November 20, 2024

TWISTED DESIRES

"Sevgi insonlarni emas, insonlar sevgini xarob qiladi"

♡6ª parte♡

"Seni sevganimchalik meni sevarmikansan"

Pov/Liya
Yana oʻsha men jirkanch deb bilgan joydaman, ha oʻylaganimdek bu yer oʻzgarmagan, ha r doimgidek jirkanch insonlar bu yerda oʻzlarini qondirish bilan band, or nomusini sotgan qizlar esa ularga xizmat qilishadi, bu judayam jirkanch

L: Yana bir bor sen uchun shu yerga keldim Min Yoongi...

Qiz club eshigi yonida biroz toʻxtab qoldi, va boshini yuqoriga koʻtargancha kirib ketti, u bar yonida turgan qizni oldiga bordi, u qizning kiyimidan bilinib turibdiki u ham shu yerda *fohishalik qiladi

L: hoy, qiz...
Qiz ortiga oʻgirildi

?-meni Chaqiryapszmi

L: ha seni...
Qiz Liyaga savol tariqasida qarab turdi
L: menga Dasom ismli qiz kerak, qayerdan topsam boʻladi

?: u menimcha, ayollar xonasiga akirib ketgandi

L:yaxshi...
Liya ortiq gapirmasdan qadamini ayollar xonasi tomon yoʻnaltirdi

"JEONLAR QASRI"

Zulmatni anglatuvchi, tundek qop qora boʻlgan xonada Jungkook hayolot olamiga shoʻngʻib oʻtirardi, xona eshigi taqillaguniga qadar...

Jk: Kir!

Jungkook insonni qoʻrquvga soladigan yoʻgʻon ovozda gapirdi..
Felix xonaga kirib gapirishdan oldin tomoq qirib qoʻydi

F: Janob Jeon...siz aytgan ishni yakunladim

Jk:hoʻsh...
F: Kim Taehyung, 21 yoshda Han Soyun bilan oʻgay opa-ukalar ularning otalari ham onalari ham boshqa boshqa, Kim Taehyungning onasi clublarda tunini oʻtkazadigan ayol ekan. Han Soyunning onasi esa ancha yillar oldin ogʻir kasallik tufayli vafot etgan... Bundan bir necha kun oldin Han Soyun ota onasini vaxshilarcha oʻldiradi va qamaladi, gʻekin bir kunga qolmasdan uni chiqarib olishadi...hozirda Kim Taehyung ichki ishlarda tergovchilik bilan shugʻullanadi, Han Soyun esa Min Yoongi, Park Liya ismli shaxslar bilan birga ishlaydi, yollanma qotillar ular.

Jk:yaxshi, menga Kim Taehyungning uy manzilini topib kel, bugun uning uyida mehmon boʻlamiz

F:hop tushunarli Janob Jeon

Felix xonadan chiqib ketti

Jk:yana ozgina kut quyoncham, sen tomon ketyapman...

Jungkook oʻziga eshitilarli qilib shivirladi

Liya xonaga kirib oynada oʻziga oro berib turgan qizni koʻrdi, qiz unga eʼtibor bermas faqat oʻzining ishi bilan mashgʻul
Liya uning ortiga turib oldi Dasom Liyani koʻrib u ham ortiga oʻgirildi

D:ooouv kimlarni koʻryapman, Keling Liya xonim

Desam qoʻllarini bir birga bogʻlab yuzida tabassum bilan gapirdi...
Liya gapirishdan oldin sumkasidan Suga unga oʻzini himoya qilish uchun sovgʻa qilgan pichoqchasini chiqardi, va qoʻllarida oʻynatib gapirishni boshladi

L:senga yaxshilikcha aytaman, Sugaga osilma, u mening sevgan insonim va men ogʻzidagi taomini oldirib qoʻyadiganlardan emasman...

D:hmmm, Sugani sevasan lekin kecha mening koʻz oʻngimda seni yerga urmadimi, senga sevmayman seni demadimi, agar Suga seni sevganida meni emas seni qoʻllaringdan tutgan boʻlardi, haya bugun ham Suga bilan uchrashuvimiz bor, bugun u bilan *tunni birga oʻtkazmoqchiman...

Dasom Liyani turtib oʻtib ketmoqchi boʻlganida Liya uni sochlaridan qattiq tortib yerga yiqitdi

D:aysh nima qilyapsan, qoʻyib yubor, nima qilyapsan...aqldan ozgan! Qoʻyib yubor....kiim bor, yordam bering

Dasom bor ovozi bilan baqirdi, uning ovozidan bir nechta qizlar kirib kelishdi

?:xonim..xonim qoʻyib yuboring uni...

Ular Liyani qoʻliga yopishshdi va bir amallab Dasomni undan ajratib olishdi...

L:Jin ursin sizlarni...qoʻyib yuboring meni.
?: iltimos xonim tinchlaning...agar tinchlanmsangiz kuch ishlatishga majbur boʻlamiz iltimos xonim....

L:yaxshi ketaman, lekin sen bilan ishim yakunlanmadi Dasom xonim

Hammaning nigohi Darsimga qaratilarkan jirkanchlarcha jilmayib turgan yuzi tezda oʻzgarib koʻzlaridan soxta koʻz yoshlar chiqarishni boshladi...
Liya asabiy ayollar xonasidan chiqib ketti, va Clubdan ham

Pov/Liya
Ey xudoyim, bu qizni yoʻq qilish qoʻlimdan keladi, agar Suga rostan uni sevsa u mendan yana uzoqlashib ketadi, men bunday qilolmayman, biron yoʻlini topishim kerak...

