February 12, 2025

SUKUTDAGI SIMFONIYA

"Biz ikki nota edik- birlashganda goʻzal notaga aylanadigan"

MINI FANFIC
For My Taecher Aera

Episode 2

Pov/Avtor
Hayotning eng go‘zal ohanglari ba’zan jimjitlik orasida unutilib ketadi. Ohanglar yurakning eng nozik qirralariga tegib o‘tadi-yu, ammo ularni qayta eshitish mushkul. Ba’zida esa taqdir bizga eski notalarni yangitdan chertish imkoniyatini beradi…
Lekin har doim ham bu imkoniyat quvonch olib kelavermaydi. Ba’zan u unutishga uringan tuyg‘ularni yana bir bor jonlantiradi. O‘tmishning sokin tovushlari qalbni o‘z domiga tortadi, odam esa o‘sha eski kuyga ergashib ketadi,u yo‘qotgan, lekin hech qachon butkul tark eta olmagan ohangga…
Ba’zida esa bu shunchaki bir xayol bo‘lib chiqadi. Xuddi noto‘g‘ri bosilgan kalit kabi uni yana bosishing mumkin, lekin avvalgi ohang endi boshqaa jaranglaydi. O‘zgargan, yangilangan, lekin hech qachon asl holiga qaytmaydigan ohang…


Aera Taehyungning qo‘liga qo‘lini qo‘ygach, u yengil siqdi va ko‘zlarini qisilti.

—Demak, sarguzashtni boshladik! (dedi u hayajon bilan.

—Toʻxta, biz qayerga ketyapmiz o‘zi? (Aera uning ortidan ergashib borarkan, shubha bilan so‘radi.

Taehyung hech qanday javob bermay, uni eshikdan chiqarib, shahar ko‘chalariga yetakladi. Kechki shamol yuzlarini ohista silab o‘tar, yo‘llardagi tungi chiroqlar atrofni yoritib turardi.

—Taehyung, bu yurishning maqsadi bormi, yoki shunchaki adashib yurayapmizmi?

—Agar hayot oldindan rejalashtirilgan bo‘lsa, unda hech qanday qiziqish qolmaydi. Shunchaki menga ishon!

Aera burun ostidan xo‘rsindi.

—Men aynan shu gapdan qo‘rqaman-da!

Taehyung kulimsirab to‘xtadi va shahar markazidagi kichik kafe oldida to‘xtadi.

Mana shu yerga kiramiz.

Aera kafega bir qarab chiqdi va shubhali ohangda dedi,

—Bu yer... juda oddiy joyga o‘xshaydi. Nahotki hayotimdagi eng qiziqarli sarguzasht shu bo‘lsa?

Taehyung eshikni ochdi va unga imo qildi.

—Sen faqat qadam tashlashni bil, qolgani meniki.

Aera ichkariga qadam qo‘ydi va… birdan boshi ustidagi mayda chiroqlar yonib-o‘chib, ichkarida yumshoq jazz ohangi eshitildi. Kafe ichi mayin yorug‘lik va odatiy bo‘lmagan muhit bilan to‘la edi. Burchakda foniy gitara chalayotgan yigit, sahnaga chiqib, nimanidir e’lon qildi,

—Bugun bizda ochiq mikrofon kechasi! Istedodini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan mehmonlarimiz bemalol chiqib, qo‘shiq kuylashi mumkin!

Taehyung Aeraga maʼnoli qarash bilan termuldi
Aera birdan Taehyungga o‘girildi.

—Ey, ey, menga qarama! Men bunday narsalar uchun kelmaganman.

Taehyung esa uning fikrini butunlay inkor etib, shunchaki jilmaydi.

—Sen menga hayotingdagi eng qiziqarli sarguzasht berasan, deb va’da berding!

—Men hech qanday va’da bermadim!

— "Lekin qo‘limni tutding!

Aera norozi ohangda gapirdi

—Qanday qilib bu narsaga rozi bo‘ldim o‘zi?

Taehyung esa stoldan turib, sahnaga yo‘l oldi. Aera uning ortidan hayrat bilan tikildi. U chindan ham chiqmoqchimi?!

Taehyung mikrofonga engashib, gapirdi,

— Bugun men o‘zim bilan ajoyib hamrohimni olib keldim… U meni hali isteʼdodink sinashga ulgurmagan, shuning uchun o‘zining iste’dodini sahnada sinab ko‘rishga fursat beraman!

Zalda o‘tirganlar kulib yuborishdi. Aera esa stulda qotib qoldi.

—YO‘Q! (pichirladi u.

