May 1, 2025

LUCK

EPISODE-25 | FINAL!

-Jim gapirma!!! Yaxshi boʼlasan!! (Heeyoung koʼzlaridagi yoshlarni artib Jungkook gapirishiga yol qoymadi)
-mato!! Mato topishim kerak qonni toʼxtatish kerak!!(Heeyoung Jungkookning boshini ortga sekin qoʼydi. Lekin havotir bor edi. Nara hali ham bir soʼzni takrorlab kulardi. Uning yonida turgan pichoq Heeyoungni qoʼrqitar edi. Heeyoung sekinlik bilan Naraning yonida borib yerga tashlangan pichoqni olishga harakat qildi. Nara baxtga qarshi uning sochidan changallab ortga qattiq tortib Heeyoungning yiqilishiga sabab boʼldi. Heeyoung Naranining qoʼlidan chiqishga harakat qilib uning qolinim qattiq tishladi. Ingrab uzoqlashgan Narani esa Minji tutib qoldi. Heeyoung uni kelganida hayratini yashirolmay qahr nigohi bilan qarardi.
-Heeyoung sen Jungkookga qara... men Narani olib ketaman tez orada Jin va Yongso ham keladi. (Heeyoung unga hech narsa demay oʼrnida turdi ulardan uzoqlashyotgan ikki qizga ham etibor bermay oʼzi yotgan xonaga bostirib kirib vannadan sochiq va birinchi yordam qutisni qidirdi. Yordam qutisni hech qayerdan topolmagach faqatgina sochiq bilan kifoyalangancha ortga qaytdi. Jungkookning boshini qollariga olib qon oqyotgan joyga qattiq bosdi.
-faqat koʼzlaringni yumma Jungkook.... (Heeyoung Jungkookning boshida sochlaridan silab sochiqni qattiqroq bosib qonni tohtatishga harakat qilardi. Uzoqdan qadam tovushlari eshtilib Jin va Yongso ham politsiya ofitserlari bilan ularning yoniga yetib keldi. Heeyoung chuqur nafas olib oʼzida biroz erkinlikni his qildi.
-Heeyoung?!!!
-Yongso Jungkook.... u yaralandi!!!
-kel uni menga ber... koʼtarishga yordamlashing yigitlar (Jin ofitserlar yordamida Jungkookning tanasini koʼtarib tez yordam aravachasiga yotqdizdi. Politisya ofitserlari bu ishda kimning qoʼli bolsa barchasini Heeyoung yordamida aniqlab oʼshq yerning oʼzidayoq qoʼlga tushirdi. Janob Han va Minjini soʼroq qilish uchun olib ketishgan boʼlsa Narani ruhiy holatini tekshirish uchun ruhiy kasalliklar boʼlimiga olib ketishdi. Uning ahvoli juda ham achinarli holga kelgan edi.

-Yoʼldan qoching!!!! Ogʼir jarohatlangan bemor bor!!! ( tez yordam aravachasining ikki chetidan tutib yugurib kelayotgan Jinnning ovozi butun kasalxonani tutdi. Ularni koʼrgan kasalxona hodimlari chetga chiqib joy ajaratisha boshlashdi.
-Doktor Kim!!! Jungkook ...!! Uning ahvoli yomon.... (Jinning qarshisiga yugurib chiqqan 50 yoshlarni qoralagan Janob Kimning qoʼllaridan tutib unga yordam berishini soʼradi.)
-albatta Jin...(doktor Kim hamshiralar bilan operatsiya xonasiga olib kirib ketdi)
-Jungkook?!! Jungkook qayerda....?! Jinnnn(Ularning ortidan tezlikda yetib kelgan Heeyoung Yongsoning qoʼliga tayangancha Jinning koʼzlariga chuqur qaygʼu bilan boqdi)
-operatsiya olib kirib ketishdi. Lekin havotir olma Jungkook kuchli doktor Kim ham tajribali doktor.(Heeyoung Jinga javob bermay Yongsoning qoʼlidan chiqib Jungkook yotgan operastiya xonasining derazasiga suyanib qizgʼin operatsiya ketayotganligini payqadi. Issiq koʼz yoshlari yuzini yuvar ekan ularni yengi bilan artib ularni tomosha qilardi.

