April 29, 2025

PERFECT ILLUSION

{Mening har bir tabassumimning sababchisi sensan}

𝑺𝒆𝒏 𝒎𝒆𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒐𝒏𝒈𝒊𝒎𝒏𝒊 𝒛𝒂𝒑𝒕 𝒆𝒕𝒈𝒂𝒏 𝒊𝒍𝒍𝒖𝒛𝒊𝒚𝒂 𝒆𝒅𝒊𝒏𝒈. 𝑺𝒆𝒏𝒔𝒊𝒛 𝒏𝒂𝒇𝒂𝒔 𝒐𝒍𝒊𝒔𝒉 𝒊𝒎𝒌𝒐𝒏𝒔𝒊𝒛 𝒆𝒌𝒂𝒏𝒊𝒏𝒊 𝒂𝒏𝒈𝒍𝒂𝒈𝒂𝒏𝒊𝒎𝒅𝒂, 𝒂𝒍𝒍𝒂𝒄𝒉𝒂𝒏𝒅𝒂𝒚 𝒄𝒉𝒆𝒌𝒔𝒊𝒛 𝒃𝒊𝒓 𝒃𝒐‘𝒔𝒉𝒍𝒊𝒌𝒌𝒂 𝒄𝒉𝒐‘𝒌𝒊𝒃 𝒌𝒆𝒕𝒂𝒚𝒐𝒕𝒈𝒂𝒏𝒅𝒆𝒌 𝒉𝒊𝒔 𝒒𝒊𝒍𝒂𝒓𝒅𝒊𝒎.
𝑨𝒎𝒎𝒐 𝒃𝒖 𝒔𝒆𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒐‘𝒚𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒆𝒅𝒊. 𝑴𝒆𝒏 𝒆𝒔𝒂 𝒖𝒏𝒅𝒂𝒏 𝒄𝒉𝒊𝒒𝒂 𝒐𝒍𝒎𝒂𝒚𝒅𝒊𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒖𝒔𝒂𝒇𝒊𝒓 𝒆𝒅𝒊𝒎...

~~~
EPISODE-13

Euna eshikni ochib opasining oldiga kirganida, u allaqachon choy damlab, qog‘ozlar orasida boshini ushlab o‘tirgan edi. Stol ustida bir necha katalog, bir nechta topshiriq varaqalari va... kredit kartaning harajat chiqaruvi.

—Ha, keldingmi? (dedi opasi, charchagan ohangda.
—Menga yordam kerak, haqiqiy yordam. Bu yerda aqldan ozish arafasidaman.

— Nima bo‘ldi? Qayerdan boshlaymiz? (dedi Euna, paltochasini yechib, stolga yaqinlashib.

Opasi o‘z telefonini ko‘rsatdi. Unda notanish odam bilan bo‘lgan yozishmalar ochiq edi.

— Bu mijoz...U bilan yangi loyiha bo‘yicha hamkorlik qilmoqchiman. U katta pul taklif qilayapti. Ammo shartnoma... g‘alati. U mendan kompaniya nomidan emas, shaxsiy hisobimdan ayrim to‘lovlar so‘rayapti.

Euna ko‘zlarini qisib, yozuvlarni o‘qidi. So‘ng darhol qog‘ozlarni tekshirdi.

—Bu... firibgarlik. U sizni aldashga harakat qilyapti. Bu "loyiha" yo‘q, opa. U sizning ismingizni va ishonchingizni ishlatmoqchi.

Opasi chuqur nafas oldi.

— Men... shunchaki qopqonga tushdimmi? Yana?

Euna opasining qo‘lini ushladi.

— Hech nima emas. Men sizn bilanman. Bu sharmandalik emas. Bu odamni bloklang Hozir. Men yordam beraman.

Ular telefonni oldi, akkauntni bloklash, tafsilotlarni xotiraga olish, bankga murojaat qilish hammasini birgalikda qilishdi. Bir necha soat o‘tdi.
Opasi stulga o‘tirib, charchagan holda Euna tomon qaradi.

—Nega sen doim bunchalik aqlli va hushyor bo‘lasan? Qachon bunday boʻlishga ulgurding? Men sening yarmingchalik bo‘la olmayman.

Euna jilmaydi. Uning ko‘zlarida mehr bor edi.

— Chunki men szining orqangizda turadigan odamman. Har doim.

Pov / Euna
Men opamni ko‘p narsa uchun ayblagandim. U ba’zida ishonuvchan, ba’zida haddan ortiq mustaqil. Lekin men uni hech qachon bu darajada sinib qolgan holatda ko‘rmaganman. Endi men uning yonida bo‘lishim kerak. Men uni bu odamdan qutqardim... lekin o‘zim ham kim bilsin, qanday "odam"ga qarab ketayotgan bo‘lsam endi.
Deyarli qorongʻi tushishi arafasida edi. Euna xayrlashib chiqdi. Yuragida og‘irlik bor edi, lekin ich-ichida g‘urur ham bor edi bugun u kimnidir qutqardi.

Ammo u hali ham bilmasdi kechga yaqin, u o‘zi ham sinovdan o‘tishini.

Euna

Soat 16:48.

Euna o‘zini nisbatan tiklab, qadamlarini ofis binosi tomon tashladi. Uning yuragida aralash tuyg‘ular bugun u opasini firibgardan qutqardi, ammo endi o‘zi qandaydir qorong‘u energiya bilan o‘ralgan uchrashuvga ketmoqda. Kech qolganiga qaramay borishga qaror qilgandi u.

Ofis ichkarisiga kirgach, kotiba unga turlicha qaradi. U odatda mijozlarga sotiladigan iltifot* bilan jilmayardi, ammo bu safar nigohi... boshqacha edi. Shubha, ehtimol ogohlantirish, ehtimol biroz achinish.

— Siz direktor Yoongi bilan uchrashasiz, to‘g‘rimi? (dedi u.

— Ha, uchrashuvimiz bor, (dedi Euna.

—Ofis oxirgi qavatda, lift o‘ng tomonda.

Kotibaning oxirgi so‘zlarida qandaydir sovuqlik bor edi. Euna , kotiva aytgan joyga qarab yurishni boshladi.
Va liftda yuqoriga ko‘tarildi. Liftning oynali devorlarida o‘z aksini ko‘rdi charchagan, ammo ko‘zlarida hali so‘nmagan ishonch bor edi.
Eshik ochiladi.
U ofisga kiradi. Ichkarida Yoongi stol ortida o‘tirgan, bir nechta fayllarni ko‘rib chiqayotgan edi. Derazadan tushayotgan quyosh nuri uning yuzini yoritib, go‘yoki soyabon kabi ko‘rsatmoqda. Euna bir zumga to‘xtab qoldi bu odamni qayerdadir ko‘rganligini yana his qildi.

