November 13, 2024

TWISTED DESIRES

♡5ª parte♡

Author:Sevsangiz, hech qanday manfatlarsiz seving. Nafsingiz bilan emas, qalbingiz bilan seving. Uni boricha qabul qilib, kamchiliklari, xatolari bilan, halol va pok seving. Shunday sevingki, sevilgan inson sevgingizdan ozor ko'rmasin. Aksincha, siz tufayli, sizning sevgingiz tufayli o'sha inson o'zini sevsin, hayotni sevsin. Baxt nimaligini his qilsin. Vaqtinchalik ko'ngil xushlik, vaqtinchalik rohat uchun sevmang. O'z nafsingiz, moddiy yoki ma'naviy manfatingiz yo'lida sevgidan foydalanmang. Jirkanch ishlaringiz uchun sevgi degan muqaddas tuyg'uni bulg'amang...
~~~

?: hoy Dasom, joningdan toʻyganmisan, ahir koʻrgasanku oʻtkan safar Sugaga osilgan qizning ahvolini, Sugani sevgilisi uni qanday ahvolga solganini, seni bundan battar ahvolga solmasin..

Ikki qiz clubda spirtli ichimlik ichib oʻtirgan yigitni uzoqdan kuzatib, u haqida suhbat qurishardi

D: men senga nima dedim,menga ishon. Men baribir Sugani oʻzimniki qilaman, oʻsha sevgan qizini ham unutib yuboradi...men Min Yoongi janoblarini juda ham boy deb eshitgandim

?:ha u Koreyadagi eng boy insonlardan biri

D:hmm.. Hyewon senda oʻsha Sugani sevgilisini surati bor edimi...?
H:ha..ha albatta
D:menga bera olasanmi Hyewon oʻsha suratni topib keldi..
H:mana, oʻsha surat

Liyaning surati

D:chiroyli...
Qiz suratdagi qizga qarab gapirdi
D:lekin Sugani oʻzimniki qilaman qanday yoʻl bilan boʻlsa ham

Dasom 21yosh, oʻrtahol oilalardan, ikki ukasi va onasi bilan birga yashaydi. Otasi yoshligida ularni tashlab ketgan.

H:mayli oʻzing bilasan...lekin ehtiyot boʻl

D:meni bilmabsan Hyewon. Men hali shunday ishlar qilamanki Suga qanday qilib meni bagʻrimga kelib qolishini oʻzi ham sezmay qoladi..

Dasom shunday degancha, nozik oyoqlari bilan oldinga qarab yurishni boshladi...va uning soʻngi manzili Suga boʻldi. Dasom yigitning keng yelkasiga oʻzining nozik qoʻllarini qoʻydi, Dasom hozir yigitning eʼtiborini jalb qilishga urinayotgandi va bu urinishlar besamar ketmadi, u va nihoyat Sugani oʻziga qarata oldi...

S:Nima istaysan

Qiz barmoqlarini yigitning mushaklari ustidan mayin harakatlar bilan yurgizish mobaynida gapirdi

D:mm...seni istayman, hoʻsh berolasanmi

Suga unga biroz tikilib turdi-da, uni qoʻlidan ushlab tashqariga olib chiqib ketishni boshladi. Qiz esa ortida ularga tikilib turgan Hyewonga ayyorona tabassum qilib qoʻydi. Suga qizni mashinaga olib bordi, va oʻzi unga oʻtirob qizni ham oʻtirishini kutti, qiz ham mashinaga oʻtirgach, Suga yana indamasdan haydashni boshladi. Mashinada hali hamon sokinlik hukm surardi, na qiz gapirishga jurʼat eta olardi, na yigit unga gapirishga gap topa olardi...qiz esa ayni damda yettinchi osmonlarda uchardi goʻyo, ahir necha necha qizlar bu yigit bilan bir *tun oʻtkazish uchun borini berishga tayyor, Dasom esa u yigit bilan uning mashinasida, qayergadir ketyapti...ha qiz qayerga ketayotganini bilmaydi, qiziq-a oʻzi tanimaydigan inson begona boʻlgan mashina, qiz bu haqida umuman oʻylayotgani yoʻq...