*Pov Heeyoung*
-hamshira boʼlgan vaqtlarim yaqini operatsiyaga kirib ketgan odamlarning yaqinlariga tinchlanishini tushuntirishga harakat qilib qiynalib ketardim. Baʼzi paytlarda esa butun kasalxonani uvvos solib yigʼlayotgan ayol va qizlarni koʼrib jahlim chiqardi. Inson zoti boshidan oʼtkazmaguncha hech qachon tushunolmas ekan. Men ham hozir bor ovozim bilan dodlab butun kasalxonani oyoqqa turgʼizishga tayyorman lekin, men bir narsaga ishonganim uchun ham jimman... Jungkookning vadasi sabab... unga ishonaman Jungkook meni hech qachon tashlab ketmaydi. Ammo yuragim gʼash.. Uni yoʼqotishdan yuragim qattiq qoʼrqmoqda lekin aqlim har doimgidek yuragimga qarshi. Chunki Jungkookning yarasi unchalik jiddiy emas edi. Buni bilsam ham yuragim hadiksirashda davom etmoqda. Iltimos Jungkook.... yonimga qayt...

Heeyoungning yelkasidan tutgan Yongso uni qoʼlidan tutib oʼsha yerdagi stullarda biriga oʼtkazib Jinga suv olib kelishini aytdi. Jin ularni yolgʼiz qoldirgach Yongso uning qoʼllarini qattiq siqib oʼziga qaratdi.
-Heeyoung kuchli boʼl... Jungkook uchun
-harakat qilyapman.. lekin Yongso Jungkookning qoniga qoʼlim belandi...
-shshsh.... bu sening aybing emas. Taqdirigizda shu bor ekan. Hali Jungkook koʼrmagandek boʼlib ketadi. Senga bir narsa haqida aytmoqchi edim....
-nima haqida? (Heeyoung hali ham Yongsoning qoʼlini qoʼyib yubormay javob berdi.)
-biz bugun Jungkook bilan oʼyinchoqlar doʼkoniga bordik. Jungkook menga sen bilan birga mehribonlik uyida vaqt oʼtkazgan vaqtingizni aytib berdi. Uning koʼzlaridagi quvonchni koʼr odam ham koʼrgan boʼlardi(Yongso soʼzining ohirida hazl qilib Heeyoungning siniq jilmayib qoʼydi)
-Jungkook bugun juda ham hursand edi... bugun ham sen bilan oʼyinchoqlarni olib bolalarni koʼrgani borishi kerakligingni takidlagandi. Sen kecha juda charchagan eknasan shuning uchun biz senga kichik sovgʼa tayyorlagan edik. Ammo hammasi oʼzgarib ketdi... (Heeyoungning koʼnglidagi gʼashlik hali ham arigani yoʼq. Heeyoung bu ishda yana oʼzini aybdor qilishdan toʼxtamadi. Jin ularning yoniga kelib yelim idishda suv berib Heeyoungning yoniga oʼtirdi. Ular shu yoʼsinda tahminan 1soat oʼtirishdi. Heeyoungning horgʼin koʼzlariga hech uyqu kelmasdi. Yongso ham Jinning yelkasiga boshini qoʼyib hayol surardi. Heeyoung Operatsiya xonasining yonidan ketmay tik oyoqda shu 1soatni oʼtkazdi. Vanihoyat chiroqlar oʼchib janob Kim koʼrinish berdi. Doktorni koʼrgan Heeyoung unga peshvoz chiqdi. Unga Yongso va Jin ham qoʼshildi.
-doktor Jungkook?!! Jungkook... yaxshimi?
-ha havotir olmang xonim xavf ortda qoldi (Heeyoung uning gapini eshitib chuqur nafas chiqardi. Yongso Heeyoungn bagʼriga olib uni qutlagan boʼldi)
*Pov Heeyoung*
-Ey Hudoyim shukurlar boʼlsin!Jungkook.... uddalading ..... Meni tashlab ketmasligingni bilardim...
-Rahmat sizga (Jin doktor Kimning qoʼlidan tutib minnatdorchilik bildirdi)
-Janob Jungkookni palataga tez orada olamiz.. (doktor ularga ohirgi gapini aytib uzoqlashdi.)
-hammasi yaxshi!! Jungkook yaramas tegrmonga tushsa tirik chiqadi. (Jin oʼziga oʼzi jilmayib qoʼyib gapirdi)

