MORROWLESS
“Shamol qilgan tartibsizlik uchun uni qanday ayblay olaman? Axir derazani o‘zim ochgan edim.”
"Meni xohlashdi, lekin sevishmadi. Men tanlov edim, ammo hech qachon tanlanmadim. Men ehtimol edim, lekin hech qachon o‘sha yagona bo‘la olmadim."
-nega tushunmaysan, Jungkook?! Deyarli umrim qolmadi! Qoʻlimdan kelmaydi....tushun...
Qiz koʻz yoshlarini tiyolmay yana yigʻlashga tushdi.
-Suna? Menga ishon, sen tuzalasan. Men buning uchun hamma narsani qilaman, faqat kurash hopmi? Men uchun, Iltimos...
Yigit qizning tobora zaiflashib borayotgan tanasini oʻzining bagʻriga bosdi. U koʻz yoshlarini arang tiyib turardi. Ahir sevgan insoning koʻz oldingda soʻlib boryapti, bu oson emas. Shunga qaramay Jungkook Suna uchun kuchli boʻlishga majbur.
-Yaxshi...
Qizning ogʻzidan faqatgina shu soʻzlar chiqdi. U yigitning issiq bagʻriga kirib titrayotgan tanasini bosishga harakat qilardi. Ikkisi ham biladi, Sunaning kasalligini davosi yoʻq ekanligini, u baribir bir kun kelib oʻlishini biladi. Lekin ikkisi ham u tuzalib ketishiga oʻzlarini ishontirishga harakat qilishyapti....
-Nima? Sen? Sen qanday qilib onangga bunday gapirishga jurʼat qilding!? Hoy qiz!?
-siz meni hech qachon tushunmagansiz oyi!
Sein onasining baqirib uni chaqirayotganini eshitib tursa ham ortiga qaramay uydan chiqib ketdi. Havo ancha sovub qolgan, butun daraxtlar oppoq qor bilan qoplangan edi.
Ha bu deyarli bu yosh qizning odat tusiga aylangan "shirin" tonglardan biri edi. Bir necha haftadan buyon uning onasi bilan munosabatida muammolari koʻpaygan. Nega? Shunchaki oʻzi hohlagan hayotda yashashni hohlagani uchunmi? Ha. Unda juda koʻp orzular bor, u buning uchun qattiq mehnat qilyapti hatto. Lekin uning oʻz ota onasi ortga tortyapti. Ammo u bor kuchi bilan harakat qilishga ont ichgan.
-Nega shunchaki yashashga qoʻyishmaydi?...
Sein koʻzidagi yoshlarini artish barobarida, sovuq taʼsirida titragan ovozi bilan oʻziga eshitilarli darajada pichirladi. Oʻychan hayollari bilan avtobus bekatiga kelib qolganini ham bilmas edi, u tezlik bilan oʻzini toʻgʻirlab avtobusga chiqib oʻtirdi.
Sein maktab darvozasidan kirar ekan, sovuq shamol yuziga urildi. U yoqasini balandroq ko‘tardi, ammo baribir ichidagi sovuqlikno isitish mushkul edi goʻyo.
Bugun ham o‘sha o‘ylar,
Bugun ham o‘sha og‘riq
U atrofga beparvo qarab, ichkariga qarab yurdi.
— Hoy, Sein!
Sein ortidan oʻzining ismini eshitib, beixtiyor to‘xtadi va ortiga o‘girildi. Aerin unga tomon yugurib kelardi. Sochlari shamolda hilpirar, yuzida esa odatdagidek yorqin tabassum bor edi. Go‘yo uning hayotida hech qanday muammo yo‘qdek.
— Hayrli tong!
dedi u nafasini rostlash barobarida.
— Hayrli…
Sein majburan jilmayishga harakat qilardi.Aerin buni sezib uning yuziga sinchiklab qaradi.
—Yana o‘sha muammomi?
Sein javob bermadi. Faqat nigohini yerga qadadi. Barmoqlari bilan sumkasining tasmasini mahkam siqib olgan
— Aerin… Men harakat qilyapman. Rostdan ham. Lekin hammasi kundan kunga yomonlashib ketyapti… Kecha hammasini oyimga aytdim. Lekin… Baribir hech narsa o‘zgarmadi.
U qancha harakat qilsa ham Ovozidagi titroqni yashira olmadi.
