December 8, 2024

TWISTED DESIRES

"Kel, meni extiyot qil, men o'zimni asrolmayapman.."

♡9ª parte♡

Kel, yana bir bor bagʻringga bosib "sevaman" deb avra meni...shirin soʻzlaring ila, yuzlaringdagi hech kimda boʻlmagan, bir qarashda oʻziga maftun qiladigan koʻzlaring bilan avra meni...hatto bular yolgʻon boʻlsa ham, ayni paytda men shularga muhtojman. Issiq bagʻringga muhtojman...Sen bor dard-u istamlarimni tpkkb sochgim kelyapti... Yoʻq, Yoʻq meni hech kim tushuna olmayapti, oʻzingdan oʻzga hech kim, dardlarimga davo boʻla olmayapti...senga oshiq boʻlgan bu qalbimga hech narsa taʼsir qilmayapti. Sendan soʻng bu qalb "sevgi" degan tuygʻuni oʻziga yaqin olmayapti...bir vaqtlar seni koʻrganida qinidan chiqqudek uradigan bu yurak endi senga nisbatan hech narsani his qilmayapti...bularning barchasiga sen aybdorsan...ammo sen bilan qisqa boʻlsada baxtli onlarim boʻldi, buning uchun senga katta rahmat...

~seni sevish yaralarimga davo boʻladi deb oʻylagan edim, lekin xato oʻylagan ekanman, aksincha seni sevish dardlarim ustiga bitmas yara boʻldi~

Pov/Liya
Ayni damda yuragim oʻgʻrimoqda, yuzlarimda esa uning qoʻllaridan qolgan izlar bor, ular achishib ogʻriyapti lekin bu meni qiziqtirmaydi. Yuzlarimdagi bu ogʻriq uning aytgan soʻzlarichalik qattiq azob bermayapti...Mana endi biz aytganimdek begonaga aylandik. Endi senda ham menda ham bir birimizga boʻlgan ishonch qolmadi...afsuski endi, biz eng yaqin begonalar boʻldik....

Liya oʻz xonasida devorga suyangancha oʻylanib oʻtirardi, koʻzlaridan esa tomchi yoshlari tinimsiz oqar goʻyo yoshlar qizning yuzlarini yuvgandek edi.

~inson ayrilganini his qilganda, haqiqiy azobni his qiladi, ayniqsa sevgan insonlari tomonidan tark etilganini his qilganda~