Heeyoung tanasi boʼshashib endi oʼzida qattiq holsizlanishni his qildi va oʼsha yerdagi oʼrindiqqa oʼtirib hursand boʼlgancha chuqur nafas oldi. (Yongso uning ahvolini koʼrib yoniga choʼkkaladi)
-Heeyoung juda charchagan koʼrinasan uyga borib dam olishing kerak
-yoʼq men bugun Jungkookni yonida qolaman
-heyy faqat oʼzingni oʼylama!! Men bugun xonangizda katta sovgʼani koʼrib qoldim. (Yongso sumkasini qoʼliga olib ertalabki testni Heeyoungning qoʼliga tutdi. Heeyoungning koʼzlari buni koʼrib yana yoshlandi)
-Yongso.... bu ahirrrrr....boʼlishi mumkin emassss!! 2ta chiziq!!! (Heeyoung Yongsoning boʼynidan qattiq quchib yigʼlashda davom etdi)
-testni javobini bilmasmiding?!!
-yoʼq... Togʼrirogʼi baʼzi bir ishlarni koʼz yumib bajargandim. Jungkook ikkimizga Syurpriz boʼlishini hohlab shunday qilgandim.
-jinni qiz.... (Yongso uning boshidan silab kulib qoʼydi)
-endi... men ham ona boʼlaman Yongso!! (Heeyoung testga yana bir qarab keng jilmaydi)

-biz bugun Jungkook bilan oʼyinchoqlar doʼkoniga bordik. Jungkook menga sen bilan birga mehribonlik uyida vaqt oʼtkazgan vaqtingizni aytib berdi. Uning koʼzlaridagi quvonchni koʼr odam ham koʼrgan boʼlardi(Yongso soʼzining ohirida hazl qilib Heeyoungning siniq jilmayib qoʼydi)
-Jungkook bugun juda ham hursand edi... bugun ham sen bilan oʼyinchoqlarni olib bolalarni koʼrgani borishi kerakligingni takidlagandi. Sen kecha juda charchagan eknasan shuning uchun biz senga kichik sovgʼa tayyorlagan edik. Ammo hammasi oʼzgarib ketdi... (Heeyoungning koʼnglidagi gʼashlik hali ham arigani yoʼq. Heeyoung bu ishda yana oʼzini aybdor qilishdan toʼxtamadi.)

-Heeyoung faqat oʼzingni oʼylmay uyga bor.. Jungkookning ahvoli yaxshiligini oʼzing ham eshitding... Jin seni uyga olib borib qoʼyadi
-Lekin... Yongso bu yer men uchun qulay..
-lekin bola uchun emas hoziroq uyga qaytasan! Men Jinni chaqiraman hech qayerga ketma(Yongso Heeyoungdan uzoqlashib uni keng kalidorda yolgʼiz qoldirdi)
Pov Heeyoung
-ishonish qiyin...bu hissiyotni soʼz bilan tariflab boʼlmaydi. Vujudim ichra Jungkook ikkimizning yuragimiz urib turibdi. Dadang tez orada sogʼayadi... (Heeyoung tinch nafas olayotgan Jungkookga uzoq vaqt qarab turgan holda huddi farzandini quchgandek qorniga qoʼlini qoydi. Bir kunning ichida boʼlib oʼtgan voqealarni angalsh mushkul. Huddi qoʼrqinchli tushdek edi goʼyo.
-Heeyoung ketishing kerak (Yongso kelib Heeyoungning hayollarini buzdi. Uning bilagidan tutib mayin jilmaydi. )
-lekin Yongso men u bilan qolishni istayman shu yerda balki boʼsh xona bordir ? Bemorning yaqinlari uchun? (Heeyoungning qaysarligi sabab Yongso hafsal bilan nafas olib aniqlab kelishini aytib undan uzoqlashdi. Oradan koʼp vaqt oʼtmay Yongso Heeyoungning yoniga qaytdi.
-surishtirdim.. 1qavatdagi xonalardan biri boʼsh ekan.
-men roziman nechinchi qavat boʼlsa ham. Lekin shu yerda boʼlishim zarur
-yaxshi, Heeyoung yaxshi!! Endi boraqolaylik! (Heeyoung yana Yongsoning qoʼlini ortga tortdi)
-Jungkook?! Uni qachon palataga olishadi?
-qachonki sen uhlaganda! (Heeyoungning qoʼlidan majburlab tutib palatdan uzoqlashgan Yongsoning yuzlari jahldan qizarib ketgan edi. Ular kerakli joyga kelishgach xona ichiga kirishdi. Oppoq qilib bezatilgan xonaning oʼng tomonida joylangdan oynali javonchalarda turli xil dorilar boʼlib xonaning hat bir burchagidan xlor hidi anqirdi. Xonaning chap tomonida 1kishilk karavotga oʼtirgan Heeyoung xona boʼlab koʼz qorachiqlarini aylantirib har bir qarichni kuzatdi.
-endi biroz yotib damingni ol.. Jungkookning yonida men boʼlaman (Yongso Heeyoungni yotqizib ustiga choyshab tortib qoydi)
-rahmat hammasi uchun Yongso..
-rahmat aytishni bas qil!! Menga bu yoqmaydi va biz begona emamiz. Rahmatingni begonalar uchun asrab qoʼy. Jungkookning qaysar sevgilisi.
(Yongso Heeyoungga hazl bilan kulib xonadan chiqib uni yolgʻiz qoldirdi. Heeyoungga Yongsoning ohirgi soʼzlari juda yoqqan edi. Shu sabab Yongso ketgandan soʼng tilida uni takrorladi. "Jungkookning qaysar sevgilisi". Heeyoung uhlashga harakat qilib koʼzlarini yumdi lekin hech foydasi boʼlmadi. Unga Jungkook kerak uning issiq quchogʼi, shirin soʼzlari va yoqimli boʼsalari. Heeyoung Jungkook bilan boʼlgan barcha voqealrni eslab tanasi titrar edi birinchi tanishuvdan tortib bugungi kungacha