Aerin jim boʻlib qoldi. U do‘stining yoniga yaqinroq turdi. Uning ko‘zlarida og‘riqni yaqqol sezib his qilib turar edi, lekin Qanday yordam berishni bilmas edi.
— Balki… vaqt kerakdir, seni tushunib yetishlari uchun…
Aerin sekin gap boshladi. Sein unga qarab achchiqlik bilan jilmaydi.
—Qachon? Aerin? Yana necha yil kutaman?..
Nargi tomondan Javob bo‘lmadi. Shu payt maktab qo‘ng‘irog‘i jaranglab, Baland tovush ularning sukunatini buzgan edi
— Qani, yur, Darsga kech qolamiz.
Aerin gapni boshqa yoqqa burish uchun sekinlik bilan gapirdi.
Sein chuqur xo‘rsinib Aerin tomonga qaradi.
— Rahmat… yonimda bo‘lganing uchun.
— Men har doim yoningdaman.
Sein uning qo‘lidan ushladi va ikkalasi sinf tomon yurib ketishdi.
Sein hayollarini yigʻishga harakat qilardi, Ammo Seinning undagi bir savol hayolida tinmay aylanardi:
Qachon meni ham tushunishadi?..
Dars boshlangan.
Sinfxona ichini qalam va ruchka tovushi, daftar varaqlari shovqini va o‘qituvchining sokin ovozi to‘ldirib turardi. Sein deraza yonida o‘tirar, nigohini tashqariga qaratgan edi.
Tashqarida Qor sekin yog‘ardi.
Ammo uning xayoli butunlay boshqa joyda edi.
"Oyim… yana janjal… yana tushunmovchilik…"
—Sein!
O‘qituvchining ovozi uni cho‘chitib yubordi.
— H-ha?
U tezlik bilan oʻrnidan turib gapirdi.
— Savolga javob ber dedim eshitmadingmi?
dedi oʻqituvchi qoshlarini chimirib. Sein doskaga qaragandi hatto Savolni ham o‘qimagan edi. Keyin Aerin yonidan sekin daftarini surib qo‘ydi. Javob yozilgan edi.
— Javob… 42,
U ishonchsizlik bilan gapirdi.
— To‘g‘ri, diqqatingni jamla. Keyingi safar darsdan chiqarib yuboraman.
Sein bosh irg‘ab yana qayta joyiga oʻtirdi.
Aerin unga qarab jilmaydi.
Dars tugab, tushlik qilish uchun qoʻngʻiroq chalindi.
— Sein, meni kechir. Bugun tushlikni birga qila olmaymiz nazarimda.
Aerin aybdorona ohangda gapirdi, sumkasini yelkasiga osish barobarida.
—Nega?
—uyda oyim bog‘liq muammo chiqib qolibdi. Uyga borishim kerak.
Aerin uni quchoqlab qoʻydi.
—Kechirasan. Ertaga albatta koʻrishamiz.
—Yaxshi… ehtiyot bo‘l.
Aerin tezda ketdi.
Sein esa bir zum jim turdi.
Va maktab oshxonasiga yoʻl oldi
Maktab oshxonasi odatdagidek gavjum edi. Kulgi, gap-so‘z, idish-tovoq shovqini…Sein navbatda turib, oddiygina ovqat oldi. Sho‘rva va guruch, U burchakdagi bo‘sh stolga o‘tirdi.Yolg‘iz.
Sein qoshiqni sho‘rvaga botirishga ulgurmadi hamki, qarshisiga kimdir kelib o‘tirib oldi.
—Hali ham shu joyda oʻtirganingga hayronman.
Bu ovoz, U juda yaxshi taniydigan ovoz.
Sein sekin boshini ko‘tardi, qarshisida Lara turardi.
Uzun qora sochlari yelkasiga to‘kilib tushgan, labida odatdagidek kinoyali tabassum. Yonida esa ikki nafar yigit turardi.
— Bugun ham meni bezovta qilmasdan turolmadingmi? Nima hohlaysan?
—Aksincha, Bugun kayfiyatim yo‘q edi, Seni ko‘rib kayfiyatim ochilildi
— Men senga masxarabozmanmi?
Sein kinoya bilan gapirdi, qoʻlidagi qoshiqni qattiq siqib tirardi.
— Balki, Bolaligimizdan beri shunaqa.
Sein qoshiqni stolga qo‘ydi.
Ha,Bolaligidan beri.
Ular bir bog‘chaga borgandi.