Birozdan soʻng mashina toʻxtagach, yigit mashinadan tushib qizni ham tushishiga ishora qildi va uyga qarab yurib ketishni boshladi, qiz ham ortidan yurdi...Ular uy ichiga kirisharkan, yigit mehmonxonadan kelayotgan ovozlar sabab, oʻsha tomonga qarab yurishni boshladi, undan oldin qizga qarab savol berdi..
S: isming nima?
D:Dasom..ismim Dasom
S:yaxshi..hozir ichkariga kiramiz, men nima desam ham ilon boʻlsa ham tasdiqlab turasan tushunarlimi

D:hop, tushundim
Suga yana oldinga qadam tashlashni boshladi, U ichkariga kirishi bilan hammaning nigohi unga qaratildi,

Suga

Suga kirib boʻlib ortidagi qizga "kir" degan maʼnoda qarab qoʻydi, va qiz kirishi bilan Suga uni oʻziga tortib bellaridan qoʻlini oʻtkazib oldi.

L:S...Suga bu kim
Liya gap boshladi,

S:rostan ham Suga bu qiz kim, nima uchun uni bu yerga olib keldingiz
S:bu mening sevgan qizim Dasom.
L:NIMA?
Liya baqirib oʻrnidan turib ketti
S:axaxax Suga hazlni qoʻysangchi, kel oʻtgan galigi topshiriq haqida gaplashib olishimiz, kerak
S:hazlga oʻxshayaptimi Soyun
Suga unga jiddiy qarab gapirdi. Keyin Soyunning ham yuzidagi tabassumi yoʻqolib yuzi jiddiy tus oldi. Liya esa hali ham shockda

L:yolgʻon degin, senga hazl qildim, senga xiyonat qilmadim degin, faqat seni sevaman deb ayt Suga... iltimos
Liya yigʻlagudek gapirdi. Suga esa jim
L: nega, nima uchun, nima uchun, bu iflos, bi*chdan nimam kam ekan? Charchamadingmi Yoongi? Nima uchun menga bunday qilyapsan? Senga nima berolmadim? AYT! HECH KIMGA BERMAGAN MEHRIMNI SENGA BERDIM, SENI BOR VUJUDIM BILAN SEVDIM! SEN UCHUN HAMMA ISHGA ROZI BOʻLDIM! SENI QOʻLIMNI QONGA BULGʻADIM, SENI DEB MANASHU ZULMAT BOSGAN DUNYOGA KIRIB QOLDIM, SENDAN ESA SHUNCHAKI SEVGI VA MEHR KUTTIM! LEKIN HAR SAFAR JABRLANGAN MEN BOʻLDIM! MENI SEVMAS EKANSAN NEGA MENGA UMID BERDING! NEGA MENGA ISHONCH BERDING!

Liya Sugani koʻksiga mushtlab gapirardi, koʻzlaridan oqadigan yoshlar esa allaqachon yuzini yuvib boʻlgandi

Liya Sugani koʻksiga urishdan toʻxtab uning ortida turgan qizga qaradi,
L:shumi topgan sevgiling, hhh, chirigan daraxtdan farqi yoʻq..

Liya sekin qadamlar bilan qizga yaqinlashdi, u xuddi qizni bagʻriga bosgandek turdi, qoʻllarini qizning ortidan olib oʻtib, qizning bellariga tushib turgan sochlarini changallab oldi, qiz bor ovozi bilan baqirib yubordi, bu hodisa shunchalar tez sodir boʻlgandiki, biror kim nima boʻlganini sezmay ham qolgandi. Liya qizni sochlaridan tortib yerga yiqitdi va ustiga chiqib olib doʻpposlay boshladi.
Soyun bilan Suga buni korib qorqib ketti
S:Liya, boʻldi oʻzingni bos iltimos qoʻyib yubor qizni
Liya indamasdan ishida davom etardi, Soyun Liyani qoʻliga yopishib qizni toʻxtatishga harakat qilardi, gʻekin kuchi yetmasdi, axiri Suga Liyani qoʻllaridan qattiq ushlab oʻrnkdan turgʻazdi
Suga Liyaga qahrli nigohlari bilan tikilib turardi.
S:nima qilganing bu, ahmoq qiz, nega oʻzingni koʻrsatyapsan