Taehyung uning yoniga qaytib kelib, sekingina egildi,

—Qo‘rqma, Aera. Bu shunchaki qo‘shiq.

Aera chuqur nafas oldi. Taehyung buni ataylab qilganini tushunib yetdi. U qiziqish uyg‘otish uchun buni sarguzashtga aylantirgandi.

Aera chuqur nafas olib, past ovozda dedi,

—Agar men sahnada qulab tushsam, bunga faqat sen aybdor bo‘lasan.

Taehyung jilmaydi.

—Men seni ushlayman.

U sahnaga chiqarkan, yuragi tez urardi. Pianino yoniga o‘tirib, ovozini sinab ko‘rdi. Qayerdadir, Taehyung unga jilmayib, ilhom beruvchi ishora qildi.

Aera ko‘zlarini yumdi… va ilk marta, o‘zining ichki ovozini eshitishga harakat qildi.

Aera sahnada o‘tirarkan, yuragi gupillab urardi. Qanchalik dadil bo‘lishga harakat qilmasin, odamlar nigohi ostida birinchi marta qo‘shiq aytish oson emas edi. Pianino kalitlariga ohista tegdi, lekin barmoqlari biroz titrayotgandi.

Taehyung esa pastdan unga ishora qildi.

—Sen buni uddalaysan.

Aera chuqur nafas olib, oxir-oqibat qo‘shiq boshladi. Ovozining dastlabki notalari zal ichida taralganida, jimlik hukm surdi. Asta-sekin ohang shakllanib, Aera o‘zini erkin his qila boshladi. Uning ovozi mayin va iliq edi, go‘yo yurakning eng chuqur burchaklaridan chiqqandek.

Aera

Taehyung uning ijrosini tomosha qilarkan, ko‘zlari jilvalanib ketdi. U bunday ovozni oldin eshitmagan edi. Bu ovozda nimadir bor edi qandaydir samimiylik, qandaydir o‘ziga tortuvchi sehr.

***
Aera oxirgi notani bosganida, zal ichida bir lahzalik sukunat cho‘kdi. Keyin esa… qarsaklar yangradi. Odamlar olqishladi, ba’zilari hushtak chaldi, hatto foniy gitara chalayotgan yigit ham hayrat bilan bosh chayqadi.

Aera esa hayron bo‘lib, ularning reaksiyasiga tikilib qoldi.

—Men… (pichirladi u.

Taehyung kulimsirab, stolga suyanib turardi. Aera pastga qaradi va u bilan ko‘zlari to‘qnashdi. U sahnadan tusharkan, Taehyung yana kulimsirab dedi,

—Mana endi sarguzasht qanday bo‘lishini bilasan.

Aera uning yoniga kelib, yuziga shubha bilan tikildi.

—Sen oldindan buni rejalashtirganding, shundaymi?

Taehyung yelka qisdi.

—Men faqat hayotda ba’zan tasodiflar eng yaxshi daqiqalarni yaratishini bilaman.

—Yo‘q, sen aynan meni sahnaga chiqarish uchun shuni ataylab qilgansan!

—Ehtimol…

—Taehyung!

Taehyung jilmayib qo‘ydi.

—Xo‘p, mayli. Men shunchaki sening iste’dodingni ko‘rishni xohladim.

Aera chuqur nafas olib, uni bir muddat kuzatdi. U Taehyungning bu harakatini hazil yoki o‘yin deb qabul qilmoqchi edi, lekin ich-ichidan bilardiki, bu bundan ko‘ra chuqurroq narsa edi.

Shu payt kafeda bir yigit ularga yaqinlashdi. Ko‘zoynak taqqan, kulrang kostyum kiygan, qo‘lida daftari bor edi.

—Kechirasizlar, men tasodifan sizning chiqishingizni eshitib qoldim. Ismim Kim Minseok, men musiqa prodyuseriman.

Kim Minseok
(Uzurasz boshqa odam hayolimga kemadi🥲😁)

Aera va Taehyung hayrat bilan bir-biriga qarashdi.

—Siz juda iqtidorlisiz, (dedi Minseok, Aeraga tikilib.
-Siz bilan ishlashni juda istardim.

Aera bir necha soniya unga tikilib turdi, so‘ng Taehyungga qaradi. Uning yuzida mag‘rur tabassum bor edi.

—Men Nima degandim? (pichirladi u.
— Tasodiflar eng yaxshi daqiqalarni yaratadi.

Aera chuqur nafas oldi.

—Bu… rost bo‘lishi mumkinmi?

Va shu payt… u tushunib yetdi. Hayot haqiqatan ham kutilmagan notalar bilan to‘liq edi.