****
-Ogʻriq kuchli emas, havotir olmang. Ming bora uzr soʻrayman, hayol bilan qizil chiroqda ular chiqib ketdim.
-Nima , hayol bilan?! Ogʻrimaydida, men zora tormoz berib qoldim. Qoʻlingni koʻtarmaganingda hech narsa qilmasdi, ham. Yoʻl harakati qoidalarini bilmaysanmi?
-Uzr ,janob.
-Uzr emish. Oʻzi shoshib turibman. Bekorga vaqtimni olding . Bundan ancha eplay olsang koʻchada yur.

~~~

-nega yigʼlaysan men shu yerdamanku
-men...qoʼrq... qoʼrqdim choʼkishdan uni ustiga suv yuzasida sen yoʼq eding (gaplarimni unga hiqqilab zoʼrgʼa yetkazishga harakat qilib gapirar edim)
-ehhh jinnivoy men ham sen bilan edimku...faqat biroz qoʼrqitmoqchi edim(yuzimga qarab kulib)

-sendan qoʼrqishi kerakkkk lekin mendan ham ozroq qoʼrq maylimi

-axax meni buni aytmadim oqqushginam sening rashk qilishing...agar doim shunday qizarib meni qizgʼonsang men oʼzimni qizlarning yonida doim koʼz koʼz qilishga tayyormann

-juda ham chiroylisan~

-sen sabab men yana nafas olishni boshladim...
~~
Heeyoung Jungkook haqida oʼylab qanday qilib koʼzi yumilib uyquga ketganini ham sezmay qoldi.

Erta tong quyosh allaqachon Seul shahrining butun qismini egallashga ulgurgan. Shahar aholisi oʼqish ishga shoshilmoqda. Lekin Heeyoung hali ham bunday shovqinlardan yiroqda mushukchadek choyshab ichida uhlamoqda. Xona eshigi ochilib Yongso qizni uygʼotish uchun xonaga kirdi. Uning yoqimli yuzini koʼrib jilmaydi va sekin sochlaridan silab shivirladi.
-Heeyoung turaqol tong otdi...(Heeyoung biroz gʼingshib oʼzini yana choyshab ichiga oldi)
-Tura qol endi... Jungkook seni chaqiryapti...(Heeyoung endi boshini koʼtarib koʼzlarini sekin ochdi va Yongsoning soʼzlari unga tok urgandek oʼrnidan turib ustidagi choyshabni yotoq ustiga otdi.
-Qaysi xonada Yongso?
-2qavat oʼng qoldagi 5 xona. Lekin bunchalik shoshma...(Yongsoning ohirgi gaplarini ham eshitmay Heeyoung 2 qavatga yugurdi. Lift ham yodidan chiqqan qiz zinalardan tezlikda koʼtarilib Yongso aytgan xonaga soʼroqsis bostirib kirdi. Qarshisida bir kishilik keng yotoqda Jungkook koʼzlarini yumib uhlab yotardi. Heeyoung Yongso aldaganligini sezib kulib qoʼydi va Jungkook tomon sekin yaqinlashib yotoq chetiga oʼtirdi. )
-nega hali ham uygʼonmading sevgilim....? (Heeyoung Jungkookning shprislar ulangan qoʼlini asta ehtiyotkorlik bilan ushlab lablarini uning kaftiga bosdi. Heeyoung Jungkookning jingalak sochlarini sekinlik bilan silab koʼzini ochishini umid bilan kutardi. Shu vaqt Jungkook koʼzlarini biroz pir piriratgandek boʼldi balki bu ikki sevishgan qalbalrning bir biriga boʼlgan sevgisi sababdir. Tanalari bir birini his qilgan boʼlishi ham mumkindir. Heeyoung Jungkookga umid bilan qarab qoʼllaridan qattiq tutib yutindi. Jungkook koʼzlarini uzoq kutishlardan soʼng ochgana 1chi boʼlib sevgilisining yuzini koʼrdi. Jungkook oʼziga kelishiga biroz vaqt kerak boʼldi. Heeyoung ham undan koʼzini ochmasdan kuzatardi.