L:senienga gapirishga haqqing yoʻq Min Yoongi!
L:sen shoshmay tur seni boshingga bundan battarini solaman
Liya yerda yotgan qizga qarab gapirdi
L: seni esa Min Yoongi hech qachon! Eshityapsanmi hech qachon seni kechirmayman! Ikki dunyo bir boʻlib ustimga yopirilib kelsa ham seni kechirmayman

Liya ortiga burilishi bilan yana koʻz yoshlari oʻqib kela boshladi
Liya koʻzlaridagi yoshlarni artib xonasiga kirib ketti
S:nega unga bunday qilyapsan Suga?
S: keyin gaplashamiz
Suganing gapidan soʻng Soyun ham Liyaning ortidan kirib ketti
S:Liya! Nima qilding! Ahir ahir qoʻling
Soyun xonaga kirishi bilan siniq oynaning yonida Liyani koʻrdi, Liya koʻzguni qoʻli bilan urib sindirgani uchun, qoʻllaridan qon oqardi

Qoʻli shunga oʻxshab kesilgan

S:yuraqol qoʻlingni bogʻlab qoʻyaman
Liya indamadi, Soyun esa uni yotoqning bir chetiga oʻtkazib oʻzi aptechka (nima deyishni bilmadim) olib kelish uchun ketti, birozdan soʻng Soyun qoʻlida bint, spirt va shunga oʻxshash narsalar olib keldi
S: kel endi qoʻlingni bogʻlaymiz

Soyun Liyaning qoʻlini bogʻlab qoʻyganidan soʻng , sekin gapirishni boshladi
S: Liya, balki Suga shunchaki aytgandir
L: shunchaki...hhh shunchakimi? Soyun..ahir...ahir u indamadi, seni aldadim demadi..

Liya yana yigʻlashni boshladi, Liya Soyunga yigʻlab ichidahilarni aytishni boshladi

L: Soyun men uni sevgandim, bor vujudim bilan sevgandim, meni baxtli boʻlishga haqqim yoʻqmi..

Sizga xizmatchilarni chaqirib Dasomning yaralariga dori qoʻyishlarini buyurdi... Unga yordam berishganda soʻng, Suga oʻzini mehmonxonadagi yumshoq divanlarning biriga oʻzini tashladi, uning tepasida esa Dasom nima qilishni bilmay oʻtirardi
S: sen ketaver, kerak boʻlsang chaqiraman, telefon raqamingni qoldirib ket, sen bilan hali ishimiz yakunlanmadi
D: yaxshi
Dasom oʻzining telefon raqamini bir parcha qogʻozga yozib, xonadan chiqib ketti

Pov/Suga
Seni sevaman Liya, hattoki bor vujudim ila sevaman, lekin men bunga majburman, seni qalbingga ozor berganim uchun kechir. Ayni damda ojizman Liya, sendan oʻzimni sovutishga harakat qilyapman-u har safar meni deb koʻz yosh toʻksang, seni koʻz yoshlaringni koʻrsam qalbim ogʻriyapti...

Suga ham shularni oʻylab oʻtirdi. Suga ichkilik ichgani uchunmi, yoki charchagani uchunmi koʻzlari yumilib ketardi, va oxiri oʻsha yerda uxlab qoldi...
~~~
Liya ham Soyunning oyoqlariga bosh qoʻygancha yigʻlab yigʻlab uxlab qolgandi, Soyun sekin turib Liyaning ustini yaxshilab oʻrab xonadan chiqib ketti.
Soyunning xonasi ham Liyaning xonasi bilan yonma-yon edi, chunki oʻtgan tundagi ishlardan Soyun qoʻrqib qolgandi
FLASHBACK
Soyun telefoniga kelgan xabar kimdan kelgani haqida oʻylab turarkan birdan xona oynalari qattiq ochilib ketti va xonani zulmat qopladi, Soyun telefonining yorugʻligi yordamida xonani ozgina boʻlsa ham yoritdi, va xona chirogʻini izlab topib yana xonani yoritdi, va oynaga yozilgan yozuvni koʻrib baqirib yubordi