—Kim Euna, (dedi Yoongi, boshini ko‘tarmasdan.
—Siz bilan uchrashganimdan mamnunman.

— Men ham... (dedi Euna, ammo yuragi gupillab urib turardi.
—Sizning... yuzingiz tanishdek. Biz ilgari uchrashganmikanmiz?

Yoongi endi boshini ko‘tardi. Nigohi bevosita Eunanikiga tushdi. Bu nigohda xotira bor edi. Va hokimiyat. Va bir zumlik... hazil.

—Bu dunyoda ko‘p odamlar bir-birini ko‘rib turadi. Ba’zilar buni eslaydi. Ba’zilar... eslamagani ma’qul bo‘ladi.
Euna og‘ir nafas oldi.

—Siz men haqimda avvaldan nimalarnidir bilasizmi?

Yoongi kuldi. U stuldan turdi, orqa tomondagi javondan bir papkani oldi va stolga qo‘ydi.

— Men sizga ish taklif qilmoqchiman, Euna. Ammo bu oddiy ofis ishi emas. Bu muloqot, xavfsizlik, monitoring, loyihalarni tahlil qilish. Siz aqllisiz, kuzatuvchisiz. Men aynan siz kabi odamga muhtojman.

Euna biroz jim turdi.

—Nega aynan men?

Yoongi unga yaqinroq yurdi. Nigohi hali ham sovuq, ammo ehtiyotkor.

— Chunki siz sinovdan o‘tgan odamsiz. Men kecha deraza orqali shunchaki chiroyli yuzni emas, bardoshli odamni ko‘rdim. Ha, men qaradim. Men yashirmayman. Siz kurashyapsiz va bu meni qiziqtiryapti

Euna ko‘zlarini olib qochdi. Yuragidagi g‘alati hissiyot endi na qo‘rquv, na quvonch edi bu chalkashlik edi.

—Demak... siz meni kuzatgansiz?

—Faqat bir zum. Ammo men bunday imkoniyatga ikkinchi marta duch kelganimda e’tibor beraman. (Yigit kinoyali tabassum qilib qoʻydi.
-Endi esa tanlov sizda, Euna. Siz bu eshikdan chiqib ketishingiz mumkin. Yoki bu ofisda qolib, men bilan ishlashni boshlaysiz. Va... ehtimol o‘zingizni boshqatdan topasiz.

Pov / Euna
Men bunga tayyormanmi? Bu odam xavfli. Ammo... rostini aytsam, ichimda nimadir meni unga yaqinlashtiryapti. Balki bu qiziqish. Balki xavf. Balki... men ham nimanidir yashiryapman.

Oradan bir hafta o‘tdi>>

Euna ofisga o‘rganib qolgan edi. Ish doirasida aniq ko‘rsatmalar, g‘ayrioddiy, ammo qat’iy tartib. Yoongi hech qachon keraksiz so‘z gapirmas, lekin har safar unga ko‘z tashlaganda, Euna o‘zini shaffof oynaning narigi tomonida turgandek his qilardi nazorat ostida, lekin qandaydir ko‘rinmas halqaga tutashgan holda.
Bugun Yoongi uni alohida chaqirdi.

—Bugun yangi loyiha boshlanadi,
—Bu biroz... shaxsiyroq. Menga ishonasanmi?

Euna biroz sukut saqladi.

—Ishim doirasida, ha, ( dedi u.

—Bu yetarli.

U uni o‘z ofisining orqa tomonidagi xonaga boshlab kirdi. Bu xona boshqa ishchilarga yopiq edi. Ichkarida katta monitorlar, serverlar, va... bir necha qog‘ozlar bilan to‘ldirilgan stol. Euna ularning ustiga qararkan, qog‘ozlardan birida o‘zining ismini ko‘rib qoldi.

—Bu nima? (dedi u, qo‘llari muzlab ketgan holda.

Yoongi unga tik qaradi.

—Bu sen. Men senga ish taklif qilganimdan oldin, men senga allaqachon qiziqib ulgurgandim. Sen haqingda to‘plaganlarim bu yerda. Hayoting. Opang. O‘tmishing. Hattoki... kafedagi hodisa ham.

Euna bir necha qadam orqaga chekindi.

—Nega buni qilding? Nega men?

Yoongi bir zum jim qoldi. So‘ng... ohangini o‘zgartirdi.

—Chunki sen kuchlisan. Sen yashirgan hissiyotlaring, bosgan qadamlaring ular men uchun sir emas. Ammo bu nazorat emas. Bu... tayyorgarlik. Men senga taklif qiladigan keyingi narsa hamkorlik.
Euna hayron edi. O‘zining sirlarining ochilishi, shaxsiy hayotining tahlil qilinganini bilish bu unga o‘zini tahdid ostida his qildirdi. Ammo ich-ichida... qandaydir ajib ishonch bor edi. Balki bu Yoongining doimiy sokinligi, balki uning hech qachon unga zarar yetkazmaganligi sabab.

—Demak, meni o‘rganib chiqqansan. Endi esa nima? (dedi Euna, biroz jahldor ohangda

Yoongi unga papkadan yangi fayl uzatdi.

—Bu loyiha sirli odamlar tarmog‘iga oid. Bu erda ko‘plar manipulyatsiya bilan boshqariladi. Men bu tarmoqni fosh etmoqchiman. Sen menga yordam bera oladigan yagona odam ekansan.

Pov / Euna
Men shokka tushdim. Ammo hayajonlangan ham edim. Chunki bu oddiy ish emas edi. Bu... biror narsani anglash. Balki, o‘zimni. Balki, Yoongini.

Yoongi