Aera prodyuserning gaplarini eshitarkan, yuragi tez-tez urardi. Orzulari amalga oshishiga shunchalik yaqin ekaniga ishonishi qiyin edi. Minseokning nigohi jiddiy edi u hazillashmayotgani aniq edi.

—Siz bilan shaxsiy uchrashuv tashkil qila olamizmi? (deb so‘radi Minseok.

Aera og‘zini ochib nimadir deyishga chog‘landi, lekin Taehyung oldinga chiqib, gapni bo‘ldi,

—Kechirasiz, lekin u bu taklif haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak.

Aera unga hayrat bilan tikildi.

-Yaxshi yaxshilab oʻylab koʻrgach menga xabar berasiz degan umiddaman Xonim (Minseok oʻzining tashrif qogʻozini qizni qoʻliga tutgancha.

—Nega bunday deding? (Aera asabiylashgancha dedi u Minseok ketgach.

Taehyung kaftini cho‘zib,
-Shoshilma, (dedi.

— Bunday narsalar o‘ylamasdan qabul qilinadigan taklif emas. Prodyuserlar gohida juda shilqim va yolg‘onchi bo‘lishadi. Ishonmasang, men bilan yur, sen uchun tekshirib beraman.

Aera yelka qisdi.

—O‘zim ham tekshira olaman-ku.

—Ha, albatta, (dedi Taehyung kinoya bilan.
—Lekin sen gullar va pianino haqida gapirganda, men esa odamlarga ishonish qiyinligi haqida gapirganda, sen mendan ‘nega bunchalar ehtiyotkorsan?’ deb so‘raganding."

—To‘g‘ri, ehtiyotkor bo‘lish kerak. Lekin ba’zan shunchaki tavakkal qilish ham kerak.

—Tavakkal bilan tentaklik o‘rtasidagi farqni ham unutmang, xonim, (dedi Taehyung qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib.

Aera yengil kulib qo‘ydi.

—Sen doim shunaqa aqlli gaplarni gapirasanmi?

—Sen doim menga qiziqishingni yashirishga urinasanmi?

Aera beixtiyor qizarganini sezdi.

—Men?!

—Ha, sen. Yashirishga urinayotganing aniq.

—Hech qachon!

—Xo‘sh, unda men hozir seni quchoqlasam, nima qilasan?

Aera bir lahzaga gap topa olmay qoldi. Taehyung esa sekin oldinga egildi. Uning yuzida kulgu bor edi.

—Senga yoqib qoldim-a? (dedi u pichirlab.

—Yo‘q!

—Yolg‘on.

Aera xuddi bomba qo‘lida turgandek, nima qilishni bilmay qoldi. Keyin esa peshonasiga urib, orqaga chekinib oldi.

—Taehyung, sen haqiqatdan ham chidab bo‘lmaydigan odamsan.

—Yo‘q, men shunchaki senga qiziqish bildirishning yangi usullarini o‘ylab topaman.

Aera o‘zini yo‘qotmaslik uchun yuzini burib oldi. Unga rostan ham yoqib qolganini tan olishni xohlamasdi.
Lekin yuragi unga boshqacha gapirardi.

Aera chuqur nafas olib, boshini silkidi.

—Bu juda jiddiy masala, Taehyung. Men prodyuserning taklifini o‘ylab ko‘rishim kerak, sen esa faqat meni bezovta qilish bilan ovora bo‘lyapsan.

Taehyung yelka qisdi.

—Ha, chunki sen meni jiddiy masalaga yaqinlashtirmayapsan.

—Nima?!

—Men ham prodyuserdan kam gapirayotganim yo‘q-ku. Balki sen men bilan duet kuylashing kerakdir?

Aera bir lahza jim qoldi, keyin Taehyungning o‘ta ishonch bilan aytilgan so‘zlarini eshitib qilib, kulib yubordi.

—Sening ovozing yaxshi ekanligini kim aytdi?

—Menga qarab turgan yuz minglab muxlislar.

—Ishonmayman.

—Ishonish qiyinmi? Demak, ko‘rsatib berishim kerak.

Taehyung jiddiy qiyofada qo‘lini ko‘kragiga qo‘yib, chuqur nafas oldi. Keyin esa teatr ohangida ashula ayta boshladi,

—Men Aera oldida turgan yigitman, u esa meni tan olmaydi, lekin men kutaman, oh, men kutaman…

Aera yuzini kaftlari bilan yopdi.

—Tae, bas qil, odamlar qarayapti!

—Qo‘rqma, ular mening iste’dodimni olqishlayapti.

