MORROWLESS
“Shamol qilgan tartibsizlik uchun uni qanday ayblay olaman? Axir derazani o‘zim ochgan edim.”
"Meni xohlashdi, lekin sevishmadi. Men tanlov edim, ammo hech qachon tanlanmadim. Men ehtimol edim, lekin hech qachon o‘sha yagona bo‘la olmadim."
Busan oqshomi odatdagidan sovuqroq edi.
Qor kun bo‘yi yog‘ib, endi ko‘chalarda qalin qatlam hosil qilgan, mashinalar faralari esa oppoq yo‘llarni kesib o‘tayotgan yorug‘ chiziqlarga o‘xshardi.
Aerin avtobusdan tushgan zahoti sovuq havo ko‘ksiga urildi. Nafasi notekis chiqdi. U bir lahza joyida turib qoldi, go‘yo qayerga ketayotganini eslashga majbur bo‘lgandek.
Qo‘llari hali ham biroz titrardi.
Haligi yigitning ovozi qulog‘ida ostida negadur halo hamon jiringlab turardi.
“Bilmasang ham bo‘ladi.”
Telefonini chiqardi, Opasidan yana qo‘ng‘iroqlar kelgandi.
Yuragi birdan nimanidir sezgandek siqildi.
U endi yugurishni boshlagan edi.Qor oyoqlari ostida g‘ichirlardi, nafas olish og‘irlashib borardi. Har qadam bilan ichidagi bezovtalik kuchayardi. Ba’zan odam hali hech narsa bilmay turib ham yomon xabarni sezadi.
Bir necha daqiqalardan keyin Aerin uyni ko‘rinishi bilan u tomon yana qadimini tezlashtirdi.Derazalarda chiroq yonib turardi. Ammo Eshik yarim ochiq edi.
— Oyi?..
U ichkariga kirdi, uy ichidagi havo g‘alati sovuq edi. Isitkich ishlayotgan bo‘lsa ham, xona bo‘shdek tuyulardi.
— Aerin!
Uy xizmatchisi oshxona tomondan chiqdi. Yuzidagi ifodadan hammasi yaqqol namoyon edi.
— Kech qolding… tez yordam hozirgina olib ketdi.
— Nima… nima bo‘ldi?..
— Birdan hushidan ketdi. Nafasi… nafas olishi yaxshi emasdi.
Aerin devorga suyanib oldi, goʻyo miyyasiga havo yetishmgandek, koʻz oldi qorongʻulashdi.
—Qaysi shifoxona?
-Markaziy shifoxonaga olib ketishdi.
Aerin Manzilni eshitishi bilan u ortiga burilib hech narsaga eʼtibor bermay Tashqariga chiqdi. U hatto Sovuqni sezmas edi, oyoqlari ostidagi qorni ham.
Uning miyyasida Faqat bitta fikr bor edi.
'Iltimos kech bo‘lmasin.'
Busan ko‘chalari ortda qolardi.
Mashinalar shovqini, svetofor chiroqlari, odamlar. Hammasi odatdagidek davom etardi. Dunyo hech qachon bitta insonning qo‘rquvi sabab to‘xtamaydi.
Aerin esa ilk marta o‘zini juda kichkina his qildi.
Sein maktabdan chiqayotganda osmonga qaradi. Qor hali ham tinmay yog‘ardi. Maktab hovlisi allaqachon bo‘shab qolgan, faqat bir nechta o‘quvchilar shoshilib uylariga qaytayotgan edi.
U qo‘llarini kurtkasining cho‘ntagiga tiqib, sekin darvoza tomon yurdi.
Bugun hammasi odatdagidek tugadi, Janjal, Sukut, Va yana o‘sha charchoq.
—Qachon tugaydi bular…
U pichirladi oʻziga eshitilarli darajada.
Shu payt maktab darvozasi oldida qora mashina to‘xtadi. Eshik ochilib, undan Lara tushdi. Uning haydovchisi soyabonni ochib ushlab turardi.
Sein ko‘zlarini qisib qaradi.
—Sen yetishmay turganding oʻzi.
Lara ham Sein tomon qarab trudi. Bir necha soniya ular bir-biriga tikilib turishgach
Lara odatdagidek istehzoli jilmaydi.
—Malikamiz hali ham piyodami?
—Har holda qandaydur yigitimning mashinasida emasman.
Lara bir lahza jim bo‘lib qoldi, hatto bunday jim boʻlib qolish unga begona boʻlsada. Yonidagi haydovchi noqulay ahvolga tushib qolgan edi.
— Qiziq…
Lara sekin gap boshladi.
— Sen meni nega shunchalik yomon ko‘rasan?
— Men seni yomon ko‘rmayman.
Sein bir oz o‘ylanib qoldi.