Huddi shu soʻz oynada yozilgan

Bu ovozdan Suga BN Liya uygʻonib ketishdi va Soyunning xonasiga shoshilib kirishdi.
Kirishganida Soyun yerda oʻtirgan holda nigohlarini oynadagi soʻzlardan uzmasdi.Ular ham bu soʻzlarni koʻrib qoʻrqib ketishdi va qoʻriqchilarni oyoqqa turgazishdi...
Shundan keyin Soyunning xonasini Liyaning xonasi bilan yonma-yon qilib qoʻyishdi

"FLASHBACK END"

Soyun xonadan chiqib oshxonaga tushdi, biroz muzdek suv ichib yana xonasiga koʻtarilishni boshladi va bir narsa esiga tushgandek zinalardan qaytib tushib Mehmonxonaga qarab kirib ketti
S:hato oʻylamabman, u shu yerda uxlab qolibdi
Soyun divanda uxlab qolgan Sugaga qarab ishora qildi.
S:nega bunday qilyapsan Suga, bilaman sen Liyani qattiq sevasan, lekin nima uchun oʻzingni undan uzoqlashtiryapsan. Senga tushuna olmayapman

Soyun shunday deb Sugani ustiga yengilroq narsa tashlab qoʻyib xonasiga qaytib ketti

Dasom uydan chiqib ketgach Hyewon bilan uchrashishi kerakligini aytib uni kichik bir kafega chaqirdi...
Hyewon kelishi bilan Dasom unga gapirib ketti.
D:senga nima degandim Hyewon Suvga deyarli meni qoʻlimda
H:voyy yuzingga nima qildi?D:anavi Liya deganlarini ishi bu
H:rostanmi, bir boshidan aytib berchi .
D:qani yur ichkariga kiraylik oʻsha yerda bafurcha gaplashamiz
Qizlar kafe ichiga kirib ketishdi
D:xullas, Suga meni oʻz uyiga olib bordi, toʻgʻri aytgan ekansan, uyi huddi ertakdagi qasrlarda oʻxsharkan, meni uyiga olib borgach ichkariga kirdik, keyin mehmonxonadan qizlarning kulgu ovozlari eshitildi, Suga oʻsha xonaga qarab yurishni boshladi, men ham ortidan kirdim, ichlarida ikki qiz kulishib oʻtirishardi, menimcha ulardan biri Suganing sevgilisi edi, rasmdagi qizga oʻxshash ekan, keyin ularga meni "Sevgilim" deb tanishtirdi, eshityapsanmi sevgilim dedi meni
H:rostanmi...toʻgʻrisi senga ishonmagandim, seni bekorga ayyor tulki deyishmaydi, Dasom
D: axaxax bilasanku, qoʻlimdan kelmagan ishni oʻzi yoʻq, keyin Suga meni raqamimni soʻradi
H: yoʻgʻee..qanday qilib uddalaganingga hayronman, urush janjal boʻlgandir -a
D:haa, anavi Sugani oyimchasi janjal koʻtardi, yuzimdagi yaralar shu sababdan, isloss bitch hali qarab tursin har bitta toʻkilgan qonim uchun javob beradi
H:ha mayli bularni qoʻy, asosiysi Sugani oʻzingga qarata olibsanku

Qizlar biroz suhbatlashib ular ham uylariga ketishdi

Keyingi qismda:

Jk: menga Han Soyun kerak, uni menga olib kelib bersang hohlagan narsangni beraman

T:uni nima qilasan?
Jk:buyogʻi bilan ishing boʻlmasin...hoʻsh rozimisan
T:yaxshi roziman
Ikki yigit qoʻl siqishib shartnoma kelishilganligini koʻrsatib berishdi
////////

L: seni sevmayman deganingda, senga yaxshi ishonmagandim, meni sevishingni ozgina boʻlsa ham umidim bor edi, lekin oʻsha umidimni ham yoʻq qilding Min Yoongi. Aslo, aslo yoʻlimdan chiqma, endi seni sevish tugul koʻrishni ham istamayman!
Qiz yigitga bor ovozi bilan baqirdi va, clubdagi vip xonadan, undan soʻng esa bu jirkanch boʻlgan binoni tark etdi
///////
Qayerda ekanligimni bilmayman, yoʻlda mashinam buzilib qolgani uchun 2 soat davomida piyoda yurdim, menimcha shahardan chiqib kettim....

Davomi bor...
#Euna
@Cynefin_fanfiction