-Heeyoung... (Jungkookning yoʼgʼon ovozi zaif eshtildi. Heeyoung koʼzlaridagi yoshlarini ortiq ushlab turolmay yigʼlab yubordi va hech bir ikkilanishlarsiz uni qattiq quchib oldi. Boʼynida nozik qoʼllarni his qilgan Jungkook jilmaydi garchi tanasi kuchdan qolib qorin qismida biroz ogʼriq boʼlsa ham.
-men qoʼrqdim... Seni yoʼqotib qoʼyishdan... (Heeyoung hali ham uni quchib yigʼlardi. Jungkook uning belidan qoʼllarini yurgʼizib iforidan toʼyib nafas oldi.

-men yaxshiman havotir... olma (Jungkook uni ovutgandek boʼldi. Heeyoung undan uzoqlashib uni yaxshilab koʼzdan kechirib tekshira boshladi)
-ahvoling yaxshi shundaymi?!!
-ha... yaxshiman dedimku sevgilim
-Hudoyim oʼzinga shukurlar boʼlsin. Yana sening tabassumingni koʼryapman...
-Heeyoung..... boʼldi qilsanchi.. men yaxshiman... oʼzimni huddi yosh boladek his qilyapman...
-yoʼq boʼldi qilmayman!!!
-ahaha qaysar qiz (Jungkook chuqur uh tortib ortiga tisarilib joyiga qayta yotdi.)
-qorning ochmi?
-hech narsa yegim yoʼq... Heeyoung Jin va Yongso qayerda?
-Jin hyung qayerda ekanligini ochigi bilmayma. Yongso shu yerda pastda.
-oyim men haqimda bildimi?
-yoʼq ularga bu voqeani aytmadik.. yaʼni bizni Minsu oyin birga koʼngilochar joyda deb oʼylayapti.
-oyimni yoshbola deb oʼlaysanmi?
-yoʼq albatta lekin shunday demasak boʼlmasdi
-kulgili... oʼzimni juda nimjon odamdek his qilyapman...
-balki jim boʼlib dam olarsan... (Heeyoung shunday deya tabassumini yashirib qovogʼini soldi)
-yaxshi~ (Jungkook koʼzlarini qayta yumishga harakat qildi. Lekin bir narsa yodiga tushib qayta koʼzlarini ochdi)
-Heeyoung?!
-nima hohlaysan Jungkook?
-test javobi? Nima boʼldi?!(Heeyoung jilmayib qoʼyib bu narsa hali yodidaligidan hursand boʼldi)
-mmmmm.... qanday aytsam ekan....
-aytaqolsanchii~ !!(Jungkook asabiylashganidan tanasidaggi yaralar biros unga ogʼriq berdi.)
-ikkimizning yuragimiz... endi shu yerda... (qiz Jungkookning qoʼlini qorni tomon yoʼnaltirdi. Jungkook quvonchini yashirolmay baxtdan samoga uchardi. Heeyoungni oʼzining bagʼriga tortib qoʼllarini uning tanasida yurgizib qattiq qucholadi. )
-rahmat!!! Rahmat senga!!! Hayotimda borliging uchun!!!
-senga ham rahmat...
-seni sevaman !!!! Heeyoung!!!!
-Jungkook ~ men ham sevaman seni...

Yorobun fanficni ham oʼz poyoniga yetdi meni qoʼllab quvvatlaagan barchaga rahmat yoqimli mutolaaaa🫠

#The end
#Soyun