Aera uning jiddiyligini ko‘rib, yanada qattiqroq kulib yubordi. Taehyung esa mag‘rur nigoh bilan uni kuzatdi.

—Ko‘rdingmi? Men seni baxtli qilyapman. Endi ayt-chi, meni jiddiy qabul qilishni boshlaysanmi?

Aera unga bir muddat tikildi. Keyin esa sekin pichirladi,

—Bilasanmi, balki boshlashim kerakdir…

Taehyungning tabassumi yanada kengaydi.

—To‘g‘ri qaror qabul qilyapsiz xonim.

Aera va Taehyung shundoq shahar markazida janjallashayotgan payt, odamlar ularga qiziq ko‘zlar bilan tikilardi. Lekin ularga baribir edi.

—Endi nima qilamiz? (deb so‘radi Aera qo‘llarini qovushtirib.

—Sen o‘zing nima qilishingni bilmayapsan, shuning uchun bu savol menga tegishli emas.

—Kim aytdi men bilmayapman deb?

—Sen aytding.

—Qachon?!

—Shu hozir ovozing va yuz ifodang bilan.

Aera og‘zini ochib-yopdi, lekin javob topa olmadi. Taehyung esa qoniqqandek kulimsiradi.

—Qarang-a, men hamma narsani oldindan bilib turaman.

Aera ko‘zlarini suzib qo‘ydi.

—Xo‘p, bashoratchi janob, unda keyingi voqealar qanday bo‘lishini ayt-chi?

Taehyung bir lahza o‘ylanib, keyin burnini chimdi.

—Sen prodyuser bilan uchrashuvga borasan. Men esa kuzatuvchi bo‘lib boraman. Keyin u seni aldayotganini bilib qolamiz, lekin u seni ishontirishga harakat qiladi. Sen esa uni eshitib turasan, men esa jimgina sabrsizlik bilan kutaman. Oh, ha... va albatta bu orada sen menga qiziqayotganingni butunlay inkor etishda davom etasan.

Aera unga kulib qaradi.

—Bu unchalik ham yomon bashorat emas ekan.

—Albatta emas. Chunki men faqat to‘g‘ri narsalarni aytaman.

Aera bu safar javob bermadi. Yuragining bir burchagida uning gaplarida haqiqat borligini his qilardi.
U haqiqatan ham Taehyungni o‘ylashni to‘xtata olmayotgandi…
Lekin u bunga tayyormidi?
U hozircha buni bilmasdi.
Lekin bir narsaga amin edi, Taehyung hech qachon zerikishga yo‘l qo‘ymaydi.

Aera prodyuser bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotganida, Taehyung unga sal jiddiy qarab turardi.

—Nega bunday qarayapsan? (deb so‘radi Aera ko‘zoynagini tuzatarkan.

—Chunki ishonmayapman.

—Nimaga?

—Sen hozir o‘zingni ishonchli tutayapsan, lekin yuraging shunday tez urayaptiki, deyarli mana bu kofe ichimligingni ham qulatib yuborasan.

Aera darrov qo‘lidagi ichimlikka qaradi va sezilarsiz titrayotganini payqab, yuzini burdi.

—Shunchaki hayajon…

—Aha, hayajon…

Taehyung shunday deya labini tishlab jilmaydi.

—O‘z ishida ishonchi komil bo‘lgan odam bunchalik hayajonlanmaydi, bilasanmi?

—Sen qanaqa ekspert bo‘lib qolding?

—Haqiqiy hayotning ekspertiman

Aera bosh chayqadi.

—Mayli, ekspert janob, bu uchrashuvda shunchaki jim o‘tir. Keraksiz hazillaring bilan aralashmagin.

Taehyung qo‘lini yuragi ustiga qo‘yib, jiddiy bosh irg‘adi.

—Va’damni bajara olmasligim mumkin, lekin sinab ko‘raman.

Aera unga shubha bilan qaradi.

—Nega men senga ishonmayman?

—Chunki menga ishonish kerak emas.

Aera indamay qo‘l siltadi va ofis eshigiga yo‘l oldi.

Uchrashuv boshlanishi bilanoq, Taehyung prodyuserning ovoz ohangida nimadir g‘alati ekanini sezdi. U hayron bo‘lib Aeraga qaradi, lekin Aera suhbatga chuqur sho‘ng‘ib ketgan edi.

Taehyung ichida shunday deb o‘yladi,

-Bu odam yolg‘on gapirayapti. Va men buni qanday isbotlashimni bilaman.

Keyingi lahzalarda u kutilmagan harakat qilishi aniq edi…