April 11

MORROWLESS

“Shamol qilgan tartibsizlik uchun uni qanday ayblay olaman? Axir derazani o‘zim ochgan edim.”

3-qism

*Amerika. Kechki soat 19:25.*

Jeonlar Honadoni. Uy ichida g‘alati jimlik hukm surardi.
Hatto Soatning “tik-tik” ovozi ham ortiqcha baland eshitilardi. Deraza ortida qor yog‘ishda davom etardi, lekin ichkaridagi sovuq tashqaridagidan kuchliroq edi goʻyo.
Jungkook eshik yonida turardi, u kirib kelganiga bir necha daqiqa bo‘lgandi, lekin paltosini ham yechmagan. Go‘yo bu yerda uzoq qolmasligini o‘zi ham bilayotgandek.
—Kech qolding.
Ovoz orqadan Janob.Jeonning ovozi eshitildi.
Jungkook sekin boshini burdi
Jungkookning nigohida sovuqlik yaqqol namoyon edi, yashirishfa urunmasin, lekin ichida allaqachon charchoq yig‘ilib qolgan edi.
— Qabrga borgandim.
Otasi shunchaki gʻalati tabassum qildi, hafsalasi pir boʻlgani kabi. Ammo u Hatto hayron ham bo‘lmadi.
—O‘liklar oʻldi, Jungkook.
Dedi u sovuqlik bilan, Oddiy gap Lekin zarbasi aniq.
Jungkook chuqur nafas oldi, qo‘llari yonida musht qilib siqildi.
—Men ketayapman.
Dedi u toʻsatdan va oraga Jimlik shoʻngʻidi. Va bir necha daqiqadan keyin uning otasining ovozi eshitildi.
— Qayerga?
— Koreaga.
Otasi asta unga yaqinlashdi.
— Qochyapsanmi?
Yana oʻsha savol, Jungkookning sabri shu yerda sindi.
— Men qochmayapman!
Uning ovozi birinchi marta ko‘tarildi.
— Men bu yerda qolib nima qilaman?! Har kuni bir xil narsani ko‘ribmi?! Uni qutqara olmaganimni eslab azob chekishimni hohlaysizmi?!

Ammo Otasi bir qadam ham ortga chekinmadi.
— Sen shifokor eding, Jungkook.
"Eding" Oddiy soʻzdek lekin ichida ayblov, hukm va hafsalasizlik bor edi.
Jungkookning jag‘i qattiq tortildi
— Men hali ham shifokorman, Ota.
— Unda nega u o‘ldi?

Jungkook bir lahza javob bera olmadi, unda bunga javoban hech qanday soʻz yoʻq. Chunki ba’zi savollarning javobi yo‘q.
Yoki bor, lekin uni aytish og‘riqli.
— Chunki hammada ham qutqarish uchun yetarli vaqt yoʻq.
U past ovozda gapirdi.
Otasi boshini chayqadi.
— Yoki sen yetarli bo‘lmagansan.

Jungkook achchiqlik bilan kuldi. Uning dagʻal ovozi xonani toʻldirdi.
— Ha. Balki shundaydir.
U ko‘zlarini otasiga tikdi.
— Shuning uchun ketyapman.
— Bu bilan Nima o‘zgaradi, Jungkook?
— Men.
Jungkook paltosini yechib, kursiga tashladi. Qo‘llari biroz titrardi, lekin ovozi barqaror edi.
— Men yana operatsiya qilaman. Yana odamlarni qutqaraman. Har safar qo‘lim titrasa ham, baribir qilaman.
U bir qadam oldinga tashladi.
— Chunki agar to‘xtasam… unda u haqiqatan ham bekorga o‘lgan bo‘ladi.
Otasi birinchi marta jim qoldi.
— Men bu safar qochmayapman.
— Unda ket, Jungkook.
Otasi yon tomonga o‘gʻirildi.
— Lekin qaytib kelganingda ham o‘zingdan qocholmaysan. Hech narsadan.
Jungkook javob bermadi.
Chunki bu gapning noto‘g‘ri joyi yo‘q edi. Uning otasi bu safar toʻgʻri edi, Jungkook qocholmaydi, qayerga bormasin uning ortidan xotira, azob, aybdorlik hissi quvib boradi.