— Shunchaki… sen bilan mening dunyoyimiz 2 xil.
— Balki sen o‘zingni shunga ishontirayotgandirsan.
Shu payt shamol kuchayib, qor ularning yuziga urildi.
Lara mashinaga qayta o‘tirar ekan yana Seinga qaradi.
— Sen juda g‘alati qizsan, Sein.
— Bu yangilik emas.
Mashina asta uzoqlashdi.
Sein bir necha soniya o‘sha tomonga qarab turdi.
— G‘alati qiz emish, ahmoq.
U boshini chayqadi va yo‘lida davom etdi.
Shahar markaziga yaqin ko‘chalar odatdagidek gavjum edi. Do‘konlarning chiroqlari qor ustida aks etib, atrofni sarg‘ish rangga bo‘yab turardi.
Sein avtobus bekatiga kelib to‘xtadi.
Bekatda odam ko‘p emas edi.
U o‘rindiqqa o‘tirib, telefonini chiqardi. Ekranda onasidan bir nechta qo‘ng‘iroqlar ko‘rinib turardi.
Sein chuqur nafas oldi.
— Hozir emas, Oyi.
U telefonni yana cho‘ntagiga solib qo‘ydi.
U avtobus kutish barobarida atrofga nazar tashlar ekan, koʻzi yoʻlning nargi betida oʻziga termulib turgan insonni koʻrdi.
Uning yuzi toʻsilgan edi lekin Koʻzlar...Qiz ularni har qanday masofadan boʻlsa ham taniy oladi.
-Nahotki...
Uning koʻzlari hayrat aralash qoʻrquv bilan kengaydi.
Toʻsatdan Bekatga kelib toʻxtagan avtobus sababli qiz hayollarini yigʻdi.
Eshiklar ochildi va Odamlar ichkariga kira boshladi.Ammo roʻparasidagi inson qimir etmasdi.
U shunchaki jim turar, va nigohini qizdan uzmas edi.
Go‘yo uni anchadan beri kuzatayotgandek.
U avtobusds ketar ekan, uning hayollari faqat oʻsha yerdagi niqob ostida turgan insonda edi.
Sevgi kamida ikki turga bo‘linadi. Ba’zi odamlarni siz ularning sizga berganlari, his qilishingizga sabab bo‘ladigan narsalari uchun sevasiz. Bu ehtimol, sevgi shakllarining eng ko‘pi bo‘lib, aynan shuning uchun ko‘p sevgi barqaror bo‘la olmaydi. Insonning berish qobiliyati doimiy emas, o‘zgaruvchan. Siz ham berilgan narsaga bo‘lgan munosabatingiz doimiy emas, o‘zgaruvchan. Shuning uchun agar siz his-tuyg‘uga ergashsangiz, doimo ergashishda davlm etasiz. Hech qanday his doimiy bo‘lmaydi. Ular beqaror. Agar sevgi shunga bog‘liq bo‘lsa, u ham o‘zgaruvchan bo‘ladi. Va bu dunyodagi hamma narsaga o‘xshab, qancha ergashsangiz, shuncha u sizdan uzoqlashadi.
Qalin Qor yerni to‘liq oppoq rangga burkagan edi. Daraxtlar shoxlarini cho‘zib, shamol bilan birga ohista qimirlar edi. Har bir shoxning tebranishi yomon xotiralarni eslatgandek. Yo‘laklar qalin qor bilan qoplangan, izlar esa tezda yo‘qolib ketardi. Go‘yo tabiat ham bu joyda kim borligini unutishga urinayotgandek.
Jungkook qabrlar orasida sekin yurardi. Har bir qadamida qorning "gʻirch-gʻirch" etgan ovozi eshitilardi. U qabr toshiga yetgach, qo‘lini cho‘zdi. Oddiy tosh Oddiy yozuv Ammo yigit uchun toshga oʻyib chizilgan suratdagi qiz bir vaqtlar yigitning dunyosining markazi edi.
"Marhuma Kim Sunaning xotirasiga.
1998-2019"
—Sunam...Oy yuzligim mening keldim yana bir bor bosh egib oldingdaman.
U qo‘lidagi gullarni ehtiyotkorlik bilan qabr yoniga qo‘ydi. Barglari sovuqdan qotib, biroz shikastlangan edi. U gullarga qarab jim turdi, keyin yana qor ustiga tikildi. Faqat bir narsa aniq: vaqt hamma narsani olib ketadi, sevgini ham. Hatto eng chuqur hislar ham, agar ular biror narsa bilan bog‘langan bo‘lsa, asta-orasta soviydi, uzoqlashadi.