Liya sekin oʻrnidan turib vannaga kirib ketti, u oynaga oʻzining achinarli ahvolga kelib qolgan yuziga termildi. Qoʻllar tepaga koʻtarilib yuzlarga tegilarkan, qizning yuzlari burushdi, u yuzlaridagi achishishni va biroz ogʻriqni his qildi. U yuzlaridagi qizarish va yaralariga qaramasdan dush qabul qildi

~~~~

Pov/Aein
Qayerda ekanligimni bilmayman, shahar mening tashlab ketilganligimni nishonlayapti ayni paytda...men soatlab mashinada yurdim, deyarli shahar chetiga chiqib kettim... Soat kechki necha boʻlganidan xabarim yoʻq, koʻzlarimdan oqayotgan yoshlar sirgʻalib boʻynimga tushardi, Xayollarim muzlagan...men oʻzim bilmaydigan joylarga kelib qolgandim, lekin bilgan yagona narsam tark etilganim edi...

Aein uzoq piyoda yurib shahar chetiga chiqib ketgandi va oʻrmonlar orasiga kirib qolgandi. U atrofga alanglab qarab ketarkan, endi qayerlarga kelib qolganini tushunib yetgandi. Qiz qayerga yurishni bilmas, faqat oldinga qarab ketardi...

PARALLEL VAQT

Taehyung Jeonlar qasridan chiqib,piyoda yurgisi keldi. Oʻrmonni tuman allaqachon qoplagan. Yoʻlni koʻrishga ham qiyin boʻlardi xatto.U oʻrmonlar orasidan ketarkan, qayerdandur oʻzga insonni sharpasi koʻrindi.

T:bu kim boʻldi

-hoy bu yerda kim bor!

Taehyung oʻsha koʻringan sharpa tomon harakatlanishni boshladi.

U oʻsha yerga borganda, yerda kelinchaklarning oppoq kiyimida bir qiz yerga choʻkkalagancha oʻyoqlarini quchib oʻtirardi.

T:hoy...Xonim

Taehyung qizning yelkalariga qoʻllarini olib borib, v asekin turtib qoʻydi

Qiz oyoqlarini quchib turgan qoʻllarini boʻshatti va boshini yerdan koʻtarib sekin yuqoriga qaradi

A:siz...siz kimsiz?

T:Aslida sen kimsan? Bu yerda nima qilyapsan?

A:men...men bu yerga tasodifan kelib qoldim, va adashib qoldim...

T: isming nima?

A: ismim Aein,

T: yaxshi Aein, men Taehyung man, hozir men bilan yur senga yoʻl koʻrsataman

A: rostanmi?

T:ha, tezroq tur

Taehyung nega bu qizga yordam berayotganini bilmasdi. U koʻpincha bunday narsalarga ham eʼtibor bermas edi, lekin bu safar bu qizga yordam berishni istadi, va yordam berdi

Taehyung qiz bilan oʻrmondan chiqib olishdi va ular Taehyung ni mashinasini topib mashinaga oʻtirib Taehyung ni uyiga yoʻl oʻlishdi...

~

S:Jin ursin! Bitta qizni topolmasangiz nega ishlayapsiz bu yerda!

-kechiring janob..biz...

Ular gapini yakunlamasdan Suga ularni otib tashladi

S: Jin ursin! Hammasiga

U stolga bor kuchi bilan musht tushurdi.

S:qayerdasan Soyun, seni qayerga yashirishdi. Axir seni 15 yil deganda topgandim, yan ayoʻqotimmi

S:soʻz beraman, seni topaman seni oʻsha Jeon Jungkook ning qoʻllaridan ozod qilaman

JEONLAR QASRI

Soyun kelganidan buyon bir xonada oʻtirardi, uning hayolida faqatgina eshikdan kirishidan oldin koʻrgan insoni edi

FLASHBACK

Jungkook bilan Soyun qasr eshiklariga yetib kelishdi va ichkariga kirishlari bilan bir inson chiqdi

?: Soyun

S: siz...

Jk: aka siz bu qizni taniysizmi, Senchi sen qayerdan taniysan

S:men..biz...

J: Soyun mening eski tanishlarimdan biri

Jiminning gapini eshitgan Soyun keskin unga qaradi

Jk:rostanmi...

S:h..ha

Jk:yaxshi... Aka kelinoyim qayerda...

S:men shu yerdaman, nima men ozgina yoʻq boʻlganim uchun tezda sogʻinib qoldingizmi Jungkook

Qiz keng tabassum bilan gapirdi

Jk: hada sizni sogʻinmay boʻlarkanmi

Jungkook ham tabassum gapirdi va u akasiga qaradi, chunki doim kelinoyisiga shunday qilganda Jiminning jahli chiqardi lekin bu safar unday boʻlmadi. Jiminning koʻzlari yerga qarab turgan Soyunda edi

Jk: Seoyoung iltimos shu qizni tayyorlatgan xonamga olib boring iltimos

S: yaxshi, yoʻl yoʻlakay tanishib olamiz shundaymi..

Qiz Soyunga qarab gapirgandi

S:a..haa.ha albatta

Qizlar yuqoriga qarab chiqib ketishdi..

HOZIRGI PAYT...

pov/Soyun

Mana nega meni tashlab ketgan ekansan Park Jimin. Shunchalik ham razil bilasanmi, agar oʻsha payt menga sevganing bor ekanligi haqida aytganingda edi, senga aslo koʻngil bermas edim... Uylanibsan ham, seni aslo unutmagandim, hech narsa oʻzgarmagan, termulishlaring, koʻzlaring, ovozing bari oʻsha oʻsha, lekin sevging oʻzgargan. Oldinlari meni sevgan koʻzlaringni ayni paytda oʻz egasi bor...

Soyunning koʻzlariga yosh keldi ammo, artib yashladi.

Va birozdan soʻng xona eshiklari ochilib Jungkook kirib keldi.....

Davomi bor...