𝙋𝙤𝙫 | 𝘼𝙪𝙩𝙝𝙤𝙧

𝘽𝙖’𝙯𝙖𝙣 𝙞𝙣𝙨𝙤𝙣 𝙮𝙤‘𝙦𝙤𝙩𝙞𝙨𝙝𝙙𝙖𝙣 𝙠𝙚𝙮𝙞𝙣 𝙞𝙠𝙠𝙞 𝙮𝙤‘𝙡𝙜𝙖 𝙙𝙪𝙘𝙝 𝙠𝙚𝙡𝙖𝙙𝙞:

— 𝙨𝙞𝙣𝙞𝙨𝙝.
— 𝙮𝙖𝙨𝙝𝙖𝙨𝙝𝙣𝙞 𝙤‘𝙧𝙜𝙖𝙣𝙞𝙨𝙝.

𝙇𝙚𝙠𝙞𝙣 𝙚𝙣𝙜 𝙦𝙞𝙮𝙞𝙣𝙞 —
𝙦𝙖𝙮𝙨𝙞𝙣𝙞 𝙩𝙖𝙣𝙡𝙖𝙮𝙤𝙩𝙜𝙖𝙣𝙞𝙣𝙜𝙣𝙞
𝙖𝙣𝙜𝙡𝙖𝙢𝙖𝙮 𝙦𝙤𝙡𝙞𝙨𝙝.

Busan. Markaziy shifoxona.

Shifoxona Eshiklari shovqin bilan ochildi.
Aerin ichkariga yugurib kirdi. Oqartirilgan devorlar, antiseptik hid, odamlarning va shifokorlarning shoshilinch qadam tovushlari hammasi bir-biriga aralashib ketgandi. Uning Yuragi shu qadar tez urayotganki, go‘yo ko‘ksidan chiqib ketadigandek edi.
— Iltimos... uning ovozi titrardi.
— Bir ayolni olib kelishdi... hushidan ketgan...
Hamshira unga qisqa qaradi, keyin kompyuterga ko‘z tashladi.
— Ismi?
— Kim... Kim Minji...
Bir necha soniya, Juda oddiy soniyalar, Lekin Aerin uchun ular chidab bo‘lmas darajada uzoqqa cho‘zilgandi.
—Kim Minji Reanimatsiya boʻlimida.

Aerin endi boshqa hech narsa eshitmadi.
U koridor bo‘ylab yugurdi. Qadam tovushlari aks sado berib, boshida gumburlayotgandek edi. U Eshik oldiga yetib kelgach to‘xtadi. Qo‘li tutqichga yetdi ochishga botinolmadi.
Qo‘rquv ba’zan shunchalik kuchli bo‘ladiki, u seni harakat qilishdan ham to‘xtatadi.
—Agar kech bo‘lsa-chi...
U pichirladi oʻziga oʻzi.
Bir necha chuqur nafas olishdan keyin u eshikni ochib ichkariga qadam qoʻydi.

Reanimatsiya bo‘limiga kirgan zahoti Aerin bir narsani aniq his qildi,
bu yerda hayot boshqacha eshitiladi.
Havo sovuq emasdi, lekin baribir sovuq uning suyaklariga qadar o‘tib borayotgandek tuyuldi. Nafas olish og‘irlashdi, go‘yo har bir yutgan havosi ichida ko‘rinmas og‘irlik bor edi.
Atrofda odamlar bor edi, shifokorlar, hamshiralar… lekin ularning barchasi shunchaki harakatlanayotgan soyaga o‘xshardi. Bu yerda hech kim to‘liq yashamayotgandek edi.
Faqat ovozlar aniq edi.
Sekin. Bir xil. Rahmsiz.
bip… bip… bip…
Va Bu tovushlar tinchlantirmasdi.
Aksincha, har safar yangraganda yurakni yana bir marta siqib qo‘yardi. Chunki u har bir signal orasidagi sukutni qabul qilardi.
Juda qisqa sukut,
Lekin aynan o‘sha sukut ichida qo‘rquv yashardi.
Yotoqlarda yotgan tanalar harakatsiz edi. Ularning ko‘zlari yopiq, yuzlari oqarib ketgan, lablari rangsiz… go‘yo ular allaqachon ketib bo‘lgandek.
Faqat apparatlar bunga rozi emasdi.
Simlar, naychalar, tomchilab tushayotgan suyuqliklar hammasi bir narsani majburlayotgandek,
“yana bir oz yasha."
Aerin bir qadam oldinga tashladi.
Oyoqlari og‘irlashib ketayotgandek edi.
Go‘yo bu joy uni ichkariga kiritishni istamayotgandek… yoki aksincha, chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ushlab qolayotgandek.
Vaqt ham boshqacha o‘tardi bu yerda. Soatlar emas, soniyalar hisoblanardi. Har bir “bip” oralig‘i hayot va yo‘qotish o‘rtasidagi masofa edi.
Va har bir umid ortida jim turib kutayotgan narsa bor edi: Yo‘qotish. Va bu aniq.