Bir maktabga kirgandi.
Bir sinfda o‘qigandi.
Va har doim…
Bu ikkisi Bir-birini yoqtirmagan.
Lara doim boy oilaning erka qizi edi, Qimmat kiyimlar,
Shaxsiy haydovchi,
So‘nggi rusumdagi telefon,
Va Atrofida doim yigitlar.
Sein esa oddiy edi...
Sokin, Kamgap,
Balki shu sababli Ular hech qachon chiqisholmagan.
— Hali ham oʻsha paytdagidek jimjitsan? Shunday emasmi? Atrofingda odam ham yo‘q. Haligi kichik Han xonimdan boshqa hech kim yoʻq.
—Ha. Menimcha Hali ham yigitlar orasida yashayapsan, toʻgʻrimi?
Lara ko‘zlarini qisdi.
—Hech bo‘lmasa, meni xohlaydiganlar bor.
— Hech bo‘lmasa, meni soxtalik bilan maqtashmaydi.
Laraning Yonidagi yigitlar noqulay holatda bir-biriga qarashdi.
— Lara, azizam ketamizmi?. dedi ulardan biri.
— Yo‘q.
Lara ularni toʻhtatdi.
— Sen hech qachon o‘zgarmaysan, Lara. Hali ham o‘zingni hammadan ustinman deb o‘ylaysan.
— Sen ham oʻzgaramagansan, sen Hali ham qurbon rolini o‘ynaysan.
— Men hech qachon rol o‘ynamaganman.
—O‘ynagansan. Har doim!.
Ular bir zum jim bo‘lib qolishdi. Atrofdagi shovqin ham go‘yo pasaygandek edi.
— Bilasanmi, Seni ko‘rmasam ham bo‘lardi.
Deb yana gap boshladi Lara.
— Ajoyib. Men ham.
— Lekin taqdir doim bizni to‘qnash tiradi.
—Demak, taqdirning didi yo‘q.
Lara kulib yubordi.
—Hali ham hazillaring juda yomon.
—Seni javoblaring kabi.
Lara o‘rnidan turdi.
—Ko‘rishamiz, Sein.
—Umid qilamanki, yo‘q.
Lara yana oʻsha ikki yigit bilan oʻz joyiga yurib oʻtirib ular bilan tushlik qilishni boshladi, goʻyo hech narsa boʻlmagandek.
Sein chuqur nafas olib, obqatlanishni davom ettirdi.
Aerin yoʻlda mashinasi buzilib qolganligi sababli avtobusda ketishga majbur edi, chunki mashinasi tuzalishini kutib turolmasdi, tezroq uyiga borishi kerak. U avtobus bekatiga yetib kelganda, qo‘llari sovuqdan uvishib ketgan edi.
U sumkasini kavlab, hamyonini qidirdi, Topolmadi va birdan uni mashinada unutib qoldirganini esladi.
— Yo‘q… yo‘q… yo‘q…nega aynan hozir?...jin ursin.
Navbat oldinga siljirdi.
— Keyingi!
Aerin qotib qolgan edi.
—Janob, uzr… men…
U gapini ohirgacha yetkazs olmadi.
Orqadagilar pichirlasha boshladi.
—Tezroq bo‘ling…
—Bizni kutishga Vaqtimiz yo‘q…
Aerinning Yuzi qizarib ketdi ahir u birinchi marta bunday ahvolga tushib qolishi.
Shu payt yonidan bir qo‘l cho‘zildi.
—Ikkita chipta.
Uning ortidagu Yigitning ovozi sovuq va dagʻal edi.
Haydovchi pulni oldi.
—O‘tinglar.
Aerin shoshilib avtobusga chiqdi.
— Rahmat…
Yigit bosh irg‘adi, xolos.
Ular yonma-yon o‘tirishmadi
Aerin orqaroqqa, yigit esa old tomonga o‘tirdi.
Faqat bekatga yetganda,
Aerin tushayotib sekin gap boshladi.
—Janob, Sizdan Qarz bo‘lib qoldim.
— Kerak emas,
— Ismingizni ham bilmayman,
Yigit bir lahza jim boʻlib qoldi.
— Bilmasang ham bo‘ladi.
U oʻz tomoniga burilib ketdi.
Aerin uning ortidan termulib qoldi.
-G‘alati odam…
Aerin yana tez hayollarini yigʻib, uyiga qarab tez tez qadam bosib ketishni boshladi...