~~~
Bir necha haftadan buyon, uyiga bormagan qiz bugun ketmoqchi edi. Chunki uni har bir qadamida bir falokat bordek edi. U soʻngi boʻlib oʻtgan voqealardan soʻng biroz choʻchib qolgan edi. va ruhiy holatini nazorat qilish maqsadida biroz dam olishi kerak edi. Bunga esa Reya va Jungkook sharoit yaratib berishar, ikkisi unga har tomonlama yordam berishar edi. Jungkook bu ikki qiz uchun umuman begona ammo, ularga yordam berayotgan edi. Lekin bu bilan oʻz ishlarini ham unutmasdi, Jimin bilan bahs bogʻlagani hali ham yodida, va u oʻzining miyyasidago tuzgan rejalarini amalga oshirish maqsadida.

-Jungkook men oʻz uyimga ketaman, eltib qoʻya olasanmi?
(Jaewon oʻziga tanish boʻlgan raqamga telefon qilib shu soʻzlarni aytdi.
-yaxshi, tezda yetib boraman. (Jungkook biroz sovuqqon javob berdi, chunki u charchagandi, boshida haddan tashqari koʻp oʻylar va nomaqbul rejalar.
Jungkook aytganidek, tezda yetib keldi va Jaewon ham allaqachon tayyor boʻlib uni kelishini kutib oʻtirgani uchun Jungkook kelishi bilan mashinaga yuklarini joylagan holda oʻzi ham mashinaga mindi.
~~~
-Jaewon...(Jungkook mashina oynasidan, ortga qarar ekan, koʻzlarini yumgan holda boshini oynaga tirab ketayotgan qizga koʻzi tushdi.
Qiz uni chaqirganligini eshktib koʻzlarini ochdi va yigitga termuldi.
-menga bir ish boʻyicha yordam berolmaysanmi?

#Euna
To be continued...