Aerin sekin onasining yoniga yaqinlashdi.
Qo‘lini uzatar ekan havoda bir lahza muallaq turib qoldi.
"Tegsam… haqiqiy bo‘lib qoladimi? Yo‘q… bu tush bo‘lishi kerak… shunchaki uyg‘onaman… va hammasi yana odatdagidek bo‘ladi…"
Lekin uning onasi uyg‘onmadi, Bu tush emas edi.
U nihoyat qo‘lini cho‘zib, onasining sovuqlashib borayotgan barmoqlariga tegdi. Tanasi muzlab ketgandek bo‘ldi.
"Shunchaki uxlayapti… to‘g‘rimi?.." deb oʻyladi u.
Ko‘zlari onasining yuzida tushdi, onasidan Hech qanday javob yo‘q.
Faqat apparatning bir xil ovozi: bip… bip… bip…
Aerin asta qo‘lini qattiqroq siqdi.
—Oyi…
Uning Ovoz chiqdi, lekin odatdagidek emas, bu safar u Juda past Juda zaif edi.
"Iltimos… hali emas…"
U boshini biroz egdi, peshonasini onasining qo‘liga sekinlik bilan bosdi.
" Men hali tayyor emasman…"
Uning Nafasi titrab ketdi.
"Men sizsiz nima qilishni bilmayman…Oyi..."
Uning koʻzlari yumilarkan Bir tomchi yosh tushdi.

Toʻsatdan xona eshiklari ochilib ichkariga odam kirdi.
Aerin boshini koʻtarib qararkan, shifokor ekanligini sezdi. Va koʻz yoshlari bilan nam yuzini hayronlik qopladi.
-Siz?

~~

Qiz Avtobus oynasiga boshini tirab o‘tirardi. Tashqarida qor asta-sekin eriy boshlagan, suv tomchilari oynadan pastga oqardi.
Lekin uning e’tibori tashqarida emasdi.
U hali ham o‘sha ko‘zlarni eslayotgandi.
Aniq. Sovuq. Tanish.
— Bu mumkin emas...
U sekin boshini chayqadi.
Toʻsatdan jiringlagan telefoni uning biroz choʻchib tushishiga sabab boʻldi.
"Oyi"
u ekranga uzoq qarab turdi va Keyin qo‘ng‘iroqni qabul qildi.
—Oyi?
— Qayerdasan?!
Onasining ovozi odatdagidan keskinroq edi.
—Uyga ketyapman.
— Darhol kel. Otang kutyapti.
Signal uzildi.
Sein telefonni qo‘liga mahkam siqdi, unung Ichida nimadir bezovta qila boshlagandi,
Sababsiz emas bu, u buni biladi. Chunki Bugun juda ko‘p narsalar "odatiy" emas edi.

U avtobusdan tushdi.
Sovuq havo yuziga urildi, lekin u buni deyarli sezmadi.
Ko‘chalar odatdagidek edi.
Lekin uning ichida hammasi o‘zgargan.
U tezroq yurishni boshladi.
Qadamlar tezlashdi.
Keyin deyarli yugurishga o‘tdi.
— Nima bo‘lyapti o‘zi…
U pichirladi.
Uyining darvozasi ko‘rinishi bilan yuragi yana tez urib ketdi.
Chiroqlar yonib turardi.
Bu yaxshi belgimi?
Yoki aksincha…
U eshikni ochib ichkariga kirdi.
—Oyi?..
— Dada?..
Bir necha daqiqalardan keyin mehmonxona tomondan ovoz keldi.
— Nihoyat kelding.
Sein asta o‘sha tomonga yurdi.
Va ularni ko‘rdi.
Otasi.
Va ularning yonidagi...
yana bir inson.
Seinning qadamlari sekinlashdi.
Nafasi boʻgʻzida tiqilib qoldi.
Chunki u bu yuzni bugun allaqachon ko‘rgan edi. koʻchada, Unga tikilib turgan holda edi. Uni bir necha yildan keyin yana bir bor koʻrish qizda biroz qoʻrquv uygʻotgan edi.
— Sen…

Wonwoo

-Koʻrishmaganimizga ancha boʻldi, Hmm?
Yigit labida qisqa tabassum bilan qizni kuzatardi.
-sen.... Sen bu yerda nima qilyapsan?
Yigit javob bermasdan oʻrnidan jimgina turdi va qiz tomon yurib keldi, orada biroz masofa qolganida qizning boʻyi bilan tenglashib:
-Bizninh oxiriga yetkizmagan ishlarimiz bor, unutdingmi? Azizam?

Qizga Pichirladi u.

@Cynefin_fanfics

Kamroq boʻlgan boʻlsa uzur, yoqimli mutolaa❤️.