Liya shularni oʻylab mashinasiga chiqib binoni tark etti

Liya

Parallel vaqt

Felix Taehyungni uy manzilini olgandan soʻng Jungkook bilan Taehyung ni uyiga borishdi

Jungkook

Ular yarim soat yoʻl bosib oʻtishgan soʻng baland, hashamatli uyga yetib kelishdi

T:hoziiir!

Eshikni taqillatishgandan soʻng, biroz kutib turishdi va eshik ochilib Taehyung koʻrindi

F:hayrli kun janob,
T:hayrli kun, sizlarga kim kerak
F:men Lee Felix man, janob siz bilan bir masala ustida gaplashib olishimiz kk

Taehyung ularga biroz tikilib turib ichkariga kirgizdi, ular mehmonxonaga kirib yumshoq divanlarning biriga joylashishdi

T:hoʻsh
Jk:yaxshi, choʻzib oʻtirish niyatim yoʻq,sen Han Soyun ismli qiz bilan tanish ekansan, menga shu qiz kerak,menga Han Soyunni olib kelib berishing kerak,

T:evazigachi

Jk:nima hohlasang shuni

Taehyung biroz oʻylanib turdi

T:yaxshi,men roziman, gʻekin bir shartim bor va bu shartni keyin aytaman

Jk:seni rozi qilish qiyin kechadi deb oʻylagan edim...kelishdik, Qiz uch kun ichida meni qoʻlimda boʻlishi kerak

T: menga bu ish qiyin emas

F:yaxshi janob biz ketishimiz kerak, qizni olib boradigan joyni manzilini sizga joʻnatishadi

Ular tezda uyni tark etishdi

T:ahh, qizni osonlikcha berib qoʻyadi deb oʻylaysanmi, hech qachon, bu qiz seni nega qiziqtirib qoʻyganini bilmayman lekin, bu qizni senga berib qoʻymayman, u oʻlishi kerak qattiq azoblanib oʻlishi kerak

Taehyung oʻziga oʻzi gapirib xonasiga chiqib ketti

1kundan soʻng

Taehyung baʼzi bir ishlari borligi sabab bugun shifoxonada edi, baxtga qarshi Soyunning biroz tobi boʻlmaganligi uchun eʼtirozlarga qaramasdan Liya uni shifoxonaga olib kelgandi

S:aysh, bilasanku Liya menga shifoxonalar yoqmaydi, bu yerni jinim suymaydi axir

L:yoʻq qani tezroq yur, qani kir shifokorni oldiga kirib tur men hozir mashinada telefonim qolib ketibdi, tezda qaytaman

S:yaxshi
Soyun xonaga kirib ketti, Liya ham tezroq qaytish uchun yugurib ortiga qaytishni boshladi, Liya tez yugurgani uchun toʻsattan oldidan chiqib qolgan inson bilan urilib ketti

L:j.janob uzur, men shoshilib turgan edim, ming bor uzur janob

Liya egilib uzur soʻradi, va tezda yana yigitni oldidan ketti

T:aqldan ozganmi bu qiz..

Taehyung ham shifoxonani tark etishni boshladi, shifoxonadan chiqish paytida biroz oldin toʻq ashib ketgan qizni koʻrdi u yana shifoxonaga kirib ketayotgan edi, lekin yigitga eʼtibor bermadi, uning bor eʼtibori shifoxona kirish eshigiga qaratilgan edi

Taehyung qiz uning oldidan tezlikda oʻtib ketgach uning ortidan biroz termulib turdi va yana yoʻlida davom etti.
Taehyung mashinalar turargohig aborib oʻz mashinasiga oʻtirdi va oʻzi koʻzlagan manzili tomon yoʻl oldi

Taehyung Jungkookning oldiga kelayotgandi va ayni dam uning uyining qarshisida turibdi

S:Janob kirishingiz mumkin
Soqchilar unga eshikni oʻchib bergach u uyga kirib ketti

Taehyung xonaga bostirib kirib bordi,

Jk: xush kelibsan Kim Taehyung, seni bu yerlarda koʼrgan ekanman, demak yaxshi xabar bilan kelgansan

T:yoʻq, men qizni hali hamon izlamoqda man, Min Yoongi juda ayyor, qayerga yashiringanini hech kim bilmaydi, hatto oʻzidan iz ham qoldirmaydi...

Taehyung gapirish mobaynida Jungkookning stoli ustidagi suratga koʻzi tushdi, Jungkook Taehyung ni toʻxtab qolganini sezib unga qaradi va Taehyung qarab turga yerga qaradi...

Jk:bu mening singlim...

T:singling?

Jk: singlim, u odam bolasini sevib qolgani uchun oilamizdan surgun qilingan

Oʻsha surat

Jk:buni tarixi uzun...mayli ishga qaytsak,

T: menda ajoyib reja bor, qiz ertagayoq seni qoʻlingda boʻladi.
Jk:yaxshi ishondim
Taehyung xonani tark etti

Keyingi qismlarda:

T:Agar sevgiling sen haqingda bilsa qay ahvolga tusharkan, hmm...

L:Jin ursin seni!, mayli roziman

T:aqlli qizaloq, qiz tezroq mening qoʻlimda boʻlishi kerak, agar bajarmasang sevgilimdan ayriloshing mumkin
_____

S:nega unday, qilding?

Koʻzlarida yosh bilan gapirdi

L:meni kechir men bunga majbur edim...

? Liyaaaaaaaaaaaa

Ularning ortidan tanish ovoz eshitildi, bu ovozni eshitgan Liyaning yuzlarini sovuq ter bosdi...

Davomi bor....

#Euna
@Cynefin_fanfic