʻq meni qoʻlimga tushgach,buning uchun ham javob beradi,mening arxideyam😈

Jk:demak u meni qidiryapti,qoʻlga olmoqchi,juda soz

Jkning qasri

Suga kirib keldi

Suga:nima qilyapsan

Jk:koʻrmayapmanmi,oʻzimga yangi libos tiktirmoqchiman

Jk

Suga:nimaga

Jk:Minjini qoʻliga tushganimda chiroyli koʻrinish uchun

Suga:senda libos koʻpku va har qanday libosda mukammalsan

Jk:bilaman,yana ham mukammal koʻrinishim kerak,toki Minjining koʻzlari mendan boshqasini koʻrmasin

Suga:oʻzi shundogʻam sendan boshqasini koʻrmayapti🤦🤦🤦

Jk:bu nima deganing

Suga:mana buni qara

Jk Minjini komera orqali kuzatdi

Minji bir restaranda edi va Jkni surʼatiga termulib oʻtirardi

Jkni rasmi

Minji:sen namuncha chiroylisan aaa😫😫😫

Minjini rasmi

Jk:ahhh meni suvpariyim,uni rasmi ham chiroyli

Suga:mana qara senga qanday mahliyo

Jkni rasmi

Minji:ayt menga bu chiroyni qayerdan olgansanaaaaa,seni sevaman juda ham😭

Suga:ishqingda telba boʻlib qolibdi bechora qiz

Jk:bu menga yoqyapti,meni bunchalik sevsaya,ahhh u meniki

Suga:sendagi egalik hissi va uni sevgisi qoyil zoʻr tushgan,lekin rasmga chiroyli tushgan ekansan

Jk:endi sen boshla,Jimindan battarsan

Suga:mayli men gapirmadim,undan koʻra Harini kuzatganim yaxshi

Jk

Jk:Oʻoʻoʻ Hari,sen nima uni sevib qoldingmi

Suga:albatta yoʻq,uni kuzatishni oʻzing aytgansan,ee men ketdim

Jk:mayli bor ket

Minji uyga qaytdi va oʻzini yotoqqa otdi

U yana bir bora Jkni surʼatiga termulib qoldi

Minji:ertaga seni qoʻlga olish operatsiyasini boshlayman

Jkni surati

Minji:sen nima farishtamisam,xuddi farishtaga oʻxshaysan,mening farishtaginam, quyoncham,seni oʻzimniki qilvolay,birga baxtli boʻlamiz aa,seni yaxshi inson deb eshitdim,koʻrinishing ham xuddi shunday,mehribonim meni

Afsuski Minji farishta deb oʻylayotgan odam iblis ekanini bilmas edi,u hali Jkni sevib,uchratib qolgani uchun ming bor pushaymon boʻladi,Jkning unga beradigan azoblari oldinda.........💔

Minji:seni koʻzlaringga choʻkib boryapman dengiz koʻzligim....❤️

Jk:seni jahannamimga tortib ketaman mening yovvoyi mushukcham.....😈

Muallif Kim Susi ❤️

Mana koʻp qilib yozdim endi aktiv boʻling nima fikr yoʻqmi,iltimos fikr yozing,men ham mazza qilib davomini yozay🥹🥹🥹❤️yoqimli mutolaa,xatolar uchun uzr