Shamol kuchaydi. Qor uning sochlariga qo‘na boshladi. Jungkook qo‘lini cho‘zib, qor bilan qabr ustidagi gullarni biroz tozaladi. Bu oddiy ishdek tuyulardi, ammo u uchun ichki bezovtalik va yo‘qotish hissini yengish usuli edi.
U bir necha daqiqa shunday turdi, so‘ng sekin nafas chiqardi. Go‘yo bu jimlikda hamma gaplar aytilgan, hamma hislar yuzaga chiqargan edi. Faqat vaqt va sovuq qolardi, uning ichida esa esdaliklar, sevgi va yo‘qotishning sovuqligi aralashgan edi.
Jungkook Suna bilan birga bo‘lishga harakat qilardi, lekin u har doim zaif edi. Ular ko‘p vaqtini kasalxonada o‘tkazishardi ba’zan laboratoriyalar, ba’zan oddiy yotoqxonada. Shifokorlar biror yangi umid berishga urinardi, lekin har safar Jungkook ularning ko‘zlariga qarab, u asta-asta tushunardi: bu safar ham faqat vaqtni cho‘zish edi.
Suna ko‘pincha jim turardi. Og‘riqdan qiynalganida, u hatto tabassum qilolmasdi. Jungkook esa har safar uning yonida bo‘lishga intilardi, qo‘lini ushlab, boshini yengil silab oʻgʻriqdan uni himoya qilishga harakat qilardi.
—Oy yuzligim...Sen hammasini uddalaysan. Harakat qil.
Jungkook past ovoz bilan shivirladi.
Suna qo‘lini ozgina silkitdi, ammo biror soʻz chiqmadi. Faqat ko‘zlarida birdan tinchlik va charchoq birga aralashdi.
Ular bilishardiki: vaqt cheklangan. Har bir lahza qimmat. Har bir oddiy tabassum, har bir qo‘l ushlash bu endi ular uchun eng katta sovg‘a edi.
Suna kasalligi asta-sekin kuchaydi. Oddiy ishlar ham uni charchatardi: yurish, ovqat tayyorlash, hatto suhbatlashish. Jungkook har kuni uni yonida edi. Ular kunlarini shunday o‘tkazishardi: ko‘proq jim turish, ba’zan Jungkook unga o‘tgan voqealarni eslab gapirib berardi.
Kundan kunga Suna gul kabi soʻlib borardi. Nafasi qisqardi, harakat qilish qiyinlashdi. Jungkook qo‘lini ushlab, qizni eʼtiborini oʻziga qaratdi.
— Men shu yerdaman...Hech qayerga ketmayman.
Suna qo‘lini siqib javob berdi. Ularning nigohlari tutashdi Goʻyo Bu oddiy qarash emas, balki so‘nggi qarashdek edi.
Suna vafoti kun sayin yaqinlashdi. Ular birga bo‘lishni davom ettirishardi, lekin og‘riq va kasallik asta-asta qizni yeb bitirardi. Jungkook har kuni uni ko‘rish uchun kelardi, baʼzida qo‘lini ushlab uning yonida uhlardi. Qizning har bir nafasini his qilish uchun.
Kunlar oʻtib Sunaning ahvoli yanada ogʻirlashdi. Har bir nafasi qiyin, har bir harakati azobli edi. Shifokorlarda ham umid yoʻq edi.
Jungkook qo‘lini uning qo‘lini qattiq siqib olgandi.
— Hammasi yaxshi bo‘ladi…Jungkook...
Suna bor kuchini toʻplab faqat shu soʻzlarni ayta oldi.
Uning ko‘zlarida tinchlik va qabul qilish aralashgan edi. Jungkookning qo‘li ostida qizning qoʻli muzga aylanib borardi, lekin Jungkook qo‘lini tortib olmadi.
Suna asta-sekin tinch nafas chiqardi.
-Seni sevaman....
Ularning oʻrtasida bu soʻzlar ogʻir edi. Qiz allaqachon kurashishdan toʻxtagan edi.
Jungkook shunchaki yuzini qizning sovuq qoʻllariga bosgancha yigʻlardi.
ba’zan sevgini his qilish — uni saqlash emas, yo‘qotishni ham kutishga tayyor bo‘lishdir.
Jungkookning koʻz oldida oʻtmish jonlanar ekan, negadur koʻziga yosh toʻldi. Ammo u koʻz yoshlarini chiqishiga yoʻl qoʻymadi, achchiqlik bilan ularni artib tashlab yana qabrga yuzlandi.
- Men bu yerlardan ketyapman. Koreaga qaytyapman. Lekin sen xavotir olma, men albatta qaytaman, hopmi? Seni sevaman oy yuzligim.
Jungkook qabr toshiga qarab xorgʻin tabassum qilib kelgan yoʻlidan ortga qaytib ketdi.