December 2, 2024

TWISTED DESIRES

~Sen mening zulmatdagi nurimsan~

♡8ª parte♡

Yarim tun....

MIN lar qoʻrgʻoni,
(Soyunni topshirgandan,2soat oʻtib)

Pov/Liya
Men hudbinman, oʻzimni foydam uchun oʻzgalarga ziyon yetkazdim, axir bu ishlarimdan Suga xabar topgach, uni butunlayga yoʻqotaman, balki men xato qilgandurman... yoʻq, yoʻq men xato qilmadim men sevgim uchun hamma narsani qilyapman..hozir esa anavi Dasom deganlarini bir yoqlik qilish kerak....

Liya yotgan oʻrnidan turib kiyimini almashtirish uchun kirib ketti

Liya tayyor boʻlib xonasidan chiqdi va hovliga chiqish uchun eshiklar ochilar ekan, uyga Suga kirib keldi. Yuzidagi gʻazabni bir koʻrishdayoq sezsa boʻlardi, koʻzlari gʻazabdan olov boʻlib yonar, oʻzi esa chuqur chuqur nafas olib turardi. Liya uni koʻrib nafasi ichiga qaytib ketti
"Xabar topmagan boʻl" faqatgina shu soʻzni tilida qaytarardi
Suga Liyani yoniga katta katta qadamlari ila keldi

S: qayerga ketyapsan

L:bu meni shaxsiy ishim, seni bunga aloqang yoʻq

S:Liya sabrimni sinama

L:bizni oramizda hech narsa yoʻq, biz hattoki qondosh ham emasmiz, shunday ekan senga hisob berishga majbur emasman

S:majbursan! Eshityapsanmi! Majbursan... chunki... chunki

Suga ovoz toʻnini biroz balandroq qilib gapirdi

L:nima chunki!

Suga biroz Liyaning yuzlariga qarab oʻylanib qoldi

S:chunki sen mening hududimdasan! Bu yerdan mendan besoʻroq hech qayerga ketolmaysan yana yarim tunda!

L:nima? Axaxax! Sen....sen kimsan? Sen kim boʻlibsanki menga toʻsqinlik qilasan

Liya jinnilarcha kulib gapirdi

Liya ning holati

L: sen menga hech kim emassan Min Yoongi! Oʻsha sen bir fohishani qoʻllaridan tutib shu yerga olib kelgan va oʻsha qizning oldida uyalmasdan menga *Seni emas uni sevaman* degan kuning men uchun oʻlgansan! Tushunyapsanmi, endi biz begonalarmiz. Endi esa yoʻlimdan qoch!

Liya Sugani turtib oʻtib ketti

Suganing gapirishga tili bormas, toʻgʻrirogʻi nima deyishni ham bilmas edi. Chunki Liya haq edi, ular oʻsha mudhish kundan buyon begona edilar...

Suga holsiz oʻzini yumshoq divanlardan biriga tashlar ekan, hayoliga Soyun kelib qoldi, oxirgi marta erta tongda ishga ketishidan oldin koʻrgan edi uni
S:Soyun!
Suga u eshitishi uchun baqirdi, afsuski hech qanday javob yoʻq...

S:Soyun!

U yana bir bor baqirdi, yana javob boʻlmagach oʻrnidan turishga majbur boʻldi. U sekin zinalardan koʻtarildi va Soyunning xonasiga oldiga borib xona eshigini bir ikki marotaba taqillatib qoʻydi

S:Soyun, shu yerdamisan? Soyun!... Kiryapman

Suga ichkaridan ovoz kelavermagach ichkariga kirishga majbur boʻldi. Lekin xona boʻm boʻsh va qorongʻu. U xonani chiroqlar bilan yoritdi va yotoq tekis tegilmagan edi

S:bu qiz qayerda qoldi

S: Shin xonim!

U uy xizmatchini chaqirdi

Sh; eshitaman janob

S:Soyun qayerda

Sh: sz kelishingizdan taxminan 3 soatlar oldin Liya xonim bilan koʻrgandim keyin Soyun xonimga koʻzim tushmadi janob

S:yaxshi ketishing mumkin

~Parallel vaqt~

S:men qayerga olib kelding, Kim Taehyung!

T: ozgina sabr qil, qadrli opajonim!

S:nega olib kelding meni bu yerga, qoʻllarimni yech,

T: ogʻzingdagi judayam uzun boʻlgan tilingni tiya olasanmi?

S: aysh jin ursin!

Taehyung va Soyun kimsasiz joyda mashinada tortishib oʻtirishardi va uzoq kutilgan inson mashinaga kelib oʻtirdi

Jk:bunchalik tez olib kelasan deb oʻylamagandim

T:men oʻz ishlarimni vaqtida qilishga odatlanganman!
Qiz seniki!

Jk: yaxshi! Nima hohlaysan

T: Singlingni hohlayman!

Jk:nima? Singlimni?,

T: ha oʻsha sen aytgan singlingni, menga berasan evaziga qizni olib ketishing mumkin

Jk: men bunga qarshi emasman, u bizning oiladan surgun qilingan

Pov/Taehyung
Afsus, agar uning bpshiga nimalar tushishini bilganingda edi, aslo mening qoʻlimga singlingni osongina topshirmas eding. Bilaman uni hali hamon yaxshi koʻrasan, axir u seni qondosh singling

Taehyung

Taehyung orqada nima boʻlayotganiga tushunmasdan oʻtirgan qizga qarab qoʻydida mashinadan tushdi

Jk: hoʻsh quyoncham! Qara yana sen bilan yolgʻiz qoldik, yana bir bor sen bilan koʻrishdik

S:sen..sen qayerdan kelib qolding

Jk: men doim seni yoningda boʻldim, doim seni kuzatdim lekin taqdirni qara, mana bugun koʻrishdik

Jungkook yuziga tabassum olib gapirdi

Jungkook mashinadan tushib haydovchi oʻrniga kelib qayta oʻtirdi va mashinani oʻt oldirdi

S:qayerga olib ketyapsan!

Jk:ogʻzingni yum! Bu oʻzingga foyda jonginam

Soyun

Soyun undan biroz qoʻrqqani uchun jim ketishni afzal bildi.
Soyun yonlanma qotil boʻlishiga qaramay, u Jungkook dan qoʻrqardi, lekin nima uchunlink oʻzi ham bilmasdi. Balki u inson emasligi uchundir, balki uning haybatidan qoʻrqar...

Jungkook

Ular uzoq yoʻl yurishgach Jeonlar qasriga yetib kelishdi,
Jungkook Soyunni qarshiligiga qaramay mashinadanmajburlab tushurdi. Ular ichkariga kirisharkan, ichkaridan bir inson chiqdi...

?:Soyun?

S: siz....

Davomi bor....
#CYNEFIN_FANFICTION