Unforgettable encounter
Reaksiya for: Elinora& Taehyung
Elinora shahar kochalarida har doimgidek sekin qadam tashlab yurardi.Hayotning shovqin-suroni va odamlarning shoshilinchligi uni doimo ich-ichidan tinchlik izlashga undardi. Shahar odamlari orasida u tanho edi. biroq u o‘z yolg‘izligida o'zini xavfsiz deb topardi. Ammo bir kun, u kutilmagan uchrashuv sababli bu sokinlik o‘rnini yangi bir tuyg‘uga topshiradi. Taehyung bilan sodir bo‘lgan tasodifiy uchrashuv uning dunyosini butkul o‘zgartiradi....
O'sha kecha, Elinora qahvaxonadan chiqib, shahar markazidagi kichik parkda biroz dam olish uchun o‘tirib qoldi. Atrofda shahar chiroqlari porlab, kechki shovqinlar bir tekisda eshitilar edi. Shu paytda u yonida o‘tirgan notanish yigitning gitara chalib o‘tirganini sezdi. Yigitcha sekin qo‘shiq aytardi — ovozi juda sokin va chiroyli edi.
Elinora unga ko‘z tashlab, ichki qiziqish bilan yigitning ovozidan zavqlanardi. Bu yigitning tabassumi va musiqasi uni hayajonga soldi. Nihoyat, yigit qo‘lini gitara simlaridan uzib, Elinoraga qaradi.
uning ovozida o‘zgacha ohang bor edi
E: bu musiqa juda ham chiroyli ekan,
T:bu mening qo‘shig‘im. Haqiqatan, yoqdimi?"
Shunday qilib ular tanishib olishdi.Shu kun ularning do‘stona muloqotining boshlanishi bo‘ldi.
Kunlar o‘tib, Elinora va Taehyung kechalari parkda yana uchrashib, suhbatlashishni odat qilishdi. Taehyung musiqa bilan shug‘ullanar, shahar klublarida sahnaga chiqib turardi. Uning ijodi oddiy va samimiy bo‘lib, bu Elinorani har safar hayratga solardi.
Mana bugun ham juftlik parkda o'tirishibdi.
T:men musiqa orqali o‘zimni ifodalayman,Har bir notada, har bir qo‘shiqda men o‘z dunyomni yarataman.
E:Men ham shunaqa his qilaman, lekin mening dunyom ko‘proq kitoblardadir. Har bir hikoya — mening ichki olamimning bir qismidir.
T:haa demak kitoblarni yoqtirasan
Shu tarzda kunlar ota boshladi... Hash pash deguncha oradan 1oy ham otgandi..Ular bu orada bir-birlarini tushunib, har xil san’at turlarida o‘zlarini ifoda etishdi. O‘rtalarida oddiy, lekin kuchli bir do‘stlik paydo bo‘ldi.
Biroq, Elinora Taehyungga nisbatan do‘stlikdan ko‘ra kuchliroq tuyg‘ularni his qila boshladi. Har safar yigitning gitara chalayotganini eshitganda, yuragi tezroq ura boshlardi. U Taehyungning tabassumi va xushchaqchaq tabiatidan o‘zini tortib ololmas edi.
Bir kuni Elinora bu hislarni yigitga aytishga qaror qildi. U kechasi parkda, ularning odatiy joyida uni kutib turardi. Taehyung ko‘rindi, lekin bu safar u biroz o‘ychan va qiziqib turar edi.
E: Bugun o‘zgachasan biron nima boldimi?
Elinora biroz asabiylik bilan gapirdi
T:aslida, men ham sen bilan gaplashmoqchi edim.
E:hosh gapiraver qulog'im senda
Elinoraning yuragi tez ura boshladi. U nimaligini anglab, o‘z tuyg‘ularini yigitga ochiqchasiga aytishga tayyor edi. Ammo Taehyung kutilmaganda gap boshladi.
T:men hozir boshqa shaharga ko‘chib o‘tmoqchiman,
Bu gap Elinorani hayratda qoldirdi. U Taehyungning ketishi bilan o‘zining qanday bo‘shliqni his qilishini tasavvur qildi. Ammo Taehyungning ketishini to‘xtata olmasligini ham bilardi.
E: men... men nima deyishim mumkin... bu sening qaroring nima ham qila olardim..Men sen bilan vaqt o‘tkazgan kunlarni hech qachon unutmayman,
Taehyung kozlaridagi qayg'u bilan Elinoraning ko'zlariga tikildi... U Elinoraning qo‘lidan ushlab, uning yaqinligidan taskin topganday tuyuldi.
T:Sen bilan bo‘lgan bu qisqa vaqt meni o‘zgartirdi, men ketishni hohlamasdim...Ammo men ketishga majburman...
Elinora yuragini og‘ritgan bo‘lsa ham, uni qo‘yib yuborishga qaror qildi.
E:Sen qayerga borsang ham, men senga doim yaxshilik tilayman.
T:ertaga tongda ketaman...meni kuzatiah uchun kelasanmi
E:albatta boraman... Sen bilan xayrlashmasdan seni qo'yib yuborolmayman
T:yaxshi.. unda seni kutaman..
Ha aytgancha meni sen chaqirganding,gapim bor deganding..
E:ha uni unut.. muhim narsa emas
T:hop men ketishim kerak maylimi.
Taehyung ketti..Elinora ham chiqaman deb turgan koz yoshlariga chiqishi uchun ruxsat berdi..
U bir oz turgan joyida yogladi..
Unga bazi odamlar jinniga qaragandek termulardi, bazilar qizga rahmi kelardi..bazilar esa umuman e'tibor bermasdi...
Elinora erta tongda turib tayyorlanishni boshladi...
Tayyot bolgach Aeraportga kech qopmaslik uchun taxi toxtti va haydovchidan tezroq harakat qilishini sorardi
E:amaki.. tezroq haydashning iloji bormi.. shilayotgandim
Elinor yarim soatta Aeraportga yetib keldi.. Atrofdan Taehyungni qidira boshladi..
Elinora tanish pvozni eshitib ortiga ogirildi... Ha bu osha Elinora tezroq korishni istagan isnon- Taehyung edi
Taehyung kelib qizni bagriga bosdi
T:sen bilan yana korishamiz degan umiddaman
T:vaqtim juda oz qoldi... Seni sog'inaman Elinora
Taehyung o‘sha kuni ketdi, lekin Elinoraning hayotida o‘chmas iz qoldirdi. Ular o‘rtasidagi oddiy, lekin chuqur aloqa har doim yodda qoladigan bir narsa edi. Elinora shahar ko‘chalarida, u bilan bo‘lgan o‘sha kechalardagi musiqa va suhbatlar haqida eslar edi.
E:ba’zi odamlar bizning hayotimizga kirib, bizni o‘zgartirib ketadi,
Sen ham ham shulardan biri eding Taehyung.. lekin sen bilan yana qayta korishishimizga albatta ishonaman
Ha Elinora bilardiki Har qanday ajralish ham bir hikoya tugamaydi, aksincha, o‘z yo‘lida davom etadi. Ularning hikoyasi xotira bo‘lib qolgan bo‘lsa ham, yuragida yashovchi narsa edi.
Elinora va Taehyungning zamonaviy shahar hayotidagi qisqa, ammo chuqur aloqa hikoyasi ularning hayotida o‘chmas iz qoldirdi.
#Kim Euna
@Cynefin_Fanfiction